Тест саволлар
1. Tarkibida sp3 gibridlangan atomi bo‘lgan moddalarni ko‘rsating. 1)metan; 2)ammiak; 3)ammoniy ioni; 4)suv; 5)sulfit angidrid; 6)etilen; 7) bor ftorid; 8)berilliy xlorid;
A) 1,2,3,4
B) 1,2,4,6
C) 2,4,5,6
D) 3,4,7,8
E) 4,6,7,8
2. Markaziy atomi sp2 gibridlangan holatda bo‘lgan zarrachalarni ko‘rsating. 1) bor ftorid; 2) etan; 3) ammiak; 4) etilen; 5) berilliy xlorid; 6) sulfat ioni; 7) suv;
A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 5,7 E) 2,6
3. Qaysi moddalar molekulasida markaziy atom sp3 gibridlanish holida bo‘ladi?
A) CH4; H2O; NH3
B) BCl3; NH3; PH3
C) SiH4; CH4; C2H4;
D) H2O; H2S; BeF2
E) BeF2; H2O; NH3
4. Ammiak qanday tuzilishga ega?
A) tekis B) to‘g‘ri chiziqli C) trigonal piramida D) oktaedrik E) tetraedrik
5. Molekuladagi hamma uglerod atomlari faqat sp2 gibridlanish holatida bo‘lgan birikmalar qatorini ko‘rsating.
A) etan, etilen, atsetilen
B) etilen, butadiyen-1,3; benzol
C) atsetilen, benzol, toluol
D) etilen, propilen, butilen
E) butadiyen-1,3; izobutilen, izopren
6. sp2 gibridlangan orbitallar yo‘nalishlari orasidagi burchak qanday bo‘ladi?
A) 180о B) 90о C) 120о D) 109о28′ E) 104,5о
7. Silan molekulasining geometrik shakli qanday?
A) chiziqli B) tekis kvadrat C) tetraedr D) oktaedr E) burchakli
8. Ammoniy ioni qanday geometrik tuzilishga ega?
A) uchburchak B) piramida C) tetraedr D) teng tomonli uchburchak E) kvadrat
9. Qaysi guruhdagi elementlar gidridining fazoviy shakli uchburchakli piramida tuzilishiga ega?
A) III B) IV C) V D) VI E) VII
10. Quyidagi molekulalarning qaysida markaziy atom sp gibridlangan?
1) BeCl2; 2) CO2; 3) H2O; 4) SO2;
A) 1.2 B) 1.3 C) 1.4 D) 2.3 E) 3.4
11. Karbinda S atomlarining gibridlanish turi qanday bo‘ladi?
A) sp B) sp2 C) sp3 D) sp3d E) sp3d2
12. Kremniy(IV)oksidida kremniy atomining gibridlanish turi qanday?
A) sp B) sp2 C) sp3 D) sp3d E) sp3d2
13. Quyidagi molekulalardan qaysilarining fazoviy tuzilishi piramida shaklda bo‘ladi?
A) C2H2 B) CCl4 C) CH4 D) NH3 E) BeCl2
14. Quyidagi moddalar orasidan molekulasida sp2 gibrid holatidagi element atomlari bo‘lganlarini ko‘rsating. 1.propilen; 2.berilliy oksid; 3.bor ftorid; 4.toluol; 5.butin; 6.alyuminiy xlorid; 7.ammiak; 8.gidroksoniy ioni
A) 1,3,4,6 B) 1,2,4,7 C) 2,3,6,8 D) 1,3,6,7 E) 1,4,7,8
15. Qaysi birikmalarda sp2 gibridlanish mavjud?
1.oltingugurt (IV) oksidi; 2.ammiak; 3.uglerod(IV)oksid; 4.eten; 5.nitrat kislota; 6.oltingugurt(VI)oksidi;
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,4,5,6 E) 1,2,4,6
16. Nima sababdan molekulasidagi bog‘lar qutbli bo‘lishiga qaramay molekulaning o‘zi qutbsizdir Chunki:
А) bog‘larning dipol momentlari o‘zaro kompensatsiyalanadi(«yeyishadi»)
В) С ning orbitallari sp-gibridlangan xolatdadir
С) С va О atomlarining elektrmanfiymiyligi har xildir
Д) molekulasida 2 ta va 2 ta bog‘lari bor.
17. va molekulalarning geometrik konfiguratsiyalari bir xilmi yoki har xilmi(a) Bir xil; b) Har xil. Chunki:1) В va N larning kovalentliklari o‘zaro teng. 2) va В ning valent orbitallari - gibridlangan holatda da N niki esa sp3 gibridlangan holatda bo‘ladi 3) Bor va azotning bu birikmalardagi oksidlanish darajasi -3 ga teng 4) dagi azotda taqsimlanmagan elektron jufti bor.
А) b, 2 , 4
В) b,1, 3
С) а, 1, 2
Д) а,2, 3
18. Quyidagi molekulalarnig qaysilarining dipol momenti nolga teng.
А) 1, 3
В) 1, 2
С) 2, 3
Д) 3, 4
19. Qaysi moddalarning molekulari orasida vodorod bog‘lanish sodir bo‘lishi mumkin
А) 1, 4
В) 2, 3, 5
С) 1, 3, 4, 5
Д) 2, 4, 5
20. СО molekulasida uglerod atomining kovalentligi nechaga teng?
А) 3
В) 2
С) 1
Д) 4
21. Molekulasida qaysi turdagi kimyoviy bog‘lanish bo‘lgan moddalarning suyuqlanish temperaturasi nisbatan past bo‘lib, ular elektr tokini o‘tkazmaydi va suvda yomon erish xususiyatiga ega bo‘ladi?
A) kovalent
B) ionli
C) donor-akseptor
D) metall
22. Quyida keltirilgan molekulalarning qaysi birida kimyoviy bog‘ning puxtaligi kattaroq bo‘ladi?
А) azot
В) ftor
С) kislorod
D) vodorod
23. Quyidagi keltirilgan molekulalar orasidan qutbli xossaga ega bo‘lganlarini tanlang.
1) ammiak; 2) uglerod (IV) oksid; 3) suv; 4) uglerod (IV) sulfid; 5) fosfin; 6) oltingugurt (VI) oksid; 7) oltingugurt (IV) oksid; 8) kremniy (IV) oksid.
А) 1, 3, 5, 7 В) 1, 2, 4, 8
С) 2, 3, 4, 6 Д) 2, 4, 5, 7
24. Formulalari keltirilgan moddalar atomlari orasida ham kovalent, ham ionli bog‘ mavjud bo‘lganlarini tanlang.
1) CH3CH2CH2OH; 2) NaCl; 3) FeS2; 4) HCOONa; 5) HOOC-CH2-CH2-COOH; 6) CH3Cl.
А) 2, 4 В) 1, 2, 3
С) 2, 3 Д) 1, 5, 6
25. Bir xil atomlar orasida vujudga keladigan kimyoviy bog‘lanish bu ... ?
A) qutbsiz kovalent bog‘lanish
В) qutbli kovalent bog‘lanish
С) kovalent bog‘lanish
Д) vodorod bog‘lanish
26. Vodorod bog‘lanish deb qaysi kimyoviy bog‘lanish turiga aytiladi? Bu bog‘lanish qanday molekulalar orasida yuzaga keladi? Nima uchun Н2О va HF, H2S va HCl ga qaraganda yuqori haroratda suyuqlanadi?
27. Ion bog‘lanish deb qanday bog‘lanish turiga aytiladi? Uning hosil bo‘lish asosi qanaqa?
28. Ion bog‘lanishga misollar keltiring va xossalarini ko‘rsating. Atomlarning ionlarga o‘tish reaksiyasini yozing.
29. Ion bog‘lanishning to‘yinuvchanligining va yo‘naluvchanlikka ega emasligining asosida qanday sabab yotadi?
30. Molekulalararo va ichki molekulyar qanday bog‘lanishga aytiladi? Vodorod bog‘i nima sababdan va qanday qilib moddaning suyuqlanish temperaturasiga ta’sir qiladi?
31. Nima uchun yuqori oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan elementlar ion bog‘lanishli birikmalar hosil qilmaydi?
3-MA’RUZA: MODDANING AGREGAT HOLATLARI. Eritmalar.
Reja:
3.1. Qattiq holat. Kristallar. Kristallardagi kimyoviy bog‘lanish turlari. Noorganik birikmalarning asosiy struktur turlari.Qattiq eritmalar. Amorf holat.
3.2. Suyuq holat. Suyuqlik molekulalarining ionlanishi. Suyuq eritmalar. D.I.Mendeleyevning eritmalar uchun kimyoviy nazariyasi. Eruvchanlik.
3.3. Moddalarning eritmadagi ionlanishi va dissotsilanishi. Erishning energetik effekti. Suyuq eritmalarning ikkilamchi tabiati. Eritmalarning kolligativ xususiyatlari. Elektrolitik dissotsiatsiya.
3.4. Gaz holat. Gaz eritmalar. Plazma holati. Moddaning boshqa holatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |