Oson tushunarli va individuallashtirish prinsipi. O‘quvchilarning asab va mushak-suyak tizimlarini, qon-tomir xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy yuklanishni meyorlash juda zarur. Harakat texnikasiga ega bo‘lish uchun murakkablashtirilgan vazifalarni qo‘yish kerak. Bu yoshda ko‘proq individual yondoshishga e’tibor berilishi kerak. O‘qituvchining oldida turgan eng muhim vazifa o‘quvchilarni (bolalarning) hammasini dasturda keltirilgan talablar va asosiy harakatlarga o‘rgatishdir. Lekin ayrim o‘quvchilar (bolalar) bularni tez tushunib oladilar va o‘zlashtiradi. Ikkinchisi bo‘lsa aksincha juda sekin o‘zlashtiradi. Dars jarayonida biri butun diqqati bilan eshitadi, qabul qiladi. Uchinchisi esa gap sotadi, har xil narsaga chalg‘itadi va h.k. (o‘quvchi bir guruhga vazifa bergandan so‘ng ular darrov bajaradi, xatolarni to‘g‘rilaydi, boshqa guruh ham tez bajarishga tushadi va tezda esdan chiqaradi, diqqatsizlik bilan bajaradi - ongsiz ravishda. Albatta ularga chora ko‘rish kerak. Masalan, bahosi pasaytiriladi va harakat qilishini talab qilinadi. Ayrim o‘quvchilar juda qiyin o‘zlashtiradi (qo‘rqish, boshqalarni oldida yomon bajarishdan qo‘rqib, kasallik va boshqalar halaqit beradi). Bularga yordam berish, psixologik qo‘llab-quvvatlash, straxovka qilish va h.k. lozim.
Albatta aldamchilar ham bo‘ladi, ularni qiziqtirish kerak, to‘garaklarga jalb qilish, ota-onalari bilan suhbat o‘tkazish, vazifalar berish (mashg‘ulot joyini tayyorlash, sport buyumlarini tarqatish) maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilar ko‘proq sport formasi yo‘qlikdan uyaladi. Shu boisdan mashqlarni bajarishda ham uyalib bajaradi. Bu albatta bajarish texnik darajasi pastligidandir.
Muntazamlilik prinsipi:
1. Mashg‘ulotlarning usluksizligi, doimiyligi.
2. O‘quv jarayonni to‘g‘ri rejalashtirish.
3. Jismoniy yuklanishni asta sekin va muntazam oshirib borish.
O‘rgatish metodlarni va metodik prinsiplarni hisobga olgan holda darsga o‘quvchilarni qiziqtirish zarur.
O‘qituvchi shunday vazifalarni qo‘ysinki, ular uni albatta bajarsin. O‘qituvchining asosiy diqqati o‘quvchilarning ongli intizomini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lsin. Busiz to‘laqonli darsni o‘tkazib bo‘lmaydi. Shu boisdan talab qonun-qoidalarini ishlab chiqish, unga sharoitlar yaratish va talab qilish lozim:
1.Sport kiyimini kiyinish joyi va vaqti (sport kiyimini alohida o‘zi bilan olib kelish).
2. Dars boshlanishidan oldin va tugagandan so‘ng safga turish joyi, uning tartibi.
3. Mashg‘ulot jarayonida guruhlarni joy almashish qoidalari va talablari.
4. Sport inshootlarini joy-joyiga qo‘yish va ulardan foydalanish qoidalari.
5. O‘quv qo‘llanmalar va sport anjomlaridan unumli foydalanish va ularni joylashtirish tartibi.
6. Sport xonasidan uyushqoqlik bilan chiqib ketish.
7. O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda shu narsalarni hammasini hisobga olishi kerak.
Guruxlarda jismoniy tarbiya dars jarayonida o‘quvchilar faoliyatini tashkil qilish metodlari keng qo‘llaniladi: frontal, guruhlarga bo‘lib, musobaqa, individual va aylanma trenirovka metodlari. Har bir metodni qo‘llashda oqimli yoki 2-3 dan, guruhlarga bo‘linib bajarish usullaridan foydalanish mumkin. Bu sport inshotlari va anjomlarini o‘quvchilar soniga yetarli qilib ta’minlanishi, o‘quv materiallarini xarakteriga, bolalarning jismoniy tayyorgarligiga ham bog‘liq. Harakatlarga o‘rgatish jarayonida ushbu ko‘p qirrali metodlardan foydalaniladi. O‘quvchilarga (bolalarga) jismoniy tarbiyani o‘rgatish metodlaridan foydalanish zarur: so‘z metodi bu yoshdagi o‘quvchilarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi, chunki o‘rta sinf o‘quvchilariga mashqlarni bajarish mexanizmini kengroq tushuntirishni talab etadi hamda o‘zlashtirilayotgan harakat ko‘nikma va malakalar shakllanishiga, texnika va taktika takrorlash uchun savollariga to‘g‘ri tushunish va javob bera olishiga yordam berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |