Metodik prinsiplarning bir biri bilan o’zaro bog’liqligi. Jismoniy tarbiya prinsiplari haqidagi fikrlarni tahlil qilib ularning mazmuni o‘zaro chambarcha bog‘langanligini tushunish keyin emas. Bu tushunarlidir, chunki ular tor ma’noda yagona va ayrim prinsiplar pozitsiyasi jihatdan qaralishi mumkin bo‘lgan u yoki bu jarayon ayrim tomonlarini va qonun qoidalarni akslantiradi. Bundan biror bir prinsipi e’tiborga olinmay qolsa, yuqorida ko‘rsatilgan boshqa prinsiplarni ham to‘la amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi, degan xulosa chiqadi. Hamma prinsiplar birgalikda butun qo‘llanilgandagina ulardan har birining chinakam samarali bo‘lishiga erishiladi. Ongililik va faollilik prinsipi jismoniy tarbiyaning qo‘llashga umum shart-sharoit yaratadi: chunki shug‘ullanuvchilarning ishga ongli va faol munosabatda bo‘lishlari o‘quv materiallarni o‘zlashtira olishlariga, olinayotgan bilim, malaka va ko‘nikmalarning mustahkam bo‘lishiga, avvalgi mashg‘ulotlarning keyingilari bilan bog‘lanishiga, yanaxam yuksalishiga erishish va boshqalarga imkon beradi. Lekin, shug‘ullanuvchilarning faol faoliyati ko‘rgazmalilik, shug‘ullanuvchilarga oson va shaxsiylik, talabni toboro oshirib borish prinsiplaridan kelib chiqadigan talablarga muvofiq bo‘lgandagina chinakkam ongli faoliyat hisoblanadi va faqat shundagina u qo‘yilgan maqsad sari yetaklay oladi. Boshqa prinsiplar ham o‘zaro xuddi shunday yaqin aloqada bo‘ladi. Har bir harakat faoliyatlarga jismoniy tarbiya jarayonida, mahsus mashg‘ulotlarda o‘rgatish uchun o‘qituvchi turli o‘rgatish usullarni, yo‘llarini bilish kerak, o‘quvchilar esa harakatlarga o‘rganish usullariga ega bo‘lishlari lozim. Qanday qilib o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malaka hosil qilish, ya’ni turli harakatlarga o‘rgatish kerak.
Bu o‘qituvchining eng muhim vazifalaridan biridir. O‘rgatish usullari turli-tuman bo‘lib ulardan kerakligini tanlab olish va uni qo‘llash, o‘qituvchining pedagogik san’atiga bog‘liq.
O‘quvchilarga tushuntirish, ularga bilim berish, munosabatda bo‘lish, o‘quvchilarning mustaqil o‘zlari bajarishlariga va ishlashiga ta’sir etish metod deyiladi. Bu usullarni ayrim o‘rgatish vazifalar asosida amaliyotda qo‘llanishi va amalga oshirilishi metodika deyiladi. Demak, har bir metodda har xil usullar mavjud. Bu usullar faqatgina bayon etib qolmasdan (tushuntirish, ko‘rsatish, buyruq berish va h.k), balki o‘quvchilarga, bolalarga o‘rgatish sifatida ham qo‘llaniladi. O‘rgatish jarayonida o‘qtuvchi berayotgan bilim o‘quvchilar tomonidan har xil qabul qilinadi. Biri tez o‘rganadi (qabul qilish qobiliyati yaxshi), ikkinchisiga ko‘proq vaqt talab etiladi. Shuning uchun o‘rgatish samaradorligi o‘quvchining to‘g‘ri usullarni tanlash va ishlata bilishga bog‘liq. Bu metodlarni tanlashda vazifalar, tarbiyalashni ta’minlovchi o‘rgatish xarakteri, o‘quv materiallarga mosliligi, bolalarning jismonan tayyergarligi, ularning imkoniyatlari, mashg‘ulot sharoitlari hisobga olinadi. Shuning uchun quyidagi jismoniy tarbiya metodlarni ko‘rib chiqishimiz, ularning mazmuni to‘g‘ri tushunib olishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |