Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 0,67 Mb.
bet125/195
Sana17.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#558714
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   195
Bog'liq
Falsafa 1-kurs

Ayniyat qonuni. Xulosa jaraѐnida har qanday fikr muayyan, barqaror mazmunga ega bo‘lishi kerak. Tafakkurning ushbu tub xususiyatini ayniyat qonuni ifodalaydi: xulosa jaraѐnida har qanday fikr o‘zi o‘ziga aynan o‘xshaydigan bo‘lishi kerak (a degani a dir ѐki a = a dir, bunda a deganda har qanday fikr tushuniladi). Ayniyat qonuni r r (agar r bo‘lsa, unda r dir) formulasi orqali ifodalanishi mumkin, bunda: r – har qanday fikr, implikatsiya belgisi.
Ayniyat qonunidan shunday ma’no kelib chiqadi: turli fikrlarni aynan bir xil deb bilmaslik kerak, aynan bir xil fikrlarni aynan o‘xshash bo‘lmagan fikrlar deb qabul qilmaslik lozim. Xulosa jaraѐnida ushbu talabning buzilishi ko‘pincha tilda aynan bir xil fikrning turlicha ifodani berishi bilan bog‘liqdir.
Boshqa tomondan olganda, ko‘p ma’noli so‘zlarning ishlatilishi turlicha fikrlarning xatoga yo‘l qo‘yib aynan bir xillashtirishga olib kelishi mumkin. Masalan, jinoyat huquqida “jarima” so‘zi orqali Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jazo chorasi ifodalanadi, fuqarolik huquqida esa bu so‘z ma’muriy ta’sir ko‘rsatish chorasini ifodalaydi. Shubhasiz, bunday so‘zni birdek ma’noda ishlatish mumkin emas.Turli fikrlarning aynan bir xillashtirilishi ko‘pincha kasb-hunar, ta’limda va shu kabilardagi tafovutlar bilan bog‘liqdir. Mutaxassislar ayrim tushunchalarni aniq ma’noda qo‘llamasalar, bu ko‘pincha chalkashlikka, noaniqlikka olib kelib, ish mohiyatini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Turli tushunchalarning aynan bir xillashtirilishi mantiqiy xatodan – anglab yetilmagan va ataylab qilingan tushunchaning almashtirilishidan iborat bo‘ladi.
Ayniyat qonuni talablariga rioya qilish tushunchalarni ularning aniq ma’noda ishlatishni taqozo etadigan ishida muhim ahamiyatga egadir.
Nozidlik qonuni va uning inson faoliyatidagi ahamiyati
Mantiqiy tafakkur nozidlik (noziddiyat) bilan tavsiflanadi. Ziddiyatlar fikrni buzib, bilish jaraѐnini qiyinlashtiradi. Tafakkurning nozidligi talabi formal-mantiqiy nozidlik qonunini ifodalaydi: ikkita bir-biriga mos kelmaydigan hukmlar ayni bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin emas; juda bo‘lmaganida, ularning bittasi albatta xato bo‘ladi.
Ushbu qonun quyidagi tarzda shakl topadi: a ning a emasligi noto‘g‘ri (bittasi ikkinchisini rad qiladigan ikkita fikrning haqiqiy bo‘lishi mumkin emas). U shunday formula: (р р) bilan ifodalanadi (r va r emas ning ayni bir vaqtda chinligi xato). r deganda har qanday fikr, / r deganda esa – r fikrning rad qilinishi tushuniladi, butun formula oldidagi / belgisi – / konyunksiya belgisi bilan birlashgan ikkita fikrning raddiyasidir.
Nozidlik qonuni barcha bir-biriga mos kelmaydigan hukmlarga nisbatan amal qiladi.
Shunisi tushunarliki, agar hukmlardan birida predmetga bir belgining mansubligi tasdiqlanib, boshqasida – ushbu predmetga mazkur belgining mansubligi rad qilinadigan bo‘lsa (1) va agar gap turli predmetlar to‘g‘risida boradigan bo‘lsa (2), unda hukmlar o‘rtasida ziddiyat bo‘lmaydi.
An’anaga muvofiq ushbu qonunni ziddiyat qonuni deb atash qabul qilingan. Biroq – nozidlik qonuni – degan nomi uning haqiqiy ma’nosini aniqroq ifodalaydi. Agar biz turli vaqtlarda hamda (ѐki) har xil vaziyatlarda ko‘rib chiqadigan bir predmet xususida nimanidir tasdiqlab, yana shuning o‘zini rad qiladigan bo‘lsak, unda ziddiyat bo‘lmaydi.
Bizning fikrimizni band qilgan ayni bir predmet har xil munosabatlarda ko‘rib chiqilishi mumkin. Masalan, talaba K. haqida uning bilimlari institutga o‘qishga kiradigan shaxslarga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan bo‘lsa, uni nemis tilini yaxshi bilar ekan, deb aytish mumkin. Biroq tarjimon bo‘lib ishlash uchun bu bilimlar yetarli bo‘lmaydi. Bunday holda biz: “K. nemis tilini yaxshi bilmas ekan”, deb aytishga haqlimiz. Ikki hukmda K.ning nemis tilini bilishi har xil talablar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilayaptiki, binobarin, bu hukmlar ham bir-biriga zid emas.
Nozidlik qonuni mantiqiy tafakkurning asosiy xususiyatlaridan biri – tafakkurning zid kelmasligi, izchilligi xususiyatini ifodalaydi. Uni ongli ravishda qo‘llash o‘zining va o‘zgalarning fikrlaridagi ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etishga ѐrdam berib, fikrlar va harakatlardagi har qanday noaniqlik, noizchillikka nisbatan tanqidiy munosabatni yuzaga keltiradi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish