Kremniy karbid (karborund) – SiC. SiC – qattiq, qiyin eruvchan modda. Uning kristall panjarasi olmosnikiga o‘xshash.Kremniy karbid elektr pechlarida kremniy dioksidni uglerod bilan yuqori temperaturada qizdirib olinadi:
3C + SiO2 = SiC + 2CO
U kislorod ishtirokida eritilgan ishqorlar bilan tez reaksiyaga kirishadi.6000C dan yuqori temperaturada xlor bilan reaksiyaga kirishadi, 13000C dan yuqorida esa gidrolizlanadi.
Uning qattiqligi olmosnikiga yaqin.karborund yarim o‘tkazgich xossaga ega. Toza karborund elektr tokini yaxshi o‘tkazadi.
Abraziv material sifatida elektr pechlarida, matritsalar tayyorlashda, o‘tga chidamli buyumlar ishlab chiqarishda, diod va fotodiodlarda keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |