62
Talabalar bilimini baholash mezonlari
Talabalarning bilimi quyidagicha baholanadi:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil
mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo'llay oladi fanning (mavzuning)
mohiyatini
tushunadi, biladi,
ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega deb
topilganda – 5 (a'lo) baho;
talaba
mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo'llay oladi fanning
(mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu)
bo'yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo'llay oladi fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi,
biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega deb topilganda –
3(qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o'zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda
fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega emas deb topilganda – 2(qoniqarsiz) baho;
Talabalar
bilimini baholash
- talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
- Orali q nazorat turini o'tkazish va mazkur nazorat turi bo'yicha talabaning bilimini baholash
tegishli fan bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini olib borgan professor- o'qituvchi tomonidan amalga
oshiriladi.
- talaba tegishli fan bo'yicha yakuniy nazorat turi o'tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat
turini topshirgan bo'lishlari shart.
- oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo'yicha “2” (qoniqarsiz)
baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo'yicha
“2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
- talaba uzrli sabablarga ko'ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga
kirmagan taqdirda ushbu
talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakul`tet dekanining farmoyishi asosida ruxsat
beriladi.
- bir kunda 1 tadan ortiq fan bo'yicha yakuniy nazorat turi o'tkazilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Yakuniy nazorat turlarini o'tkazish kamida 2 kun oralig'ida belgilanishi lozim.
- talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat
davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko'p bo'lmasligi kerak.
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o'ta olmagan
taqdirda, fakul`tet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo'yicha
professor-o'qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o'tkazish va talabani baholash mazkur
komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
- berilgan muddat davomida mavjud bo'lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo'yicha
fakul`tet dekani bildirgi bilan oliy ta'lim muassasasi rektorini (boshlig'ini, filial
direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektori buyrug'i asosida kursdan qoldiriladi.
- baholash natijasida norozi bo'lgan talabalar fakul`tet dekani tomonidan
tashkil etiladigan
Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Dasturning informatsion – metodik ta'minoti
Chet tili fanini o'qitish jarayonida ta'limning zamonaviy interfaol usullaridan, pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalaniladi. Amaliy mashg'ulotlarda
aqliy
hujum, klaster, blits-so'rov, kichik guruhlarda ishlash, insert, prezentatsiya,
keys stadi kabi
usullarning mavzuga mos tanlanishi va qo'llanilishi dars samarasini oshirishga katta hissa
qo'shadi.
Asosiy va qo'shimcha o'quv adabiyotlar hamda axborot manbalari