Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Download 5,29 Mb.
bet45/208
Sana01.04.2022
Hajmi5,29 Mb.
#522866
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   208
Bog'liq
Бердиева.мажмуа миллий гоя(1)

Rivojlantiruvchi ta’lim talabalarning ichki imkoniyatlari va ularni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltiriladi. Ushbu ta’lim turiga ko‘ra mashg‘ulotlarda amaliy treninglardan keng foydalaniladi. Amaliy treninglar talabalarda pedagogik bilimlarni samarali o‘zlashtirishga yordam berish bilan birga ularning imkoniyatlari to‘la ro‘yobga chiqishini ta’minlaydi. O`quv mashg‘ulotlarida rivojlantiruvchi ta’lim elementi sifatida taqdimot metodidan foydalanish ham kutilgan natijalarni beradi. Bu metod talabalarda pedagogik faoliyatni tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashish, o‘z ustida ishlash, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Tadqimot metodidan seminar mashg‘ulotlarda talabalarning bilimlarini baholash maqsadida foydalanish mumkin.
Tabaqalashtirilgan ta’lim o`quvchilarning layoqati, qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. O`quvchilarga individual ravishda o`quv materiallarini o‘zlashtirishga imkon beradigan mazkur ta’lim turini qo‘llashda ham DTSda belgilangan me’yordan kam bo‘lmagan BKM o‘zlashtiriladi.
Mustaqil ta’lim o`quvchilar tomonidan turli fanlar asoslarining mustaqil o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Ta’lim tizimida mustaqil ta’limdan foydalanishda o‘qituvchi bilimlarni o‘zlashtirish manbalarini o`quvchilarga tavsiya etadi, ularni izlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalarni beradi hamda mustaqil ta’limni samarali, maqsadga muvofiq tashkil etishga yordam beradigan metod, vositalardan xabardor qiladi.
Hamkorlik ta’limining mohiyati o‘qituvchi va o`quvchilarning ta’lim jarayonida birgalikda ishlashlari, bir-birlarini chuqur tushuna olishlari, bir-birlariga nisbatan yaqinlikni his qilishlari, ta’lim maqsadiga erishganlik natijalarini hamkorlikda tahlil qilishidan iborat.
Individual ta’lim o‘qitishning eng qadimgi turi hisoblanadi. Hayotiy tajribalarni ajdodlardan avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatda yuzaga kelgan. Yozuv paydo bo‘lishi bilan qavm boshlig‘i turli belgilar yordamida o‘zining tajribalarini yoshlarga o‘rgatgan. O‘qituvchi va o`quvchining bevosita va individual aloqasiga misol sifatida repetitorlikni ko‘rsatish mumkin. O‘qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o‘rta asrlarda yagona usul bo‘lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan.

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish