Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika fanidan


Mavzu: Bolalar ichkilikbozlikning sabablari va oldini olish



Download 0,55 Mb.
bet17/114
Sana31.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#419429
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114
Bog'liq
2021 Мажмуа. Xorijiy til .3-к 5- semestr (2) (1)

Mavzu: Bolalar ichkilikbozlikning sabablari va oldini olish.


Reja:



    1. Bolalar ichkilikbozlikning muhim sabablari

    2. Bolalar ichkilikbozligining salbiy oqibatlari.

    3. Deviatsiya konseptsiyasida reablitatsiya, profilaktika va korrektsiya masalalari.



Tayanch tushunchalar: Bolalar ichklikbozligi, uning oqibatlari, insonga ta’sir o‘tkazish, ta’limning ijtimoiy strukturasi, ijtimoiy himoya, ma’naviy yordam.
Bolalar ichkilikbozligi va ayniqsa uning yoshlar o’rtasida keng tarqalishi eng jiddiy ijtimoiy pedagogik muammolardan biri hisoblanadi. Ichkilikbozlik tushunchasi ikki o’rinda aniqlanadi. Tibbiy nuqtai nazardan ichkilikbozlik spirtli ichimliklar iste’mol qilishga yengib bo’lmas ehtiyoj tug’ilishida namoyon bo’ladigan surunkali kasallikdir. Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan ichkilikbozlik spirtli ichimlikka deviant patologik ruju qo’yish bilan xarakterlanadigan deviant xulq-atvor shaxslaridan biridir.
Bolalik davrida ichkilikbozlik muammosi shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni bilan bevosita bog’liq. Chunki, birinchidan, u aniq ijtimoiy psixologik sabablar tufayli kelib chiqadi, ikkinchidan odatda deviant xulq-atvor kabi g’ayri ijtimoiy hislatlarning kelib chiqishiga olib keladi.
Ichkilikbozlik namoyon bo’lishining ijtimoiy psixologik omillari bir xil emas. Ular ichida mikroijtimoiy va shaxsiy omillarni ajratsak bo’ladi. Shaxsiy omillar vazifasini shaxsiy va xaraktereologik xususiyatlar bajarishi mumkin. Mikroijtimoiy omillarga alkogollashuv ko’rsatkichlari (ichkilik iste’mol qilish yoshi, sabablari), oila tarkibi va unda alkogollashuv darajasi kabi ijtimoiy va ijtimoiy psixologik belgilar kiradi.
Ijtimoiy psixologik omillar shartli ravishdagina ikkiga ajratiladi. Alkogollashuv jarayoniga ta’sir ko’rsatar ekan, ular yaxlit va kompleks tarzda o’rganilishi lozim.
Yuqorida alkogollashuv darajasiga (bir oyda kamida bir marta iste’mol qilish) ega o’smirlar guruhida ijobiy ijtimoiy mikro muhitda shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlovchi shaxsiy xususiyatlar tizimi yaxshi rivojlangan.
Bolalar ichkilikbozligi bir qator xususiyatlarga ega:
spirtli ichimliklarga tez ko’nikish ichkilikbozlikning tez rivojlanishi davolashning samaradorligi organizmning tez buzilishi jarayoni
Bolalarning spirtli ichimliklarga ko’nikishlari asosan 3 davrda: bolalikning ilk davri, maktabgacha yoshda va kichik maktab davri, o’smirlik davrida jadal kechadi.
Birinchi davr-bolalikning ilk davri bo’lib, unda bolalarning alkogollashuvi ixtiyorsiz xarakterga ega. Bu bir necha sabablarga ko’ra ro’y beradi-homiladorlik va emizish davrda spirtli ichimlik iste’mol qilish, mast holatda homilador bo’lish. Ichki organ va a’zolarning
jadal shakllanishi jarayoni kechayotganda homilaning zaharlanishi rivojlanishning turli anomaliyalariga olib keladi-oyoq va qo’llarning rivojlanmasligi, barmoqlarning birlashib ketishi, jinsiy a’zolardagi nuqsonlar, bosh hajmining kichiklashishi va boshqalar.
Homila alkogol oldida himoyasiz bo’lgani sababli u alkogolning miyaga kirishini bartaraf eta olmaydi va buning natijasida istisqo, aqli norasolikni kuzatsak bo’ladi. Bunday bolalar garchi bolaliklarida hayot bilan vidolashmasalar ham butun umr aqli noraso bo’lib o’tadilar.
Ikkinchi davr-maktabgacha va kichik maktab yoshi. Bu davrdagi eng ahamiyatli sabablar- ota-onalarning pedagogik bilimsizligi va spirtli ichimlikka qiziqish paydo bo’lishiga olib keluvchi oilaviy ichkilikbozlik an’analaridir.
Biologik tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ichkilikbozlik irsiy jihatdan avloddan-avlodga o’tmaydi, faqatgina unga mayl o’tadi. Bolalarda ichkilikbozlikning rivojlanishiga ota- onalarning yomon odatlari, oiladagi vaziyat hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Maktab sinfdosh bolalarning xususiyatlaridan kelib chiqib ota-onalar shuni esda tutishlari lozimki, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga nisbatan salbiy munosabatlarni shakllantirishning zaruriy sharti bola shaxsiyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, uning maktab hayotiga doimiy e’tibor qaratish, maktabda va oilada gigiyenik normalarga amal qilishdir.
Agar oilada hech kim bolaning maktab hayoti bilan qiziqishmasa yoki nomiga qiziqsa (baholarni nazorat qilish surunkali tarzda ortda qolayotgan bola to’liqsizlik hissini boshdan og’ir kechiradi) maktabga nisbatan qiziqishi neytrallashadi, so’ngra bolada ta’lim olishga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi.u o’zini namoyon qilishning boshqa usullarini qidira boshlaydi. Odatda bu bola ko’cha guruhlariga qo’shilib qoladi va u yerda spirtli ichimliklar iste’mol qilishga o’rganadi. Agar bola spirtli ichimlik bilan tanish bo’lsa va bu “tanishuv” oilada sodir bo’lgan bo’lsa, bu o’rganish jarayoni nihoyatda oson kechadi. Natijada maktab, maktab hayotiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi va bola o’ziga o’xshagan bolalarning ko’cha guruhini afzal ko’ra boshlaydi.
Uchinchi bosqich-o’spirinlik va o’smirlik davri. Bu davrdagi asosiy sabablarga oiladagi nomaqbul holat, o’zini namoyon qilish, OAVlaridagi reklama, muammolardan qochish, shaxsning psixologik xususiyatlari, ichkilikbozlik oqibatlari haqidagi bilimlarning yo’qligi kiradi.
Shaxsning alkogollashuvi-aroqxo’rga aylanishi.
ijtimoiy pedagogikaning ichimlik iste’mol qilishga mayli bor bolalar bilan faoliyat olib borishning asosiy yo’nalishlari:
Adaptatsion-bolaning shaxsiy ijobiy xislatlar rivojlantirish orqali bolaning adaptativ xususiyatlarini to’g’irlash.
Oilaviy- ota-onalarning
Profilaktik-bolalarda spirtli ichimlik iste’mol qilishga salbiy munosabat shakllantirish. Vositachilik-bola va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish.
Reabilitatsion-alkogol tobe holatidagi bolani ijtimoiy reabilitatsiya qilish. O’z faoliyatida ijtimoiypedagog quyidagi vazifalarni amalga oshiradi.
ijtimoiy pedagog faoliyatining birinchi vazifasi tashxis qo’yish bo’lib, bolaning spirtli ichimlik ichishga ruju qo’yishini oldini olishga qaratilgan. Bu vazifa spirtli ichimlik iste’mol qilishga mayli bor bola haqida axborot to’plash, uning real shaxsiy xususiyatlarini o’rganish, bola oilasi to’g’risida ma’lumotlar to’plash, bolaga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan manbalarni o’rganish, ichkilikbozlikning yetakchilarini aniqlash, bolani alkogollashuvga undayotgan salbiy omillarni o’rganish, bolaga mikromuhit ta’sirini o’rganish orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi vazifasi-bashorat qilish. Uning mohiyati shuki, qo’yilgan tashhis asosida ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ish olib borishning aniq ijtimoiy pedagogik dasturi ishlab chiqiladi. Bu dastur bosqichma-bosqich amalga oshib, ijtimoiy adaptatsiya, korreksiya yoki reabilitatsiyani keltirib chiqaradi.
Uchinchi vazifasi ta’lim-tarbiya bo’lib, bolada uning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi davomida shakllanishi lozim bo’lgan xislatlarni, bolalar va kattalar xulq-atvori va faoliyatiga pedagogik ta’sirni oshirish, bola tarbiyasidagi bo’shliqlarni to’ldirish, ichkilikbozlik muammosini yengib o’tish uchun lozim bo’lgan malaka va ko’nikmalarni shakllantirishni ko’zda tutadi.
Ijtimoiypedagogning to’rtinchi vazifasi-huquqiy himoya bo’lib, uning mohiyati shuki ijtimoiypedagog faoliyati huquqiy asosda ko’riladi.
Beshinchi vazifasi-tashkiliy funksiya. U ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish turli mutaxassislarning ishtirokini talab qiladi, bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoitlar yaratadi, bolalar, kattalar uchun ijtimoiy foydali faoliyatni tashkil qiladi.
Oltinchi vazifasi-kommunikativ. Bunda ko’zga ijtimoiy pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning ishtirokchilari orasida ko’pgina aloqalar o’rnatiladi.
Yettinchi vazifa-profilaktik funksiya bo’lib, u erishilgan ijobiy natijalarni mustahkamlashni ko’zda tutadi va ichkilikbozlik alomatlarining paydo bo’lishini bartaraf etadi. Bu vazifalar ijtimoiy patronaj o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiypedagogning bolalar hayotining alkogollashuvga qarshi qaratish tarbiyalanuvchilarning yoshiga qarab o’z xususiyatlariga ega.
Maktabgacha va kichik maktab yoshi.
Bir yoshdan yetti yoshgacha bolada odatlar shakllanishida hal qiluvchi ta’sirni ota-onalar ko’rsatishadi. Shuning uchun bu yoshda ijtimoiypedagogning oila bilan ishlashi muhim ahamiyatga ega. U quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning madaniyatini shakllantirish, chunki faqatgina uyg’un oilaviy munosabatlar sharoitlarida axloqiy antialkogol odatlar paydo bo’lishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu odatlarning paydo bo’lishi uchun ota-onalarda optimal xulq- atvorni shakllantirish lozim.
Bola hayotiy faoliyatining sog’lom muhitini shakllantirish.
Ijtimoiypedagog faoliyati ota-onalarda sog’lom ijtimoiypsixologik yo’l-yo’riqlarni shakllantirishga va bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun ota-onalarning shaxsiy javobgarligi haqidagi fikrni ilgari surishga qaratilishi lozim. Ota-onalar bilan ichkilikbozliklikka qarshi kurash bola yoshiga qarab amalga oshirilishi lozim. Biroq bu faoliyatning natijasi ota- onalarni bolalarning ichkilikka qarshi tarbiyasiga qo’shilishlari kerak. Ota-onalarning ichkilikbozlikka qarshi tarbiyasi haqida bilimlar targ’iboti quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi:
Alkogolning inson organizmiga, bolaning to’liq shakllanmagan organizmiga zarari, bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilishlarining yomon oqibatlari, voyaga yetmaganlarni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga o’rgatishning axloqiy va huquqiy javobgarligi haqida.
Kichik maktab yoshining spetsifik xususiyatlari anotolik, marfologik, psixofiziologik xususiyatlari bilan tanishtirish. Maktabda ta’lim olishning birinchi bosqichiga bola hayotidagi eng inqorozli bosqich sifatida ta’rif berish, boshlang’ich bosqichga ko’nikish qiyinchiliklari haqida, yosh shaxsning faol ijtimoiylashuvining boshlanishi haqida, ta’lim muhitining ijtimoiy va psixologik sharoitlari haqida ma’lumot berish.
Kichik maktab yoshidan bolalarda sog’lom hayot tarziga intilishni shakllantirish uchun ota- onalarning optimal xulq-atvorlariga erishish. Bu oilaning ichkibozlik an’analarini kichik maktab yoshiga xos bo’lgan taqlidiy xulq-atvorni inobatga olgan holda ko’rib chiqish, bolaning maktabdagi yutuqlariga e’tiborli bo’lish, bolalarning bo’sh vaqtlarini o’tkazishlariga yordam berish, uni noxush oilaviy maishiy nizolardan holiroq qilish.
Shuningdek, ijtimoiypedagog ota-onalar bilan hamkorlikda bo’sh vaqt, bayramlarni spirtli ichimliksiz o’tkazish rejasini ham ishlab chiqish lozim.
Faoliyatning asosiy metodi suhbat, maslahat, trening shaklida o’tkaziladigan oilaviy profilaktika hisoblanadi. Ijtimoiypedagog ota-onalar harakatlariga axloqiy xarakter berishi lozim. Oilaviy profilaktika tanbeh, tahdidlarga asoslanmasligi lozim. U bolaning tengdoshlari
bilan aloqalarini to’g’irlashga, ularni ijobiy faoliyatga jalb etishga, oilada o’z maqomini tiklashga qaratilishi lozim.
O’spirinlar (11-14 yosh). Bu davr inson faoliyatining eng murakkab davrlaridan biridir. Bu davrda uyg’un faoliyatning faollashuvi fanida organizmning barcha organlarining jadal rivojlanishi kuzatiladi. Bu jarayon jinsiy yetuklikning kelishi bilan yakun topadi. Organ va tizimlarning bunday qayta qurilishi bilan davom etadi. Bola u uchun obro’li bo’lgan kattalarning ko’rsatmalariga amal qilgan kichik maktab yoshidan farqli ravishda o’spirin o’z xulq-atvor tamoyillariga, o’z qarashlariga amal qilishga harakat qiladi, mustaqillikka ehtiyoj tug’iladi, kattalar nasihatlari tanqid ostiga olinadi, ularga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi.
Aynan o’spirinlik davrida ichkilikka ro’ju qo’yishning ilk bosqichining shakllanishi boshlanishi mumkin. Chunki u o’spirin guruhlari sharoitida namoyon bo’ladi va shuning uchun “jamoaviy ichkilik tobeligi” xarakteriga ega bo’ladi. Bu yoshdagi bola katta bo’lishga yoki kattalardek ko’rinishga harakat qiladi. Bu ham ijobiy ham salbiy ma’noda namoyon bo’lishi mumkin.
Katta bo’lish tendensiyasi agar axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmasa ijtimoiy salbiy ma’noda: chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, jinsiy mas’uliyatsizlik, huquqbuzarliklarda namoyon bo’ladi.
O’spirinlik davrida 11 yoshdan boshlab kattalar bolaga avvalgidek ta’sirlarini o’tkaza olmaydilar va bola uchun tengdoshlari bilan muloqatda bo’lish katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. O’spirinning ijtimoiy maqomi qancha past bo’lsa, uning guruhga ta’siri shuncha kam bo’ladi.
Shuning uchun bu yoshda ijtimoiypedagog faoliyatida asosiy urg’u guruh bilan ishlashga qaratiladi. Bu quyidagi faoliyat yo’nalishlari orqali amalga oshiriladi:
Ichkilikbozlik sabablari va oqibatlari profilaktikasi. Buni ichkilikbozlik bilan bog’liq mavzularda bahs-munozaralar o’tkazish orqali amalga oshirsa bo’ladi. Bu mashg’ulotlar natijasi guruhning barcha ishtirokchilari amal qiladigan guruh qarashining shakllanishi bo’lishi lozim.
Bahs-munozaradan tashqari rasmli o’yinlar ham o’tkazish mumkin. Ichkilikbozlik profilaktikasiga qaratilgan bunday o’yinlarda bolaning shaxsiy rivojlanish, jamoaviy muomala malakalariga o’rganishga erishsa bo’ladi. Ijtimoiypedagog o’spirinlar guruhida shakllantirish mumkin bo’lgan asosiy ijtimoiy malakalar bu ichkilikka qarshi dalillarni aniq ilgari surish va tengdoshlari bosimiga qarshi tura olishdir.
Ish shakllari: bahs, ekskursiya, suhbat. Bolalarni qo’rqitadigan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
O’spirinlarning bo’sh vaqtini tashkillashtirish, chunki bo’sh vaqtni mazmunsiz o’tkazish o’spirin tomonidan spirtli ichimlik iste’mol qilish xavfini oshiradi. To’garak, seksiya, klub, bolalar va o’smirlar tashkilotlari faoliyatini yorqin reklama qilish zarur. Ijtimoiypedagog o’spirinning qiziqishlarini bilishi va uning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga yordam berishi lozim.
Bu yoshning psixologik xususiyatlari tufayli bo’sh vaqtni o’tkazishning jamoaviy shakllarini rivojlantirish lozim. Shuni inobatga olish lozimki, deviant xulq-atvorli bolalar asosan intelektual faoliyat bilan emas, balki sport bilan shug’ullanishga qiziqishadi. Shuning uchun ularning sport seksiyalariga qatnashishlariga yanada ko’proq sharoitlar yaratib berish lozim.
Ijtimoiypedagog tomonidan o’tkazilayotgan ichkilikka qarshi tarbiya bolada mustahkam antialkogol qarashlarni: sog’lom hayot tarzining zarurligi, organizm shakllanayotgan paytda spirtli ichimlik iste’mol qilish mumkin emasligi, ichkilikbozlikning axloqsiz omil ekanligini- shakllantirishga qaratiladi.
Maktab pedagog jamoasini ichkilikka qarshi yo’naltirish ham ijtimoiypedagog vazifasi hisoblanadi. O’spirin yoshidagi o’quvchilarning ta’lim dasturi bilan tanishish asosida
ijtimoiypedagog ichkilikka qarshi tarbiya elementlarini maktab darslari tarkibiga kiritishni ilgari surishi mumkin.
O’smirlik davri.
O’spirinlikdan farqli o’laroq 17-18 yoshli o’quvchilarda tengdoshlari jamoasiga emotsional tobelik kuchli bo’lmay, birinchi o’ringa individuallik ko’tariladi. Hayotda o’z o’rnini qidirish, o’zini biror-bir kasbiy faoliyatda anglab olish bilan birgalikda o’z ijtimoiy qiyofasini ham shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiypedagog o’z e’tiborini ichimlik iste’mol qilishga mayli bor o’smirlar bilan individual ish olib borishga qaratadi. Bu faoliyat quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

