Nazorat uchun savollar: 1.Teokratik tarix va afsona xaqida nimalarni bilasiz?
2. Ilmiy tarixning yaratilishi to'g'risida ayting.
3. Tarix fani va ahamiyati to'g'risida yunon ta’limoti?
4. Rim tarixchilari qarashlarini ayting.
5. Yunon-rim tarixshunosligining tavsifiy xususiyatlari?
Tarixchi bo’lib tug’ilish
3-mavzu. O'rta asrlar tarix falsafasi Xristian g'oyalarining ta'siri. Xristian tarixshunosligining o'ziga xos xususiyatlari. O'rta asr tarixshunosligi. Tarixning xristian ilohiyoti. Uning asosiy printsiplari: dualizm, providentsionalizm, esxatologiya. Tarixning yangi xronologiyasining paydo bo'lishi. Avreliy Avgustin "Xudo shahri to'g'risida". O'rta asrlarda dunyo va odamni his etish. Boetsiyning O'rta asrlar Yevropa madaniyatining shakllanishidagi o'rni. O'rta asrlar fazosi. O'rta asrlarda abadiylik va vaqt haqidagi g'oyalar. Jamiyat va shaxs. O'rta asr tafakkurining simvolizmi (ramzliligi). Tarixning o'rta asrlar teologiyasida rivojlanish g'oyasi. O'rta asrlardagi tarixiy bilimlarning tuzilishi. O'rta asr tarixshunosligining o'ziga xos xususiyatlari. Ikki janrning paydo bo'lishi - yilnomalar (annallar) va tarix (amallar).
Tayanch iboralar:Xristian dunyoqarashining ta’siri. Avliyo Avgustin – “Xudo shahri to'g'risida”. (“Ilohiy shahar to'g'risida”). Ilohiy olam va inson dunyosi. Muqaddas tarix va dunyoviy tarix. “Ikki shahar” to'g'risida ta’limot. Vaqt haqida tasavvur. Taraqqiyot g'oyasi. Xristian tarixshunosligining tavsifiy xislatlari Qo‘llanilidagan ta’lim texnologiyalari va metodlari: (aqliy hujum, mantiqiy fikrlash)
Adabiyotlar:А1;А2;А3;А4;Q1;Q3;Q4;Q12;Q18;Q23;Q26;Q27;Q28;Q29;Q30;Q315;Q34;Q35 Rim imperiyasi parchalanib, uning o'rnida o'rta asr g'arbiy Yevropa tsivilizatsiyasi yuzaga kelgunga qadar o'ziga xos o'tish davri sodir bo'ldi. o'tish davrida yangi tsivilizatsiya manaviyati va mafkurasi asoslari shakllandi. Eski dunyoning majusiy manaviyati uning dunyoqarashi va tafakkur tarzi Rim imperiyasi tanazzulga uchragan vaqtda mavjud bo'lgan ijtimoiy mafkuraviy va axloqiy muxitga zid kelganligi uchun turli elatlar va etnik guruxlardan tashkil topgan fuqarolar va qullarning manaviy madaniyatining yani tsivilizatsiya kurtaklari bo'lgan xristian manaviyati, dunyoqarashi va falsafasiga o'z o'rnini bo'shatib berishi davr taqozosi bo'lishi bilan birgalikda uning shakllanishiga majusiy madaniyat va manaviyat ananalari qattiq qarshilik ko'rsatadi. Rim imperatorlari bu kurashda ijtimoiy siyosiy va manaviy – tashkiliy taqib qilish usullarini qo'lladilar. Sharqdan kelgan dinlarning tarqalishi imperiyaning o'zida turli bidatchi diniy yo'nalishlarning faoliyat ko'rsatishi manaviy va mafkuraviy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Mana shunday sharoitda xristianlik inson va jamiyatni manaviy poklikka, ruhiy kamolotga olib boradigan talimot ekanligini asoslash shu talimotni ximoya qilish, yani apologik (yun. Orologia – biron narsani yoki kimsani himoya qilish) tadbir ko'rish ehtiyoji tug'ildi. II va III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri vujudga keldi. Apologetika so'zining lug'aviy manosi himoya qiluvchi demakdir. Yani xristian diniy aqidalarini turli xujumlardan himoya qilishdir. Apologetlar davlatining xristianlikka nisbatan dushmanligini bartaraf qilishga intilishi bilan birgalikda o'zlarining asarida xristianlik talimotini asrashga qolaversa, Rim saltanatini oqlab bo'lmasligini ko'rsatishga harakat qildilar. Afinada Misrlik oilada tug'ilgan Kliment xristian falsafasini ishlab chiqishga harakat qilgan apologetlardan biridir. U platonizm va stoitsizmni chuqur o'rgangan, xristianlikni qabul qilganidan keyin ham falsafaga nisbatan hurmatini saqlagan. Uning fikricha yunon falsafasini xristianlik bilan shunday sog'lomlashtirish kerakki, undaki har bir odam xristian falsafasini qimmatini ko'ra olsin va yana shuni takidlaydiki, falsafa xristianlikka, xususan ilohiyot ilmiga muqaddima bo'lishi mumkin, xolos. Falsafani xristian etiqodiga nisbatan muqaddima ekanligi, deydi. Kliment, Iso Masihning o'zi tomonidan belgilangan insonlarni qutqarish uchun tanada mujassamlanib kelguniga qodir Iso Masih yahudiylarga qonun va ellinlarga falsafa berdi. Shu bilan xristian olamini qutqaruv ishiga tayyorladi. Xristian diniy-falsafiy taraqqiyotining yanada rivojlanishi bosqichi III-V asrlarga to'g'ri keldi. Bu davrda rivojlangan patristikada (patristikaning lug'aviy manosi “ota”ni anglatib, bu nom ko'pincha xurmat manosida harbiy episkoplarga berilgan) o'zgacha g'oyaviy va mafkuraviy vazifalar to'rgan edi. Patristika davrida xristian ilohiyotini tartiblashga xarakat qilgan cherkov otalari tomonidan ikki sobor Ilkiy (325 – yil) va xalkidan (451- yil) oralig'ida birinchi muxim asarlar yozildi. Sharqda ulardan biri Ioan Zlotust (347-407) dir. G'arbda esa cherkovning eng yirik otasi Avreliy Avgustin bo'lib, muqaddas (Blajenniy) deb nom olgan edi (354–430). Avgustin va uning talimotida xristian dining tasiri. Avgustin shimoliy Afrikada joylashgan Numidiya viloyatining Tagosta shahrida rimlik amaldor oilasida tug'ilgan. Otasi majusiy bo'lib, onasi xristianlikni qabul qilgan. U lotin tilini puxta egallaydi. Avgustin adabiy merosini 100 ga yaqin kitob, 500 vaznasixat 200 noma tashkil qiladi. Uning tarkibidan “Akademiklarga qarshi” (386), “Baxtli hayot xaqida” (386), “tartib haqida” (386) “Monologlar” (387) “ Jon manguligi haqida” (387-389) “o'qituvchi haqida” (388-389), “to'g'ri din haqida” (390), “Erkin iroda haqida”(388-395), “Tavba” (401), “Tazarru” “ilohiy shahar haqida” (413-426) kabi asarlar joy olgan. Avgustin xristian iloxiyotchilaridan biri sifatida g'arbiy Yevropa o'rta asr manaviy – diniy hayotiga katta tasir ko'rsatdi. U antik falsafaga yangicha talqin berdi. XIII asrga qadar ijtimoiy tafakkurning asosi hisoblangan diniy- falsafiy talimotni ishlab chiqdi. Shuningdek xristian tarix falsafasiga asos soldi. Avgustin falsafasi xristian diniy talimoti va qadimgi talimotlarni taqqoslash mahsulidir. Avgustin uchun aniq davr falsafiy doktarinalaridan Platon talimotini asosan neoplatonchilar talqini orqali o'rgangan. Avgustin talimoti o'rta asr tafakkurini belgilochi manaviy omilga aylanib, butun g'arbiy Yevropa xristianlik talimotiga katta tasir ko'rsatadi. o'rta asr patristika vakillaridan birortasi Avgustin darajasiga ko'tarila olmagan. U uning izdoshlari diniy falsafada xudoni va ilohiy muhabbatni anglash inson ruxining asosiy maqsadi, yagona hayot qadriyati, deb bilganlar. U sanatga madaniyat va tabbiy fanlarga nixoyatda xam etibor bergan. Avgustin o'z falsafasining xristian asosiga katta axamiyat bilan qaragan uning falsafasi Geotsentrik ruhda, yani xudo falsafiy tafakkur markazidir. Xudo birlamchi va boshlang'ich printsipdan kelib chiqib, u jon tanadan iroda va sezgi aqldan ustun, deb takidlaydi. Xudo bilish sababchisi hamdir, xudo inson ruhiga tafakkuriga nur kiritadi, odamlarga haqiqatni tanishda yordam beradi. Xudoga intilish inson uchun tabbiy va faqat u tufayli kishi baxtga erishishi mumkin. Shunday qilib, Avgustin falsafada ilohiyot uchun katta yo'l ochib beradi. Avgustinning butun falsafasi yagona mutlaq va mukammal xudo haqidagi talimotda mujassamlashgan. Dunyo ilohiy yaratish kabi ahamiyatga ega emas, u faqat sharpadir, xudosiz hech narsa qilish ham, hech narsa bilish ham mumkin emas. Avgustin talimotiga, xudoning erkin faoliyatining mahsuli bo'lgan olam aqli yaratilgan xudo uni o'z shaxsiy g'oyasi bilan yaratgan. Xristian platonizmi – Platonning g'oyalar haqidagi talimotning Avgustinga talqini (varianti)dir. Avgustin talimotiga, xudoga real dunyoning ideal timsoli yashiringan. Avgustin falsafasida yaxshilik va yomonlik ular o'rtasida farq masalasi muhim masalalaridan biri edi. Uningcha bir tomondan yani xudo tomonidan yaratilgan dunyo yaxshilik bo'lmasligi mumkin emas. Ikkinchi tomondan yomonlikning mavjudligi shubhasizdir. Shuning uchun Avgustin takidlaydiki yomonlik tabiatiga xos emas, u erkin ijodning mahsulidir. Xudo dunyoni yaxshilik manbai qilib yaratgan lekin yovuz iroda zaharlangan. Bundan o'z navbatida boshqa bir xulosa chiqariladi. Yomonlik yaxshilikka mutlaq ravishda qarama – qarshi emas, u faqat yaxshilikning noqis tomoni, Mutlaq yomonlik yo'q, mutlaq yaxshilik bor. Avgustin dunyoda yomonlik mavjudligini inkor qilmaydi, lekin uni faqat yaxshiligi yo'qligidan deb hisoblaydi. Yaxshilik va yomonlik masalasi Avgustin axloqiy talimotida ham muhim o'rinni egallaydi. Uningcha yomonlik odamlardan kelib chiqadi, xudo mexribonligining mahsulidir. Inson yomonlik uchun javob beradi, yaxshilik uchun emas. Avgustin asarlarida ikki – iloxiy va dunyoviy shaharlar mohiyatining tahlili. Avgustinning yirik apologetik asarlaridan biri “Ilohiy saltanat haqida” risolasidir. 410–yilda Alarix tomonidan Rimning xonavayron qilinishidan vahimaga tushgan odamlar, bu falokat rimliklarning eski dinlaridan voz kechib, xristianlikni qabul qilganliklari uchun yuz berdi, deb hisobladilar. Avgustin o'z do'sti Markellinning iltimosi bilan bunday qarashlarga zarba bermoqchi bo'ldi. U takidlaydiki, davlatning ravnaqi eski ko'pxudolik dini tufayli bo'lmagan, chunki rimliklar xristianlikni qabul qilganlarida ham mag'lubiyatlar uchun abadiy farovonlikka erishish uchun Rim xudolariga sig'inishi zarur bo'lmagan. Avgustin fikricha mushriklar xudolari hayotda ham manaviyatda ham xech qanday yordam berolmaydi. Xristianlik esa rimliklar foydalangan xamma moddiy boyliklarni berishi mumkin. Avgustining bu asarida tarix falsafasi o'ziga xos ishlab chiqilgan. Unda Avgustin ikki ilohiy va dunyoviy shahar mohiyatini tashkil qiladi. “xudo shahri” xudoga muxabbat bilan o'zaro birlashgan odamlardan iborat. Dunyovi shaharda o'z – o'ziga muhabbat qo'ygan o'z sharafi va forovonligiga intiluvchi jonzotlar yashaydi. Shunday qilib bu shaharlar muhabbatning turlari bilan bir – biridan farqlanuvchilariga bo'lingan. Shaharlar xaqida gapirganda, Avgustin Rim imperiyasini nazarda tutmaydi. Uning qarashlari universal xarakterda bo'lib, o'sha paytda keng tarqalgan. Tarix qaytarilishlar (tsikl) bilan rivojlanadi degan qarashlarga qarshi qaratilgan edi. Avgustin ikki shahar o'sishi va ravnaqini tahlil qiladi hamda ularning taqdiri haqida bashorat qiladi. Qiyomatdan keyin ilohiy shahar axolisi umumiy baxtga erishadi, dunyoviy shahar axolisi esa abadiy jazoga lekin Avgustin takidlaydiki, bu shaharlar o'rtasidagi ikki xil holat vaqtga, zaruriy emas va u xudo irodasi bilan tugatiladi. Avgustin fikricha, yunon tarixchilari ham insoniyat rivojiga bo'lgan qarashlarida buni anglab etmaganlar. Xudo tarix ustida hukmronlik qiladi, unga bo'ysunmaydi (keyinchalik buni Gegel ham aytgan edi). Tarix qaytariqlar bilan emas, to'g'ri chiziq bo'ylab rivojlanadi. Xudo yaratganga qadar o'z ongida malum vaqtda amalga oshirgan rejaga ega bo'lgan. Bu rejada ikki shahar o'rtasida kurash mavjudligi ko'zda tutilgan, oqibatda bu reja tarixiy rivojlanish chegarasidan tashqarida g'ayritabbiy kuchning aralashuvida amalga oshadi Avgustin tarixda hamma odamlarning “umumiyligi” va “Yakka”ligini ko'radi. Masalan Geradot fors urushida faqat yunonlar va forslar o'rtasidagi kurashni ko'rgan bo'lsa, Avgustin butun inson irqining yagonaligini takidlaydi. Bundan tashqari uning fikricha taraqqiyot faqat axloqiy va manaviy jabxada bo'ladi. Bu kurashning eng cho'qqisi gunoh natijasida vujudga kelgan. Ikki shahar o'rtasidagi kurashni ilohiy shahar g'alabasi foydasiga tugatish bo'ladi. Shunday qilib, Avgustin fikricha tarixning so'nggi maqsadi undan tashqarida, abadiy xudo hokimligidadir umuman olganda Avgustin o'rta asrlar manaviy hayotiga juda katta tasir ko'rsatgan mutafakkirlardan biri edi. U “cherkov otasi” nomiga nisbatan ko'proq faylasuf sifatida mashhur bo'lgan.