Lakonizm. Badiiy adabivot tili murakkab, xilma-xil hodisa, holat, kechinma, fikr, voqea va predmetlarni yorqin, shu bilan birga eng qisqa tavsiflab berishga qodir tildir. Fikrni qisqa va yorqin ifoda eta bilish mahorati “lakonizm" deb ataladi. („Lakonizm" - Lakoniya viloyatining nomi bilan bog’liq. Bu viloyatdan chiqqan notiqlar o’z fikrlarini qisqa va yorqin ifoda etishga mohir bo’lgan.) Lakonik nutqning xarakterli xususiyatlaridan biri qisqalik va ifodaning yorqinligidir. Muailif va personajlar nutqida maqollar va hikmatli so’zlarning paydo bo’lishi ham lakonizmga intilishning natijasidir. Kumushning onasiga yozgan xatida ham biz ,.O’lim haq", „Aza hamma vaqt topiladi" kabi maqollarm uchratamiz.
A.P. Chexovning fikricha, qisqalik - talantning hamshirasi. Darhaqiqat, qisqalik yo’q joyda badiiylik ham bo’lishi mumkin emas. Lakonizm o’zbek mumtoz adabiyoti asarlari va estetikasi uchun ham xarakterlidir. Navoiyning ko’rsatishicha. yozuvchining so’zi ikki xususiyatga ega bo’lishi kerak: chinlik (rostlik) va muxtasarlik (qisqalik, lakonizm):
Kishi chinda so'z desa zebo durur,
Nechai muxtasar bo’lsa avlo durur.
Mubolag’a badiiy asarning tiliga ham bevosita taalluqlidir. Bu mubolag’a usulining muallif tilida qo’llanishidagina ko’rinmaydi: har bir personajning tili hayotdagiga nisbatan tozalangan, shu obrazning mohiyatini ochish maqsadida bir pog’ona ko’tarilgan tildir. Kumush, Otabek, Yusufbek hoji va boshqa personajlar tili shu ma’noda mubolag’ali tildir.
Yuqorida keltirilgan ikki parchada va bu parchalarning davomida mubolaaning quyidagi misollan uchraydi: ,,o’tib ketgan nafis, qiyiq qoshlari", “to’lgan oydek g’uborsiz oq yuzi” Mubolag’a romantik asarlarda alohida ahamiyat kasb etadi.
So’z boyligi. Har bir xalqning tilidagi so’z (lug’at) boyligiga hayotdagi hamma narsalarning. tushuncha va ruhiy holatlarning nomlari kiradi.
Tillar orasidagi haqiqiy ayirmani so’zning boyligi yoki kambag’alligi tashkil etadi. Lug’at tarkibi xalqning ma'naviy boyligiga mos keladi va su bilan faqat uning turmushdagi mashg’uloti va yashash tarzi haqida, qisman uning boshqa xalqlar bilan aloqasi haqida ozmi-ko’pmi guvohlik beradi.
Xalq tilida bir narsaning nomi turli joylarda turlicha bo’lishi mumkin (Toshkentda „hovli" va „garmdori", Farg’onada „eshik" va “qalampir" kabi). Yozuvchi ularning hammasini bilishi lozim.
Arxaizmlar ham xalq tili leksikasining ancha salmoqli qismini tashkil qiladi va yozuvchi ularni bilmasdan turib hayotdagi eskirgan narsa va tushunchalarni tasvir etolmaydi. („Arxaizm" (yunoncha) deb bir tilda eskirgan hisoblanuvchi, ammo ma'lum darajada iste'mol etilayotgan so’zlarga aytiladi.) Arxaizmlar, ayniqsa, tarixiy asarlarda qo’l keladi.
Arxaizmlar ko’pincha istorizmlar (tarixiy so’zlar)dir. Ular badiiy asar tiiiga eskirgan tushuncha va hislarning ifodasi bo’lib kiradi. Masalan, Kumushning tilidagi „xatm" va ,g’ariqi rahmat" iboralari bugun biz uchun arxaizm bo’lib qolgan. Ular yozuvchiga Kumushning tarixan aniq, haqqoniy obrazini yaratishga yordam beradi.
Shunday so’zlar borki, ular tilga yangi kirgan yoki uning o’zida yangi paydo bo’lgan bo’lishi mumkin Bunday so’zlar neologizmlar (yangi so’zlar) deb ataladi. "O’tgan kunlar"da biz „qarangan bo’Idim", „qizil yuzlari ochilinqiragan", „suv ochiq havoda oqar edi" kabi o’sha davr o’zbek adabiy tili uchun yangi bo’lgan iboralarga duch kelamiz.
Xalq tilidagi ayrim dialekt (sheva)larga xos so’zlar dialektizmlar deb ataladi. Dialektizmlarni bilish yozuvchiga shu dialekt (sheva) vakillarini haqqoniy tasvir etish uchun kerak bo’ladi. Kumush tasvirida, marg’ilonlik Mirzakarim qutidor tilida A. Qodiriy Farg’onaning ba'zi shevalariga xos „o’zingni teja" iborasini ishlatadi („o’zingni ehtiyot qil" ma"nosida).
Do'stlaringiz bilan baham: |