Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 0,67 Mb.
bet124/195
Sana17.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#558714
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   195
Bog'liq
Falsafa 1-kurs

Nazorat ishi:
1.Globallashuv tarafdorlari qanday nomlangan?
2.Globallashuv muxoliflari qanday nomlangan?
3.Globallashuvning ijobiy natijalari.
4.Globallashuvning salbiy oqibatlari.
5.Insoniyat tarixida tarbiya va ta’limning rivojlanish bosqichlari.
Milliy ta’lim tizimlari.

7-mavzu. Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi.


Ma’ruza rejasi:
1.Mantiq ilmini o‘rganish obyekti.Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari.
2. Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari.
3. Hukm tafakur shakli sifatida. Hukmning tarkibi va xususiyatlari.
4. Xulosa chiqarishning tuzulishi va xulosa chiqarish turlari.
5. Argumentlash nazariyasi.
“Mantiq” (logika) atamasi grekcha “logos” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “fikr”, “so‘z”, “aql-idrok”, “qonuniyat” ma’nolarini anglatadi va hozirgi vaqtda uchta asosiy mazmunda qo‘llaniladi. Birinchidan, u voqea-hodisalarning o‘zaro bog‘lanishidagi har qanday obyektiv qonuniyatni, masalan, “faktlar mantig‘i”, “buyumlar mantig‘i”, “tarix mantig‘i” va shu kabilarni ifodalash uchun ishlatiladi. Ikkinchidan, u fikr rivojidagi qonuniyatni, masalan, “fikrlar mantig‘i”, “fikrlash mantig‘i” va shu kabilarni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Uchinchidan, tafakkur qonunlari haqidagi fan ham mantiq deb ataladi. Biz mantiqni tafakkur qonunlari haqidagi fan sifatida ko‘rib chiqamiz.
Tafakkurni ko‘pgina fanlar: psixologiya, kibernetika, fiziologiya va boshqalar o‘rganadi. Mantiqning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, to‘g‘ri fikrlash shakllari va usullari uning predmeti bo‘lib hisoblanadi. Fan tarzidagi mantiq formal mantiq, dialektik, ramziy, modal mantiq kabi va boshqa bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Biz formal mantiqni ko‘rib chiqamiz.
Shunday qilib, mantiq – bu to‘g‘ri fikrlash shakllari va usullari haqidagi fandir. Fikrning qurilishi, ya’ni uning tarkibiy qismlarining bog‘lanishi usuli aniq bir fikrning mantiqiy shakli hisoblanadi. “Fikrlash shakli” tushunchasining mohiyatini misol orqali izohlaylik. Ikkita gapni: “Hamma odamlarning o‘limi muqarrar” va “Barcha darѐlar dengizga quyiladi” gaplarini olaylik. Ularning biri to‘g‘ri, ikkinchisi esa noto‘g‘ri. Lekin shakliga ko‘ra ular bir xildir. Ularning har birida boshqa buyum ѐki hodisa haqidagi fikr o‘z tasdig‘ini topadi. Agar biz R harfi bilan S harfi orqali ataladigan buyumning xususiyatini ifodalaydigan bo‘lsak, unda shunday fikr shaklini olamiz: S - P dir; unga turlicha mazmunni jo qilish mumkin. Formal mantiqda tafakkurning asosiy shakllari: tushuncha, hukm va xulosa, shuningdek ularning asosiy qoidalari haqiqiy bo‘lgani holda to‘g‘ri xulosalarni olishga imkon beradigan o‘zaro bog‘lanish qonunlari ko‘rib chiqiladi. Mantiqiy shakl ѐki fikrlash shakli – bu fikr elementlarining bog‘lanish usuli, uning qurilishi bo‘lib, ushbu qurilish tufayli mazmun amal qiladi va voqelikni aks ettiradi.
Real fikrlash jaraѐnida fikrning mazmuni va shakli ajralmas birlikda amal qiladi. “Sof”, o‘z shakliga ega bo‘lmagan mazmun yo‘q, “sof”, mazmunsiz mantiqiy shakllar bo‘lmaydi. Biroq biz maxsus tahlil maqsadida fikrning aniq mazmunidan chetga chiqib, uning shaklini o‘rganish predmeti qilib olishga haqlimiz.
Odamlarning ko‘pincha grammatika qoidalarini bilmasdan turib, tilda o‘z fikrlarini ifodalagani singari mantiq qoidalarini bilmay turib ham mantiqan fikr yuritish mumkin. Inson hazm jaraѐnini bilmasa ham, u amalga oshadi. Ammo ѐki bu ovqatning oshqozonda qanday hazm bo‘lishini bilsak va amal qilsak, muammo bo‘lmaydi, jaraѐnni ongli ravishda boshqarish mumkin bo‘ladi. Fikrlashda ham huddi shunday. Mantiqni bilish fikrlash madaniyatini oshiradi, mulohazaning aniq, izchil va dalil-isbotli bo‘lishiga ѐrdam beradi, nutqning ma’nodorligi va ishonchliligini ta’minlaydi. Ayniqsa yangi bilimlarni egallash jaraѐnida mantiq asoslarini bilish muhimdir, u odamlarning og‘zaki nutqi va ѐzma manbalardagi mantiqiy xatolarni aniqlash, bunday xatolarni rad qilishning eng qisqa va to‘g‘ri yo‘llarini topish, o‘zining bunday xatolarga yo‘l qo‘ymasligiga ko‘maklashadi.
Mantiq shaxsning o‘zini o‘zi anglashi, intellektual rivojlanishiga ko‘maklashib, unda ilmiy dunѐqarashning shakllanishiga ѐrdam beradi.
Faoliyati odamlarning taqdiriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ommaviy axborot vositalari vakillari va tibbiy xodimlarning mantiqni bilishi ayniqsa muhimdir.
Tafakkur qonunlari insonning irodasi va xohish-istagidan qat’i nazar shakllanadi. Voqelikdagi predmetlarning nisbiy barqarorligi, sifat jihatdan aniqligi, o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqligi ularning obyektiv negizini tashkil etadi.
Mantiq ko‘plab mantiqiy qonunlar orasidan to‘rtta asosiy, mantiqiy tafakkurning tub xususiyatlarini ifodalaydigan qonunlar – uning aniqligi, ziddiyatsizligi, izchilligi va asosliligini ajratib ko‘rsatadi. Bular – ayniyat, (ziddiyat, uchinchisi istisno va yetarli asos qonunlaridir. Ular qanday mantiqiy shaklda kechishidan va qanday mantiqiy operatsiyani bajarishidan qat’i nazar har qanday muhokamada amal qiladi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish