‖Otalar, o‘g‘illar va bobolar‖ (2001) asarlari chop etildi.
Paulo Koeloning asarlari keyingi o‘n yil davomida dunyoning eng ko‘p o‘qiladigan kitob –
bestsellaridan sanalib kelinadi. Fransuz jurnali ‖Lire‖ Paulo Koeloni ‖asarlari dunyoda eng yaxshi
savdo qilinadigan ikkinchi muallif‖ deya ta‘riflagan. Angliyaning ‖Times‖ jurnali yozuvchining
kitoblarini ‖millionlab kitobxonlar taqdirini o‘zgartirishga qodir‖ deb hisoblaydi. Tanqidchilik,
ayniqsa, yozuvchining realizm, falsafiylik va ramziylik uyg‘un uslubiga, musiqiy tiliga, hissiyot va
qalbga ta‘sir o‘tkazuvchi tasvir tarziga yuksak baho berdi.
Paulo Koelo jamiyat ijtimoiy hayotida ham faol ishtirok etadi. U asos solgan Paulo Koelo
jamg‘armasi Braziliyaning qashshoq aholisi, ayniqsa, bolalar va keksalarga moddiy ko‘mak
ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Paulo Koelo YUNESKO ning ‖Ma‘naviy qadriyatlar uyg‘unligi va intellektual muloqotlar‖
dasturining
maxsus
maslahatchisi,
shuningdek,
ijtimoiy
tadbirkorlik
masalalari
bilan
shug‘ullanuvchi Shvab jamg‘armasi boshqaruvining a‘zosidir.
Paulo Koelo 1979-yilgi Eron Islom inqilobidan so‘ng mazkur mamlakatga taklif qilingan
birinchi nomusulmon yozuvchidir.
2002-yil 25-iyulda Paulo Koelo Braziliyaning nufuzli qo‘lyozmalar akademiyasining
a‘zoligiga qabul qilindi. Bundan 104 yil muqaddam tashkil qilingan ushbu akademiya 40 a‘zoga ega
muassasa bo‘lib, portugal tili masalalari bilan shug‘ullanadi.
Paulo Koelo Germaniya, Italiya, Fransuz, Ispaniya, Irlandiya, Yugoslaviya kabi
mamlakatlarning bir necha nufuzli mukofotlari bilan taqdirlangan. Xo‘sh, yozuvchiga bu qadar
katta shuhrat keltirgan ‖Alkimyogar‖ qanday asar?
Roman boshdan oyoq ramzlar asosiga qurilgan. Ular ostidagi tagma‘noni fahmlash talab
qilinadi. ‖Alkimyogar‖ ni ajoyib ibratli ertak deb ham atashadi. Chindan ham roman sujeti ertakni
yodga soladi. Biroq ilk satrlardanoq bu oddiy ertak emasligini payqab olasiz. U haqda shakli sodda
bo‘lsa ham, tagma‘no kuchli degan odatdagi ta‘rif ham uncha mos emas. Shakl ham kutilmagan
sehrga va ko‘rinmas qudratga ega, buni g‘ayrishuuriy tarzda anglamaslikning iloji yo‘q. Yozuvchi
ramziylikdan reallikka juda erkin ko‘chadi, voqealar xayoliy bo‘lsa ham, tuyg‘ular o‘ta insoniy va
tabiiydir. Roman qahramoni Santyagoning sayohati bilan bog‘liq voqealar asosida yotgan mazmun
– inson taqdiri tushunchasidir. Koelo talqiniga ko‘ra inson baxt uchun tug‘iladi. Taqdirning qora
yoki yorug‘ bo‘lishi uning o‘ziga bog‘liq. O‘zining taqdiridan chekinganlar o‘z baxtlari nima
ekanligini anglab yetmaganlardir. Koelo tushunchasidagi Taqdir Xudo tomonidan insonga
buyurilgan, umri mobaynida ado etishi lozim bo‘lgan majburiyat, har bir inson bosib o‘tadigan o‘z
yo‘li. Agar inson har safar biror amalni quvonch va xafsala bilan bajarar ekan, o‘z taqdiriga mos ish
tutgan bo‘ladi. Biroq ulug‘ orzu-niyatlarga yetish uchun taqdir yo‘lidan matonat bilan o‘tish darkor.
Asar qahramoni Santyago ana shu yo‘lda sabot bilan mashaqqatlarni yenggani uchun o‘z
taqdiriga erishadi.
Paulo Koeloning keyingi romani ―Beshinchi tog‘‖ da ushbu fikr rivojlantiriladi. Bu asar Ilyos
Payg‘ambar haqida. Yozuvchi Injil rivoyatlariga tayangan, Ilyos kechmishlariga oid asosiy
tafsilotlarni saqlagan holda undan-da go‘zalroq, boyroq sujet, to‘laqonli xarakter yaratgan.
Ilyos Olloh tomonidan payg‘ambar qilib tanlangan, u Ollohning amallarini insonlarga
yetkazishi lozim. Ilyos taqdiriga bo‘ysinadi, zimmasidagi burchni ado etadi. Yaratganni dildan
qo‘ymaydi, eng og‘ir daqiqalarda uning ko‘magidan bahramand bo‘ladi. Biroq taqdir yo‘li oson
emas. Olloh buyurgan yo‘lga xiyonat qilmasa ham u ketma-ket azoblarga, ayriliq va judoliklarga
duch keladi. Ilyos urushning oldini olishi kerak edi, bunga jon-jahdi bilan harakat qiladi, biroq
uning urinishlari bekor ketadi, ojiz bandalar uning zorlanishlariga quloq solmaydilar, shunda u
Yaratganga murojaat etib dahshatli qirg‘inbarotning oldini olishni so‘raydi. Biroq qudratli Tangri
bandalarining qalbidagi jaholatni sug‘urib olmaydi, ular dahshatli sinovga giriftor etiladi. Chunki
ularning qalblari uyquda, quloqlari Yaratganning so‘zlari uchun berkitilgan. Ilyos endi xudodan
faqat bir narsani – uning hayotiga yorug‘lik bag‘ishlab turgan mushtipar, sevimli ayolini omon
qoldirishni so‘raydi. Biroq uning bu tilagi ham amalga oshmaydi. Olomonning va hukmdorlarning
johilligi bu pokiza, mushfiq ayolni ham mavh etadi.
Ilyos o‘z yo‘lini o‘zi tanlashi lozim bo‘lgan vaqt kelganini tushunadi. Qalbini hatto Olloh
uchun ham yopadi. Endi u faqat o‘ziga ishonadi, qalbi buyurganini qiladi. Kultepaga aylangan
Akbar shahrini qirg‘inbarotdan omon qolgan bir necha zaif qariya, ayollar va bolalar ko‘magida
qayta tiklaydi, u yerda yana hayot boshlanadi, odamlarda kelajakka umid va ishonch uyg‘onadi.
Shunda uning qalbida yana Olloh nuri paydo bo‘ladi. U yana o‘z farishtasini Ilyos bilan muloqotga
yuboradi. Ilyos shuni tushunib yetadiki, Olloh uning tavallolarini eshitmagani, tilaklari ro‘yobga
chiqmagani ham aslida bir sinov ekan. Olloh sinovga bardosh berganlar bilan hamisha birga ekan ...
. Bu asarda ham inson o‘z taqdiri uchun o‘zi kurashishi kerak, yozug‘im shu ekan, deya
bo‘ysunganlar shunga loyiq taqdirga mustahid, degan g‘oya ilgari suriladi.
Paulo Koelo asarlarini har bir kitobxon o‘zicha kashf qiladi, ayni paytda unda ko‘tarilgan
masalalar butun insoniyatga taalluqli – bugungi zamin kishisi dardlari, orzu-intilishlarini aks
ettiradi. ―Mabodo o‘zga sayyoralardan tasodifan bizning yerimizga kelgindilar uchib kelib qolishsa,
ular Paulo Koeloning atigi bitta kitobi ―Alkimyogar‖ ni oqibat bizni tushuna oladi‖ deb yozadi
mashhur frantsuz rejissyori Klod Lelush.