Qarshi davlat universiteti ingliz filologiyasi fakultetlararo ingliz tili



Download 21,01 Mb.
bet27/148
Sana07.03.2023
Hajmi21,01 Mb.
#917078
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   148
Bog'liq
4-k Majmua

LESSON 11. ARTICLE

Artikllar otlar oldidan qo’llanuvchi so’z turkumi hisoblanadi. Ingliz tilida artikllar ikkiga bo’linadi.


1. Indefinite article – Noaniq artikl.
2. Definite article – Aniq artikl.
Ingliz tilida artikllar gapda qo’llanishiga ko’ra ikkita darajaga bo’linadi.
1. Noma’lumlik darajasi. Noma’lumlik darajasida gapda qo’llanayotgan ot haqida hech qanday ma’lumot berilmaydi va biz uni tanimaymiz, bilmaymiz. Noma’lumlik darajasi noaniq artikllar orqali ifodalanadi.
2. Ma’lumlik darajasi. Ma’lumlik darajasida gapda qo’llanayotgan ot haqida ma’lumot beriladi va biz uni bilamiz, taniymiz. Ma’lumlik darajasi aniq artikl orqali ifodalanadi.
Yesterday a boy came to us. I saw the boy in the street today.
Indefinite article - Noaniq artikl.
Ingliz tilida noaniq artikllar a va an.
● Agar so’z undosh harf bilan boshlangan bo’lsa ular oldidan a noaniq artikli ishlatiladi.
a book, a teacher, a window
● Agar so’z unli harflar bilan boshlansa, ular oldidan an noaniq artikli ishlatiladi.
An apple, an egg, an engineer.
● Lekin ba’zi unli harflar bilan boshlangan so’zlar oldidan a noaniq artikli ishlatiladi. Chunki bu holatda harf unli bo’lgani bilan u anglatayotgan tovush undosh tovush hisoblanadi. (Ingliz tilida j(й) va ju(ю) tovushlari undosh tovushlar hisoblanadi)
e.g. a european a union
a euro a universal
a eulogy a university
a eucalyptus a yard
a uniform a year
a united a one- eyed man
● Ba’zi undosh harflar bilan boshlangan so’zlar oldidan an noaniq artikli ishlatiladi. Chunki bu holatda undosh harflar o’qilmasdan so’z unli tovush bilan talaffuz qilinadi.
e.g. an hour
an heir
an herbal
an herbion
an honour
an honest
an SMS
an MP (member of Parliament)
an MA (master of Art)
● Noaniq artikllar birlik artikli hisoblanib, ular har doim sanaladigan birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi.
e.g. a book, a teacher, a window,
● Noaniq artikllar a va an sanaladigan ko’plikdagi otlar oldidan va sanalmaydigan otlar oldidan ishlatilmaydi. Sanaladigan ko’plikdagi otlar va sanalmaydigan otlar oldidan ularning miqdorini ko’rsatish uchun some ishlatiladi.
e.g. some pencils, some water
1. So’zlovchi va tinglovchi nutqida (ya’ni ular gaplashayotgan vaqtda) gapda birinchi marta ishlatilayotgan ot oldidan har doim noaniq artikllar ishlatiladi. Chunki bu holatda o’sha narsa haqida, uning ma’lum bir belgi xususiyati haqida, uning kimga tegishli ekanligi haqida gapda hech qanday ma’lumot berilmaydi.
I read a book yesterday. Kecha bir kitob o’qidim. (Kitob haqida gapda hech qanday ma’lumot berilmayapti.)
Jack bought a car. Jek moshina sotib oldi. (Mashina haqida gapda hech qanday ma’lumot berilmayapti.)
There is a man and a boy outside. Tashqarida bir erkak kishi va bir bola bor. (Kishi va bola haqida gapda hech qanday ma’lumot berilmayapti.)
I see a dog in the street. Ko’chada bir itni ko’ryapman. (It haqida gapda hech qanday ma’lumot berilmayapti.)
2. Sanaladigan otlar gapda ot kesim vazifasida birlikda kelsa ular oldidan noaniq artikllar ishlatiladi.
This is a book.
It is an apple.
● Sanaladigan birlikdagi otlar gapda ot kesim vazifasida kelganda ular oldidan sifat kelsa ham noaniq artikl ishlatilaveradi.
This is a good book.
It is a delicious apple.
3. Noaniq artikllar a va an ingliz tilida one (bir) so’zidan kelib chiqqan bo’lib “bitta, bironta” degan ma’noni anglatadi va bu holatda so’zlovchining nutqi va e’tibori aynan bitta narsa predmetga emas ko’p sonli narsa predmetlardan birontasiga qaratilgan bo’ladi. (qaysi biri bo’lishidan qat’iy nazar)
You have a lot of books. Give me a book. Kitoblaringiz ko’p ekan. Menga bironta kitob bering.
(Qaysi kitobni nazarda tutayotganligi noma’lum)
There are a lot of boys in the hall. Call me a boy. Zalda ko’p bolalar bor. Menga bironta bolani chaqirib yuboring. (Qaysi bolani nazarda tutayotganligi noma’lum)
There are 7 apples on the plate. Bring me an apple. Tarelkada 7 ta olma bor. Menga birontasini olib bering.(Qaysi olmani nazarda tutayotganligi noma’lum)



Download 21,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish