O'quvchilarni darslik matnidan zarur joyni tez topa bilishga o'rgatish ham ta’limning muhim elementidir.
O'quvchilarni faol aqliy faoliyatining muhim metodlaridan biri ularning o'qituvchi bayon qilgan yangi materiallarni o'zlashtirishda mavjud bilimlarni ishga sola bilishdir. Har bir darsda o'quvchilarni mavjud bilimlardan foydalana bilishga o'rgatish lozim. o'quvchilar olgan bilimlarini esdan chiqarib yubormasliklari uchun vaqt-vaqti bilan ularning e’tibori darslik matniga qaratiladi.
Uyda ishlab kelish uchun berilgan topshiriqlarni o'quvchilar qanday bajarganliklarini tekshirishda ma’lum bo'lgan og'zaki yoki yozma javoblaridagi xatolarni, aniqsizliklarni to'g'rilash uchun ham darslik matniga murojaat qilinadi. Shunday qilib, darslik matni ustidagi ishlar turli xil metodik usullar yordamida, o'qitish jarayonining barcha bosqichlarida - materialni o'zlashtirish darajasini tekshirish paytlarida olib boriladi va xakozo,
Darslik matni ustida olib boriladigan ishlar o'qituvchi bayonini mazmunan boyitadi, faolligini oshiradi, o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi va ularning darslik matnini osonroq va puxta o'zlashtirib olishlariga yordam beradi, mustaqil bilish, malaka va qobiliyatlarni o'stiradi.
Tarixiy hujjatlar bilan ishlash.
Tarixiy hujjatlar tarix fani uchun muhim manbalardan biri hisoblanadi. O'zbekistonda tarix o'qitishida hujjatlardan foydalanish tarixi Rossiya bilan bog'liq XX asrning 60-yillarida Stasyulevich va boshqa ilg'or o'qituvchi hamda metodistlar o'qitishni tarixiy hujjatlar asosida mustaqil o'rganishning real metodini taklif etib, uni o'sha vaqtdagi darsliklar asosida o'qitish usuliga qarama-qarshi qo'ydilar.
XX asr boshlariga kelib tarixiy hujjatlarni mustaqil o'rganish g'oyasini metodist N.Rojkov davom ettirib tarixni manbalar asosida o'rganishning «laboratoriya» metodini olg'a surdi. Bu mavjud reaksion mazmundagi darsliklarni yodlashtirish tizimiga nisbatan progressiv ahamiyatga ega. Lekin bu metodning ham o'ziga yarasha kamchiliklari bor edi. Masalan., bu o'quvchilarning mustaqil o'rganishiga ortiqcha baho berish edi. 1934 yildan keyin sho'ro tarixchi metodist olimlari hujjatlar bilan ishlashni o'qitishning bosh metodi ekanligini inkor qilish bilan birga o'qitishning usullaridan biri ekanligini ta’kidladilar.
Tarixiy hujjat avvalo, o'qituvchi bayonini aniqlashtirish, chuqurlashtirish va unga aniqlik kiritish uchun xizmat qiladi, bayonning emotsional va ishonchli bo'lishi ta’minlaydi, tarixiy voqealarni gavdalashtirish va tasvirlashga yordam beradi. Hujjat ustida ishlash o'quvchilarni faktlar va hodisalarni mustaqil ravishda aniqlash va o'rganish, xulosalar chiqarishga o'rgatadi. Shu bilan birga hujjat ma’lum bir vaziyatni aniqlashga, uning xarakterini, ahamiyatini bilib olishga, tarixiy xolislik asosida tushunishga yordam beradi, ular (o'quvchilar)ning bilish faoliyatini, fikrlashini faollashtiradi.
Hujjatlar ustida ishlashning yana bir muhim tomoni shundaki o'quvchilarni tarixiy tadqiqot metodlarining elementlari bilan tanishtiradi hamda ularni tarixiy hujjatlarga tanqidiy qarashga o'rgatadi.
Maktabda ta’limning yangi mazmuni amalga oshirilishi munosabati bilan tarix o'qitishda tarixiy hujjatlarning roli yanada oshdi. Yangi dasturda yozilgan darsliklar mazmunining asosiy qismini tashkil etadi. Darslikdagi tarixiy hujjatlar har bir sinfdagi o'quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, o'sha sinfda o'rganiladigan tarix kursining xususiyatlariga qarab kiritilgan. Shu sababli darsliklardagi tarixiy hujjatlar o'zlarining xarakteri, ko'lami, mazmuni jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, 6-sinf jahon tarixiga kiritilgan hujjatli manbalar 3-guruhga bo'linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |