Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika fanidan



Download 0,55 Mb.
bet16/114
Sana31.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#419429
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   114
Bog'liq
2021 Мажмуа. Xorijiy til .3-к 5- semestr (2) (1)

Narkomaniya (narcomania; yun. narke — karaxtlik va maniya) — k,. Giyohvandlik.
Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik —narkotik moddalarga oʻrganib qolish, ruju qilish, aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holati. Organizm somatik va ruhiy holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. O`smirda oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada giyohvand moddalarni isteʼmol qilish mayli paydo boʻladi, giyohvand moddaning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy bogʻliqlik ortib boradi. O`smirda asta-sekin boshlanib, surunkali davom etadi. Giyohvand moddalar dastlab xushnudlik, dimogʻchogʻlik (qarang Eyforiya), xotirjamlik hissini uygʻotib, kayf qildiradi, keyin bora-bora bu kasallikka aylanadi. O`smirda 2 zaylda avj olishi mumkin. Birinchi holda vrach buyurgan va bemorning ruhi hamda kayfiyatini oshirish xususiyatiga ega boʻlgan dorilarni uzoq vaqt va notoʻgʻri qabul qilish; ogʻriq, uyqusizlik va boshqa dardlardan qutilish maqsadida dori miqdori (dozasi)ni oshirib borish; darddan tuzalib doriga unchalik ehtiyoj boʻlmasa ham, uni qabul qilaverish natijasida dorining narkotik taʼsiri va miqdori orta borib, pirovardida giyohvand moddaga moyillik kuchayib, u humor qiladigan boʻlib qoladi. Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida giyohvand moddalarga oʻrganishdir.
Osmirda, odatda, irodasi kuchsiz, oʻzini tiya olmaydigan, oʻtkir sezgilarni oʻzida sinab koʻrishga qiziquvchan, ruhan zaif va oʻta xudbin kishilar beriluvchan boʻladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, giyohvand moddalarni isteʼmol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga taklid va havas, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki giyohvand boʻlishi) hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qoʻl ostida boʻlishi ham G.ka sabab boʻlishi mumkin. G.ka mubtalo boʻlganlarda xastalik borgan sari kuchaya borib, odatda, kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. G. eyforiyasida, yaʼni kayfi chogʻlikda 2 bosqich kuzatiladi: qisqa muddatli —1-5 daqiqa davom etadigan oʻtkir hissiyotli bosqich (haqiqiy eyforiya) va uzoq (1—3 soat) choʻziladigan boʻshashish, tinchlanish davri. Bu bosqichlarning qisqa yoki uzoq boʻlishi qanday giyohvand modda qabul qilinganiga va miqdoriga bogʻliq. G.ning hamma turi ham oʻz rivojida giyohvand moddalarga oʻrganib qolish yoʻli bilan G. sindromining shakllanishiga olib keladi. Bu sindromning rivojlanishida ham 3 bosqich
farqlanadi: 1) giyohvand moddaga nisbatan organizm reaktivligining oʻzgarishi va ruhiy bogʻlanishning paydo boʻlishi; 2) xumor (abstinent) sindromi koʻrinishida jismoniy bogʻlanishning yuzaga kelishi; 3) organizm barcha sistemalarining zaiflashishi (tolerantlikning pasayishi, yaʼni giyohvand moddalarning avvalgi miqdorini koʻtara olmaslik, xumorning surunkali davom etishi va ayrim hollarda polinarkomaniya ning vujudga kelishi). G.ka mubtalo boʻlgan kishi giyohvand moddalarni qayta-qayta va koʻproq miqdorda isteʼmol kila boshlaydi. Keyinchalik esa giyohvand moddalarsiz turolmaydigan boʻlib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va oʻzini bir oz yengil his qilish uchun yana giyohvand moddaga ruju qiladi va oxir-oqibat giyohvand moddalarga hirs qoʻyish kelib chiqadi. Organizmning dastlabki himoya reflekslari (koʻngil aynishi, qusish) yoʻqoladi. Bu davrda organizmda giyohvand moddalarga nisbatan moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, goʻyo bu moddalar avvalgi taʼsir kuchini yoʻqotgandek boʻlib qoladi, endi avvalgidek eyforiya (kayf) holatini his qilish, xumorni tarqatish uchun oʻsha moddadan koʻproq miqdorda qabul qilgisi keladi. Oldiniga giyohvand modda birmuncha yoqimsiz taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, keyinchalik goʻyoki uning holatini "normallashtirganga" oʻxshaydi, bemor oʻzini birmuncha yaxshi his qiladi, ish qobiliyati, ruhi goʻyo tetiklashadi, pirovardida u haqiqiy giyohvand boʻlib qoladi. Giyohvandlarda avval ruhiy oʻzgarishlar (tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo boʻlgan boʻlsa, keyinchalik jismoniy oʻzgarishlar —jismoniy bogʻlanib qolish sindromi (terlash, yurak urishi, ogʻiz qurishi, ozib ketish, qoʻl-oyoqning titrashi va boshqalar) roʻy beradi. Agar giyohvand oʻz vaqtida narkotik moddani qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jismoniy oʻzgarishlar, yaʼni giyohvandlikka xos ogʻir holat — xumorlik (qarang Abstinensiya) sindromi paydo boʻladi. G. opiomaniya (afyun qabul qilish), morfinizm, geroinizm koʻrinishida boʻladi. G.ning nashavandlik, kokainizm, nikotinizm (tamakiga ruju qilish), teizm (achchiq choy ichish) va boshqa turlari ham uchraydi. Ikki yoki undan ortiq xil giyohvand moddani surunkali qabul qilish —pol i narkomaniya deyiladi. G.ning hamma turida ham organizm zaharlanadi va u juda ogʻir kechadi.
Yer yuzining turli mintaqalarida G.ning ayrim turlari kuzatiladi. G.ning geroinizm turi keyingi vaqtda juda keng va fojiali tarzda tarkalib bormoqda. G. avj olishining oldini olish uchun ayrim mamlakatlarda tegishli tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan OʻzRda G.ka qarshi kurash qoʻmitasi tashkil qilinib, davlat dasturi ishlab chiqilgan. Respublikada narkologiya markazi tashkil qilingan va bu markazda narkologiya boʻyicha olim va mutaxassislar tomonidan malakali kadrlar tayyorlanib, ular mamlakat mintaqalarida G.ka karshi keskin kurash olib boradi. G.ka mubtalo boʻlgan bemorlar asosan shifoxona (statsionar) sharoitida 2—4 oygacha davolanib, 4—5 yilgacha ambulatoriya kuzatuvi va hisobida boʻladilar. Oʻzbekistonda giyohvand vositalarni ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan kishilar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
O’spirinlar (11-14 yosh). Bu davr inson faoliyatining eng murakkab davrlaridan biridir. Bu davrda uyg’un faoliyatning faollashuvi fanida organizmning barcha organlarining jadal rivojlanishi kuzatiladi. Bu jarayon jinsiy yetuklikning kelishi bilan yakun topadi. Organ va tizimlarning bunday qayta qurilishi bilan davom etadi. Bola u uchun obro’li bo’lgan kattalarning ko’rsatmalariga amal qilgan kichik maktab yoshidan farqli ravishda o’spirin o’z xulq-atvor tamoyillariga, o’z qarashlariga amal qilishga harakat qiladi, mustaqillikka ehtiyoj tug’iladi, kattalar nasihatlari tanqid ostiga olinadi, ularga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi.
Aynan o’spirinlik davrida ichkilikka ro’ju qo’yishning ilk bosqichining shakllanishi boshlanishi mumkin. Chunki u o’spirin guruhlari sharoitida namoyon bo’ladi va shuning uchun “jamoaviy ichkilik tobeligi” xarakteriga ega bo’ladi. Bu yoshdagi bola katta bo’lishga yoki kattalardek ko’rinishga harakat qiladi. Bu ham ijobiy ham salbiy ma’noda namoyon bo’lishi mumkin.
Katta bo’lish tendensiyasi agar axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmasa ijtimoiy salbiy ma’noda: chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, jinsiy mas’uliyatsizlik, huquqbuzarliklarda namoyon bo’ladi.
O’spirinlik davrida 11 yoshdan boshlab kattalar bolaga avvalgidek ta’sirlarini o’tkaza olmaydilar va bola uchun tengdoshlari bilan muloqatda bo’lish katta ahamiyat kasb eta
boshlaydi. O’spirinning ijtimoiy maqomi qancha past bo’lsa, uning guruhga ta’siri shuncha kam bo’ladi.
Shuning uchun bu yoshda ijtimoiy pedagog faoliyatida asosiy urg’u guruh bilan ishlashga qaratiladi. Bu quyidagi faoliyat yo’nalishlari orqali amalga oshiriladi:
Ichkilikbozlik sabablari va oqibatlari profilaktikasi. Buni ichkilikbozlik bilan bog’liq mavzularda bahs-munozaralar o’tkazish orqali amalga oshirsa bo’ladi. Bu mashg’ulotlar natijasi guruhning barcha ishtirokchilari amal qiladigan guruh qarashining shakllanishi bo’lishi lozim.
Bahs-munozaradan tashqari rasmli o’yinlar ham o’tkazish mumkin. Ichkilikbozlik profilaktikasiga qaratilgan bunday o’yinlarda bolaning shaxsiy rivojlanish, jamoaviy muomala malakalariga o’rganishga erishsa bo’ladi. Ijtimoiypedagog o’spirinlar guruhida shakllantirish mumkin bo’lgan asosiy ijtimoiy malakalar bu ichkilikka qarshi dalillarni aniq ilgari surish va tengdoshlari bosimiga qarshi tura olishdir.
Ish shakllari: bahs, ekskursiya, suhbat. Bolalarni qo’rqitadigan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
O’spirinlarning bo’sh vaqtini tashkillashtirish, chunki bo’sh vaqtni mazmunsiz o’tkazish o’spirin tomonidan spirtli ichimlik iste’mol qilish xavfini oshiradi. To’garak, seksiya, klub, bolalar va o’smirlar tashkilotlari faoliyatini yorqin reklama qilish zarur. Ijtimoiypedagog o’spirinning qiziqishlarini bilishi va uning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga yordam berishi lozim.
Bu yoshning psixologik xususiyatlari tufayli bo’sh vaqtni o’tkazishning jamoaviy shakllarini rivojlantirish lozim. Shuni inobatga olish lozimki, deviant xulq-atvorli bolalar asosan intelektual faoliyat bilan emas, balki sport bilan shug’ullanishga qiziqishadi. Shuning uchun ularning sport seksiyalariga qatnashishlariga yanada ko’proq sharoitlar yaratib berish lozim.
Ijtimoiy pedagog tomonidan o’tkazilayotgan ichkilikka qarshi tarbiya bolada mustahkam antialkogol qarashlarni: sog’lom hayot tarzining zarurligi, organizm shakllanayotgan paytda spirtli ichimlik iste’mol qilish mumkin emasligi, ichkilikbozlikning axloqsiz omil ekanligini- shakllantirishga qaratiladi.
Maktab pedagog jamoasini ichkilikka qarshi yo’naltirish ham ijtimoiypedagog vazifasi hisoblanadi. O’spirin yoshidagi o’quvchilarning ta’lim dasturi bilan tanishish asosida ijtimoiypedagog ichkilikka qarshi tarbiya elementlarini maktab darslari tarkibiga kiritishni ilgari surishi mumkin.
O’smirlik davri.
O’spirinlikdan farqli o’laroq 17-18 yoshli o’quvchilarda tengdoshlari jamoasiga emotsional tobelik kuchli bo’lmay, birinchi o’ringa individuallik ko’tariladi. Hayotda o’z o’rnini qidirish, o’zini biror-bir kasbiy faoliyatda anglab olish bilan birgalikda o’z ijtimoiy qiyofasini ham shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiypedagog o’z e’tiborini ichimlik iste’mol qilishga mayli bor o’smirlar bilan individual ish olib borishga qaratadi. Bu faoliyat quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

    1. Bola hayotiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni bartaraf etish maqsadida individual konsultatsiyalar o’tkazish.

Shaxsni ijtimoiy tarbiyalash. ijtimoiy pedagogik mashqlar orqali o’smirga ijtimoiy ijobiy xulq-atvor normalarini o’zlashtirishga yordam beradi.
O’smirlarning ichkilikka qarshi metodlar asosiy va yordamchi metodlarga ajratiladi. Asosiylari-suhbat jarayonida ijtimoiypedagog tomonidan o’z nuqtai nazari, dalillari,
faktlarni monologik bayon etish, ma’ruzalar o’qish.
Yordamchilar-kitob yordamida mustaqil ish olib borish, tajribalar o’tkazish va boshqalar. Bu metodlar turli ish shakllari-jamoaviy, individual shaklda va turli mikromuhitlarda-oila, maktab jamoasi, do’stlar davrasida amalga oshiriladi.
Deviant xulk –atvorli bolalarni reabilitatsiya qilish yo‘llari
Tarbiyalovchi funksiya bolani atrof muhitga kirishishi ta’lim tarbiya jarayonida addaptatsiya, ijtimoiylashtirish jarayonini amalga oshrishni ko‘zda tutudi. Ijtimoiy reabilitatsiya bolalar uchun davlatni bolalarga g‘amxurligi Ijtimoiy-reabilitatsion funksiya. Ruxiy jismoniy nuqsonga ega bolalar ta’lim- tarbiya bolalarni tarbiyalash funksiyasi pedagog tomonidan amalga oshiriladi.

      1. Bola ongida barcha jonli mavjudotga muxabbat ijodiy tushunish, vijdoniylik tuyg‘usini tarbiyalash lozim

      2. Atrofdagi odamlar bilan muloqotga kirishishga o‘rganish hayot maqsadida va mazmunini anglatadi.

      3. Atrofdagi olamni tushunish uning ruxida ma’naviy xususiyatlarni, jamiyatdagi huquqiy normalarini rivojlantirish.

      4. O‘z - o‘ziga xurmat, mustaqillik his- tuyg‘usini shakllantirish.

      5. Bolar orasida, mehnatda va maktabda, oilada tengdoshlari, katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish malakasini shakllantirish. Odamlar orasida shaxs va jamiyat o‘rtasida

kelishmovchiliklarni bola atrofidagi muhitdagi ijtimoiy munosabatlar, xususiy normalarga taya’nib farqlashga o‘z hayotini tashkil qilishni o‘zini individualligi, vazifalari xususiyatlarining rivojlantirishni tarbiyalashga qaratilgan deb e’tirof etishi joizdir.
Reabilitatsiya qilish tamoyillari:
•xududdagi iktisodiy, ijtimoiy, xududiy o‘ziga xosliklarni knobatga olish;

  • reabilitatsiyey tadbirlarning xilma — xilligi; pedagogik, ijtimoiy psixologik va biologik metodlarning

birligi;

bosqichlilik,


•individuallik, gumanistik yondoshish.

Reabilitatsion xizmat ko‘rsatishning ahamiyati:
bolaning sog‘ligini, qiziqishi va huquqlarini himoyalashdan;
deviatsiya holatidagi rivojlanishni oldindan profilaktika qilishdan;
pedagogik jarayonni insonparvarlashtirishni tashkil etishdan iboratdir.
Reabilitatsiya qilish obyektlari va subyektlari:
Ijtimoiy — pedagogik jihatdan qarovsiz qolgan bolalar
Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, deviant, dezadaptatsiyalangan bolalar va yetimlar.
Psixosomatik va asabiy, ruhiy kasallangan bolalar.
Reabilitatsion xizmatni boshqarish modeli va uni amalga oshirish mexanizmi:
-xududdagi ijtimoiy madaniy vaziyatlarning o‘ziga xosligi reabilitatsion xizmatning ma’lum modelini yaratish imkonini beradi. Bu model bola va o‘smirlarning:
Umumorganizmini reabilitatsiya qilish (tibbiy) Shaxs sifatida reabilitatsiya qilish (psixologik) Ijtimoiy subyekt sifatida (ijtimoiy)
Faoliyat subyekti darajasiga ko‘tarishga haratilgan reabilitatsion xizmati bo‘lyshi kerak. Bu quyidagi shayugdagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Bolalar va o‘smirlarni kompleks reabilitatsiya qilish modeli
Tibbiy reabilitatsiya pedagogik reabilitatsiya subyekt ta’lim faoliyati subyekti Tarbiyasi og‘ir bola

Ijtimoiy subyekt Reabilitatsiya



Psixolog
xududiy reabilitatsion xizmati xodimlarining faoliyati samarali kechadi, agarda ular quyidagi mexanizm asosida faoliyat yuritsalar:
*reabilitatsion xizmat ko‘rsatishda muassasalararo umumhamkorlik
*reabilitatsion xizmat ko‘rsatishni ilmiy metodik ta’minlash
*reabilitatsion xizmatda kadrlar masalasi
*reabilitatsiya qilish obyektlarini tanlash va diagnostika
qilish
*reabilitatsiya subyektlarining kelishuvi asosida faoliyat yuritish.

  1. Download 0,55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish