1. Sifat belgi bildiruvchi sо‘z turkumlari orasida qaysi xusuiyatlari bilan ajralib turadi?
2. Sifatlarni asliy va nisbiy sifat degan turlarga ajratish, ajratmaslik masalasiga munosabatingizii
biddiring. A'gar bunday turlarga ajratish lozim deb о‘ylasangiz, sababini tushuntiring.
3.
Sifatlarni ifodalagan ma’no xususiyatlariga binoan qanday ma’no turlarga ajratish mumkin ?
Har bir ma’no turini misollar bilan isbotlang.
4. Sifatlarning daraja kategoriyasi, daraja turlari va atamalari haqidagi mulohazalaringizni
bildiring.
5.
Tarqatilgan kartochkadagi gaplar tarkibida uchragan sifatlar haqida fikringizni og‘zaki bayon
zting.
О‘qituvchi talabalarning har bir savolga javobini eshitadi. Javobni talabalar faolligida tо‘ldiradi,
xulosalab boradi. Reyting tizimi talabi asosida nazorat balini ham belgilab, qо‘yib boradi, albatta.
Shundan keyin avvalgi. mashg‘ulotni qisqa hulosalaydi va yangi mavzuni e’lon etadi: "Sifat yasalishi,
tuzilish turlari, atalashuvi, sifat darajasi va modal formalari". Yangi mavzu yuzasidan ma’ruzada olgan
bilimlarini aniqlash maqsadida talabalarga quyidagicha savollarni berishi mumkin;
1. Uzbek tilida sinxron (hozirgi) sо‘z yasalishiga qaysi usullar kiradi ?Ularning mohiyatini
ayting.
2. Sifat yasovchi (-li, -siz, -ma, --kor, -dor, -no, -chan, -simon, -mas, -arli, -iy (viy) affikslardan
qaysilarini mahsuldor sо‘z yasovchilarga kiritamiz? Ular ishtirokida sifat yasab kо‘rsating.
3. -oq -(qо‘rqoq), -aki -(og‘zaki), -gi (ki.qi) -(kuzgi, sirtqi, kechaki ) affikslari ham unumdor
affikslar garkibiga kiradimi ?
4. Prefikslar yordamida ham sifatlar yasalishiga misollar aytib bering. ( bo -boaql, ba -badavlat,
be -bemaza, bebaraka, -ser -sergо‘sht,kabi).
5. Kompozitsiya usuli bilan yasalishi va mohiyatini misollar asosida bayon zting.
6. Sodda, qо‘shma, murakkab, juft sifatlar haqidagi mulohazalaringizni ayting,
7. Qо‘shma va murakkab sifatlarning farqini bayon qiling.
8 Sifatlar qanday otlashadi, otlasha otga xos qanday ma’no va shakliy xususiyatlarga ega bо‘ladi
?
9. Sifatlarning modal formasi haqida nima deya olasiz ? Bu savollar asosida talabalar javobini
eshitib javoblarni guruh talabalari ishtirokida tо‘ldirib boradi va yangi mavzuga oid mashq ishlashga
о‘tadi.
M.Mirzayev va Y.Eshonqulovlarning mashqlar tо‘plamidagi (71-72-betlar) 37-mashqni
bajarishni e’lon qiladi.
37-mashq talabini biror talaba о‘qiydi : Yasama sifatlarni topib, ma’nosi va yasalish usullarini
ayting, Affiksatsiya usuli bilan yasalgan sifatlarni.kо‘chirib, sifat yasovchi affikslarning tagiga chizing.
Namuna:
Tarixiy
xizmatlar
-tarixiy
arboblarning
zamona
talablariga
nisbatan javob bermagan ishlari bilan emas, balki о‘zlaridan oldingilarga nisbatan bergan yangiliklari
bilan baholanadi. Shu gap tarkibidagi tarixiy, oldyngi sо‘zlari yasama sifat bо‘lib, affiksatsiya usuli
bilan yasalgan. Ular tarix+iy -ot+iy, oldin+gi -ravish+gi tarzida yasalib,
va ravishdan affiksatsiya usuli
bilan sifat yasalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: