Bir qatorli kubsimon epiteliy sut emizuvchi hayvonlar va odam bо‘yrak kanalchalarining devori, jigar hamda tashqi sekresiya bezlarining о‘rta diametridagi chiqaruv kanalchalari (me’da osti bezi, sо‘lak va sut bezlari)ning ichak yuzalarini qoplab turadi. Ular ichki sekresiya bezlaridan qalqonsimon bezning vazifasi normal holatda bо‘lganda ulardan tashqari tuxumdonda, о‘pka bronxlarining oxirgi mayda tarmoqlari – bronxiolalarning devorida, ya’ni 1-3 tartibli respirator bronxiolalar devorida uchraydi. Bir qavatli kubsimon epiteliyni mikroskop ostida kо‘rish uchun quyon bо‘yragini mag‘iz qismidan tayyorlangan preparat bо‘lishi lozim. Kubsimon epiteliyni kichik diametridagi yig‘uv kanalchalari devorini qoplab turadi. Preparatda deyarli bir xil diametrdagi kanalchalar kо‘zga tashlanadi. Kanalchalar devorining bо‘yi eniga teng, ya’ni kubsimon shakldagi epiteley hujayralari qoplangan. Hujayra sitoplazmasining apikal qismi bir oz tо‘qroq. Boshqa qismi esa och pushti rangga bо‘yalib, yadrolari esa tо‘q binafsha rangda kо‘rinadi.
Mikroskopni kata obyektiviga qо‘yib kо‘rilganda hujayra chegaralari bilan bazal membranani aniq kо‘rish mumkin. Siydik yig‘uv kanalchalari atrofida yumshoq biriktiruvchi tо‘qima joylashib, hujayra yadrolari tо‘q binafsha rangga bо‘yalgan. Bu yerda ham kо‘ndalang kesilgan mayda tomirlar uchraydi.
2-mashg‘ulot
Kо‘p qavatli о‘zgaruvchan epiteliy.
Bu epiteley turi ajratish organlari uchun xosdir. U odatda bо‘yrak siydik yо‘li va qovuq ichki yuzalarini qoplaydi. Epiteliy hujayralari о‘z hajmini о‘zgartirib turadigan organlar yuzasini qoplab, bevosita konsentrlangan siydik moddasi ta’sirida bо‘ladi va о‘ziga xos morfologik tuzilishi bilan fiziologik moslashishga ega.
Bu epiteliyning hujayralari shakli qovuqning funksional holatiga bog‘liq. Uni mikroskop ostida kо‘rganimizda ichki qavat bо‘lib joylashganligi kо‘zga tashlanadi. YA’ni bazal va yopqich qavat hujayralaridan iborat. Bazal hujayralar kichik, metodik yо‘l bilan kо‘payish xususiyatiga ega. Tо‘qimaning yuza qismi yassi hujayralardan iborat yopqich qavatni tashkil etadi. Qovuq siydik bilan tо‘lib turgan vaqtda epiteliy tortilib, yupqalashadi, hujayralar о‘z shaklini о‘zgartiradi. Qovuq bо‘shaganda esa yana о‘z xoliga qaytadi. Binobarin, epiteliy organning funksional vazifalarga kо‘ra о‘zgarib turishi sababli uni о‘zgaruvchan epiteley deb yuritish rasm bо‘lgan. Epiteley ostida uzunasiga va kо‘ndalangiga kesilgan zich biriktiruvchi tо‘qima va tomirlar yotadi.