      1. Bola hayotiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni bartaraf etish maqsadida individual konsultatsiyalar o’tkazish.

Shaxsni ijtimoiy tarbiyalash. ijtimoiy pedagogik mashqlar orqali o’smirga ijtimoiy ijobiy xulq-atvor normalarini o’zlashtirishga yordam beradi.
O’smirlarning ichkilikka qarshi metodlar asosiy va yordamchi metodlarga ajratiladi. Asosiylari-suhbat jarayonida ijtimoiypedagog tomonidan o’z nuqtai nazari, dalillari,
faktlarni monologik bayon etish, ma’ruzalar o’qish.
Yordamchilar-kitob yordamida mustaqil ish olib borish, tajribalar o’tkazish va boshqalar. Bu metodlar turli ish shakllari-jamoaviy, individual shaklda va turli mikromuhitlarda-oila, maktab jamoasi, do’stlar davrasida amalga oshiriladi.

Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksnz ta’lim tizimida amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o‘quv yurtlarida olib boriladi: o‘rta kasbiy ta’lim


muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta’lim maktablari (Institut va universitetlar). O‘rta kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflarlar va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O‘rta ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga qiyin vaziyatlarni yengab o‘tishda yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko‘maklashuvchi faoliyat turlarini tashkillashtirish. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ota—onalari bilai hamkorlik qilish, o‘z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o‘qib borishdan iboratdir. O‘rta kasbiy ta’lim bilim yurtini tugatgach, ular oliy ta’lim muassasida o‘z o‘qishini davom ettirishi mumkin. Ijtimoiy pedagog faqat o‘qituvchi emas, bola qanday o‘qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o‘zinikidagidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo‘llanmalar bera oladigan mutaxassis bo‘lmogi kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o‘z fanini bilibgina kolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o‘z ustida ishlaydigan
inson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o‘quvchi inson
mohiyatini anglaydi. O‘z hayoti dovomida inson to‘g‘risida hosil qilingan tushunchalar asosida, shaxs haqiqiy fukaro bo‘lib yetishadi. Insonparvarlikka asoslangan ta’lim – ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funksiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyokarashi yaxlitligini ta’minlaydi. Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarga
tegishli bilim, ko‘nikma, malaka, malaka berish, ularning insoniy dunyokarashini shakllantirishdan
iborat. U bo‘lajak fukarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli sohalarida insonparvarlik g‘oyasi va kadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ta’limda metodologik xayot tajribasiga ziddiyatli holatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi:
ijtimoiy–shaxsiy hayot tajribasiga asoslangan muntazam davom etadigan jarayon hisoblanadi; real vaziyatdan kelib chiqib, ziddiyatli xolatlarida ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni
takozo etadi;
mavjud amaldagi xolatga doim moslashish jarayoni hisoblanadi; shaxslararo aloqalarni kamrab oladi;
shaxsning shakllanish jarayonini yunaltiradi.
Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari — "Ijtimoiy pedagog" mutaxassisi "pedagog" so‘zidap olingan bo‘lib, avvalo o‘qituvchi ma’nosini anglatadi. Shu bois mazkur
lavozimning joriy etilganidan sung aynan o‘qituvchilarning birinchi ijtimoiy psdagoglar bo‘lgani
ajablanarli emas. Ijtimoiy pedagoglarni qayta tayyerlash bo‘yicha kurslar tinglovchilarinipg aksariyat k;ismini dam o‘qituvchilar tatiqil etadi. Yana shuni ta’kidlamok. joizki, ijtimoiy psdagoglarnipg kasbiy taysrgarligi kam pedagogik oliy o‘quv yurtlarida amalga oshiriladi. Darhaqiqat, pedagog na o‘qituvchining kasbiy faoliyatida ko‘pgina umumiyliklar mavjud. Bu ikkala kasbning ham obyektn bola, uning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishidir. Bu narsa ularning yaqinligini yana bir bor
tasdshdshydi. O‘z navbatida mazkur mutaxassiliklarping kasbiy faoliyati ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniq;lashga imkon beruvchi bir qator tafovutlarga ham ega. O‘qituvchi o‘zining asosiy ta’lim berish vazifasini bajarar ekan, yosh avlodga bilim va jamiyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy
madaniyat tajribasini o‘rgatadi. Ushbu jarayonda bola tarbiyalanadi va shakllantiriladi. Ijtimoiy pedagogning diqqat markazida esa bolani jamiyatga moslashib kstishiga yerdam berishdir.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat
Pedagogik faoliyat-ta’lim va tarbiya orqali ijtimoiy-madaniy tajribani berishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari. o‘quv rejalari, dasturlari bilan belgilanadi.
Ijtnmoiy pedagogik faoyaiyat-bolaga ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning jamiyatga kirishi) yordam ko‘rsatishga qaratilgan kasbiy faoliyat turidir. Bola bilan bo‘lishi mumkin turli xil ta’lim muassasalari, tashqilotlari, birlashmalari, ijtimoiy pedagoglar bilan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat har doim, ya’ni aniq. bir bolaga va ijtimoiylashuv, jamiyatga integratsiya jarayonida yuzaga keladigan muamolarini hal etishga yunaltirilgan bo‘ladi.
Kasbiy faoliyat tuzilmasi-har qanday faoliyat o‘z tuzilmasiga egadir. Ular faoliyat
elementlarining o‘zaro bog‘liqligini va o‘zaro shartlaripi apikdaydi. Ijtimoiy pedagog faoliyati to‘z ilmasi quyidagi komponstlardan iborat: subyekt (faoliyatni amalga oshiruvchi tomon), obyekt (faoliyat yunaltirilgan tomon), maqsad (faoliyat orqali nimaga intilinadi), vazifa (faoliyat orqali nimalar amalga oshiriladi), vositalar(faoliyat kaysi usul yoki texnika yordamida amalga oshiriladi). Ijtimoiy pedagog faoliyatining obyekti jamiyatga moslashish jaraynidagi yordamga maqsad bolalar va yeshlardir. Bu toifaga intellektual, ruxiy, ijtimoiy nuk;soni bor bolalar, shuningdek, jismoniy, ruxiy yeki akliy shakllanishi bo‘zilgan bolllariing katta qismi (ko‘zi ojiz, kar—sokov, akliy ojiz va borlalar stsrsbral falajligiga chalingaplar) kiritiladi. Ular jamiyatning alohida mexriga maqsaddir. Agar bolaning
jamiyatdagi shakllanishi normal kechsa, unda ijtimoiy pedagog yordami zarur bo‘lmaydi. Bordiyu, ota-onalar va maktab uning shakllanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’minlay olmasa, u holda ijtimoiy pedagog xizmati kerak bo‘ladi. Ijtimoiy pedagog faoliyatining maqsadi bolaning ruxiy yengilligi va xavfsizligi uchun sharoit yaratish, uning oilasi, maktabi va atrofidagi unga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi omillardan ogohlantiruvchi va ularni yengib o‘tuvchi ijtimoiy, xukuqiy, ruxiy, tibbiy va pedagogik muammolarni kompleks ravishda hal etish maqsadida turli mutaxassilar (ruxiyatshunoslar, tibbiy xodimlar, ijtimoiy xodimlar va yuristlar) hamda ma’muriy organlar va idoralarning (ta’lim, sog‘liqni saklash, ijtimoiy himoya sohasidagi) mazkur masalaga yo‘naltirilgan say’i-harakatlarini
muvofiqlashtirib turishda vositachi bo‘la olishi kerak. Ijtimoiy pedagog faoliyatidagi muhim yunalish- bu BMT konvensiyasida e’lon qilingan bolaning yashashga, sog‘lom shakllanishga, ta’lim olishga, o‘z qarashlarini erkin ifoda etishga, kamsitishning har qanday turidan himoyalashga qaratilgan huquqlarini himoya qilishdir. Ijtimoiy pedagog faoliyatidagi yana bir yo‘nalish-bu bolani shakllanishiga ko‘maklashuvchi ijtimoiy loyihalar va dasturlar, xususiy tashabbuslarni ishlab chiqishda ishtirok etishdir. Shunday qilib, ijtimoiy pedagog faoliyatiga quyidagi vazifalarni biriktirish mumkin: .

  • tashhis kuyish

  • bashoratchilik

  • vositachilik

  • to‘g‘rilash va qayta tiklash

  • himoyalash

  • ogohlantirish va profilaktik

  • evristika (ijodiy fikrlash)

Pedagogning barcha faoliyati vositalar yordamida amalga oshiriladi. Bular safiga maqsadga erishishda zarur bo‘ladigan barcha harakatlar, predmetlar, qurollar, usullar va texnologiyalarni kiritish mumkin. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyat subyekti sifatida: shaxsiy tavsif va kasbiy omilkorlik.
Ijtimoiy pedagogning shaxsiy tavfsifnomasi ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, avvalo mazkur faoliyat
subyektini o‘z sohasini mukammal biluvchi mutaxassini belgilab olishimiz zarur bo‘ladi. U bola hayotidagi ijtimoiy va boshqa qiyinchiliklarni chukur farklay biladi va unga yordamga kela oladi. U umumnazariy va maxsus bilimlarga malaka va ko‘nikmalarga, ma’lum darajadagi qobiliyatga ega bo‘ladi. xo‘sh ijtimoiy pedagog kim. Uning ruhiy surati va shaxsiy tavsifnomasi qanday? Qaysi sohalar uning faoliyati doirasiga tsgishli. U boshqa kasb egalaridan nimasi bilan farq qiladi. Kundalik xayotda biz kasb inson ongida, uning xatti-harakatlarida va dunyoqarashida o‘ziga xos iz qoldirishiga guvoh bo‘lamiz. Psixologiyada bu narsa "kasbiy mentallik" deb ataladi. Mentallik-bu insonning olamga munosabatini va uning kundalik hatti-harakatlarini aks ettiruvchi ma’lum ijtimoiy—ruhiy qarashlar va qadriyatlar majmuidir. Mentallik o‘zida individning ijtimoiy va madaniy tajribasini
mujassamlashtirgan bo‘lib, insonning k;aysi ijtimoiy qatlamga, yoshga, jinsga, millatga va kasbga mansubligi bilan aniqlanadi. Psixologik tadqiqotlarda kasbiy mentallik ma’lum bir kasb egalariga xos bo‘lgan xususiyat sifatida e’tirof qilinadi.
Hozirgi pedagogning muhim vazifalaridan biri milliy istiqlol g‘oyasini bolalar va o‘quvchilar ongida shakllantirish tadbirlari va mexanizmlarini ishlab chiqib, uni amalga oshirishdan iboratdir.
Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov shunday degan edi: ‘‘Endigi vazifamiz shundan iboratki, milliy istiqlol g‘oyasi tushunchalari asosida keng jamoatchilik, ziyolilar, ilm–fan va madaniyat
namoyandalari, avvalo, ma’naviy–ma’rifiy soha xodimlari milliy mafkurani takomillashtirish, uning asosiy tamoyillarini odamlar qalbiga va ongiga singdirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga zarur’’. Mana shuning uchun ham yaratiladigan qo‘llanmalar mazmunida milliy istiqlol g‘oyasi asosiy o‘rinni olishi lozim.
Oliy ta’lim muassasalarida pedagoglar ikki bosqichda o‘qitiladi. Birinchi bosqichda ya’ni bakalavriatda mutaxassis o‘zi tanlagan soha buyicha 4 yil davomida ta’lim oladi. Ikkinchi bosqich magistraturada davom ettiriladi. "Ijtimoiy pedagog" sohasiga tegishli barcha mutaxassilarning ham o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘ladi. Bir qator tadqiqotchilar ularning shaxsiy tavsifnomasi sifatida individual—ruxiy xususiyatlar va maxsus qobiliyatlarni ko‘rsatmokda. Kuzatuvchanlik, vaziyatga qarab tez yo‘lga tusha bilish, fahm— farosat bilan seza olish, o‘zini boshqa odam o‘rniga qo‘ya olish va uning hissiyotlarini tushuna bilish, o‘zini boshqara olish va refleksiya (fikr yuritib uni tahlil qilish) maxsus qobiliyatlar jumlasidandir. Shuningdek ijtimoiy pedagog dilkashlik, odamlar bilan ishlay olish, qiziqqonlik, o‘z fikrini o‘tkaza olish, baxsli vaziyatlarda yo‘l topa bilish, tirishqoqlik kabi ijtimoiy sohaning barcha xodimlariga xos xususiyatlarga ham ega bo‘lmoki darkor. xorijiy tadqiqotchilar ham pedagogning individual-ruxiy xususiyatlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildiradi. Masalan, Buyuk Britaniyalik olimlar bunday xususiyatlar qatoriga yuqori darajadagi akliy salohiyatga egalik, tartiblilik va o‘z-o‘zini boshqara bilish, jismonan kuchlilik, odamlarga qiyin vaziyatlarda yordam bera olish, chidamlilik, sezgirlik kabilarni kiritadi. AQShning mashxur psixologlaridan sanalgan J. xoland
o‘zining "o‘ziga yunaltirilgan kidiruv" metodikasida ijtimoiy soha kasbi egasiga xos xususiyatni ko‘rsatgan. Bo‘lar realistlik (haqkoniylik), tadqiqotchilik, artistlik, ijtimoiy, tadbirkorlik, konventsional xususiyatlardir. U ijtimoiy pedagogga xos insonparovarlik, ideallik, mas’uliyatlilik, axloqlilik, xushmuomalalik, iliklik, odoblilik, o‘zgalarni do‘st tuta olish kabi xususiyatlarni ham ko‘rsatadi.
Ijtimoiy pedagog kasbi insonlar o‘rtasidagi munosabatlar tizimida faoliyat yurituvchi ko‘pkirrali soha bo‘lib, pedagogning kaysi ishda ishlashidan kat’iy nazar odamlar bilan va avvalo bolalar bilan ishlashga yunaltirilgan. muloqot jarayonida pedagog ko‘pli ruxiy og‘irlikni va charchoqni o‘zida sinashiga to‘g‘ri keladi. Shu bois uning asab tizimi ham mustahkam bo‘lishi darkor. Bu narsa unga ijtimoiy-pedagogik, ruxiy—terapevtik jarayonlarda emotsional qiyinchiliklar bilap to‘qnashuvda yordam beradi. Ijtimoiy pedagogga xos yana bir xarakter bu "Men -obrazidir" Bu narsa pedagogning o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishini hamda boshqalar tomonidan o‘ziga yuqori baho berilishini ifodalaydi. Mazkur harakter pedagogga boshqa odamlar bilan erkin muloqot qilish va ularni oson qabul qilish imkonini beradi. Ijtimoiy pedagogning quyidagi shaxsiy fazilatlarini alohida ajratishimiz mumkin:
- Insoniylik xususiyatlari (mehribonlik, boshqalar manfaatini ustun qo‘yish, o‘z shaxsiy kadr-qimmati hissi)
xususiyatlar (ruxiy barqarorlik, yuqori darajadagi hissiy va irodaviy xususiyatlar)

  • ruxiy tahlilchilik xususiyatlari ( o‘zini idora qila olish, o‘ziga tanqidiy qarash, o‘zini baxolay olish)-ruxiy-pedagogik xususiyatlar ( kirishuvchanlik, gapga chechanlik.)

Yuqorida keltirilgan xususiyatlar bilan tanishar ekanmiz, har qanday odam ham ijtimoiy- pedagogik faoliyatni olib borish qobiliyatiga ega bo‘lavermasligiga ishonch hosil qilamiz. Har bir pedagogning kasbiy omilkorligi, ya’ni uning o‘z faoliyatini olib borishga amaliy va nazariy tomondan tayyorligi meyoriy-xuquqiy hujjatlar yordamida tartibga olinadi. Mazkur hujjatlar o‘z ichiga mutaxassis pedagogning kasbiy majburiyatlarini, mehnat tavsifnomasini, bilim va malakasini oladi.
Rezyume (qisqacha xulosa)
IJTIMOIY ISH – aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlariga yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Ijtimoiy ishlarning obyekti inson hisoblanadi, lekin hamma emas, balki faqatgina
muammolari bo‘lganlari (ekologik, ijtimoiy, texnogen, millatlararo keskin o‘zgarishlar, bo‘z ilishlar natijasida) yoki sog‘lom bo‘lmagan, jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lganlar hisoblanadi.
Madaniyat-jamiyatning tarixiy malum bir rivojlanish darajasi., ijtimoiy kuch, inson kobilyati, odamlar hayotiy faoliyati shaklini tashqil etish usuli, asosan ular tomonidan yaratilajak maddiy va manaviy kadiryatlar bilan belgilanadi.
MURUVVAT KO‘RSATISH–maqsadlarga yordam, xayriya-saxovat alohida shaxslar yoki tashqilotlar tomonidan maqsadlarga, yoki aholi guruhlariga beminnat yordam berish. Raxm-shavqat, marhamat, raxmdillik, barchaga yordam berish, yoki o‘zgalarni kechirish, g‘amxo‘rlik qilish, insonparvarlik.
XAYRIYA – (maqsadlarga yordam, xayr-saxovat) – maqsad odamlarga yoki aholining ijtimoiy guruhlariga xususiy shaxslar, yoki tashqilotlar tomonidan bepul yordam ko‘rsatish.
MEHRIBONLIK (MILOSERDIYE) – (mehr-sahovat) (raxm-shavqat, marhamat, rahmdillik)
– rahmdillik, odamiylik, insonparvarlik yuzasidan kimgadir yordam ko‘rsatish, yoki kimnidir kechirish, avf etish.
"Kasbiy majburiyatlar" -Bolalarni ijtimoiy himoya, qo‘llab-quvvatlash, hamda bu borada xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar to‘g‘risida zarur axborotlar bilan ta’minlanadi.
-Inson va bola xuquqini himoya qilishga qaratilgan, turli toifadagi bolalarning haq-huquqlarini ta’minlashga, bolalarni huquqiy jihatdan tarbiyalashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-huquqiy yordamni ko‘rsatish.
-Ruhiy va emotsional yordamga maqsad bolalarga ijtimoiy-reabilitatsion yordam ko‘rsatish.
-Kam ta’minlangan oilalarda yashovchi bolalarning maishiy hayotini yaxlitlash maqsadida ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish.
-Bemor bolalarga zarur tibbiy—ijtimoiy yordamni ko‘rsatish. Alkogolizm, giyohvandlik bilan shug‘ullanuvchi voyaga yetmaganlarni davolash. Ijtimoiy pedagogdan quyidagicha kasbiy bilimlar talab etiladi :
-O‘z faoliyatining meyoriy—huquqiy asosini (qonunlar, farmonlar, karorlar va yuriknomalar), ijtimoiy pedagogika nazariyasi va tarixini, turli muhitlarda turli toifa bolalari bilan ishlashning mstodikasini va tsxnologiyasini, bola shaxsini, uning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini o‘rganuvchi psixologiya’ni; odamlarning uyushma va guruhlari (Oila, maktab va mehnat kollektivi)ni o‘rganuvchi sotsiologiya’ni; o‘z kasbiy tadqiqot faoliyatini ijtimoiy boshqarish va rejalashtirish metodini bilish. va quyidagi kasbiy malakalar talab etiladi: Taqlid qila olish qobiliyati. Bolaning shakllanishida unga muhitning salbiy va ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi harakatlarini aniqlab tahlil qila bilish;
Bashoratchilik qobiliyati: faoliyat olib borish usullarini belgilab olib uni aniq. maqsad tomon yo‘naltirish, duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan ko‘ra bilish va hisobga olib, vaktni to‘g‘ri taksimlash; Loyihalashtira bilish—faoliyatni aniq bir loyixa asosida, tarbiyalanuvchining shart—sharoitlari va mavjud muhit talablarini hisobga olib, aniq bir tartibda olib borish, o‘z
faoliyatining har bir bosqichida ijobiy va salbiy natijalarini to‘g‘ri tahlil qila olish; kirishuvchanlik, ya’ni bolani eshitish va tinglay olish, bola bilan muloqot jarayonini osonlashtirish, bola muammosini to‘g‘ri tushunish uchun zarur axborot va ma’lumotlarni to‘plash.
Ijtimoiy pedagog faoliyati sohalari ijtimoiy pedagog lavozimi bugungi kunda ikkita idorada
— ta’lim muassalarida va yoshlar ishi buyicha muassalarda joriy etilgan. Yoshlar ishi bo‘yicha idoralarda mazkur lavozim 8 xil muassasada ro‘yxatga kiritilgan. Bular: bolalar klublari, bolalar ijodi markazlari, yoshlar yotokxonasi, o‘smirlar dam olish maskanlari, yoshlar ta’lim markazlari, kasbiy yo‘naltirish markazlari, bandlik markazlari, bolalar va yoshlar mehnat birjalaridir. Ta’lim sohasida esa pedagog 6 xil muassasa ruyxatiga kiritilgan. Bular: maktabgacha tarbiya tashqilotlari, umumta’lim muassalari, umumta’lim internatlari, boquvchisini yo‘qotgan bolalar uchun umumta’lim idoralari,
maxsus ta’lim muassalari, boshlang‘ich kasbiy ta’lim muassalaridir. Ijtimoiy pedagog lavozimi mazkur ikki idorada joriy etilgan bo‘lsada, aslida ularga bo‘lgan talab yana ham kengrok. Bunday lavozim deyarli barcha ijtimoiy sohalarda joriy etilgan. Ular sog‘likni saqlash muassalarida (ruhiy nosog‘lom, giyohvand bolalar uchun), aholini ijtimoiy himoyalash muassasalarida (imkoniyati cheklangan o‘smirlar reabilitatsiya markazlarida, voyaga yetmaganlar reabilitatsiya markazlarida), ichki ishlar organlari tarmog‘idagi muassalarda ko‘rish mumkin.
Ijtimoiy pedagogik ishlar faol g‘oyaviy – axloqiy imkoniyatlarga ega, u shaxs xulkida paydo bo‘lgan salbiy elementlarga qarshi kurashda muhim omilga aylanadi. U ijtimoiy fikrni shakllantirish yo‘li bilan jamoada sog‘lom ma’naviy – axloqiy muhit hosil qilishga ta’sir ko‘rsatadi, ilg‘or ijtimoiy qadriyatlarni mustahkamlaydi, shaxs qadr – qimmatini ta’mindaydi, qonunni xurmat qilishga o‘rgatadi. Bu ayniqsa bugungi kunda, jamiyat ma’naviy yangilanish jarayonini boshidan kechirayotgan bir davrda muhim ahamiyatga ega. Tarbiyaviy faoliyatning muhim rezervlaridan yana biri – ommaviy
targ‘ibot bilan bog‘liq bo‘lib, g‘oyaviy – tarbiyaviy ishlarning barcha shakllarida gayrat va tashabbus talab etildi. Bunda davlat va jamoat tashqilotlari tomonidan ommaviy – tashqiliy tadbirlar o‘tkazish, kechalar, bayramlar, rasm – rusmlar, urf – odatlar, jumladan «Navro‘z», «xotira va qadrlash kuni» va boshqa tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Ommaviy ishlarda ijtimoiy – tarbiyaviy muvaffaqiyatlarga ommaning ijtimoiy – madaniy faoliyat yo‘nalishini chuqur anglagan holdagina erishish mumkin. Bu birinchi navbatda. Pedagogik tamoyillar asosida ma’rifiy muassasa ishlarini tashqil etishda va
metodikasida o‘z ifodasini topadi. Tadbirlarni faqat g‘oyaviy yunalishini emas, ayni choqda ijtimoiy – pedagogik, ijtimoiy – psixologik mohiyatini anglash, tashqiliy ishlarda uning mexanizmlarga taya’nish zarur. Ijtimoiy pedagogik va ijtimoiy xodimlar faoliyati astasekin kengayib, biri ikkinchisini tuldira bordi. Ijtimoiy – pedagogik boshqaruv va ijtimoiy jarayonlarni nazorat qilish obyekti sifatida yoshlar
jinoyatchiligining oldini olish maktab, ichki ishlar bo‘limi, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi ko‘rash organlarining birgalikdagi tadbirlari tizimi doirasida amalga oshirilishi kerak. Shundan kelib chiqib dastlabki talablar olg‘a suriladi: mazkur faoliyat samaradorligi uchun xizmat qiladigan obyektiv jarayonlar va hodisalarni hisobga olib borish; tarbiya’ning noqulay sharoitiga va shaxsni noto‘g‘ri yo‘lga kirishning boshlanishiga o‘z vaktida e’tibor berish maqsadida ijtimoiy – pedagogik istikbol
metodlaridan foydalanish; o‘smir shaxsning individual – psixologik va ijtimoiy sifatlarini hisobga olish. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 1994 yil 29 dekabrdagi 332 – sonli buyrugining ilovasida keltirilgan metodik tavsiyalar mazkur ishlarni amalga oshirishda muayyan yordam beradi. Tarbiyaviy faoliyatning muhim rezervlaridan yana biri – ommaviy targ‘ibot bilan bog‘liq bo‘lib, g‘oyaviy – tarbiyaviy ishlarning barcha shakllarida gayrat va tashabbus talab etildi. Bunda davlat va jamoat tashqilotlari tomonidan ommaviy – tashqiliy tadbirlar o‘tkazish, kechalar, bayramlar, rasm – rusmlar, urf – odatlar, jumladan «Navro‘z », «xotira va kadrlash kuni» va boshqa tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Ommaviy ishlarda ijtimoiy – tarbiyaviy muvaffakiyatlarga ommaning ijtimoiy – madaniy faoliyat yunalishini chuko‘r anglagan xoldagina erishish mumkin. Bu, birinchi navbatda. Pedagogik tamoyillar asosida ma’rifiy muassasa ishlarini tashqil etishda va
metodikasida o‘z ifodasini topadi. Tadbirlarni faqat g‘oyaviy yunalishini emas, ayni chog‘da ijtimoiy
– pedagogik, ijtimoiy – psixologik mohiyatini anglash, tashqiliy ishlarda uning mexanizmlarga
taya’nish zarur. Milliy ongni uygotish va shakllantirish o‘z ini anglaxdan boshlanadi. Milliy gurur – bu o‘z yurtining tarixini bilish, halkning madaniy merosini himoya qilish, millliy kadriyatlarni tiklash, o‘z ligini anglash va namoyon etish kabilarni bildiradi. 1910 – 1920 yillarda halkning eng faol vaqillari – jadidlar ma’rifatparvarlik vositasida halkning kaddini ko‘tarish va jahon hamjamiyatining
munosib ishtirokchilari qilish g‘oyasini olg‘a surdilar. Buni o‘rganish shunisi bilan muhimki, ularning yetuk avlodni tarbiyalash, mustaqillikni muxofaza qilishda ma’naviy meros vazifasini utaydi. O‘zbek
ziyolilari Vatan ozodligi uchun kaxramona ko‘rashni XX asr boshlarida boshladilar, mustaqillikka erishishda ularning roli shundaki, avvalo barcha millatlarni tinchlikda, totuvlikda yashashga chorladilar. Ma’naviy – ma’rifatchilik ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish uchun barcha ta’lim
muassasalarida targ‘ibot va tashvikot ishlarni amalga oshirish zarur. Afsuski, bugungi kunda hamma o‘quvchi davlat ramzlari ularning ma’nosi biladi, deb bo‘lmaydi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek,
«Milliy ramzlarimiz bizning milliy gururimizni ko‘tarishga xizmat qiladi. Ularning har biri ulkan darslik, tarbiya’ning kuchli vositasidir». Mana shuning uchun ham joylarda davlat ramzlari asosida ko‘rik – tanlovlar, munozaralar o‘tkazish maqsadga muvofik. Har bir odam davlat ramzlarini butunlay yoki qisman bilmay turib, uylab ko‘rsin, shu davlatning munosib fukarosiman, shu halkning ugliman yoki kiziman deya oladimik Milliy ongni shakllantirishda davlat ramzlarining buyuk ahamiyati
borligini tushuna oladi. Biz ulug‘ Amir Temur vasiyatini bajarishimiz kerak: «Sizning vazifangiz ulug‘ obro‘ – xurmatimizni, millatning baxti va farovonligini himoya qilish, ularning dardiga malham bo‘lishdan iboratdir». Bizning eng katta yutug‘imiz o‘z boyligimizga o‘zimiz ega bo‘lganimizdadir.
Binobarin, ularda minnatdorchilik, g‘urur va ishonch tuyg‘ularini tarbiyalashimiz kerak. Ma’naviy, axloqiy mukammallik, vijdonlilik, or – nomuslik, yaqinlarga g‘amxo‘r bo‘lish va boshqa insoniy
tuyg‘ular o‘z–o‘zidan paydo bo‘lib kolmaydi, ularning asosida tarbiya yotadi.
Tarbiya jarayoni – uni tiklash, rivojlantirish va hayotda joriy qilish, ta’lim, milliy, ma’naviy – axloqiy kadriyat va normalar bilan bevosita bog‘liq. Ular halk pedagogikasi, urf – odatlari, bayramlari, o‘yinlari va boshqalarda o‘z ifodasini topadi». Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, «Ma’rifatparvarlar»,
«Oltin meros», «Tarixchilar», «Faylasuflar» va boshqa jamoat tashqilotlari, jamgarmalari yuqorida kuyilgan vazifalarni hal etishga katta imkoniyatlariga egadir. Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar anomalligi o‘qishda (o‘qishi qiyin, yomon kechali, dangasa) va xulkida (intizom va tarbiyaga rioya qilmaydi) namoyon bo‘ladi. «Qiyin bolalar» - jamiyatga zid yunalishdagi, bekaror axloqli, irodasi bush, pedagogik ta’siriga doim qarshilik ko‘rsatib keluvchi yoshlardir. Maktab mikyosida ular Ko‘p uchramaydi (bir sinfda ikki – uchtadan). Ammo sinf, maktab hayotiga, uning axloqiy muhitiga jiddiy
ta’sir ko‘rsatadi. «Qiyin» bolalar o‘quvchilarning kam qismini tashqil etsa ham ular o‘quv – tarbiyaviy ishlarda barkarorlikka jiddiy tusik bo‘ladilar. Ular maktabda va undan tashkarida (oilada, kuchada, dam olish joylarida va x.k.) tartibsizlikni vujudga keltiruvchilar hisoblanadi. Shuning uchun ham
«qiyin» bolalar maktabda ham, undan tashkarida ham o‘qituvchi va barcha jamoat e’tiborida turishi kerak.
Tarbiyasi qiyin bo‘lganlarning kelib chiqishining ijtimoiy – psixologik va psixologik – pedagogik sabab va omillarni besh guruhga ajratish mumkin:
Noqulay oilaviy muhit, ota – onalari o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar.
O‘qishga bo‘lgan qiziqishning pasayib ketishi va shu munosabat bilan o‘qishdan sovib ketishi (60 – 70 % voyaga yetmagan jinoyatchilar bir sinfda ikki yil o‘qigan).
Ijtimoiy faolligi past va maktab jamoasida noqulay xolat mavjud. Mikromuhitning salbiy ta’siri, salbiy referent guruh ta’siri.
Biror faoliyat yuzasidan o‘z moyilligini, qiziqishini namoyon qilish imkoniyati bo‘lmasligi.
Psixolog – pedagogik nuktai nazaridan o‘smirlar bilan ishlaydigan katta yoshdagilar quyidagi qoidaga rioya qilishlari lozim: Ko‘p nasihat qilavermang; o‘smir his – tuyg‘ularini xurmat qiling; hayotda mustaqil bo‘lishga o‘rgating; Ko‘p dakki beravermang; do‘q – pupisa qilmang. Psixolog – pedagogik nuktai nazaridan o‘smirlar bilan ishlaydigan katta yoshdagilar quyidagi koidaga rioya
qilishlari lozim: Ko‘p nasixat qilavermang; o‘smir his – tuyg‘ularini xurmat qiling; mustaqil bo‘lishga o‘rgating; Ko‘p dakki beravermang; do‘q – po‘pisa qilmang. Ijtimoiy – pedagogik boshqaruv va ijtimoiy jarayonlarni nazorat qilish obyekti sifatida yoshlar jinoyatchiligining oldini olish maktab,
ichki ishlar bo‘limi, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi ko‘rash organlarining birgalikdagi tadbirlari tizimi doirasida amalga oshirilishi kerak. Shundan kelib chiqib dastlabki talablar olg‘a suriladi: mazkur faoliyat samaradorligi uchun xizmat qiladigan obyektiv jarayonlar va hodisalarni hisobga olib borish; tarbiya’ning noqulay sharoitiga va shaxsni noto‘g‘ri yo‘lga kirishning boshlanishiga o‘z vaktida e’tibor berish maqsadida ijtimoiy – pedagogik istikbol metodlaridan
foydalanish; o‘smir shaxsning individual – psixologik va ijtimoiy sifatlarini hisobga olish. O‘zbekiston
Respublikasi ichki ishlar vazirligining 1994 yil 29 dekabrdagi 332 – sonli buyrugining ilovasida keltirilgan metodik tavsiyalar mazkur ishlarni amalga oshirishda muayyan yordam beradi.

Hozirgi zamon sharoitida turli ijtimoiy tuzilmalar ishida ijtimoi pedagog


shug‘ullanishi lozim bo‘lgan ijtimoiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi. Bu yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:

        1. Moddiy yordam ko‘rsatish (puldan, nafaqa va imtiyozlar, turmushda yordam);

        2. Ijtimoiy g‘amxo‘rlikni tashkil qilish (odamlar bilan ish olib borish, hodimlarni tanlash) tekshiruv, ilg‘or tajribani targ‘ib qilish;

        3. Insonga ta’sir o‘tkazish.

Insonga ta’sir o‘tkazish - bu pedagogik, psixologik ta’sir jarayonlaridan iborat bo‘lib, u bilan ijtimoiy hodim, ijtimoiy pedagog shug‘ullanishlari lozim.
Ijtimoiy pedagogning amaliy ishida uning faoliyatidagi birinchi navbatda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolarni aniqroq ko‘rsatib o‘tsak. Ijtimoiy pedagog ijtimoiy tarbiya, Ijtimoiy va oila pedagogikasi, bola shaxsi nima ekanligini, bola bilan muloqot va unga ta’sir o‘tkazish metodlari, tarbiyasi qiyin o‘smirlar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi shart. Ijtimoiy pedagog ishining asosi nimadan iborat, u maktabdagi pedagog ishidan, fan o‘qituvchisi ishidan, xattoki sinf rahbari, maktab - internat tarbiyachisi yoki uni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi ishidan nimasi bilan farq qiladi.
O‘qituvchi ko‘proq sinf yoki guruh bilan ish olib boradi va asosan uning ish uslublari jamoa bilan ishlashga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy pedagog alohida bola, alohida shaxs, o‘smir bilan, agarda zarur bo‘lsa, unchalik katta bo‘lmagan, oila bo‘lsa har biri bilan alohida ish olib boradi.
Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi bolani sinfni ijtimoiy muxofazasi, unga ijtimoiy, tibbiy yordam berish, uning o‘qishini tashkil qilishni, jamiyatda u o‘zini o‘rnini topishi, jamiyat hayotiga moslashuvini bilishidan iborat. Bu vazifalarni ijobiy hal etish uchun ijtimoiy pedagog bola va uning holatini, inqiroz darajasini o‘rganishi va buni yengib o‘tish rejalarini tuzadi.
Bolaga qiyin paytda yordam berish uni qo‘llab - quvvatlash oson ish emas. Bolaga bu xolatni bartaraf etishda qanday yordam ko‘rsatish kerak? Ushbu vaziyatda ijtimoiy pedagog o‘zini qanday tutushi kerak?
Ma’naviy yordam berish, bola haqiqatda qiyin vaziyatda ekanligi, buni yengib o‘tish yo‘lini ko‘rsatish, ijobiy xulosaga kelish, to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish, hayotda hali yaxshi tomonga o‘zgararishlar bo‘lishiga ishontirish lozim. Pedagog bolaga yordam berishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar, ijtimoiy muxofazani amalga oshiradigan idoralar bilan aloqa o‘rnatadi. Buning uchun pedagog chuqur bilimga, kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi shart. Shundagina olib borilayotgan o‘quv
- tarbiya ishlarida yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Hozirda bu pedagogik mahorat deb ataladi.
Pedagogik mahoratning qay darajada ekanligi pedagogning shaxsiy kasbiy sifatlari, uning bilimiga bog‘liq. Kasbiy pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya masalalariga murojaat qilmasdan ijtimoiy pedagog faoliyatini tasavvur qilish mumkin emas.
Ijtimoiy pedagogning kasbiy bilimlari: pedagogika, psixologiya, tarbiyaviy ish metodikasi, bolaning rivojlanishi fiziologiyasi. Bu bilimlar bolani xatti - harakatlarini kuzatish va tahlil qilishda, muloqotidagi hususiyatlari va bolalar guruhidagi o‘rnini o‘rganishda zarur hisoblanadi. Ijtimoiy pedagog bolalar hamkorligi va faoliyatini tashkil qilishni bilishi lozim. Pedagogik texnologiya tushunchasi ham borki, undan ijtimoiy pedagog samarali foydlanishi darkor.
Ijtimoiy pedagog nutq texnikasi va nutq madaniyatiga diqqatini qaratishi lozim bo‘ladi. Uning fikrlari teran, nutqi ravon bo‘lishi kerak. Teatr pedagogikasining ayrim jihatlari ham ijtimoiy pedagogda qiziqish uyg‘otishi mumkin. Pedagogning ishi rejisser
ishiga, aktyor ijodiga yaqin. Bolaga aktyorlarcha ta’sir o‘tkazish ijtimoiy pedagog ishida samara berishi mumkin. Ijtimoiy pedagog yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. To‘g‘ri qaror qabul qilish, qayta tiklash (reabilitatsiya) ishlarini tashkil qilishni bilishi kerak. Ijtimoiy pedagog bola boshiga tushgan kulfatga duch kelishi mumkin.
Masalan: Ota - onadan erta judo bo‘lishi, oiladagi nosog‘lom muhit vahokazo. Bular bolalar hayotida turli psixik o‘zgarishlarga, kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Hozirgi zamon sharoitida ijtimoiy pedagog faoliyatidan quyidagi joylarda foydalanish mumkin: maktab - internatlar, mehribonlik uylarida;

  • bolalar - sihatgohlarida. - ijtimoiy - ta’limiy markazlarida;

  • ijtimoiy psixologik yordam markazlarida;

madaniy markazlarda, dam olish markazlarida, yoshlar klublarida; yozgi lagerlarda;
mahallada, mahalladagi pedagog murabbiy bilan, xotin - qizlar qo‘mitasi, uchastka inspektori bilan muomala o‘rnatish;
Ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o‘ziga xosligi.
O‘rta umumta’lim tizimida eng zamonaviy mutaxassisliklardan biri - bu ijtimoiy pedagoglik kasbidir. Uning asosiy vazifasi - tarbiyaviy ishlarni hayotiy muhim oilaviy va ijtimoiy muammolarni o‘zida his etayotgan yosh avlodni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borishdan iborat, qiyin bo‘lgan turmush masalalarini yengillatish, so‘z va amalda yordam berish, ijtimoiy pedagog amaliy faoliyatining axloqiy pozitsiyasi va yo‘naltirilgani ana shulardan iborat.
Bu vazifalarni hal etishda quyidagicha yo‘l tutishga harakat qilinadi.

  1. Amaliy qism; shahardagi maktablardan birini sinf rahbari bilan suxbatlashib uning fikrini

olish;

  1. Nazariy qism; shu soha bilan shug‘ullanayotgan olimlar ilgari surgan nazariy materiallar

bilan tanishish;
Suhbat, tushuntirish mavzusi, hozirgi murakkab iqtisodiy bozor munosabatlari sharoitida bolalar va o‘smirlarni tarbiyalashning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi.
Tanlangan shakl ijtimoiy pedagog ishining mohiyat va mazmunini ma’lum darajada bayon etishga imkon beradi. Maktab jamoasining hayotidan olingan aniq misollarga tayanish nazariy harakterli hulosalarni yana ham asosli tarzda umumlashtirishga yordam beradi. Quyida maktab ijtimoiy pedagogi bilan qilingan suhbatni keltiramiz: Hurmatli Sanobar Alievna, (keltirilgan ism va familiya to‘qima) sizning ishingizni o‘ziga xosligi nimada?
Maktab yoshlarining ko‘plab muammolarini yechimida kimlar bilan faoliyat ko‘rsatasiz?
- Bir qator shahar va viloyat muassasalari bilan hamkorlikda ish yuritamiz.
Masalan: mahallalardagi faollar, ilg‘or oilalar bilan shahar va viloyat oila markazlari, Xotin- qizlar qo‘mitalari, diniy idoralar, narkologik dispanserlar, jamoatchilik asosidagi mahalla posbonlari, o‘smirlar bilan ishlovchi uchastka noziri va boshqalar bilan aloqada ish olib boramiz. Bolalar bilan ishlash - bu bir vaqtning o‘zida ularning ota - onalari bilan ishlash hamdir. Ular bilan suxbatlashamiz, ayrim hollarda ularga ta’sir
o‘tkazishga yoki ularning qo‘llab - quvvatlashlarini ta’minlashga erishamiz. Shunday bir voqea bo‘lgan edi. Maktab yuqori sinf o‘quvchisi boshqa quyi sinfdagi bola bilan tanishib, yaqin bo‘lib qolishdi. Yuqori sinfdagi o‘quvchi chekish, ichish borasida katta tajribaga ega bo‘lib uyiga juda kech kelardi, ba’zan turli joylarda yotib qolardi, kimlar bilan va nimalar bilan shug‘ullanishi aniq emas edi. Keyinchalik o‘zi tanishgan quyi sinfdagi o‘rtog‘ini ham ana shunday ishlarga o‘rgata boshladi. U ham chekishni, ichishni o‘rgana boshladi. Uylarga kech keldi, unda ham usti boshi kir, dazmollamagan, yuzi so‘lgan, ko‘zlari qizargan holda kelar edi. Undagi bunday o‘zgarish meni e’tiborimni tortdi. Boladagi o‘zgarishlar sababini surishtirganimda yuqori sinfdagi ana shu bola bilan «o‘rtoqlashib» qolganini va bolani xulq - atvorini aytib berdi. Tezlik bilan ko‘rilgan chora - tadbir natijasida bolani bu noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarishga muvaffaq bo‘ldik. Buning uchun sinfdagi o‘quvchilarni bu bolaga alohida e’tiborini qaratishga to‘g‘ri keldi. Sinfdagi o‘quvchilar u bilan suxbatlashib, uni turli qiziqarli to‘garaklarga tortish, unga g‘amxo‘rlik qilishga, birgalikda dars tayyorlash, bo‘sh vaqtlarini birga o‘tkazishga harakat qilishda, agar biron bir narsadan qiynalsa yoki kasal bo‘lib qolsa yordam berishi, unga turli yo‘llar bilan mexribonlik ko‘rsatishga harakat qilishdi. Albatta bu o‘rinda yo‘nalish maslahat, ko‘rsatmalar berib bordim. Xuddi shunday e’tiborni yuqori sinfdagi haligi o‘quvchiga ham qaratildi. Mahalla oqsoqollari, uchastka nozirlari yordamida u o‘quvchi ham sog‘lom hayotga qaytdi. Aytib o‘tish kerakki yuqori sinf o‘quvchisi ota - onasi yo‘q, bo‘sh vaqti katta buvisi qaramog‘ida bo‘lgani, mening sinfimdagi bolani esa oilasida aka -ukalari ko‘p bo‘lib, ular iqtisodiy qiyinchilikda
yashar edilar. Shundan so‘ng, bu oilalarga e’tibor ham iqtisodiy, moddiy, hamda ma’naviy yordam kuchaytirildi.
Kattalarning begona oilalar bolalariga g‘amxo‘rligi alohida e’tiborli - bu jamiyat uchun ham, o‘smoqda bo‘lgan yosh avlodga ham katta yordam beradi.
Hozirgi vaqtda shahar va viloyatlardagi maktab, litsey va kollejdagi ayrim o‘quvchilarga narkotik va toksik moddalar yordamida ukol qilish hollari uchramoqda. Bunday illatlarni oldini olish uchun sizlarda qanday chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda?
Bu borada shahardagi narkologik dispanser bilan doimo aloqada bo‘lib turamiz. Chunki, maktab shaharning qoq markazida joylashgan va turli millat bolalari o‘qiydigan ta’lim muassasasi bo‘lib, hammavaqt ham o‘quvchilarni doimiy nazoratda saqlash qiyin. Uning ustiga ko‘p bolalarning ota - onalari ish bilan band bo‘lganligi sababli o‘z farzandlarini hamma vaqt ham nima bilan shug‘ullanishini bilavermaydi. Shu sababli maktab jamoasi bolalarni o‘rab to‘rgan muhit, darsdan keyingi faoliyatini kuzatish va o‘rganishga alohida e’tibor berishadi. Bundan tashqari narkomaniya va uni oqibatlari to‘g‘risida mutaxassis vrachlar suxbatlari uyushtiriladi. Shunday illatga o‘rganganlar hayotidan olingan filmlarni birgalikda tomosha qilish, ularni muxokama qilish bilan shug‘ullanamiz. Mana shu tarzda o‘tkazilgan tadbirlar narkomaniyaga ruju qo‘ygan ota - onalarni o‘rganish va ular o‘rtasida profilaktika o‘tkazish orqali ham amalga oshiriladi.
Jamiyatda tabaqalanish yuzaga kelmoqda. Birida qator - qator mashinalar, koshona uy - xovlilar, dachalar oila a’zolari esa turli - tuman qimmatbaho kiyinishgan. Boshqalar esa baholi qudrat, kiyinishi ham shunga yarasha. Mana shunday ijtimoiy farqlanish maktab ta’lim tarbiyasida qanday o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda?
Ota - onalarni bunday ijtimoiy holatlari bolalar psixologiyasi va harakteriga, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatyapti?
Bu borada bolalar o‘rtasida tortishuvlar bo‘lib turadi. Yaqinda bir sinfda o‘quvchi qizlar o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi. Kam ta’minlangan oiladan kelib chiqqan qizga nisbatan 3-4 sinfdagi qizlar «bechora», «ozg‘inligini qarang», «hech nimasi yo‘q» kabi
shaxsga teguvchi haqoratomuz so‘zlar aytishgan, turli laqablar qo‘yishgan. Haqoratlash pastga urishlar qizni jaxlini chiqargan va haqoratlagan qiz bilan urishib, uni yuziga tarsaki solishgacha borgan. Ana shunday kam ta’minlangan oilalardan kelgan bolalarga nisbatan yumshoq ko‘ngillik, do‘stona munosabat, hushmuomalalikni qanday qilib tarbiyalash mumkin?
Biz bu o‘rinda islom dini qoidalariga, hadis ilmiga, din ulamolarining suhbatlari orqali ushbu masalalarni yechimini topishga harakat qilamiz?
Masalan, viloyatimizdagi machitlardan birining din ulamosi o‘quvchilar bilan 5 ta uchrashuv o‘tkazdi. U o‘z suhbatida islom dinining mohiyat, mazmunini bolalarga yetkazishga harakat qildi. U asosan, musulmon bandalari doimo bir - birlariga mehribon, xushmuomalada bo‘lishlari kambag‘al, keksalarga doimo yaxshilik qilishlari lozimligini ishonarli dalillar, tarixiy hikoyatlar asosida yetkazishga erishdi. Bunday uchrashuv va suhbatlar mahalladagi keksa, baobro‘ kishilar tomonidan ham uyushtirilib uzoq barakali el xizmatidagi inson bo‘lib yashashning sirlari haqida qiziqarli tarzda olib borilmoqda. Shuningdek, maktabimiz adabiyot, tarix o‘kituvchilari ham o‘tmishdagi buyuk shaxslar hayotiga oid manbalarga asoslanib o‘kuvchilarda buyuk insoniy sifatlarni shakllantirishga erishmokdalar. Hozirgi turli oqimlar, guruhlar va tashqaridan bo‘layotgan noto‘g‘ri g‘oyaviy hujumlarni oldini olish va yoshlarni shunday goya va guruhlar muhitiga tushib kolmasliklari uchun ularning darsdan tashqari vaktlardagi bush vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan qanday tadbirlar o‘tkazilyapti?
Albatta, bolalar ayniqsa kichik maktab yoshi va o‘smir yoshdagi bolalar o‘sha Siz yuqorida aytib o‘tgan g‘oyalar va oqimlar muhitiga tushib qolishi ehtimoli yo‘q emas. Bularni oldini olish uchun mahalla qo‘mitalari qoshida mavjud faollar, mahalla oqsoqollari, obro‘li oilalarni ayrim
«noqulay oila», tarbiyasi qiyin bolalar bilan alohida ishlashlarini tashkil etamiz. Bunday faollarga pedagogik maslahat, ko‘rsatmalar berib boramiz. O‘zimiz ham shunday faollar bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatishga harakat qilamiz. Chunki, har bir ko‘cha, mahallalardagi keksalar, baobro‘ oilalar, faollar o‘sha joyni har tomonlama yaxshi bilishi bilan birga, ularni ma’lum o‘ziga mos ta’sir kuchi mavjudki, bularni nazarda tutmoq lozim. Bulardan tashqari, maktab joylashgan mavzeda turli sport
maydonchalari, maktabning sport inshootlarida taniqli sportchilar, xomiylar yordamida uchrashuv, musobaqa, tadbirlar tashkillashtirib boriladi. Bu esa bolalar hayotini mazmunli tashkil etish va yo‘lga qo‘yishdagi eng muhimi ularni noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketmasliklariga imkoniyat yaratiladi.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish