Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika fanidan



Download 0,55 Mb.
bet8/114
Sana31.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#419429
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114
Bog'liq
2021 Мажмуа. Xorijiy til .3-к 5- semestr (2) (1)

Sotsium (yaqin muhit) – bola sotsiolizatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy

muhitni bola asta-sekin o’zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so’ng yangi muhitlarni o’zlashtiradi – maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o’rtoqlar davrasi, diskotekalar va h.k. Yosh o’tgan sari bola tomonidan o’zlashtirilgan ijtimoiy muhit “hududi” tobora kengayib boradi.
Sotsializatsiya jarayonida, xususan bolaning ijtimoiy moslashuvida insonning “hammadek” bo’lishi ob’ektiv ehtiyoji namoyon bo’ladi. Biroq shu bilan parallel ravishda bolada - boshqa ehtiyoj - o’zini o’z individualligini ko’rsatish ehtiyoji shakllanadi. Bola uni ifodalash usul va vositalarini qidira, namoyon qila boshlaydi, natijada uning individuallashtirilishi sodir bo’ladi. Bola individuallashtirilishi shunda ifodalanadiki, u yoki bu ijtimoiy ahamiyatga ega shaxs xislat va xususiyatlari aynan shu insonga mansub shaklda namoyon etadi. Ijtimoiy o’zini tutish esa boshqa insonlar intizomiga tashqi tomondan o’xshashiga qaramay notakror, individuallik qirralarni egallaydi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi shunday qilib ikki yo’nalish bo’yicha sodir bo’ladi: sotsializatsiya (ijtimoiy madaniy tajribani egallash) va individuallashtirish (mustaqil bo’lish).
Agar bolani sotsiumga kiritishda sotsializatsiya va integratsiya jarayonlari orasida muvozanat belgilansa, ya’ni bola, bir tomondan, mazkur jamiyatda o’zlashtirilgan me’yor va qoidalarni o’zlashtirsa, boshqa tomondan unga o’z ahamiyatli “umumiy”ni
individualligini qo’shsa, sotsiumda bolaning integratsiyasi sodir bo’ladi.
Agar bolaning guruhga moslashish jarayoni sodir bo’lmasa, unda o’ziga ishonmaslik, tortinchoqlik, tashabbussizlik sodir bo’lishi mumkin, bu shaxsni jiddiy deformatsiyaga olib kelishi mumkin. Agar bola moslashuv fazasidan o’ta olsa va atrofdagilarga o’z individual farqlarini ko’rsatishni boshlasa, atrofdagilar esa uning individualizmini jamiyat me’yorlariga to’g’ri kelmaydi deb hisoblasa, unda bolada negativlik, gumonsirashlik, agressivlik, o’ziga yuqori baho berish rivojlanadi.
Bola rivojlanishiga tarbiya ham ta’sir ko’rsatadi. Hozir pedagogikada “sotsializatsiya” va “tarbiya” tushunchalari keng muhokama qilinmoqda. Tarbiya shaxs sotsializatsiyasi asosiy omillaridan biri.
Agar bola ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirmasa (muhit negativ ta’siri natijasida), unda tarbiyachilar va mutaxassislar harakatlari ijtimoyi moslashuvga (ijtimoiy muhit shart- sharoitlariga moslashish) yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Agar ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning shakllanmaganligi shunchalik yuqori bo’lsa, bolani ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga moslashishiga halaqit bersa, ya’ni uning ijtimoiy qarshi moslashuvi sodir bo’lsa, bu holda bola bilan yo’qotilgan ijtimoiy aloqa va munosabatlarni tiklashga yo’naltirilgan maxsus choralar tizimini tadbiq etishni ko’zda tutadigan ijtimoiy tiklanish zarur.
Shunday qilib, rivojlanish jarayonida bola sotsiumda ijtimoiy moslashuvni o’z ichiga oladigan uning sotsializatsiyasi amalga oshirilishi kerak. Agar bu sodir bo’lmasa, boshqa hol - qarshi moslashuv holi kuzatiladi, unda bolani ijtimoiy qayta tiklash zaruriyati yuzaga keladi.

Ijtimoiy pedagogika - tadqiqot ob’ekti bo’lib bola, o’rganish mavzusi bo’lib esa bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlari hisoblangan pedagogika fani sohasidir.
Ijtimoiy pedagogika - bolalarning ijtimoiy tarbiyasi va ijtimoiy ta’limi qonuniyatlarini ularning ijtimoiylashuvi jarayonida o’rganadigan pedagogika fani sohasidir.
Bola ijtimoiylashuvi – uni ijtimoiy hayotga tortish jarayonidir. U mazkur jamiyatga xos bo’lgan bilim, qadriyatlar, o’zini tutish namunalari tizimii o’zlashtirishda mujassamlashgan.
Bolaning ijtimoiy moslashuvi – uni ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga faol moslashuvi jarayoni, bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro ta’siri turi.
Bolaning ijtimoiy moslasha olmasligi - ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashishga qarshilik qiladigan undagi ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning yo’qolib ketishi yoki shakllanmasligi jarayoni.
Ijtimoiy pedagogikada shaxs — tarbiya ob’ektidir. Shaxs va uning rivojlanishi, shaxsning yoshiga xos hususiyatlari ta’lim va tarbiya jarayoni, muhit va tarbiyaning shaxs rivojlanishidagi ta’siri va boshqalar.
Ijtimoiy pedagogika shaxs va jamiyat muammosiga murojat qilgan holda insonning jamiyatdagi munosabatlarini tartibga soladi. Ayrim tang hollarda ayrim
oilalarga o‘smirni jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga hayotiy sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagogika yangi iqtisodiy munosabatlarni oiladagi munosabatlarga va bolalar tarbiyasiga ta’sirini taxlil qiladi.
Ijtimoiy pedagogika birinchi navbatda bolalik muammolariga murojat qiladi. Hamda u shaxs tarbiyasi uning ma’naviy axloqiy sifatlarini shakllanishi murakkab vaziyatlarda qo‘llab — quvvatlanishi masalalariga murojat etgan holda bolaga jamiyat hayotiga moslashishiga yordam beradi.
Bugun ijtimoiy pedagogika insonni jamiyatdagi o‘rni haqidagi, shaxsning
ijtimoiylashtirish haqidagi, hozirgi zamon sharoitida bolalik qiyinchiliklari haqidagi bilimlar majmuidir.
Ijtimoiy pedagog amaliyoti bolaga (o‘smirga) jamiyatda ijtimoiy — ma’naviy muvozanatni saqlashga, yangi munosabatlarni yaratishga yo‘naltirilgan.
Ijtimoiy pedagogika o‘z oldiga qanday asosiy maqsadlarni qo‘yayotganini yuqoridagi fikrlardan bilib olsa bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika ijtimoiy falsafa singari boshqa fanlar: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, mantiq, tibbiyot, iqtisodiyot bilan uzviy aloqada bo‘lmay turib faoliyat yurita olmaydi.
Ijtimoiy pedagogika ilmiy fan sifatida o‘zining ob’ekti deb inson va sotsiumning o‘zaro ta’siri (turlicha ko‘rinish va hollarda) hisoblanadi, ya’ni xodisa va jarayonlarning o‘ta yaxlitligi amaliy ijtimoiy — pedagogik faoliyat uchun manba va o‘zgartirish soxasi bo‘lib qoladi. Ijtimoiy pedagogika ilmiy fanning predmeti bo‘lib bu xolat shaxs va sotsium o‘zaro ta’sirining umumiy va pedagogik qonuniyatlari hisoblanadi. Aynan mana shu tomoni uni boshqa pedagogik fanlarda farqini ko‘rsatadi va unga o‘zaro bog’liqlik va oshkoralik harakterini kasb etadi.
Ushbu fan maqsadi — inson va sotsium o‘zaro ta’siriga ilmiy pedagogik asos bo‘lish, amaliyot ishlar darajasida bu o‘zaro ta’sirini har tomonlama uyg‘un bo‘lishi uchun ijtimoiy.—pedagogik faoliyatni ilmiy asosini sifat va samaradorligini yuqori ko‘tarish. Ushbu maqsadga erishish ilmiy fan sifatida ijtimoiy — pedagogika vazifasi orqali hal etiladi. Bular bilim (tadqiqot) variantlari tavsiya beruvchi, ta’limiy, o‘zaro bog‘lovchi vazifalaridir.
Ijtimoiy pedagogika ilmiy fanining vazifalari 3 guruhga bo‘lingan:
Birinchi (Nazariy – amaliy) guruh — ijtimoiy pedagogika faoliyatini tadqiq etish bilan bog‘liq sotsium rivojlanishi qonuniyatlari, undagi munosabatlar, sub’ektlar va institutlarning ijtimoiy ishlari; ijtimoiy pedagogik faoliyatining turli ko‘rinishlar va tiplarda, ular taxlilining turlicha darajalarda ziddiyatlarni izlab topish, ularni hal etish tendensiyalarini aniqlash; ijtimoiy sohadagi mutahassis faoliyatining prinsiplari, mazmuni, usullari metodlari va shakllarini ishlab chiqish; ijtimoiy institutlarning yuzaga keltirishning tashkiliy asoslari; faoliyat ko‘rsatish, chet mamlakatlar hodimlari, tashkilotlari va institutlarini ijtimoiy pedagogik faoliyatini tahlil etish va tajribalarini baholash bilan bog‘liqdir.

  1. Ikkinchi guruh - vazifalari hususiy (shaxsiy) metodologik, nazariy va ilmiy metodik asosini shakllantirish maqsadiga ega; ijtimoiy — pedagogik ilmiy yo‘nalish mazmunini tanlab olish, ilmiy bilimlar sohasi sifatida ijtimoiy pedagogikani mantiqiy, ilmiy fanni jamlash.

  2. Uchunchi guruh - vazifalari ijtimoiy sohada kadrlarni tayyorlash uchun ta’lim kopleksini nazariy asosi bilan ya’ni ijtimoiy xodimlar, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy yuristlar tayyorlash bilan bog‘liq. Bu ijtimoiy pedagogikaning uchunchi sifat ko‘rsatkichi bilan belgilanadi. Ijtimoiy pedagogika boshqa gumanitar fanlar va ilmiy — yo‘nalishlar bilan mustahkam bog‘liq. Jumladan, u ijtimoiy falsafa, ijitimoiy siyosatshunoslik, ijtimoiy psixologik, ijtimoiy huquq, ijtimoiy informatika va statistika; shuningdek boshqarish nazariyasi, ijtimoiy meditsina va boshqalar bilan bog‘liqligi ham mavjud. Ijtimoiy pedagogika ma’lum darajada (o‘z tabiatiga ko‘ra) fanlararo ilmiy fan hisoblanadi, fanda ham va jamiyatda ham o‘zining ochiqcha harakteri bilan ajralib turadi.

Ijtimoiy pedagogikaning umumiy fanlar tizimida inson va jamiyat to‘g‘risidagi fan sifatidagi o‘rnini aniqlab uning boshqa fanlar bilan aloqasini hisobga olish uning metodologik asosiini aniqlash imkonini beradi.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish