Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 12,7 Mb.
bet172/254
Sana31.05.2022
Hajmi12,7 Mb.
#622905
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   254
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА 1-курс 2021 (1)

Estetik mushohada.Odatda biz «mushohada» deganimizda «kuzatish» so’zining sinonimini tushunamiz. Aslida esa bunday emas: kuzatish, falsafiy qilib aytganda, bilish munosabatining tajribaviy asosi, u ob’ektga yo’naltirilgan bo’lib, qo’yilgan maqsad va ilmiy bilim mantiqi tomonidan boshqarib, tuzatilib boriladi, unga o’zgartirishlar kiritib turiladi, ya’ni u maqsad asosida ish ko’radigan fikriy faoliyat. Kuzatishda inson o’z diqqatini ob’ektga yo’naltirar ekan, uning qiziqishi hodisadan mohiyatga qarab boradi; unda bor narsaning borligini yoki yo’q narsaning yo’qligini tasdiqlash muhim.
Estetikaning asosiy kategoriyalari bilishning muhim omili sifatida
Har bir fan o’z maqomiga ko’ra muayyan tadqiqotning faoliyat sohasi bo’lib, bu faoliyat tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo’ladi. Ma’lumki, dialektikaning biror-bir kategoriyasini voqelikdan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki, bu kate­goriyalar (yaxlitlik, qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va h.k) insonni o’rab turgan olamda sodir bo’ladigan voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to’g`ri tahlil etishga ko’mak beradi. Nafosat falsafasi o’zining kategoriyalariga ega. Bu kategoriyalar (go’zallik, hu­nuklik, ulug`vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k.) inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi.
Bugungi kun adabiyotlarida go’zallik – ulug`vorlik – fojiaviylik - kulgililik; estetik ideal - estetik did - estetik tuyg`u; san’at - badiiy obraz - ijodkorlik ko’rinishdagi tizim estetika fanining kategoriyalar tasnifida kengroq qo’llanilmoqda. Mazkur kategoriyalar orasida go’zallik, ulug`vorlik, fojeaviylik, kulgililik boshqa mezoniy tushunchalarga nisbatan ko’lami va mazmuni jihatidan keng qamrovli ekanligi bilan ajralib turadi.
Quyida biz anashu kategoriyalarning falsafiy-estetik mohiyati haqida fikr bildiramiz. Dastlab go’zallik to’g`risida.
«Go’zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror-bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go’zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo’lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g`oyalar, yaratilgan ta’limotlar o’zining salmog`i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy-jismoniy, axloqiy-estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro’y berayotgan ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy jarayonlar go’zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir.
Ulug`vorlik va tubanlik. Nafosat falsafasidagi yana bir muhim mezoniy tushuncha – bu ulug`vorlik tushunchasi hisoblanadi. Bu tushuncha ham go’zallik kategoriyasi kabi mutafakkirlar e’tiborini o’ziga jalb etib kelgan. Jumladan, ingliz nafosatshunosi E.Byork go’zallikni ulug`vorlik bilan qiyosiy o’rganib, bu ikki tushunchani bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar sifatida tadqiq etadi. I.Kant esa bu borada aksincha yo’l tutadi, ya’ni go’zallik va ulug`vorlikni uyg`unlikda rivojlanuvchi tushunchalar deb hisoblaydi. Ulardan farqli o’laroq, Hegel, ulug`vorlikni go’zallikning bir ko’rinishi, ulug`vorlik – zohiriy go’zallikning botiniy go’zallikka aylanishi, deb tushuntiradi.
Ulug`vorlik - inson tafakkurida yuksak hayratlanish tuyg`ularini hosil qiluvchi narsa-hodisalar majmuidir. Ulug`vorlikning ko’lami go’zallik ko’lami kabi cheksiz bщlib, u o’zida hajm, miqdor, ko’lam va ko’lamni mujassam etadi. Olmon faylasufi F. Shiller ulug`vorlik tushunchasini dramatiklashtiradi: u qayg`u va qo’rkuvni engish insonni qanchalik ulug`lashi va chiroy baxsh etishini ko’rsatib beradi. U ulug`vorlikni «axloqiy xavfsizlik» tushunchasi bilan qiyoslaydi va inson qo’rquv va dahshatga qarshi borishi uchun ham xavfdan xoli bo’lishi kerakligini aytadi. Jismoniy xavfsizlik bevosita shaxsning o’ziga tegishli bo’lib, insondagi qatiy ishonch bois xotirjam va xavfsiz bo’ladi. Biroq, dahshatli yo’qotishlar va yovuzliklar qarshisida insonning xotirjamligi yo’qoladi. Agar xavf insonning o’zigagina yaqinlashsa-yu, u o’zini hotirjam xis qilsa, demakki, uning vijdoni xavfdan xoli; unga hech qanday havf tahdid solmaydi. Shu bois Shiller axloqiy havfsizlikni din, e’tiqod va abadiylik bilan bog`laydi. Axloqiy xavfsizlikning zaminiy xususiyatini esa hayot va o’lim masalalari bilan izohlaydi, ulug`vorlik muhokamasi yuksak darajada madaniyatni talab qiladiki, bu muhokama go’zallik muhokamasidan ustuvorroqdir.
Tubanlik. Nafosat falsafasi ka­tegoriyalari orasida xunuklik singari kishilarda salbiy his-tuyg`u paydo qiladigan boshqa tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana shunday tushuncha: uni xunuklik bilan ay­nanlashtirib bo’lmaydi. Chunki, xunuklik kishilarda engil no­xushlik tuyg`usini paydo qilsa, tubanlik esa kuchli nafratlanish hissini uyg`otadi. Bir so’z bilan aytganda, tubanlik - insonda kuchli nafratlanish tuyg`ularini hosil qiluvchi estetik kategoriyadir.
Mazkur kategoriya ham estetik ham axloqiylik tabiatiga ega. Uning estetik tabiati san’atda in’ikos ettirishi va badiiy asar qahramonlarining dunyoqarashini aks ettirish orqali namoyon bo’ladi. Tubanlikning axloqiylik tabiati esa shaxs va jamiyatdagi axloqsiz qilmishlar hamda insoniylikka zid tamoyillarga asoslanadi.
Fojeaviylik va kulgililik. Fojiaviylik Nafosat falsafasi kategoriyalari orasida ulug`vorlik bilan yaqin aloqador. Shu ma’noda lug`vorlikni fojiaviylikning davomi, desak mubolag`a bo’lmaydi. Shu bois nafosat falsafasiga doir adabiyotlarda fojiaviylik kategoriyasi ulug`vorlik kategoriyasi bilan qiyosiy o’rganiladi. Bundan tashqari, ulug`vorlikdagi daxo, buyuk, yuksak, oliyjanoblik kabi sifatlari ayni paytda fojiaviylik kategoriyasiga ham xos.
Fojiaviylik mezoniy tushunchasining estetikasidagi markaziy muammosi - insonning imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish (san’at, badiiy adabiyot, jamiyat va tabatga nisbatan munosabatda), qahramonlik, buyuklik tushunchalarining qat’iy va o’zgarmas chegaralarini buzib, uning mohiyatini bir-biriga yanada yaqinlashish, tashabbuskorlik va bunyodkorlikni rag`batlantirish, hayotda umidvorlik va unga muhabbat tuyg`ularini rivojlantirishdan iboratdir.
Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy-estetik tafakkur sohiblarining e’tiborini jalb qilib kelgan. Deyarli barcha ulkan ijodkorlar yaratgan asarlarda fojeali ohanglar mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Masalan, M. Shayxzoda, Ozod Sharofiddinov, Yahyo G`ulomov, G`aybulla Salomovning ilmiy, badiiy asarlarida jasoart, mardlik, qahramonlik va ma’naviy yuksaklikning ohanglarni xis etish mumkin.
Kulgililik. Estetik tafakkur tarixida kulgililik kategoriyasiga bo’lgan munosabat ham o’ziga xos ahamiyatga ega. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi. Arastu fikriga ko’ra, kulgi kishilarga ozor etkazmaydigan xunuklikni keltirib chiqaruvchi xolatdir. O’rta asrlarga kelib kulgililikka insonning Xudoga bo’lgan e’tiqodini susaytiruvchi vosita sifatida qaraldi.
Kulgililik boshqa nafosatli hodisalar singari faqat ob’ektiv xususiyatga ega bo’lmay, uning sub’ektiv tomonlarni ham mavjud. Uning sub’ektiv tomoni - keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg`usidir. (Moler hazil tuyg`usini insonni hayvondan ajratib turadigan xususiyati deb atagan edi.) Shu ma’noda hazil - insonlararo munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beo’xshov ziddiyatlarni anglagan xolda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan javob berish qobiliyatidir.

Download 12,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish