Ushbu mashg‘ulotni bajarishda baliq boshining silliq suyagidan preparat tayyorlanadi. Ushbu preparatni kо‘rish uchun mikroskopning kichik obyektivi orqali qaraganda tо‘qima oraliq modddan va unda joylashuvchi shakli uzunchoq suyak hujayralaridan iboratligini kо‘ramiz. Mikroskopning katta obyektivi orqali qaralganda tо‘qima oraliq moddasi bir tekisda yotuvchi gomogen holatda yotishini kо‘ramiz.
Bular kollogen tolachalarga о‘xshash osseindan iborat bо‘lib, tо‘qimaning asosiy amorf moddasi bilan zich birikkan bо‘ladi. Organizmning yoshi о‘tib borishi bilan oraliq modda tarkibidagi ohak modda yig‘ilib kо‘paya boshlaydi. Suyakning oraliq moddasida shakli uzunchoq suyak hujayralari yotadi. Ulardan bir nechta ichi kanalchalarga о‘xshash о‘simtalar chiqib, boshqa hujayralarning о‘simtalari bilan tutashib ketib, anastomoz ohak qiladi.
15-mashg‘ulot Silliq muskul tо‘qimasi.
Ushbu mashg‘ulotni bajarishda siydik pufagining silliq muskul tо‘qimasidan tayyorlangan preparatdan foydalanamiz. Preparatda silliq muskul tо‘qimasining uzunasiga va kо‘ndalangiga kesilgan tо‘qima berilgan. Bu silliq muskul tо‘qimaning strukturali elementi uzunchoq, duksimon hujayralardir. Bu tо‘qimaning silliq muskul xujayralari turli qalinlikdan bog‘lamlar hosil qiladi. Hujayralar bog‘lamlarda bittasining kengaygan qismiga, yonidagisining toraygan qismi tо‘g‘ri kelgan holda joylashadi. Buni uchun kо‘rilayotgan preparatni kesmalarida ba’zi hujayralarning kengaygan qismi kо‘rinadi. Ularda kо‘proq dumaloq shaklli yadro bо‘ladi. Uzunasiga kesilgan hujayralarga yadro duksimon shaklda bо‘ladi. Silliq muskul tо‘qimasining tuzilishini о‘rganish maqsadga muvofiqdir. Uning sxemasi quyidagi rasmda ifodalangan. Ushbu silliq muskul xujayrasi yupqa qobiq sarkolemma bilan qoplangan. Hujayralarining plazmasida juda ingichka bir-biriga parallel yо‘nalgan miofibrillalar bо‘ladi. Silliq muskul hujayralari bog‘lamlar hosil qilganda, ular endomiziy deb ataluvchi biriktiruvchi tо‘qimadan hosil bо‘ladigan qobiq bilan birikkan bо‘ladi. Ular muskul tо‘qimasini ta’minlovchi qon tomir va nervlarni ham tutib turadi. Bog‘lamlar oralig‘ida biriktiruvchi tо‘qima bо‘lib, ularni ichida kо‘p miqdorda elastik va kollogen tolalar joylashadi, ular muskullar qisqarganda dastlabqi holatda qaytishiga yordam beradi. (14-rasm)
Bu silliq muskul tо‘qimasini yanada yaxshiroq kо‘rish uchun preparat silliq muskulning uzunasiga va kо‘ndalang kesimidan tayyorlanadi. Uzunasiga kesilgan qismda shakli dukkaksimon silliq muskul xujayralari bir-biriga nisbatan zich joylashgan bо‘ladi. Xujayra sitoplazmasi eozin bilan pushti ranga, uzunchoq shaklda markazda joylashuvchi yadrosi gemotoksilin bilan binafsha ranga bо‘yaladi.
Muskul xujayralari bog‘lamchalar hosil qiladi. Bog‘lamchalar oralarida ochiq rangga bо‘yalgan biriktiruvchi tо‘qimaning kollogen va elastik tolachalari uchraydi. Tolachalari oralaridagi biriktiruvchi tо‘qima xujayralarini yadrolari tо‘q binafsha rangga bо‘yalgan. Muskul tо‘qimaning biriktiruvchi tо‘qima joylashgan qismida kо‘ndalang kesilgan tomirlar uchraydi.
Ba’zilarining ichida qon plazmasi va shaklli elementlari uchraydi. Muskul tо‘qimasining kо‘ndalang kesilgan qismida uning bog‘lamchalar hosil qilib tuzilganini kо‘rish mumkin. Bog‘lamchalarni atrofida kollogen va elastik tolachalardan iborat biriktiruvchi tо‘qima va yaxshi bо‘yalgan xujayralari uchraydi.