Xossalari. Bor 2 xil: amorf va kristall allotropik shakl o‘zgarish xolatida uchraydi. Amorf bor xidsiz, yuqori suyuqlanish va qaynash xaroratiga ega, ko‘ng‘ir modda. U issiqlik va elektrni yomon o‘tkazadi.
Kristall bor kora rangli (suyuqlanish harorati 2300оС, qaynash harorati 2550оС atrofida), kristall panjarasi tetragonal tuzilishga ega. Yarim o‘tkazgich xossasiga ega. Borning tabiatda kam tarqalganligi uning yadrosini neytronlar bilan oson ta’sirlanishi orqali tushuntiriladi.
Bor inert modda, oddiy sharoitda faqatgina ftor bilan birika oladi. Qizdirilganda esa, xlor, brom va oltingugurt bilan rayeksiyaga kirishadi. Borga suyultirilgan kislotalar ta’sir etmaydi. Qizdirilganda, konsentrlangan sulfat, nitrat kislotalarda va zar suvida eriydi:
2B+3H2SO4конц 2H3BO3+3SO2
B+3HNO3конц H3BO3+3NO2
3B+3HNO3+6HCl H3BO3+3NO2+2BCl3+3H2
Oksidlovchi moddalar ishtirokida bor ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi:
2В+2NaOH+2H2O 2NaBO2+3H2
Bor oksidi fakat kislotali xossalarini namoyon kiladi, alyuminiy oksidi amfoter, qolgan oksidlar (Ga2O3, In3O3, Tl2O3) asosli xossalarni namoyon qiladi. N3VO3 kislotadir, Al(OH)3 amfoter gidroksiddir.
Bor oksidi В2О3 ning hosil bo‘lishi Gibbs energiyasi yuqori bo‘lganligi tufayli (G298=1178 кДж/моль), bor qizdirilganda SiO2, P2O5, CO2 kabi barqaror oksidlar bilan xam reaksiyaga kirishib, kuchli qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi:
4B + 3SiO2 2B2O3 + 3Si
10B + 3P2O5 5B2O3 + 6P
Birikmalari. Borning vodorodli birikmalari boranlar deb ataladi.
Xalk xo‘jaligida ko‘p ishlatiladigani В2Н6 diborandir.
2ВВr3 + 6H2 B2H6 + 6HBr
Borovodorod (boran) - lar juda shiddatli reaksiyaga kirishuvchi moddalardir. Ularning ko‘pchiligi xatto ochiq xavoda o‘z-o‘zidan alangalanib, katta issiqlik ajratib yonadi. Shu sababli bu moddalar raketa yoqilg‘isi sifatida ishlatiladi:
B2H6 + 3O2 B2O3 + 3H2O
B2H6+ 6H2O 2H3BO3+ 6H2
Diboran ishqoriy va ishqoriy-yer metallari va ularnning gidroksidlari bilan reaksiyaga kirishadi:
B2H6 + 2Na Na2[B2H6]
B2H6 + 2NaOH Na2[B2H4(OH)2] + H2
Diboran kislotalar bilan boskichli almashinish reaksiyalariga kirishadi:
B2H6 + HCl B2H5Cl + H2
B2H5Cl + HCl B2H4Cl2 + H2 ва хаказо.
Diboran galogenlar borning galogenidlarini hosil kiladi. Bor galogenidlari ammiak va ishkoriy metallar galogenidlari bilan birikib, kompleks birikmalar hosil kiladi:
B2H6 + 6Cl2 2BCl3 + 6HCl
BCl3 + NH3 [BCl3 * NH3]
BCl3 + KCl K[BCl4]
Bor galogenidlari suv ta’sirida yaxshi gidrolizlanadi:
BCl3 + 3H2O H3BO3 + 3HCl
Bor oksidi va borat kislotasi. Bor oksidi В2О3 ok kristall modda borat kislotani suvsizlantirish natijasida xosil buladi.
Н3ВО3
|
|
(НВО2)n
|
|
Н2В4О7
|
|
В2О3
|
Orto borat kislota
|
meta borat kislota
|
tetra bor kislota
|
borat oksidi
|
Borat kislotaga ishqor ta’sir ettirganda poliboratlar, agar NaOH ta’sir ettirilsa, natriy tetraborat kristallogidrati hosil bo’ladi:
4H3BO3 + 2NaOH + 3H2O Na2B4O7*10H2O
Bor tuzlariga kislota ta’sir ettirganda borat kislota hosil bo’ladi:
Na2B4O7 + H2SO4 + 5H2O Na2SO4 + 4H3BO3
Borning kislorodli birikmalari asosan polimer tuzilishli bo‘lib,
-В-О-В- bog‘lari molekulaning asosiy tuzilishini belgilaydi. Shunga asosan bor oksidi (B2O3)n tarkibga mos keladi. (B2O3)n juda osonlik bilan H2O molekulalari bilan ta’sirlashadi. Buni gidratlanish reaksiyasi deyiladi. (B2O3)n ning gidratlanish reaksiyasi natijasida bor kislotalari - polimetaborat, poliortoborat va ortoborat kislotalari xosil buladi:
(B2O3)n (НВО2)3 Н5В3О7 Н3ВО3
Agar bor kislotalarini kizdirilsa tarkibidan suv chikib ketishi natijasida yuqoridagi reaksiya teskari yo‘nalishda borib (B2O3)n xosil bo‘ladi.
Bu kislotalardan ko‘p ishlatiladigani orborat kislota - Н3BO3. Oddiy sharoitda oq rangli, qo‘lga tegsa yog‘simon iz qoldiruvchi, qavat-qavat tuzilishli modda. Bu tuzilish Н3BO3 tarkibidagi vodorod va kislorod atomlarining N bog‘i xosil qilishiga asoslangan.
Aksariyat borat kislotalari metallar bilan turli tarkibli tuzlarni xosil qiladi. Ulardan biri natriy tetraborat - Na2В4О7 bura tuzidir. Bu tuz suvda yaxshi eriydi. aniqrog‘i gidrolizlanadi:
Na2В4О7 + Н2О 2NaОН + Н2В4О7
ion holdа
В4О7-2 + Н2О Н2В4О7 + 2ОН-
ikkinchi boskichda:
Н2В4О7 + 5Н2О 4Н3ВО3.
Bu tuz eritmasi kuchsiz asos (рН > 7) xossasiga ega bo’ladi.
Na2В4О7 ga kuchli kislotalar ta’sir ettirib ortoborat kislota olinadi:
а) Na2В4О7 + Н2SО4 Na2SO4 + Н2В4О7
б) Н2В4О7 + 5Н2О 4Н3ВО3
Bura xosil kilish uchun bor kislotalari NaON bilan 2:1 nisbatda qayta ishlanadi:
4Н3ВО3 + 2NaОН Na2В4О7 + 7Н2О
Bor organik birikmalar. Agar ingichka uzun nay orqali yopiq idishdan
bor etilefiri qizdirib chiqarilsa u juda yaxshi yonadi. Oxirgi paytlarda bororganik birikmalar katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
B-O-B, -B-N-B-, B-R-B, B-S-B. Masalan, B3N3H6-borazol, juda kizirarli,
rangsiz suyuklik (suyuql. harorati-58оС, qayn.harorati 55оС). Tarkibi va
strukturasi benzolga o‘xshaydi. Shuning uni “anorganik benzol” deb yuritiladi. Xuddi shunaka birikmalar difenil va naftalinga o‘xshagani xam olingan. Bu moddalar raketa yorilisi sifatida ishlatiladi.
Borning azot bilan birikmalari uglevodorodlarga o‘xshaydi:
CH3-CH3 CH2=CH2 CHCH
H3B-NH3 H2B=NH2 BHNH
боразан боразен боразин
B-N dagi to‘rtinchi bor sp3 gibridlanish tufayli yuzaga kelgan. Bunda azotning bog‘lanmagan elektronlar jufti va borda sp3 gibrid orbital xosil kilishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |