Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan


Korroziyaning aktivatorlari va ingibitorlari



Download 10,98 Mb.
bet182/191
Sana31.12.2021
Hajmi10,98 Mb.
#267598
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   191
Bog'liq
Ноорганик кимё мажмуа

Korroziyaning aktivatorlari va ingibitorlari

Korroziya jarayonining tezligiga eritmalarda bor ionlar, ya’ni H+ va OH- ionlari konsentratsiyasi, eritmaning pH qiymati katta ta’sir etadi. Masalan, eritmada H+ ionlari konsentratsiyasi ortsa, korroziya kuchayadi, OH - ionlari konsentratsiyasining ortishi temirning zanglashini susaytiradi, lekin gidroksidlari amfoter xossaga ega bo‘lgan metallar (Zn, Al,Pb) ning korroziyasi ortganda tezlashadi.

Korroziyani tezlatuvchi moddalar korrozion aktivatorlar deb ataladi. Bularga ftoridlar, xloridlar, sulfatlar, nitratlar, qisman bromide va yodidlar kiradi. Dengiz suvida xloridlar ko‘p bo‘lgani uchun metallar bu suvda ko‘l suvidagiga qaraganda tezroq zanglaydi.

Korrozion muhitga qo‘shilganida metallarning korroziyasini susaytiradigan moddalar korrozion ingibitorlar deb ataladi (lotincha inhibeo-to‘xtatish so‘zidan olingan). Ular jumlasiga aminlar, mochevina, tiomochevina, sulfidlar, aldegidlar xromatlar, fosfatlar, nitritlar, silikatlar va hokazolar kiradi. Masalan, temir yoki po‘lat tushirilgan suvga 0.3-0.4% Na2CrO4 qo‘shilsa, korroziya tezligi sezilarli darajada pasayadi. Suvga geksametafosfat (NaPO3)6 , NaNO2 hamda Na2SiO3 lar qo‘shilganida ham temir va po‘latning korroziya tezligi kamayadi. Agar suvga Na2 SiO3 bilan Na[SiF6 ] qo‘shilsa, alyuminiyning korroziya tezligi juda pasayib ketadi.

Ayniqsa, kislotali muhitda metallarni korroziyadan saqlash uchun ingibitorlar katta ahamiyatga ega. Bunday muhitda metallarning ingibitorlar ishtirokida korroziyadan saqlanish sababi shundaki, ingibitor faqat metall sirtiga yutilib, zang sirtini qoplamaydi. Yupqa ingibitor qavati bilan qoplangan metall sirtiga kislotalar ta’sir eta olmaydi. Shuning uchun korrozion ingibitorlar keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda.

Atrof-muhit ta’sirida metallardan tayyorlangan ko‘p buyumlar metallarning oksidlanishi natijasida oksidlar, gidroksidlar, tuzlar kabi kimyoviy birikmalar hosil qilib yemiriladi. Korroziyaning quyidagi turlari kuzatiladi: kimyoviy korroziya, biokimyoviy yoki biokorroziya, elektrokimyoviy korroziya. Korrozion jarayonning boorish sharoitiga ko‘ra korroziyaning quyidagi turlari farqlanadi: atmosferaviy, suyuqlikda yoki elektrolitlarda, tuproqda yoki yer ostida, elektrokorroziya, tirqish korroziya, kuchlanish ostidagi korroziya.




Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish