Asosi ѐki xulosa tushirib qoldirilgan sillogizm qisqartirilgan sillogizm ѐki entimema (grekchadan - xotirada), deyiladi.
Sodda qat’iy sillogizmning entimemalari, ayniqsa birinchi figura bo‘yicha xulosalar keng qo‘llaniladi. Masalan: “N. jinoyat sodir qilgan va shuning uchun jinoiy javobgar bo‘lishi kerak”. Bu yerda “Jinoyatni sodir qilgan shaxs jinoiy javobgar bo‘lishi lozim”, degan katta asos tushirib qoldirilgan. U shakllantirilishi shart bo‘lmagan umumiy ma’lum qoidadir.
To‘liq sillogizm 1-figura bo‘yicha quriladi:
Jinoyatni sodir qilgan shaxs (M) jinoiy javobgar bo‘lishi lozim.
N. (S) jinoyat (M) sodir qilgan.
N. (S) jinoiy javobgar bo‘lishi (R) kerak.
Nafaqat katta asos, shu bilan birga kichik asos va xulosa ham tushirib qoldirilishi mumkin: “Jinoyatni sodir qilgan shaxs jinoiy javobgar bo‘lishi lozim, demak N. jinoiy javobgar bo‘lishi kerak”. Yoki: “Jinoyatni sodir qilgan shaxs jinoiy javobgar bo‘lishi lozim, N. esa jinoyatni sodir qilgan”. Sillogizmning tushirib qoldirilgan qismlari gipoteza qilinadi.
Sillogizmning qaysi qismi tushirib qoldirilganligiga qarab entimemaning uch turi: katta asosi tushirib qoldirilgan, kichik asosi tushirib qoldirilgan va xulosasi tushirib qoldirilgan entimemalar farqlanadi.Entimema shaklidagi xulosa 2-figura bo‘yicha ham qurilishi mumkin; u 3-figura bo‘yicha juda kam quriladi.Shuningdek, shartli va ajratuvchi hukmlar asos bo‘ladigan xulosalar ham entimema shaklini qabul qilishi mumkin.Katta asosi tushirib qoldirilgan shartli-qat’iy sillogizm: “Jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin emas, chunki jinoyat hodisasi yuz bermagan”. Bu yerda katta asos“Agar jinoyat hodisasi yuz bermagan bo‘lsa, jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin emas”, degan shartli hukm tushirib qoldirilgan. U Jinoyat-protsessual kodeksining gipoteza qilinadigan ma’lum qoidasini o‘z ichiga oladi.Katta asosi tushirib qoldirilgan shartli-qat’iy sillogizm: “Mazkur ish bo‘yicha oqlov hukmi chiqarilishi mumkin emas, hukm ayblov hukmi bo‘lishi kerak”.Katta asos - “Mazkur ish bo‘yicha ѐ oqlov hukmi, ѐ ayblov hukmi chiqarilishi mumkin” ajratuvchi hukmi ifodalanmaydi.
Xulosa tushirib qoldirilgan shartli-qat’iy sillogizm: “O‘lim ѐ qotillik natijasida, ѐ o‘zini o‘zi o‘ldirish natijasida, ѐ baxtsiz hodisa natijasida, ѐ tabiiy sabablar sababli yuz bergan. O‘lim baxtsiz hodisa natijasida yuz bergan”.Boshqa barcha alternativalarni inkor etadigan xulosa odatda ifodalanmaydi.
Qisqartirilgan sillogizmlarning qo‘llanilishi shu bilan bog‘liqki, tushirib qoldirilgan asos ѐki xulosa ѐ og‘zaki ѐki ѐzma baѐn qilishga muhtoj bo‘lmagan ma’lum qoidani o‘z ichiga oladi, ѐ u xulosaning ifodalangan qismlari kontekstida osonlik bilan gipoteza qilinadi. Aynan shuning uchun mulohaza, odatda, entimemalar shaklida kechadi. Lekin entimemada xulosaning hamma qismlari ham ifodalanmaganligi sababli unda pinhon bo‘lgan xatoni topish to‘liq xulosadagi xatoni topishga nisbatan qiyinroqdir. Natijada mulohazaning to‘g‘riligini tekshirish uchun xulosaning tushirib qoldirilgan qismlarini topish va entimemani to‘liq sillogizm qilib qayta tiklash kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |