Dogmatik o‘qitish (bilimlarni yodlash va takrorlash) jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo‘lib, o‘rta asrlarda keng tarqalgan. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada dogmatik o‘qitishda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi o‘rin tutgan. Bolalar ta’lim (muqaddas kitobni o‘qib talqin qilish, o‘qish, yozish va hisoblash)ni boshlang‘ich maktablarda olganlar. Dogmatik o‘qitishda o`quvchilarning asosiy faoliyatlari tinglash, o‘qish, yod olish, eslab qolish va matnni so‘zma-so‘z takrorlashdan iborat bo‘lgan.
Oliy ta’lim madrasalarda berilgan. Madrasalarda o‘qitish fors tillarida olib borilgan. Talabalar majburiy tarzda arab tilini ham o‘rganganlar. O`quv rejasiga grammatika, Qur’on, Hadis, ritorika, logika, metafizika, geologiya, adabiyot, huquqshunoslik kabi fanlar kirgan. O‘qitish asosan og‘zaki shaklda olib borilgan. Biroq talabalar foydalangan o`quv adabiyotlari asta-sekin ancha ko‘p qirrali, turli-tuman bo‘lib boradi. Maktab ta’limi erkaklar uchun mo‘ljallangan. Ammo badavlat oila qiz bolani o‘qitish uchun uyga o‘qituvchini taklif etgan.
Dogmatik o‘qitish o‘rniga asta-sekin o`quv jarayonida ko‘rgazmalilikni ta’minlashga e’tibor qaratilgan. Buning natijasida ta’limning ko‘rgazmali o‘qitish turi rivojlanib boradi.
Uzluksiz ta’lim tizimida quyidagi ta’lim turlari qo‘llaniladi:
Mujassamlashtirilgan ta’lim o`quv materiallarini o`quvchilarning bilish xususiyatlariga imkon qadar moslashtirishni ifodalaydi. Unga ko‘ra mashg‘ulotlar yaxlit mavzuni muayyan qismlarga bo‘lib o‘zlashtirilishga yo‘naltiriladi. O`quv materiallarini bu tarzda o‘zlashtirish bilish imkoniyatlari turlicha bo‘lgan talabalar tomonidan mavzu mohiyatining puxta anglanishiga yordam beradi. Metodni qo‘llashda o`quvchilar qobiliyati dinamikasini hisobga oluvchi ta’lim metodlari qo‘llaniladi.
Modul ta’limi o`quv materiallarini boblar, bo‘limlar yoki paragraflar majmui tarzida o‘rganilishini ta’minlaydi. Bob, bo‘lim yoki paragraflar majmui bloklar tarzida yaxlitlanadi. Bu ta’lim turini qo‘llash o`quvchi (talaba)larni yangi pedagogik bilimlar, zamonaviy PT hamda ilg‘or didaktik vositalardan xabardor qilishda samarali sanaladi. Mazkur ta’lim turidan o`quvchilarning mustaqil ta’lim olishlarini yo‘lga qo‘yish, ularni o`quv materiallari bilan ta’minlash va o`quv faoliyatlari yuzasidan monitoringni tashkil etishda foydalanish mumkin. Modul ta’limi o`quvchilarni masofada ham samarali natijalarni beradi. Bunda o`quvchilar bloklarda chop etilgan yoki kompyuter varianti ko‘rinishidagi o`quv materiallari bilan ta’minlanadilar. O`quvchilar o`quv materiallarini o‘rganganlaridan so‘ng ularga nazariy bilimlarini mustaqil baholash, ularni mustahkamlashga xizmat qiladigan topshiriq (mashq)lar yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |