Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


Nizolarni hal qilishning shaxslararo usullariga quyidagilar kiradi



Download 2,31 Mb.
bet135/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Nizolarni hal qilishning shaxslararo usullariga quyidagilar kiradi:
- bosh tortish usuli. Rahbar ziddiyatlarni vujudga kelishiga, nizoli vaziyatlarga tushib qolmaslik oqibatida kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi masalalarni muhokama qilishga kirishmaslikka harakat qiladi;
- silliqlash usuli. Rahbar hamkorlikka murojaat qilib, nizoli vaziyatdan qochishga harakat qiladi. Afsuski, bu usulda koʻpincha nizo asosida yotgan muammo esdan chiqariladi, u esa qoladi. Tuygʻu namoyon boʻlmaydi, ammo yigʻila boradi. Pirovardida portlash sodir boʻlishi ehtimoli tuGʻiladi; - ishontirish usuli;
- majbur qilish usuli. rahbar oʻz nuqtai nazarini qabul qilinishiga majbur qilish uchun hukmronlikdan foydalanadi. Quyidagilar ushbu usulning kamchiliklari boʻladi:
- qoʻl ostidagilarining tashabbusini boʻGʻish, faqat bitta nuqtai nazar taqdim etilganligi sababli barcha muhim omillar ham hisobga olinmasligi ehtimoli vujudga keladi;
- murosaga kelish usuli, ya’ni boshqa nuqtai nazarning qabul qilinishi. Ushbu usul boshqaruv vaziyatlarida yuqori baholanadi, chunki yomon niyatlilikni oldini oladi va nizoni tez hal qilish imkoniyatini beradi. Ammo muhim muammoni hal qilish munosabati bilan vujudga kelgan nizoning boshlanGʻich bosqichida murosadan foydalanish, mukobillarni qidirib topishga xalaqit berishi mumkin.
- muammoni hal qilish usuli. Bu usuldan foydalanayotgan rahbar nizoli vaziyatni hal qilishning eng yaxshi variantini topishga harakat qiladi. Tadqiqotlar nizoli vaziyatlarni boshqarishga ushbu yondashuvning yuqori samaradorligini tasdiqlaganlar. Menejer tomonidan nizoli vaziyatlarni hal qilishda tashkilotning qadriyatli moʻljallari (xulq me’yorlari)ga oʻzgarishlarni tashkiliy kiritish yoʻli boʻyicha borish; turli manfaatlarni hisobga olish mexanizmlarini ishlab chiqish; qarashlardagi yagonalikni ishlab chiqish uchun tadbirlar kiritish (guruhlar bilan muzokaralar olib borish, ishontirish usulidan foydalanish, maslahatlar oʻtkazish, rozi boʻlish) tavsiya etiladi. Bunda menejerlarga hech qachon faqat nizoda ishtirok etuvchi bir tomonning oʻrganish bilan cheklanmaslik va buning asosida qarorlar qabul qilmaslik kerak.
Nizolarni hal qilishning usul va vositalari turli boʻlishi mumkin.
- shaxsiy (shaxsli yondashuv);
- rasmiy (ishlab chiqilgan yoʻriqnomalar, qoidalar asosida);
- ijtimoiy (guruhlarning ijtimoiy holatini hisobga olish bilan);
- yuridik (qonun doirasidagi harakatlar).
Shunday qilib, mehnat jamoalaridagi nizoli vaziyatlarni boshqarsa boʻladi. Ularni bartaraf etishda rahbar va menejerlarning roli kattadir. Turli tuman yondashuvlar va aniq axborotlar qarorlar qabul qilishga ta’sir koʻrsatuvchi muhim omillar boʻlgan murakkab vaziyatlarda menejerlar vujudga kelayotgan nizolarni oʻz vaqtida aniqlashlari va ularni hal qilishlari, alohida hollarda vujudga kelgan vaziyatlarni ragʻbatlantirishlari va ulardan muammolarni hal qilish uchun foydalanishlari kerak.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish