2.5. Водород боғланиш. Kompleks hosil bo‘lishi.
4A elementlari bilan hosil qilgan vodorodli binar birikmlar qutbsiz bo‘lganligi sababli ularning gidridlari boshqa davr elementlarning gidridlaridan farq qiladi. Aslida, 4A guruh elementlari kutilgan natijalarni ko‘rsatgan edi, chunki molekulyar massa ortishi bilan ularning qutblanuvchanligi va dispersiyaviy kuchlarning ta’siri ham ortib boradi. 5A, 6A va 7A guruh elementlarining og‘ir analoglari ham kutilgan natijalarni o‘zlarida aks ettiradi, biroq HF, H2O va NH3 larning qaynash temperaturalari mo‘ljallangan qiymatlardan ancha farq qiladi (23-rasm).
23-rasm. 4A-7A guruhlarning vodorod bilan hosil qilgan kovalent birikmalarida qaynash temperaturasining o‘zgarishiga molekulyar massaning ta’siri.
Haqiqatda, bu molekulalar yana bir nechta xossalari bilan o‘zlarining guruh elementlaridan farq qilib turadi. Masalan, suv molekulasi yuqori suyuqlanish temperaturasiga, yuqori bug‘lanish temperaturasiga ega. Shu kabi xossalar molekula tarkibidagi molekulalararo kuchlarning ta’siri katta ekanligidan dalolat beradi.
HF, H2O va NH3 larda kuchli molekulalararo ta’sirlashish vodorod bog‘lar hisobiga sodir bo‘ladi. Vodorod bog‘lanish – vodorod atomi va boshqa elektromanfiyligi yuqori bo‘lgan element atomi (H-F, H-O ёки N-H) orasida ro‘y beradigan ta’sirlashuv hisobiga hosil bo‘ladi. Shu boisdan H-F, H-O yoki N-H lar tarkibidagi vodorod atomlari boshqa molekula tarkibidagi F, O yoki N atomlari bilan o‘zaro vodorod bog‘hosil qiladi. 24-rasmda vodorod bog‘lanishga bir nechta misollar berilgan.
24-rasm. Vodorod bog‘lanish. H atomi F, O yoki N atomlari bilan vodorod bog‘ hosil qilishi mumkin.
Vodorod bog‘lanishni dipol-dipol ta’sirlashuvning maxsus ko‘rinishi sifatida tavsiflasak bo‘ladi. Chunki, F, О yoki Н atomlarining elektromanfiyligi yuqori, shu boisdan vodorod va yuqorida ta’kidlab o‘tilgan atomlari orasidagi bog‘lanish qutblidir.
Vodorod atomining ichki elektron qobig‘ida elektronlar yo‘q. Шу sababdan, dipolning asosiy musbat qismi vodorod yadrosida to‘plangan. Shu musbat zaryadlangan zarracha elektromanfiyligi yuqori bo‘lgan zarracha bilan ta’sirlashadi. Vodorod kationing o‘lchami kichik bo‘lganligi sababli, elektromanfiyligi yuqori bo‘lgan atom tomon imkon darajada yaqinlashadi va shu atom bilan kuchli ta’sirlashadi.
Vodorod bog‘lanish kovalent bog‘lanishga nisbatan ancha bo‘sh bo‘ladi. Kovalent bog‘lanish energiyasi 150-400 kj/mol, vodorod bog‘lanish energiyasi esa 8-40 kj/mol. Vodorod bog‘lanish ko‘pgina moddalarning xossalariga ta’sir qiladi. Yuqorida keltirilgan suv va vodorod ftorid molekulalari orasida kuchli vodorod bog‘ ularning qaynash haroratlarining yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shu tuzilishdagi H2S, H2Sе, HCl, HBr larning qaynash haroratlari pastroq, chunki ulardagi vodorod bog‘lar ancha bo‘sh.
Adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar
М.S.Silberberg. Principles of general chemistry. McGraw-Hill Companies, Inc, USA, 2013. Р.329-335.
T.L.Brown, H.E.LeMay, B.E.Bursten, C.J.Murphy, P.M.Woodward, M.W. Stoltzfus. Chemistry. The Central Science. 13Th edition. USA, 2015. Р.358-361.
Общая и неорганическая химия. В 3 томах. Под ред. Третьякова Ю.Д. Москва: “Академия”, 2008.
N. A. Parpiyev, H.R. Rahimov, A. G. Muftaxov. Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent, “O’zbekiston”-2000, 443-444 betlar
Qo‘shimcha adabiyotlar
Foundations of college chemistry. Morris Hein, Susan Arena. 2011.
Essentials of chemistry. Soren Prip Beier, Peter Dybdahl Hede. 2010.
Глинка Н.Л. Общая химия. Москва: “Интеграл-Пресс”, 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |