Qarshi davlat universiteti pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika fanidan


Qo‘llaniladigan ta’lim texnalogiyalari: Blits-so‘rov, munozara, savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat. Adabiyotlar:A1,A2,A3,A14Q5,Q6,Q7.Q8,Q9..Q12



Download 0,55 Mb.
bet99/114
Sana31.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#419429
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   114
Bog'liq
2021 Мажмуа. Xorijiy til .3-к 5- semestr (2) (1)

Qo‘llaniladigan ta’lim texnalogiyalari: Blits-so‘rov, munozara, savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat. Adabiyotlar:A1,A2,A3,A14Q5,Q6,Q7.Q8,Q9..Q12


Umumiy Pedagogika” fani bо‘yicha 5 -semestr ma’ruza mashg‘ulotining kalendar tematik rejasi







MAVZU NOMLARI



Mashg‘ ulotturi

Ajr atil gan Soa ti

Bajarili shihaqi dama’lu
mot

O‘qituvc hi imzosi

Oyvaku n

1.


5 –Моdul. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi. Ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faolyat sohasi sifatida.

ma’ruza

2








2.

Ijtimoiylashuv omillari va vositalari. Bolaning sotsiumda rivojlanishi.

ma’ruza

2







3.

Ijtimoiy –pedagogik tadqiqotlar.

ma’ruza

2







4.

Oila va maktab yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan
ijtimoiy - pedagogik faoliyat.

ma’ruza

2







1-Oraliq nazorat

5.

Me`yordan og`ish va deviant xulq ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida.




2








6.

Giyohvandlik, narkomaniya, toksikomaniya, deviant xulqning namoyon bo`lish shakli sifatida.

ma’ruza

2







7.

Bolalar ichkilikbozlikning sabablari va oldini olish.

ma’ruza

2







8.

Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyasi.

ma’ruza

2







2 –Oraliq nazorat




Jami: 16 soat.















Umumiy pedagogika” fani bо‘yicha seminar 5 -semestr mashg‘ulotining kalendar tematik rejasi






MAVZU NOMLARI

Mashg‘ul otturi

Ajra tilga nSo ati

Bajarilis hihaqida ma’lumo t

O‘qituvch i imzosi

Oyvakun

1

Ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faolyat sohasi sifatida.

seminar

2







2

Ijtimoiylashuv-ijtimoiy pedagogik jarayon.

seminar

2







3

Ijtimoiylashuv omillari va vositalari.

seminar

2







4.

Bolaning sotsiumda rivojlanishi

seminar

2







5.

Ijtimoiy –pedagogik tadqiqotlar.

seminar

2







6.

Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy - pedagogik faoliyat .Ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi
bolalar bilan olib boradigan faoliyati.

seminar

2








7.

Me`yordan og`ish va deviant xulq ijtimoiy- pedagogik muammo sifatida.

seminar

2







8.

Giyohvandlik, narkomaniya, toksikomaniya, ichkilikbozlik deviant xulqning namoyon bo`lish shakli sifatida.

seminar


2








9.

Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyasi

seminar

2
















Jami:




18s








Mustaqil ta’lim mazmuni ma’ruza va seminar mashg’ulotlari mavzulari asosida shakllantiriladi. Biroq mustaqil ta’lim ko’proq ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida o’rganilmagan masalalarni o’z ichiga qamrab oladi. Mustaqil ta’lim asosida o’qib- o’rganilgan masalalar fan boyicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari savollarida o’z aksini topadi.







Mustaqil ta’lim mavzulari

Ajratil gan soat

1.

Ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faolyat sohasi sifatida. Adabiyot Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - Т.:Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

2

2.


Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy – pedagogic faoliyat. Adabiyot Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - Т.:Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

2


3.


Ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan olib boradigan faoliyati. Adabiyot Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - Т.:Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

2


4.


Me`yordan og`ish va deviant xulq ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida.
Adabiyot Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - Т.:Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

2


5.


Giyohvandlik deviant xulqning namoyon bo`lish shakli sifatida. Adabiyot Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - Т.:Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

2


6.


Narkomaniya, toksikomaniya deviant xulqning namoyon bo`lish shakli sifatida.. Adabiyot Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - Т.:Alisher
Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

2


7.


Ichklikbozlik deviant xulqning namoyon - bo`lish shakli sifatida. Adabiyot
Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - Т.:Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

2


8.


Ijtimoiy – pedagogik faoliyat metodikasi va texnologiyalari. Adabiyot Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - Т.:Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

2


9.


Nomaqbul oilalar bilan ishlashning ijtimoiy – pedagogic texnologiyalari.. Adabiyot Egamberdieva N..M. «Ijtimoiy pedagogika» - Т.:Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

2


10.


Deviatsiya konseptsiyasida reablitatsiya, profilaktika va korrektsiya masalalari. Adabiyot Egamberdieva N..M. «Ijtimoiy pedagogika» - Т.:Alisher
Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

2


11.


Xalq pedagogikasida oila, bolalar va ota-onalar muammolari. Adabiyot Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - Т.:Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

2

12.


Bola shaxsi, uning rivojlanishi va muhitga bog`liqligi. Adabiyot Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - Т.:Alisher Navoiy nomidagi
O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

2


13.


Xalq pedagogikasida oila, bolalar va ota-onalar muammolari. Adabiyot Egamberdieva N.M. «Ijtimoiy pedagogika» - Т.:Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

2





Jami:

26s

Tarqatma materiallar.
UCHRASHUV DARSI
Noan’anaviy darslar ichida uchrashuv tipidagi dars deyarli barcha fanlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali dars hisoblanadi. Tarix, geografiya, matematika, til, kimyo-biologiya, shoir, yozuvchi yoki fan arboblari talaygina. Uchrashuv darsining mohiyati shundaki, dars mavzusiga mos ravishda shu fanga hissa qo‘shgan olim yoki yozuvchi “obrazi” ga o‘quvchilardan biri kirib, o‘zining hayot yo‘li, ijodi va yaratgan asarlari haqida fikr yuritiladi.
Uchrashuv darsining kirish qismida quyidagi ishlar amalga oshiladi.

      1. O‘qituvchining dars mavzusi,maqsadi,shiori va dars rejasi haqidagi kirish so‘zi.

      2. Olim yoki shoirning eng yaxshi asarlari namoyishi.

      3. Shoir yoki olim “ obrazi ”dagi o‘quvchini sinfga taklif etib, kutib olish. Darsning asosiy qismi:

  1. Shoir (olim)ning hayot yo‘li va ijodi haqida ma’ruza.

  2. O‘quvchilarning shoir(olim) bilan savol-javoblari.

  3. Shoir (olim)ijodidan namuna sifatida badiiy montaj. Darsning yakuniy qismida:

  1. olim yoki shoir ishtirokida “sirli sandiq” o‘yini (Sandiqda olim hayoti va ijodi bilan bog‘liq savollar)

  2. Ilg‘or o‘quvchilarni taqdirlash.

  3. Shoir yoki olimning yakuniy so‘zi.

Bunday darslarda,dars qahramonni portreti asarlaridan namunalar,hayoti va ijodi bilan bog‘liq krossvordlar, guldasta va boshqa mukofotlar bilan bezatiladi.
“KIM OSHDI SAVDOSI” DARS
“Kim oshdi savdosi darsi” odatda, “auksion dars” nomi bilan ham yuritiladi. Bunday darslarni umumlashtiruvchi takrorlash darslarida qo‘llash ancha samarali hisoblanadi. Uni aniq va tabiiy fanlarda qo‘llash mumkin. Bunday darslarni tashkil etishda o‘qituvchi va o‘quvchilar
auksion qonun-qoidalarini yaxshi o‘zlashtirishlari kerak. Bunday darslarni quyidagi tartibda olib boriladi.
Aksionni olib boruvchi sifatida a’lochi o‘quvchilardan biri tayinlanadi. U tong va bolg‘a bilan shu fanga zarur bo‘lgan asboblar qo‘yiladi. Masalan,matematikadan-geometrik figuralar yoki ularga mos buyuumlar qo‘yiladi pechenye, gugurt, piramida, konserva,koptok va h.k.). Geografiyadan (globus,kompas,transportir,chizg‘ich va h.k.) sotuvga qo‘yiladi.
Akutsionga o‘xshab har bir predmet uchun 1 tadan 10 tagacha shu fanga doir savollarga o‘quvchi javob berishi kerak. Masalanan, globus-8, ya’ni uni o‘quvchi qo‘lga kiritishi uchun 8 ta savolga javob topishi kerak. Agar boshqa ishtirokchi globus-10 desa, uning narxi oshgan bo‘ladi. Qaysi auksion ishtirokchisi 3 gacha sanashda to‘g‘ri javob bersa,u yutgan hisoblanadi. Aksionda musiqali tanaffus e’lon qilinadi. G‘oliblar taqdirlanadi. Uni 7-10 sinflarda o‘tkazish ancha samara beradi.
SINOV DARSLAR
«Sinov darslar»i odatda bob yoki bo‘lim yakunida, o‘quv choragi yoki o‘quv yili yakunida barcha umumta’lim fanlaridan tashkil etib o‘tkazilishi mumkin.
Bu darsning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u Yangi pedagogik texnologiya elementlariga asoslangan turli ko‘rinishlarda tashkil etilishi mumkin. Uning variantlarini tanlash tanlash har bir Fan mutaxassisining mahoratiga, ilmiy salohati va eng asosiysi, uning fanlariga mos tushadigan sinov darsi variantini keltirmoqchimiz.
O‘kituvchi va ikki o‘quvchidan iborat sinov komissiyasi tuziladi. O‘qituvchi komissiya raisi o‘quvchilar a’zo qilib tayinlanadilar.
Sinovning birinchi bosqichi og‘zaki savol-javob bo‘lib, 20-30 ta mavzuga doir savollar doskasiga yozib qo‘yiladi. Sinovga chaqirilgan har o‘kuvchi kamida 2 ta savolga jaob berishi lozim.
Undan o‘tgan sinovning ikkinchi bosqichiga ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Sinovning ikkinchi bosqichi o‘tilgan bob yoki bo‘lim mavzulari asosida tuzilgan 15 ta savoldan iborat test sinovi bo‘lib test topshiriq varaqalari o‘quvchilar soniga mos ravishda ko‘paytiriladi.
Dars yakunida og‘zaki savol-javoblar hamda test topshiriqlari yakuni bo‘yicha baholarni sinov komissiyasi e’lon qiladi.
«ZAKOVAT» DARSI
Bu dars orqali o‘quvchilarni intellektual rivojlantirish ancha samarali hisoblanadi. Undan matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya, geografiya, ona tili va boshqa barcha o‘quv fanlarida samarali foydalanish mumkin. Odatda, ma’lum fanning muayan bob yoki bo‘limi
yakunlangach bunday darslarni tashkil etib o‘tkazish ancha samarali hisoblanadi. Darsni o‘tkazish tartibi qo‘yidagicha:
Sinfdagi bilimli,zukko o‘quvchilardan 6 nafari tanlanib «Zakovat» klubi tashkil etiladi.
Boshlovchi (a’lochi yoki Fan o‘qituvchisi) 10 kun oldin sinfdagi har bir o‘quvchidan dars mavzulariga mos 2 tadan qiziqarli savol-topshiriqlari tuzdirib oladi va topshiriqlarini to‘plashni tashkil etishadi. Topshiriq mazmunining maxfiyligi ta’minlanishi zarur. Tushgan savollardan 11 tasi saralab tanlanadi.
«Zakovot» darsida boshlovchining yordamchisi konvertlarni raqamlab chiqadi. Ishtirokchilar navbat bilan konvertlarni tortib 1 daqiqa ichida savollarga umumkomanda (6 kishi) nomidan yakuniy javob beradilar.
Bu o‘rinda komanda a’zolari yoki tomoshabinlar g‘olib bo‘lishi mumkin. 3 kishidan iborat hakamlar hay’ati,berilgan savollar hamda javoblarni baholab boradilar. Eng yaxshi savol ya’ni eng zukko «Zakovot» klubi ishtirokchisi qimmatbaho kitoblar bilan taqdirlanadi.
MUSOBAQA DARSI
«Musobaqa darsi» umumiy o‘rta ta’lim fanlarining barchasida qo‘llash samarali natija beradi. Odatda, bob yoki bo‘lim yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan darslarda uni qo‘llash maqsadga muvofiqdir, u darsni o‘tkazish tartibi quyidagicha bo‘ladi:
Sinfdagi o‘quvchilar qatoriga qarab 3 ta komandaga ajratiladi. Ularga nom qo‘yiladi.
Embelema tayyorlanadi. Kapitanlar tayinlanadi.
II. Uch kishidan iborat hakamlar hay’ati tuziladi.
O‘qituvchi dars mavzusi yuzasidan 60 ta savol va har bir savolga mos rivishda 60 ta yulduzcha tayyorlaydi. Har bir to‘g‘ri javobga 1 ta yulduzcha beriladi.Darsning borishi quyidagicha amalga oshadi:
5 minutlik musiqali pauza. Komandalar o‘z nomlarini izohlab, o‘z shiorlarini e’lon qiladilar.
Uy topshirig‘i (eng original bajarilgan uy ishi-5 balgacha baholanadi).
O‘ylab top! Musobaqasi har bir komandaga 10 tadan qisqa,qiziqarli savol beriladi. To‘g‘ri javob yulduzcha bilan taqdirlab boriladi.
Kapitanlar bahsi-mavzu yuzasidan 3 tadan qiziqarli savollar beriladi. To‘g‘ri javob yulduzcha bilan taqdirlanadi.
Rassomlar konkursi-har komandadan bir rassom o‘quvchi tanlanib, u dars mavzusiga atab rasm chizib hakamlar hay’atiga topshiradi.
Eng yaxshi she’r tanlovi – dars mavzusiga atalgan eng yaxshi she’r komanda tomonidan hakamlar hay’atiga taqdim qilinadi. Dars yakunlanib xulosa chiqariladi.
IJODIY DARSLAR
“Ijodiy darslar” barcha umumta’lim fanlaridan o‘tkazilishi mumkin. Ilg‘or tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday darslarni ta’lim tayyorgarligi ancha yuqori bo‘lgan sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazish yaxshi samara beradi. «Ijodiy darslar» tashkil etish metodikasi quyidagicha:
Sinf o‘quvchilari ixtiyoriy ravishda 5 guruhga ajratiladi.
1-2 guruhlarga yangi dars mavzusi bo‘yicha krossvordlar tuzish topshiriladi. Bunga 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
3-4 guruhlarga dars mavzusi bo‘yicha «Evrika» - mantiqiy didakdik savollar berilib shu asosda o‘yin olib boriladi. Unda har bir o‘quvchiga 2 tadan savol- topshiriq beriladi. Javoblar uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
5 guruh «Sinaristlar» guruxi bo‘lib, ular dars mavzusiga bag‘ishlab, hujjatli, mul’tfilm shakllaridan birini tanlab sinariy yozadilar. Sinariy usuli hajviy, yumoristik, jiddiy, dramma shakillarida bo‘lishi mumkin.
3 kishidan iborat hakamlar hayati ijodiy ishlar ko‘rigini o‘tkazadi va natijalarga ball qo‘yadi. Hakamlar ishining yakuni uchun 5-10 daqiqa kifoya. Bu darsda musiqali tanaffus bo‘lishi mumkin.

IJODIY ISHNI HIMOYA QILISH DARSI


Bunday noan’anaviy darsni barcha o‘quv fanlarida tashkil etib o‘tkazish mumkin.O‘quvchi ma’lum bir bo‘limni o‘rganishdan olidin shu bo‘lim mavzulari yuzasidan 15-20 ta «ijodiy ish» mavzusini ajratadi va uni o‘quvchilarga tarqatadi.
Eng a’lochiga o‘quvchilardan «ilmiy raxbar» tayinlaydi. Ijodiy ish olgan o‘quvchilarga
«Ilmiy tadqiqotchi» nomi beriladi.
Har bir ijodiy ishga 1nafar «opponent» tayinlanadi. Ijodiy ish himoyasi umumlashtiruvchi takrorlash darsida amalga oshiriladi.
O‘qituvchi «ilmiy kengash raisi» vazifasini bajaradi. Har bir ijodiy ishni himoya qiluvchi o‘quvchiga «opponent» ijodiy ishni bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar,ularni bartaraf etish haqidagi mulhazalarini 2 daqiqada bayon etadi. Ilmiy rahbar mazkur ish yuzasidan o‘z fikrini bayon etib o‘z bahosini e’lon qiladi.
ISHCHAN O‘YINLAR DARSI
Bunday darslarni barcha o‘quv fanlaridan o‘quv yili oxirida, bo‘lim yoki boblarni yakunlash jarayonida o‘tkazish tavsiya etiladi. Ishchan o‘yinlarni tashkil etish, ayniqsa 10-11 sinflarda juda yuqori samara beradi. Insoniyat oldida turgan global muammolar, iqtisodiyot, til va madaniyat, inson salomatligi va hokozo dolzarb mavzular mazmunini yoritishda bunday darslarni qo‘llash muhim ahamiyatga quyidagicha.
Sinf o‘quvchilari maxsus guruxlarga ajratiladi.

  1. Birinchi gurux- ilmiy g‘oyalar, ilmiy taxminlar turli sohalardagi ilmiy loyihalar tuzish ularning mazmunini tushuntirish va himoya qilish bilan shug‘ullanadi (4-5 ta bilimdon o‘quvchidan iborat)

  2. Ikkinchi guruh- yordamchi guruh bo‘lib, u kerakli ma’lumotlarni to‘playdi. Qo‘shimcha adabiyotlarni, ma’lumotnoma - spravochniklarni birinchi guruhga yetkazib beradi(4-5 nafar o‘quvchidan iborat).

  3. Uchunchi guruh- ijrochi guruh bo‘lib birinchi guruh bergan topshiriqlarni bajaradi va ijroning borishi haqida axborotlar tayyorlab boradi.

  1. To‘rtinchi guruh-nazorat guruhi hisoblanib, ularga nazorat kartochkalari to‘ldiradi va 1- chi hamda 3- chi guruxlarga berib turadi.

  2. Ilmiy kengash guruhi – olimlar, iqtisodchilar, yuristlar, jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillari. Dars haqida yakuniy xulosa beradi.

KICHIK GUXLARDA ISHLASH USULI
Sinf o‘quvchilariga darsning boshida 2-3 minut mavzudagi asosiy muammo haqda yo‘naltiruvchi topshiriqlar beriladi.
So‘ngra sinf 3-4 o‘quvchidan iborat kichik guruxlarga ajratiladi. Bu guruxlarning kapitanlari bo‘ladi. O‘quvchi kichik guruxlarda ishlaganda, darsda faol ishtirok etish huquqiga boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai nazarlarni qadrlashga o‘rganadi. Usul quyidagi tartibda qo‘llaniladi.
Faoliyat yo‘lalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi.
Kerakli asos yaratiladi.O‘quvchilar mazkur muammo haqida ma’lum bir tushunchaga ega bo‘lishlari kerak.
Guruxlarga 3-4 tadan o‘quvchilar birlashtiriladi. Guruh rahbarlari tayinlanadi.
O‘qituvchi tomonidan mazkur muammo bo‘yicha o‘quvchilarga aniq ko‘rsatmalar beriladi. O‘quvchilarning ishi qo‘llab-quvvatlab va yo‘naltirib turiladi.
Mazkur masala yuzasidan har bir guruh rahbari o‘z guruxdoshlari nomidan chiqib o‘z nuqtai nazarini himoya qiladi.
O‘qituvchi yakuniy xulosalaydi. Munozara usuli.
Munozara o‘tkazish mavzusi aniq bo‘lishi kerak.
Masalan: geografiyadan «Yangi dengizni saqlab qolish» mummosi, tarixdan «Yangi demokratik fuqarolar jamiyati qurish muammolari», iqtisodiyotdan «Bozor munosabatlariga o‘tish muammolari», o‘zbek tili va adabiyotdan «Til sofligini ta’minlash muammolari» singari mavzular tanlash mumkin. Tanlangan muammo qismlarga ajratilib 15-20 ta qisqa savollar o‘quvchilarga
berilib,sinf o‘quvchilari 3-4 kishidan guruxlarga ajratiladi. 15-20 minut guruxlarning savollarga javobi muhokama etiladi va munozara boshlanadi. Munozarada har bir gurux a’zosi quyilgan muammolar haqida o‘z fikrini bayon etish huquqiga ega. Boshlovchi va 3 kishidan iborat ekspert guruxi barcha javoblarni tahlil qilib eng maqbul javob variantlarini aniqlaydi. Muammoni hal qilishning optimal varianti aniqlanib munozaraga yakun yasaladi.
TO‘G‘RI TOP USULI
Bu interfaol usuli deyarli barcha o‘quv fanlarida samarali qo‘llash mumkin. To‘plangan ilg‘or pedagogik tajriba bu usulni asosan boshlang‘ich sinflarda hamda 5-6 sinflarda qo‘llash samarali bo‘lishini ko‘rsatdi. O‘qituvchi dars mavzusiga mos ravishda o‘quvchilarga 15-20 ta tasvirli rasm yoki chizma tarqatadi. Geografiya darslarida bu vulqon,tog‘, orol,yarim orol yoki kartadagi biror- bir shartli belgi bo‘lishi mumkin. Matematika-konkurs,doira romb,silindr,kvadrat yoki boshqa bir geometrik figura rasmi bo‘lishi, biologiyada baliq, qush, sut emizuvchi yoki turli oilaga doir o‘simlik olami vakillarining rasmi bo‘lishi mumkin.10 minut davomida o‘quvchi qo‘lidagi rasmni izohlab yozma javob berishi kerak.Kimning javobi puxta va aniq bo‘lsa u g‘olib bo‘ladi.
KIM KO‘P BILADI USULI
Bu usulni xohlagan o‘quv predmetidan xohlagan mavzuni o‘rganishda qo‘llash mumkin.Har bir ishtirokchi biror-bir mavzu yuzasidan 1 tadan (muammoli) savol tuza olishi kerak. Savollar yozilgan qog‘ozlarni o‘qituvchiga topshiradilar.Sinf o‘quvchilari 2 guruhga bo‘linadi. Boshqaruvchi savolni o‘qiydi.Savolga javob beruvchilar qo‘l ko‘taradilar. Boshlovchi qo‘llarni sanab har biriga 1 balldan qo‘yadi. Har bir savolga 1 o‘quvchidan javob so‘raladi. Agar javob noto‘g‘ri bo‘lsa, O‘sha guruxdan 1 ball ayirib tashlanadi. Qaysi gurux ko‘p ball to‘plasa o‘sha guruh g‘olib sanaladi.
«5 daqaqa»usuli
Bu interfaol usuli xoxlagan fanning xoxlagan mavzusini o‘rganish jarayonida qo‘llash mumkin. O‘quvchilarni stol atrofida shunday joylashtirish kerakki, bir-birining nima yozayotganligini ko‘rmasin. U vazifani tanlaydi. O‘quchi 5 daqiqa ichida topshirishi shart. Geografiyadan joy nomlari, tarixdan-xronologik sanalar,ona tili va adabiyotdan-gap bo‘laklari, matematika,fizika,kimyodan-formulalar bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p nom yozgan va uni izoxlab bergan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi.
“ NIMAGA” VA “NIMA UCHUN”? USULLARI
Bu usulni barcha umumta’lim fanlarining barcha mavzularini o‘rganish jarayonida qo‘llash mumkin.O‘qituvchi bir xil hajmdagi karton qog‘ozlarga 1 tadan 40 ta qisqa va aniq savollar yozib chiqadi. Savollar nimaga va nima uchun? Tamoyiliga moslab tuziladi. Masalan: O‘zbekiston qaysi iqlim mintaqasida joylashgan? Shu iqlim mintaqasiga xos xususiyatlar nimalardan iborat va h.k.
Usulni qo‘llashdan oldin barcha varaqalar yig‘ib olinib aralashtiriladi va teskari qilib qo‘yib chiqiladi. O‘quvchilar birin- ketin varaqa tortib savolga javob beradilar. Agar savolga javob berilmasa, uni o‘quvchi qaytib joyiga qo‘yadi. To‘g‘ri javob bergan o‘quvchi varaqani o‘zida saqlab qoladi. Eng ko‘p varaqa to‘plagan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi.
XAYOLIY SAYOHAT USULI
Ta’limning bu interfaol usuli tarix,geografiya, til adabiyot va boshqa fanlarda qo‘llanilishi, mumkin. Tarixdan biror davrdagi ma’lum bir davlat tarixiga oid, geografiyadan biror bir qishloq,materik,orol, davlat bo‘ylab xayoliy sayyohat qilib uni yozma tarzda yozish talab etiladi. Ishtirokchi o‘zi mustaqil (ilhom bilan) o‘sha joyni yozma tasvirlashi kerak. Kimning yozma tasvirlashi mazmunan yuqori saviyada yozilgan bo‘lsa, u g‘olib hisoblanadi.

UCHUNCHISI ORTIQCHA USULI


Mazkur interfaol usulni barcha fanlarda xoxlagan mavzuni o‘rganish jarayonida qo‘llash mumkin. Bunda bir-biriga mos keladigan 2 ta to‘g‘ri va 1 ta noto‘g‘ri savol topshiriq jadvali asosida o‘quvchi e’tiboriga havola etiladi. Buni biz geografik topshiriq misolida keltiramiz.

№ Tumanlar Viloyatlar


Respublikalar
1.
Bo‘ka Shimkent O‘zbekiston

2.
Sayram Toshkent Qozog‘iston


3.
Qorako‘l Jizzax Tojikiston


Yuqoridagilar ichida qaysi biri ortiqchaligini kim tez topsa g‘alaba qiladi. POCHTA USULI
Barcha fanlarda va barcha o‘quv mavzularini o‘rganish jarayonida qo‘llash mumkin. O‘qituvchi bir nechta (mavzuga mos) konvert olib uning ustiga eng zarur bo‘lgan asosiy yozuvlarni yozib qo‘yadi va ular stol ustiga ko‘zga ko‘rinarli qilib joylashtiriladi. Masalan; 6- sinf
«materiklar va okeanlar geografiyasi» kursida 6 ta konvert olinib ustiga «Afrika», «Antraktida»,
«Avstraliya», «Janubiy Amerika», «Shimoliy Amerika», «Yevroosiyo», deb yoziladi. Endi shu materiklardagi daryo, ko‘l, shahar, davlat, tog‘, tekislik nomlari yozilgan qog‘ozchalar o‘quvchilarga tarqatiladi. Qaysi nom qaysi materika mos kelsa, o‘quvchi uni o‘sha konvertga solish kerak. Kim savollarga ko‘p va aniq javob topib konvertga joylashtirsa o‘sha yuqori ball oladi. Bunday usulni ona tili darslarida so‘z turkumlarini aniqlashda yoki gap bo‘laklarini ajratishda samarali qo‘llash mumkin.
BIR SAVOLGA UCH JAVOB USULI
Bu interfaol usul barcha umumta’lim fanlarining xoxlagan mavzularini o‘rganish jarayonida qo‘llash mumkin. Buning uchun 40 ta bir xil o‘lchamdagi varaqa olinadi. 10 tasiga savol va 30 tasiga javob yoziladi. Masalan,geoggafiyadan savol varaqasiga tabiat zonalarining joylashuvi nimalarga bog‘liq?- deb yozilsa 1-javob varaqasiga-geografik kenglik, 2-javob varaqasiga-dengiz sathidan balandligiga, 3-javob varaqasiga dengizdan uzoq,yaqinligiga. Savol javobli varaqalar stol ustiga alohida qo‘yiladi. Ishtirokchi bitta savol yozilgan varaqani olib yozilgan savolni o‘qib e’lon qiladi.
Keyin boshqa ishtirokchilar javobli varaqadan bittadan olishadi. Agar javobli varaqalar ichida savolga mos keladiganlari bo‘lsa, savol bergan o‘quvchi shu javob varaqasini o‘ziga oladi. Urtada varaqa qolmasa,usul yakunlanadi. Kim ko‘p javoblar varaqasini yig‘sa, u g‘olib hisoblanadi. Bu usul o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga chorlovchi samarali ta’lim usullaridan biridir.

ANIQLASHTIRISH VA ISBOT USULI


Bu usul aniq va tabiiy yo‘nalishdagi o‘quv fanlariga mos keladi. Eksperimental masalalar matetika, informatika, fizika, kimyo, biologiya fanlarida bir necha usulda yechilishi mumkin. O‘qituvchi bu usulni qo‘llashdan oldin 3 kishidan iborat ekspert guruhi tuzadi. Sinf 3 ta kichik guruhga ajratiladi. Har bir guruh bir masalani o‘z uslubida yechib bo‘lgach, ekspertga taqdim etadi. So‘ngra har bir guruhdan bir o‘quvchi chiqib o‘zi yechgan usulini aniqlashtiradi va isbotlab beradi. Eng original yechimga ega bo‘lgan qator va o‘quvchilar g‘olib hisoblanadilar.
O‘quvchilarda hozir javoblik (og‘zaki, yozma) hissini rivojlantirishga yo‘naltiradigan bu usul –«jamoa orasida muayan topshiriqlarni bajarayotgan va har bir o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda unda ma’lum jamoa (guruh) tomonidan bildirilayotgan fikirga qarshi g‘oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishga» xizmat qiladi. O‘quvchilarga umumiy savol tashlanib, berilgan javoblardan eng yaxshisi tanlanadi. Baxs-munozara. Aloxida dars ko‘rinishida bo‘lib, o‘tilgan mavzuga doir baxsli,
tortushuvli muammolarni ikki guruxga bo‘linib hal etish. Bu usulni qo‘llagan o‘qituvchi sinfni ikki guruhga ajratadi. Birinchi gurux «Tarafdorlar», ikkinchi guruh. «qarshilar». O‘rtaga tayinlangan boshlovchi baxsni muvozanatga solib turadi. Gurux a’zolari navbat bilan mulohazalarini bayon qiladilar.
Guruxlarga bo‘linib ishlash. Sinfdagi o‘quvchilar soniga qarab 6-10 kishidan iborat guruxlarga bo‘linadi. Har guruxga bir nafar guruxboshi tayinlanadi. Guruhdagilar mavzuga doir muammoni hamkorlikda yechadilar va har bir guruhdan bir yoki ikki a’zo mavzu yuzasidan axborot beradi. Bu holat darsning boshlanishi va oxirida qo‘llaniladi.
Juft bo‘lib ishlash. Sinf barcha o‘quvchilari yonida yoki orqasida o‘tirgan o‘rtog‘i bilan baravariga fikr almashib muloqot qilishi. An’anaviy usulda sinfda «o‘qituvchi+o‘quvchi» yoki
«o‘quvchi+o‘quvchi» o‘rtasida muloqot bo‘lib, qolgani sust tinglovchi bo‘lib qolardi. Yangi usulda sinfdagi barcha o‘quvchilar, hatto sust o‘zlashtiruchilar ham o‘zaro muloqotga kirishib, dars ishtirokchisiga aylanadi. Bu usul darsning barcha bosqichlarida qo‘llaniladi.
ZANJIR MASHQI
O‘quvchilarning darsda o‘rganilgan mavzuni qisimlarga bo‘lib navbatma – navbat bayon etishlari orqali yaxlit bir ko‘rinishda umumlashtirish usuli. Masalan: 1-o‘quvchi: kislorod-oddiy modda.

  1. o‘quvchi: U-rangsiz, hidsiz gaz.

  2. o‘quvchi: U- 218 darajada suyuqlanadi. 4-o‘quvchi: U-183 darajada qaynaydi.

  1. o‘quvchi: Suvning tarkibida 2-atom kislorod bor.

  2. o‘quvchi: 1774 yilda ingliz olimi Jozef Pristli simob oksidini parchalab kislorod oldi.

  3. o‘quvchi: Kislorod nafas olishda organizmda kechadigan moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega, va xokozo davom ettirish mumkin.

Ijodiy ish
O‘quvchilarning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan, estitik didlarini shakllantiradigan uslub-insho,surat chizish, loy yoki plastilindan buyumlar yasash, yog‘och va metallga ishlov berish hamda gerbariylar yig‘ish va hokazo ko‘rinishdagi keng qamrovli faoliyat turidir. Dars jarayonida nazariy ko‘rsatmalar beriladi va darsdan bo‘sh
paytlarida amaliy tarzda bajariladi. Ayrim fanlarni o‘qitishda bu usul ma’lum bir bob yakuni sifatida qo‘llaniladi.
INTERVYU
Alohida dars ko‘rinishida bo‘lib, bir mavzu yuzasidan bir yoki bir necha o‘quvchining qarashlarini ochiq bayon qilishi. Savol beruvchi reportyor o‘quvchilar orasidan tanlanadi. (Masalan treningda «Kelajakda qaysi til dunyo tili bo‘lib qoladi?» mavzusidagi intervyu juda qiziqarli o‘tadi).
INTILISH
O‘quvchilar darsda salohiyatlariga qarab ikki xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. O‘zi qiziqqan fanni ichki hissiyot bilan berilib o‘rganish (ba’zan u yurakdan chiqarib intilish ham deyiladi), ichki intilishdir. Ikkinchisi bola fanni faqat baho olish uchun yoki boshqalar majburlashi asosida o‘rgansa- tashqi intilish deyiladi. O‘qituvchi, o‘quvchilar xulq–atvorini chuqur o‘rganish orqali ularning intilishlarini hisobga olib faoliyat yuritadi.
INTERFAOL
«O‘quvchi+o‘quvchi», «o‘qituvchi+o‘quvchi» o‘rtasida sodir bo‘ladigan muloqat usuli. Hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Savol –javoblar juftlikda ishlash va guruxlarda faoliyat ko‘rsatish jarayonida amalga oshiriladi.
YO‘NALTIRISH
Ijodiy yondashuv uslubidagi yangi texnologiya bo‘lib, mavzuga doir suratlarni tasvirlashda, grammatik qoidalarni tushuntirishda, o‘zlashtirishi qiyin mavzularni yetkazishda savollar bilan murojaat qilish. Mazkur usulning afzalligi shuki, o‘quvchiga tayyor aytib bermay, mavzuni tushunib olishlariga imkon yaratadi.

MUZYORAR
O‘quvchilarning bir-birlari bilan tanishib olishlarida ishlatiladigan usul, uni turli variantlarda qo‘llash mumkin. Sinf ikki guruxga bo‘linib, doira hosil qilinadi. Birinchi o‘quvchi ismini aytadi, navbatdagi o‘quvchi o‘zidan oldingi o‘rtog‘ining nomini aytadi, so‘ngra o‘zining ismini qo‘shadi va shu tariqa davom ettiriladi. Oxirgi o‘quvchi o‘zidan oldingi barcha o‘quvchilar nomini aytishi kerak. Qiziqarliroq bo‘lishi uchun bolalar nomlaridan oldin ismlari bilan boshlanadigan sifatlarni qo‘shishlari ham mumkin. Masalan, tirishqoq Tolibjon, sohibjamol Salima va hokozo.


SURATLI DIKTANT
O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan, estetik didlarini,ijodkorlik ishtiyoqlarini shakllantiradigan o‘qitish usuli. Sinfxonadagi stullar orqama – orqa qo‘yiladi. O‘quvchilar ham bir –birlariga orqa o‘girgan holda surat chizadilar. Alohida dars ko‘rinishidagi bu usulda birinchi o‘quvchi manzarani bayon qiladi,o‘rtog‘i esa suratga tushiradi. Diktant davomida o‘quvchilar almashadilar va surat chizib bo‘lingach, u tasvirlanadi.
CHIGIL YOZDI
Dars boshlanishida bu usul darsga o‘quvchilarni ruhiy tayyorlash va dars yarmida o‘quvchilar diqqatini mashg‘ulotning keyingi bosqichiga moslash uchun qo‘laniladi. O‘qituvchi she’rlardan parcha aytishi, hazil savollar berishi, fonetik mashqlar bajarishi, ko‘pincha qiziqarli o‘yinlar tashkil etishi mumkin.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish