Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 0,67 Mb.
bet70/195
Sana17.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#558714
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   195
Bog'liq
Falsafa 1-kurs

Mazmun va shakl. Mazmun va shakl tushunchalari, ularning dialektikasi qadimdayoq sinchiklab o‘rganilgan. Uyg‘unlik, go‘zallik, mutanosiblik tuyg‘usi, aql va tananing barkamolligi qadimgi yunonlar uchun juda muhim bo‘lgan. Ularning tilida shakl tushunchasi tabiatning oddiy materiali go‘zal shakl-shamoyil kasb etishiga imkoniyat yaratadigan g‘oya tushunchasining sinonimi sanalgan. Aristotel g‘oya, ya'ni shaklni materiya bilan uzviy bog‘liq deb hisoblagan. Qadimgi Yunonistonda mazmun va shakl muammosi qo‘yilgan bo‘lsa, keyingi ming yillikda bu muammoni turli yo‘nalish mutafakkirlari yechishga harakat qildi.
Mantiqda mazmun tushunchasi uning muhim belgilari majmuini anglatadi. Falsafada mazmun narsaning negizini tashkil etadigan, uning mavjudligi, rivojlanishi va shakllarining o‘zgarishini belgilaydigan qismlar, elementlarning muayyan tarzda tartibga solingan majmuidir. Ko‘rib turganimizdek, mantiq va falsafadagi mazmun tushunchalari bir-birini istisno etmaydi, balki bir-birini to‘ldiradi. Demak, mazmun – mazkur narsa, jarayon, hodisani belgilovchi elementlar, tomonlar, xossalar, aloqalar va tendensiyalarning yig‘indisi. Har qanday narsa, hodisa aniq mazmun bilangina emas, balki muayyan shakl bilan ham tavsiflanadi.
Shakl – narsaning tuzilishi, strukturasini, mazmun elementlarining uyushish, bir-biri va tashqi omillar bilan o‘zaro aloqa qilish usulini tavsiflovchi ichki aloqa. Shakl,-deydi Ibn Sino,-jismlarning mavjudligi qanday bo‘lsa, shunday saqlanishi yoki boshlang‘ich materiyaning konkret jismga aylanishidir. Shakl- tabiiy kuch sifatida anorganik jismlarni harakatga keltiradi: o‘simlik, hayvon, odam, kosmik ruhni harakatga keltiradigan tabiiy jismlar shaklidir. Shakl-jismdan konkret narsa va predmet hosil bo‘lishidir. Shakl-jismlarning alohida xususiyati bo‘lib, konkret yashash tarzini belgilaydi. Shakl umumiy nom bo‘lib, narsa turini, narsaning mavjudligini, ikkinchi marta takomillashishini, mavjudligini bildiradi. Shaklni aniqlashda narsalar mavjudligi muhim o‘rin egallaydi. Masalan, olov olov shakli asosida aktuallashadi va boshqa shaklga o‘tadi. Shakl tufayli jism jism bo‘la oladi.
Mazmun va shakl tushunchalariga berilgan ta'riflarning o‘zidayoq biz ularning o‘xshashligini payqaymiz, chunki struktura, ichki izchillik – mazmunning ham, shaklning ham zaruriy komponenti. Shu sababli mazmunni shakldan faqat mavxumlik nuqtai nazardangina ajratish mumkin. Ikki o‘xshash mazmunni taqqoslashgina shakl omillarini farqlash imkonini beradi. Nafaqat mazmun «shakldor», balki shakl ham mazmunlidir. Shu sababli ayni bir jihat, element bir zamonning o‘zida bir predmetning shakli ham, boshqa predmetning mazmuni ham bo‘lishi mumkin.
Shakl va mazmunning o‘zaro aloqasi shunda ifodalanadiki, narsaning bu ikki qarama-qarshi tomonlari bir-biriga o‘zaro ta'sir ko‘rsatadi. Qadimda mazmun va shakl dialektikasida shakl ustun qo‘yilgan, uning yordamida narsa o‘z g‘oyasi (shakli) yoki vazifasi (maqsadi)ga muvofiq bo‘lgan muayyan borliq sifatida mavjud bo‘ladi, deb hisoblangan. Keyinchalik fanning rivojlanishi va uning falsafaga ta'siri kuchayishi bilan mazmun va shaklning aloqasi haqidagi tasavvurga ham aniqlik kiritilgan. Oddiy sog‘lom fikr bizga shakl nimaningdir, ya'ni muayyan mazmunning shakli bo‘lishi mumkinligini, mazmunsiz shakl hyech qanday ahamiyat kasb etmasligini ko‘rsatadi. Shu sababli formalizm tanqidi mutlaqo o‘rinlidir. Masalan, san'atda «sof shakllar» bilan o‘yin qilishga urinish shuning uchun ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydiki, o‘zini formalist deb hisoblovchi iste'dodli san'atkor asarida mazmun baribir mavjud bo‘ladi. Davlatni boshqarishda formalizm turlaridan biri sanalgan byurokratizm bilan ham shunday hol yuz beradi. O‘z faoliyatini sof formal qoidalarga bo‘ysundiruvchi, sog‘lom fikrga son-sanoqsiz to‘siqlar o‘rnatuvchi byurokrat amalda hokimiyat vakolatlari birdan-bir maqsad sanalgan muayyan davlat tizimining vakili hisoblanadi. Formalizmning yana bir ko‘rinishi huquqning pozitivistik talqini bo‘lib, unga binoan huquq iqtisodiy, siyosiy, axloqiy yoki o‘zgacha asoslashga muhtoj bo‘lmagan oliy asosdir. Huquqning mazkur formal-dogmatik talqini qonunchining o‘zboshimchaligiga keng yo‘l ochadi. Natijada davlatda nohuquqiy qonunlar ustuvorligi qaror topadi.
Narsa shaklsiz ham mavjud bo‘lmaydi. Shuningdek, shakl mazmunga faol ta'sir ko‘rsatadi, narsaga unda mavjud bo‘lmagan xossalarni baxsh etadi. Masalan, ko‘mir, grafit va olmosni olaylik. Ularning farqi – faqat molekula strukturasida, ya'ni shaklda. Ammo hyech kim bu moddalarni bir-biriga o‘xshatmaydi. Xullas, shakl mazmunga faol ta'sir ko‘rsatib, yo uni takomillashtiradi, yo o‘zini to‘la namoyon etishiga monelik qiladi. Shakl mazmundan nisbatan mustaqildir. Bu hol ayni bir mazmunning ko‘plab shakllari mavjudligida, shuningdek shakl mazmundan o‘zishi yoki undan orqada qolishida namoyon bo‘ladi. Shu sababli shakl va mazmunning uzluksizligi ularning birligi to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. Bunda har bir muayyan holda yo shakl, yo mazmun ustunlik qilishi mumkin. Shakl va mazmunning nomuvofiqligi yoki qarama-qarshiligi yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan mazkur kategoriyalar dialektikasi borliqning har qanday hodisasi o‘zgarishi va rivojlanishining ichki manbai hisoblanadi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish