4. «Mantiqiy kvadrat» bo‘yicha.
1. Aylantirishdeb berilgan asosning predikatini qarama-qarshi mazmunga, bog‘lamasining sifatini unga zid ma’noga o‘zgartiriladi. Aniqroq qilib aytganda, berilgan boshlang‘ich hukm subyekti xulosada saqlanib qoldirilgani holda, predikatni qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchaga, bog‘lanmasi esa zid sifatga o‘zgartiriladi. Bunda asos hukmning miqdori saqlanib qoldiriladi, lekin sifati o‘zgartiriladi. Shunga ko‘ra tasdiq hukm inkorga va aksincha, inkor tasdiqlovchiga aylantiriladi. Masalan: «Hamma kirish so‘zlar gapda vergul bilan yoziladi», degan boshlang‘ich tasdiq hukm berilgan bo‘lsin. Mavjud talabga muvofiq bunda subyekt- «hamma kirish so‘zlar» o‘zgarishsiz qoladi, predikat - «gapda vergul bilan ajratilib» qarama-qarshi mazmundagi tushunchaga - «vergul bilan ajratilmasdan» va bog‘lama «yoziladi» zid ma’nodagi tushunchaga «yozilmaydi»ga o‘zgartiriladi. Va bundan: «Hech bir kirish so‘z gapda vergul bilan ajratilmasdan yozilmaydi» degan xulosa kelib chiqadi. «Bugungi kunda g‘oyani, fikrni ta’qiq bilan, ma’muriy choralar bilan yengib bo‘lmaydi» (I.A.Karimov) degan inkor hukmni «Bugungi kunda g‘oyani, fikrni ta’qiqsiz, noma’muriy choralar bilan yengib bo‘ladi», yoki Birinchi Prezidentimiz iborasi bilan aytganda”Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashiladi” deb aylantirish mumkin.
Aylantirish bo‘yicha xulosa chiqarish quyidagi sxemada ifodalaniladi:
S – R dir S – R mas emas
S – R mas emas yoki S – P dir
Endi sodda hukmlarning har birini qay tarzda aylantirishligini ko‘rib chiqamiz.
1). Umumiy tasdiqlovchi hukm (A) umumiy inkorga (YE) aylantiriladi.
Masalan: «Hamma baliqlar jabra bilan nafas oladi. Demak, hech bir baliq jabrasiz nafas olmaydi». Buning sxemasi: Hamma S – R (dir). Hech bir S – R mas emas.
2). Umumiy inkor (YE) umumiy tasdiq hukmga (A) aylantiriladi. Masalan: «Hech bir vatangado baxtli emas. Demak, hamma vatangadolar baxtsizdir».
Sxemasi: Hech bir S – R emas. / Hamma S – R sizdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, har qanday umumiyinkor hukmlar aylantirishni talab etavermaydi. Shuningdek, shunday tipdagi umumiy hukmlar borki, ular o‘z mazmuniga (subyekt va predikat munosabatiga ko‘ra) inkor shaklidagi atributiv hukmlar bo‘lib, mazmunan tasdiqlovchilardir. Masalan: «Hech bir yordamchi so‘z kelishikda turlanmaydi» va b.
3) Yakka-juz’iy tasdiqlovchi hukmlar (J) yakka-juz’iy-inkor hukm (O) ga aylantiriladi. Masalan: «Ba’zi metallar suvdan yengildir». «Ba’zi metallar suvdan og‘ir emas». Sxemasi:
Ba’zi S – R dir. Ba’zi S – R mas emas.
4) Yakka-juz’iy inkor (O) xukmlar yakka juz’iy tasdiq hukmlarga aylantiriladi. Masalan: «Ba’zi kimyoviy moddalar katalizatorsiz reaksiyaga kirishmaydi. Demak, ba’zi kimyoviy moddalar katalizator yordamida reaksiyaga kirishadi».Sxemasi:
Ba’zi S — R emas. Ba’zi S – R sizdir.
2. Almashtirishdeb boshlang‘ich asosning subyekt va predikatlari o‘rnining o‘zgartirilishi bo‘yicha chiqariladigan bevosita xulosaga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, bunda natija hukmning subyekti asosning predikati, predikati esa subyekti bo‘lib keladi. Masalan: «Hamma mustaqil davlatlar BMT a’zosidir. Hamma BMT a’zolari mustaqil davlatlardir». Sxemasi:
Hamma S – R.
Hamma R – S.
Sxemasi: S = R.
Agar asosning subyekt va predikatlari hajman bir-biriga teng bo‘lmasa, (bo‘ysunish munosabatida bo‘lsa), unda u chegaralash bo‘yicha almashtiriladi. Masalan: «Mantiq tafakkur haqidagi fandir» degan hukmni "Tafakkur haqidagi fan – bu mantiqdir" deb almashtirib bo‘lmaydi. Chunki subyekt-«mantiq» va predikat- «tafakkur haqidagi fan» tushunchalari turlicha hajmda bo‘lib, predikat subyektni hajman o‘ziga bo‘ysundirib kelayotir
Son va sifat jihatdan birlashib keluvchi sodda hukmlar quyidagicha almashtiriladi:
1) Umumiy tasdiq hukm (A) juz’iy (J) tasdiq hukmlarga almashtiriladi. Agar, yuqorida ta’kidlaganimizdek, asos atamalari teng hajmda olinmagan bo‘lsa, boshlang‘ich hukm chegaralanish bo‘yicha, ya’ni A-J tarzida almashtiriladi. Va bundan asoslarda bo‘linmagan atama xulosada ham bo‘linmaydi, degan qoida kelib chiqadi. Masalan: «Hamma baqalar suvda va qurukdikda yashaydi» degan hukm «Ba’zi suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlardan biri baqalardir», deb almashtiriladi. Chunki bunda asosning predikati bo‘linmagan bo‘lib, uni xulosada ham to‘liq hajmda olib bo‘lmaydi. Shuning uchun u chegaralashni talab etadi. Buning sxemasi: Hamma S – R dir. Ba’zi R – S dir.
Subyekt va predikatlarining hajmi teng umumiy tasdiq hukmlar
A – A tarzida o‘zgarishsiz almashtiriladi. Masalan: «Hamma ijtimoiy fanlar dunyoqarash xarakteriga egadir» – «Hamma dunyoqarash xarakteriga ega fanlar ijtimoiy fanlardir». Sxemasi:
Hamma S – R dir, hamma R – S dir.
2) Yakka – juz’iy tasdiq hukm xuddi shunday hukmga almashtiriladi. Masalan: «Ba’zi talabalar a’lochidir. A’lochilarning ba’zilari talabalardir». Buning sxemasi: Ba’zi S - Pdir, Ba’zi S - Pdir
3) Umumiy inkor hukm (YE) yana umumiy inkorga almashtiriladi. Masalan: «Hech bir yordamchi so‘z kelishikda turlanmaydi». Demak, «Kelishikda turlanadigan so‘zlar yordamchi so‘zlar emas».
Qo‘sh inkorli umumiy hukmning predikati xulosada ham aynan shunday, sifat jihatdan o‘zgartirilmasdan almashtiriladi. Masalan: «Guruhimizning hamma talabalari o‘zlashtirmovchilar emas. Demak, o‘zlashtirmovchilarning hech biri guruhimiz talabalari emas».
4) Yakka-juz’iy (O) inkor hukm almashtirilmaydi. Chunki bunday hukmning predikati bo‘linmagan bo‘lib, qoida bo‘yicha uxulosada ham shunday hajmda bo‘lishi kerak. Mazkur qoidaga rioya qilinmasdan juz’iy hukm almashtiriladigan bo‘lsa, umumiy inkor kelib chiqadiki, u ma’no jihatdan mavhum bo‘ladi. Misol tariqasida quyidagi juz’iy inkor hukmini almashtirib ko‘raylik: «Ba’zi metallar suvdan og‘ir emas» degan hukm almashtirilsa, undan «Hech bir suvdan og‘ir bo‘lmagan moddalar metall emas» degan noto‘g‘ri xulosa kelib chiqadi.
3. Predikatga qarama-qarshi qo‘yishda hukm bir paytning o‘zida ham aylantiriladi, ham almashtiriladi. Va bunda uning predikati xulosaning subyektiga, subyekti esa predikatiga sifati o‘zgartirilgan tarzda almashtiriladi. Bunda asos hukm oldin aylantirilib (Sning R emasga munosabati aniqlanib), so‘ngra almashtiriladi (R emasning S ga munosabati belgilanadi). Masalan: «Hamma gullar o‘simliklar oilasiga kiradi. Demak, hech bir o‘simliklar oilasiga kirmaganlar gul emas». Buning sxemasi: Hamma S – Rdir. Hech bir R emas S emas.
Predikatga qarama-qarshiqo‘yishda: 1)Umumiy tasdiq hukm (A) umumiy inkorga (YE) o‘zgartiriladi. Masalan: «Hamma demokratik davlatlar parlament yo’li bilan boshqariladi. Demak, parlament yo’li bilan boshharilmaydigan davlat demokratik emas». YA’ni: Hamma S – R emas. Hech bir R mas S emas.
2) Yakka-juz’iy tasdik hukm (J) o‘zgartirilmaydi.
3) Umumiy inkor hukm YE) yakka-juz’iy tasdikqa (J) o‘zgartiriladi. Masalan: «Hech bir davlat farmoni Prezident imzozisiz kuchga kirmaydi. Demak, ba’zi bir Prezident imzosisiz kuchga kirmaydigan farmonlar davlat farmonlaridir». Buning sxemasi: Hech bir S – R emas. Ba’zi R emaslar S dir.
4) Yakka-juz’iy inkor hukm (O) yakka-juz’iy tasdiqhukmga (J) o‘zgartiriladi. Masalan: «Ba’zi guvohlar balog‘at yoshiga yetmaganlardir. Demak, ba’zi balog‘at yoshiga yetmaganlar guvohlardir». Buning sxemasi: Ba’zi S-R emas, ba’zi R-S dir.
Predikatga qarama-qarshi qo‘yish (PQK-qisqartirilgan shaklda yozilishi) uning aksi-subyektga qarama-qarshi(SQQ-kis’hartirilgan shaklda) qo‘yish shaklida bo‘lishi mumkin. Agar birinchisi (PQQ) asos berilgan hukmni oldin aylantirish so‘ngra almashtirish bo‘yicha chiqarilsa, keyingisida (SQQ) aksincha, asos dastlab almashtiriladi, keyin aylantiriladi. Masalan: «Hamma S-R» PPQ bo‘yicha aylantiriladi. Asos: «Hamma tovarlar o‘z qiymatiga ega». 1. «Hech bir tovar qiymatsiz bo‘lmaydi. Hech bir kiymatsiz bo‘lmaganlar tovar emas». Subyektga qarama-qarshiqo‘yish (SQQ) quyidagicha amalga oshiriladi: asos: «Hamma S-R dir». 1.Almashtiriladi: «Ba’zi R-S dir». 2. Aylantiriladi: «Ba’zi R mas-S emas». Masalan: «Hamma suveren davlatlardir o‘z konstitusiyasiga ega», «O‘z konstitusiyasiga ega bo‘lgan ba’zi mamlakatlar suveren davlatlardir». 2.«O‘z konstitusiyasiga ega bo‘lmagan ba’zi mamlakatlar suveren hisoblanmaydi».
4. «Mantiqiy kvadrat» bo‘yicha xulosa chiqarish.
Hukm haqidagi mavzuda «mantiqiy kvadrat» (§4. 21-rasmga qarang) muhokamalar orasidagi munosabatni va shu asosda ularning chin va xatoligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan mantiqiy vosita ekanligini ta’kidlangan edi. «Mantiqiy kvadrat» bo‘yicha xulosalar hukmlarning o‘zaro munosabatiga ko‘ra chiqariladi.
1. Zidlik munosabatidan chiqariladigan xulosalar: A-O, YE-J. Bizga ma’lumki, hukmlar orasidagi zidlik munosabati uchinchisini mustasno qonuni talabiga bo‘ysunadi: bir-biriga zid bo‘lgan ikki hukmning biri doimo chin, ikkinchisi xato, uchinchisiga o‘rin bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra bir hukmning chinligidan unga zid bo‘lgan hukmning xatoligi bevosita kelib chiqadi. Masalan: «Hamma mustaqil davlatlarning o‘z valyutasi bor», degan umumiy tasdiq (A) hukmdan «Ba’zi mustaqil davlatlar o‘z valyutasiga ega emas», degan juz’iy inkor (O) hukmning xatoligi zaruran kelib chiqadi. Va aksincha, keyingisining, juz’iy inkor hukmning chinligidan umumiy tasdiqlovchi hukmning xatoligi kelib chiqadi. A-O umumiy tasdiqlovchining xatoligidanjuz’iy inkorning chinligi kelib chiqadi. Juz’iy tasdiq (J) hukmning chinligidan umumiy inkor (YE) hukmning xatoligi kelib chiqadi va aksincha, umumiy inkor hukmning chinligidan juz’iy tasdiqlovchining xatoligi kelib chiqadi. Masalan: «Ba’zi o‘simliklar hashoratlar bilan oziqlanadilar», degan hukmning chinligidan «Hech bir o‘simlik hashoratlar bilan oziklanmaydi», degan umumiy inkor hukmning xatoligi kelib chiqadi. Bunda xulosa quyidagi sxema bo‘yicha chiqariladi:
A→O
YE→ J
A ning chinligidan O ning xatoligi kelib chiqadi; umumiy inkorning chinligidan juz’iy tasdiq hukmining xatoligi kelib chiqadi, umumiy inkorning xatoligidan juz’iy tasdiqning chinligi kelib chiqadi. Masalan: «Hech bir o‘simlik hasharotlar bilan oziklanmaydi» degan hukming xatoligidan "Ba’zi o‘simliklar hasharotlar bilan oziqlanadilar" degan hukmning chinligi kelib chiqadi.
2. Qarama-karshilik munosabatidan chiqariladigan xulosa: A↔YE. Mazkur munosabat talabiga ko‘ra, bir hukmning chinligidan unga qarama-qarshi hukmning xatoligi kelib chikddi. Lekin ularning birining xatoligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi. Masalan: «Hamma prezidentlar xalq tomonidan saylanadi» (A) degan hukmning chinligidan «Hech bir prezident xalq tomonidan saylanmaydi» (YE) degan hukmning xatoligi kelib chiqadi. Ammo umumiy tasdiqlovchi hukmning xatoligidan («Hamma yordamchi so‘zlar kelishikda turlanadi»), unga qarama-qarshi hukmning («Hech bir yordamchi so‘z kelishikda turlanmaydi»)chinligi kelib chiqmaydi.. Hukmlar orasidagi qarama-qarshilik munosabati nozidliq qonuniga bo‘ysunadi. Bunda xulosa quyidagi sxema bo‘yicha chiqariladi: A→YE (A-chin bo‘lsa, YE-xato), YE→ (YE chin bo‘lsa, A-xato); A va YE ning xatoligidan unga qarama-qarshi hukmlarning chinligi kelib chiqmaydi:
A→? YE→?
3. Qisman moslik munosabatidagi hukmlardan chiqariladigan xulosa: J -O. Bunda bir hukmning xatoligidan unga qarama – qarshi ikkinchisining xatoligi kelib chiqadi, lekin ularning birining chinligidan ayni paytda ikkinchisining ham xatoligini, ham chinligini keltirib chiqarish mumkin. Shunga ko‘ra ularning har ikkalasi ham chin bo‘lishi mumkin. Bunda xulosa quyidagi sxema bo‘yicha chiqariladi: J̃→O; Õ→J (ya’ni juz’iy tasdiq hukm xatoligidan juz’iy inkor hukmning chinligi va juz’iy inkor hukmning xatoligidan juz’iy tasdiq hukmning chinligi kelib chiqadi. Lekin J→? O→? (ya’ni: juz’iy tasdiq va juz’iy inkor hukm chinligidan ularga qarama-qarshi hukmning chinligi va xatoligi kelib chiqmaydi). Masalan: «Ba’zi planetalar Quyosh atrofida aylanmaydi» degan hukmning xatoligidan «Ba’zi planetalar quyosh atrofida aylanadi» degan hukmning chinligi kelib chiqadi. ( Lekin «Ba’zi suv hayvonlari tuxum qo‘yish bilan urchiydilar» degan hukmning chinligidan unga qarama-qarshi «Ba’zi suv hayvonlari tuxum qo‘yish bilan urchimaydilar», degan hukm ayni paytda ham chin, ham xato bo‘lishi mumkin.
4. Buysunish munosabatida bo‘lgan hukmlardan chiqariladigan xulosa. (A→J, YE→0). Bunda bo‘ysundiruvchi (A, YE) hukmlarning chinligidan bo‘ysunuvchi (J,0) hukmlarning chinligi kelib chiqadi, lekin aksincha bo‘lmaydi.
Masalan: «Hamma millatlar o‘zining til va madaniyat birligiga ega» degan bo‘ysundiruvchi hukmning chinligidan «O‘zbek millati o‘zining til va madaniyat birligiga ega» degan bo‘ysunuvchi –hukm-xulosa kelib chiqadiki, uning chinligiga shubha yo’q. Lekin «Ba’zi fermer xo‘jaliklari mahsulot ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erisha olmayotirlar», degan bo‘ysunuvchi hukmdan «Hamma fermer xo‘jaliklari mahsulot ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erisha olmayotirlar» degan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Buning sxemasi: A→J; YE→O (Umumiy tasdiq va umumiy inkor hukmlardan juz’iy tasdiq va juz’iy inkor hukmlarning chinligi kelib chiqadi, aksincha bo‘lmaydi).
Lekin «Hamma guvohlar to‘g‘ri ko‘rsatma beradi», degan hukmning xatoligidan unga bo‘ysunuvchi «Ba’zi guvohlar to‘g‘ri ko‘rsatma beradi» degan hukm chin ham, xato ham bo‘lishi mumkin.
Buning sxemasi: J̃-A.̃ (juz’iy tasdiklovchi (J) - bo‘ysunuvchi hukmning xatoligidan bo‘ysundiruvchi hukmning (A) xatoligi kelib chiqadi); Õ→YO (bo‘ysunuvchi juz’iy inkor hukmning xatoligidan bo‘ysundiruvchi hukmning (YE) xatoligi kelib chiqadi). A→?, YE→? (Bo‘ysundiruvchi hukmlarning xatoligidan bo‘ysunuvchi hukmlarning chin va xatoligi zaruran kelib chiqmaydi).
«Mantiqiy kvadrat» bo‘yicha chiqariladigan xulosa qo‘yidagi sxemada ifodalanadi:
A qarama-qarshilik YE
Bo‘ysunish bo‘ysunish
J qisman moslik O
A – O; YE- J - zidlik munosabatidan: A→Õ; Ã→O, YE→ J̃; YẼ→ J
A – YE - Qarama-qarshilik munosabatidan: YE→Ã; Ã→? YE→?
J – O - qisman moslik munosabatidan: J̃→O; Õ→J; J→?, O→?
A - J, YE – O - bo‘ysunish munosabatidan: A→ J ; YE→O; J→?, O→?
Namunaviy masalalar: a)Sillogizm figuralarining maxsus qoidalari.
b)Sillogizmning moduslari va ularning mantiqiy fikr yuritishdagi ahamiyati.
v) Qisqartirilgan murakkab sillogizmlar.
Sillogizm figuralari inson mantiqiy fikr yuritishining atributiv xususiyati bo‘lib, ularga, odatda, kishilar muhokama yuritishda o‘zlari anglamagan tarzda amal qiladilar. Ularning tamoyillarini yaxshi bilish va qo‘llay bilish mantiqiy muhokama yuritishning zaruriy shartidir. Shuning uchun ham sillogizm figuralari ilmiy bilishning o‘ziga xos usullari vazifasini o‘taydi.
Har bir sillogizmning figurasi o‘ziga xos moduslariga (lotincha-modus-o‘lchov, usul)ga ega. Sillogizm moduslari deb asoslar, ya’ni son va sifat jihatidan turlicha farqlanadigan sodda hukmlarning (A, J, YE, O) sillogizmning umumiy va figuralariga taalluqli maxsus qoidalari bo‘yicha o‘zaro bog‘lanishi bo‘yicha chiqariladigan xulosalari bilan farqlanadigan sillogizm turlariga aytiladi. Sillogizm moduslari asoslarning muayyan usullar bo‘yicha bog‘lanishlaridan chiqariladigan xulosalarning turlaridir. Sillogizmning barcha figuralarida asoslar faqat quyidagi 19 xil usuldagi bog‘lanishda chin bo‘ladi:
1-figurada-AAA, YEAYE, AJJ, YEJ0
2-figurada - YEAYE, AYEYE, YEJO, AOO
3-figurada-AAJ, JAJ, AJJ, YEAO, OAO, YEJJ
4-figurada-AAJ , AYEYE, JAJ, YEAO, YEJO.
Sillogizm figuralarining moduslarini bir-biridan farqlash va esda qoldirish maqsadida (an’anaviy mantikda) ularning har birini maxsus nom bilan atash qabul qilingan.
1-figuraniki: Varbara, Selagent, Dari, G‘yeriko
2-figuraniki: Sesare, Samestres, G‘yestino, Vagokko;
3-figuraniki: Darapti, Disamis, Datisti, Felapton, Bocardo, Ferison
4-figuraniki: Vramalip, Camenes, Dimaris, Fesapo, Fresion.
Ushbu nomlardagi unli harflar sillogizm tarkibidagi asoslar va xulosani ifodalaydi. Masalan, «Varbara» dagi 1- va 2-A-harflari asoslarni, 3-A esa xulosani anglatadi. Endi sillogizm figuralari va ularning moduslarining har biri ustida alohida to‘xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |