Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 12,7 Mb.
bet153/254
Sana31.05.2022
Hajmi12,7 Mb.
#622905
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   254
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА 1-курс 2021 (1)

Ommaviy induksiya
Belgining sinfning ayrim predmetlari ѐki qismlariga mansubligi o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadigan va shu negizda uning butun sinfga tegishli ekanligiҳақидамуаммолитарздахулосачиқариладиганумумлашмаоммавийиндукциядейилади.
Odamlar ko‘p asrlik faoliyat jaraѐnida ko‘pgina hodisalarning barqaror takrorlanuvchanligini kuzatishadi. Yuz bergan voqea va hodisalarni izohlash hamda kelgusida bo‘lishi mumkinlarini bashorat qilish uchun qo‘llaniladigan umumlashmalar shu asosda paydo bo‘ladi. Bu turdagi umumlashmalar ob-havoni, iqlim sharoitlarining hosilga ta’siri, kasalliklarning tarqalishi sabablari, odamlarning muayyan vaziyatlardagi fe’l-atvori, ularning o‘zaro munosabatlari va boshqalarni kuzatishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday umumlashmalarning ko‘pchiligining mantiqiy mexanizmi - ommaviy induksiyadir. Uni ba’zan sodda o‘tkazish orqali induksiya deb ham atashadi.
Belgilarning takrorlanuvchanligi ko‘p hollarda haqiqatan ham hodisalarning umumiy xususiyatlarini aks ettiradi. Uning negizida qurilgan umumlashmalar odamlarning amaliy faoliyatida muhim yo‘naltiruvchi asoslar funksiyasini bajaradi. Ana shunday eng sodda umumlashmalarsiz mehnat faoliyatining mehnat qurollarini takomillashtirish, dengizda suzishning rivoji, dehqonchilikning muvaffaqiyatli yuritilishi, ijtimoiy muhitda odamlar o‘rtasidagi aloqalar kabi biron bir turini bajarish mumkin bo‘lmaydi.
Jinoyatlarni tergash jaraѐnida ko‘pincha jinoyatga daxldor shaxslarning fe’l-atvoriga tegishli empirik induktiv umumlashmalar ishlatiladi. Masalan: jinoyat sodir qilgan shaxslar sud va tergovdan yashirinishga intilishadi; o‘ldirish haqidagi po‘pisa ko‘pincha ijro qilinadi; o‘g‘irlangan (jinoyat ustida qo‘lga tushirilgan) buyumlarning aniqlanishi jinoyatga daxldorlikdan dalolat beradi. Tajribadan o‘tgan bunday umumlashmalar ѐki ko‘pincha yuridik adabiѐtlarda aytiladiganidek: faktik prezumpsiyalar aslida muammoli hukmlar bo‘lishiga qaramasdan, ko‘pincha tergovga katta ѐrdam beradi.
Ommaviy induksiya ilmiy bilimlar rivojidagi ilk qadamlarni ham belgilab beradi. Har qanday fan empirik tadqiqotdan - tegishli obyektlarni baѐn qilish, tasniflash, barqaror aloqalari, munosabatlari va o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlash maqsadida ular ustidan olib boriladigan kuzatuvdan boshlaydi. Fandagi dastlabki umumlashmalar takrorlanadigan belgilarni oddiy sanab o‘tish yo‘li bilan chiqarilgan eng sodda induktiv xulosalar tufayli amalga oshirilgan. Ular keyinchalik tekshirish va aniqlashtirishga muhtoj bo‘lgan boshlang‘ich gipotezalar, taxminlar va gipotetik izohlashlarning muhim evristik funksiyasini bajaradi.Sinfning faqat ayrim vakillari tadqiq qilinadigan sharoitda xato umumlashma qilinishi ehtimoli ham istisno etilmaydi.
Ommaviy induksiya ѐrdamida olingan va uzoq vaqt davomida Yevropada keng ѐyilgan: “Hamma oqqushlar oppoqdir” degan umumlashma shunga misol bo‘lishi mumkin. Bunday fikr zid keladigan hollar uchramagan ko‘p sonli kuzatuvlar asosiga qurilgan. XVII asrda Avstraliyaga borib qolgan yevropaliklar qora oqqushlarni uchratganidan keyin mazkur qaror topgan fikr inkor etilgan.
Ommaviy induksiya natijalari haqidagi xato xulosalar umumlashmani yaroqsizga chiqaradigan, bir-biriga zid keladigan hollarni hisobga olish haqidagi talablarga rioya etilmasligi tufayli paydo bo‘ladi. Dalillarning tegishliligi muammosi hal etiladigan sud oldidan o‘tkaziladigan tergov jaraѐnida, ya’ni ko‘pgina faktik holatlardan faqat tergovchining fikricha, ishga daxldor bo‘lganlarini tanlab olish paytida shunday hol yuz beradi. Bunday holda, ehtimol, faqat bitta, haqiqatga o‘xshab ketadigan ѐki “yurakka eng yaqin” taxminiy fikrga tayanib, ishning nuqul tasdiqlovchi holatlari tanlab olinadi. Boshqa faktlar va, avvalo, boshlang‘ich taxminiy fikrga zid keladigan faktlar e’tiborsiz qoldiriladi. Ko‘pincha ularni shunchaki ko‘rishmaydi va shu sababli hisobga olishmaydi. Shuningdek, bir-biriga zid keladigan faktlar ham madaniyat yetishmasligi, e’tiborsizlik ѐki kuzatuvdagi nuqsonlar tufayli e’tibor doirasidan chetda qoladi. Bunday holda tergovchi faktlar asiri bo‘lib qoladi: u ko‘plab hodisalar orasidan faqat tajribada eng ko‘p uchratganlarini qayd qiladi va ular asosida shoshilinch umumlashma chiqaradi. Ana shunday xomxaѐl ta’sirida keyingi kuzatuvlarda bir-biriga zid keladigan holatlarni nafaqat kutishmaydi, balki ularning bo‘lishi mumkinligini butunlay inkor etishadi.
Xato induktiv xulosalar nafaqat adashish natijasida, shu bilan birga bir-biriga zid keladigan holatlarni ongli ravishda mensimaslik ѐki yashirish bilan noto‘g‘ri, oldindan o‘ylab qo‘yilgan umumlashma chiqarilishida ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunday soxta induktiv umumlashmalar hiyla sifatida ishlatilishi mumkin.
Yanglish qurilgan induktiv umumlashmalar ko‘pincha turli xil xurofotlar, johil afsonalarga asos bo‘ladi va “ѐmon ko‘z”, “yaxshi” va “noxush” tushlar, yo‘lni kesib o‘tadigan qora mushuk va shu kabilar tusini oladi.

Download 12,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish