Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan


F.Klark 50 ta element uchun yer qobig’ida tarqalishining massa foizlarini topdi. Klarkning natijalari hozirgi kunda ham o’z kuchini yuqotmagan. A.E.Fersman



Download 10,98 Mb.
bet83/191
Sana31.12.2021
Hajmi10,98 Mb.
#267598
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   191
Bog'liq
Ноорганик кимё мажмуа

F.Klark 50 ta element uchun yer qobig’ida tarqalishining massa foizlarini topdi. Klarkning natijalari hozirgi kunda ham o’z kuchini yuqotmagan. A.E.Fersman elemenlarning yer qobigida tarqalishining «atom foizi» degan tushinchani kiritdi va uni «atom klarklar» deyiladigan bo’ldi.

Chunki, akademik A.E.Fersman elementlarinng yer qobig’ida tarqalishining massa foizlarini «massa klarklari» deb atash kerak degan taklif kiritgan edi va bu taklif qabul qilindi. Atom klarklarni hisoblashda yer qobig’idagi barcha elementlar atomlarining umumiy soni 100 deb olinadi. Zamonaviy adabiyotda elementlar tarkalishining massa foizlari «massa qism foizlari», atom foizlari esa -«mol qism foizlar» deb ataldi.Yer qobigidagi barcha atomlarning 3% ini vodorod atomlari tashkil etadi. Elementlarning yer qobig’ida tarqalishini tekshiruvi geokimyo fanini rivojlantirishda V.I.Goldshmidt, V.I.Vernadskiy, A.E.Fersman, A.P.Vinogradov va boshqa olimlar katta hissa qo’shdilar. Analitik kimyo va spektral analizning rivojlanishi elementlarning yer qobig’ida tarqalishi haqidagi yangi ma’lumotlar bilan boyimoqda. Bu sohada qiyidagi xulosalar olindi.



  1. Yer qobig‘ida eng ko‘p tarkalgan element D.I.Mendeleyev davriy sistemasining 1-4 qatorlaridagi elementlardir. Yengil elementlar og‘ir elementlarga nisbatan ancha ko‘p uchraydi.

  2. Davriy jadvalda tartib raqami juft son bo‘lgan elementlar toq tartib raqamli elementlarga nisbatan ko‘p tarqalgan (juft raqamli elementlar yer qobig‘i massasining 86% ini tashkil etadi).

  3. Yer qobig‘i massasining qariyb 99% ini 8ta element tashkil etadi: kislorod - 47,20%, kremkiy – 27,6%, alyuminiy - 8,8%, temir – 5,10%, kalsiy – 3,6%, natriy – 2,40%, kaliy – 2,35%, magniy – 2,1%.

  4. Vaqt o‘tishi bilan yer qobig‘ining klarklari oz bo‘lsada o‘zgara borishi kerak, chunki yerda Koinotdan chang, metiorit va boshqa jismlar tushib turadi. Shuningdek, Yer xam o‘z elementlarining bir qismini Koinotga tarqatadi.

Koinot jismlari ikki guruhga ajratiladi: biri (masalan, quyosh va yulduzlar) o‘zidan nur sochadi; ikkinchilari (masalan, planetalar) faqat o‘ziga boshqa jismlardan tushgan nurning bir qismini qaytaradi. Har ikkala guruh vakillaridan yerga tushayotgan nurlarni spektral analiz qilish natijasida Koinot jismlarining mineralogik va kimyoviy tarkiblari aniqlanadi. Bundan tashqari osmon jismlarini (masalan, Oydan) keltirilgan namunalarni kimyoviy analiz qilish natijasidan ham foydalaniladi. Koinot jismlarining kimyoviy tarkibini aniqlashga oid tekshiruvlar XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi; dastlab G.Kirxgov, P.Bunzen bilan hamkorlikda 1860 yilda spetral analizni joriy qildilar. Keyinchalik bu sohada qo‘llaniladigan astronomik teleskoplarning (radiostranomik asboblarning) sezgirliklari orttirildi.Natijada, barcha elementlarning koinotda tarqalish mol qism (M.q%) foizlari aniqlandi.

Rasmda elementlarning Koinotda tarqalishi lgС va yadro zaryadi orasidagi bog‘lanish ko‘rsatilgan

Rasmda t.r. % bilan Z(yani elementlarning davriy jadvaldagi tartib raqami) orasidagi bog‘laninshni ifodalovchi (lgС-Z) diagramma keltirilgan.

Quyosh sistemasini yaqindan qurshagan osmon jismlariga oid ana shu diagrammani tahlil qilib quyidagi xulosa chiqarildi.



  1. Yer qobig‘ida uchraydigan barcha elementlar osmon jismlarida ham uchraydi.

  2. Elementlarning koinotda tarqalishi, Z ning ortishi bilan notekis ravishda kamayadi.

  3. Koinotda eng ko‘p tarqalgan elementlar vodorod va geliydir. Bu ikki element Koinotdagi moddalarning qariyb 3/4 qismini tashkil etadi.

  4. Juft tartib raqamli elementlar toq tartib raqamli elementlarga nisbatan koinotda ham ko‘p tarqalgan.

  5. lg-Z diagrammada davriy ravishda qaytariladigan (yani bir necha elementdan keyin uchraydigan) maksimum nuqtalar proton va neytronlarning soni (qavs ichiga yozilgan) quyidagi elementlarga muvofiq keladi:

Не (2р, 2n); (8р, 8n); Са (20p, 20n); Zr (40p, 50n)

Sn (50p, 69n); Ba (56p, 82n); Pb (82p, 126n)

Bu yerda: p- protonva n-neytron; keltirilgan 2, 8, 20, 50, 82, 126 sonlar «sehrli sonlar» nomi bilan yuritiladi.

Tartib raqami 22(Ti) dan 28(Ni) gacha bo‘lgan elementlar yer va koinotda ko‘p tarqalgan. Bunga sabab, elementlarning atom yadrolaridagi nuklonlari bir-biri bilan nihoyatda kuchli bog‘langanligidir (1 nuklonga 8,7 МэВ bog‘lanish energiya muvofiq keladi). Ayni elementning juft massa sonli izotoplari uning toq massa sonli izotoplariga nisbatan ko‘p tarqalgan.

Kimyoviy elementlarning Yer va Koinotda tarqalishini o‘rganish kimyoviy elementlarning kelib chiqishi haqida nazariyalar yaratishg, Yer va Koinotda (Quyosh va yulduzlarda) sodir bo‘ladigan fizik va kimyoviy jarayonlarni idrok qilishga yordam beradi.

Oddiy moddalar. Kimyoviy element bilan oddiy moddani bir-bilan farq qila bilish lozim. Oddiy modda bu element deb atalsa - bu xato, ammo elementni oddiy modda deb atalsa – bu ham xatodir. Chunki, bitta kimyoviy element bir necha xil oddiy moddalar hosil qilishi mumkin.

Masalan, «suv ikki oddiy moddadan – vodorod va kisloroddan tarkib topgan» desak ham, shubhasiz xato qilgan bo‘lamiz. Ba’zan oddiy modda ham, shu moddani tashkil etgan kimyoviy element ham bir xil ataladi. Masalan, temir deganda oddiy modda ham, temir elementi ham tushiniladi.

Uglerod kimyoviy elementi bir necha oddiy modda – ko‘mir, olmos va grafit hosil qiladi. Simob oddiy modda holatida muayyan xossalarga ega, u metall yaltiroqlikga ega bo‘lgan suyuqlik; bu xossalarni kislorod bilan birikkan holatdagi simobdan topib bo‘lmaydi. Simob (II) oksiddagi simob oddiy modda holidagi simob emas, balki simob elementidir. Bir xil kimyoviy elementdan tarkib topgan moddalar oddiy modda, ikki va undan ko‘p kimyoviy elementdan tarkib topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Oddiy moddalar gazsimon (H2, O2, Cl2, N2, He, Ne), suyuq (Br2, Hg2), qattiq (Fe, Mg, Ca, S, P, I2) holatlarda bo‘ladi. Oddiy moddalar bir atomli (Fe, Ag, Al, Na, K…) va ko‘p atomli (O2, H2, I2, O3, S8, P4…) bo‘ladi. Shu sababli ular qattiq xolda atomar va molekulyar kristall panjarali bo‘ladilar. Oddiy moddalardan O2, N2, H2, S8, He, Ne, Ar, Kr, Xe, C, Cl2, Hg, Au, Ag, Fe, Cu lar tabiatda erkin holda mavjud bo‘ladi. Ko‘pchilik elementlar birikmalar tarkibida uchraydi. Ularni turli usullar bilan ajratilib, sof holda olinadi.

Oddiy moddalarning olinish usullari


Usul

Birikma holida

Oddiy moddalar


A. Qaytarish usuli

Vorodli

Oksidlar, galoganidlar, va tuzlardan

Ga,In,Si,Ge,

Mo,W,Re,B



Karbotermiya

Oksidlar va tuzlardan

Fe,Co,Ni,Si,

Pb,Sn,Zn,Cd,

Cu,P,As,Mo,

W,Sb,Bi


Alyuminotermiya

Oksidlardan

Cr,Fe,Co,

Ni,Mn.


Ruxtermiya

Galogenitlardan

Si,Ag,Au.

Magniytermiya

Oksidlar va galogenitlardan

Ti,Be,Zr,

B,Hf (Si)



Kalsiytermiya



U,V,Nb,Ta,

Sc,La


Elektroliz (katod)

Galogenidlar, tuzlar va suvdan

Ishqoriy va ishqoriy yer metallari,Al,Ga,

In,Tl,Be,Mg,

Zn,Mn,Cu,H2


B.Oksidlash usullari

Xlorning tasiri, elektroliz (anod)

Bromid, Yodid, ftorid, xloridlarning suyuqlanmasi, eritmasi, suv

Br2,I2,Cl2,

F2,O2



5.2. Ikki elementli (binar) birikmalar. Kimyoviy bog‘lanish turiga ko‘ra binar birikmalarning xarakteristikasi. Binar birikmalar barqarorligini solishtirish. Binar birikmalarning kislota-asosli xossalari. Metall birikmalar

Anorganik birikmalarning sinflarga bo‘linishi kimyoviy elementlar sinflariga, ularning xossalariga xamda ular hosil qilgan birikmalarning tarkibi, xossalari va shakllariga bog‘liq. Bir qarashda anorganik birikmalarni bir elementli birikmalar (masalan, azot N2, kislorod О2, Fosfor Р4, Ozon О3, va hokazo). Ikki elementli (binar) birikmalar (masalan : vodorod oksid Н2О, mis sulfid СuS, natriy yodid NaJ va hokazo). Ko‘p elementli birikmalar (masalan: fosgen COCl2, Kaliy gidrofosfat K2HPO4 va boshqa gruppalarga bo‘lish mumkin. Ikki elementli (binar) birikmalar tarkibida bir element boshqa bir element bilan birikkan holatda bo‘ladi. Elementlarning gidrid, oksid, xlorid, ftorid, bromid, yodid, surfid, karbid va silitsidlari ikki elementli birikmalardir.




Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish