6. Konflikt (lot. contlictue — ixtilof, toʻqnashish) — 1) qarshi tomonlar, fikrlar, kuchlar toʻqnashuvi; 2) adabiyot va sanʼatda — badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat, personajlarning oʻzaro toʻqnashishi, ixtilofi. Konflikt epik asarlarga nisbatan qoʻllanadi, lirik asarlarda esa u kolliziya, kechinma, fikr oqimi tarzida namoyon boʻladi. Konfliktning 3 xil koʻrinishi mavjud: asar qahramonlarining birbirlari bilan toʻqnashuvi, kurashi; shartsharoit, muhit bilan toʻqnashuv; oʻz-oʻzi bilan ichki kurash. Drama konfliktni harakatni rivojlantiruvchi, keskinlashtiruvchi xususiyatga ega. Konfliktda yozuvchining dunyoqarashi, voqelikni, hayotni, dunyoni va insonni qanday idrok etishi va tushunishi namoyon boʻladi. Dramaturgiyada "tashqi" konfliktga keng oʻrin beriladi, bunda qahramonlar oʻzaro bir-biri bilan ixtilofda, kurashda boʻladi, "ichki" konfliktda esa qahramonning oʻz burchini his etishi bilan ojiz ruhiy tomoni, hissiy iztiroblari, holati oʻrtasidagi ziddiyat tarzida koʻrinadi. Mazmuni, yoʻnalishi nuqtai nazaridan konfliktning maishiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va boshqa turlari mavjud. Voqealar rivoji davomida ijtimoiy Konflikt siyosiy konfliktga, siyosiy konflikt falsafiy konfliktga aylanishi mumkin. Katta, oʻtkir gʻoyalar uchun keskin kurashga asoslangan toʻqnashuvda fojiaviy ruh ustun boʻlib, fojiaviy konfliktni tugʻdiradi yoki kulgili, oʻtkir hajviy yoʻnalishdagi vaziyat, holat, voqealar kulgili ruhni hosil qiladi. Konfliktning mohiyati zamon, makon bilan jips bogʻliq. Shunday konfliktlarlar boʻladiki, davr oʻtishi bilan ular barham topadi. Dunyoda yaratilgan asarlar konflikti zaminida taqdir taqozosi turgan boʻlsa, oʻrta asrlardagi asarlarda ilohiy kuch bilan insondagi shaytoniy xirs konfliktning asosini tashqil etadi. Romantizm davrida voqelik, muhit, shart-sharoit bilan ideal oʻrtasida, yaxshilik bilan yomonlik, ruhiy erkinlik bilan turmush tashvishlari oʻrtasidagi ziddiyat hukmronlik qilgan, realizm tantana qilgan davrda inson mohiyati, uning istagi, imkoniyati bilan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit zaminida konflikt yuzaga kelgan. Shunday boqiy mavzular borki (masalan, saxiylik va xasislik, vafodorlik va bevafolik, tiriklik va oʻlim), bularda konflikt har bir davrning maʼnaviy, ruhiy talab va ehtiyojlaridan kelib talqin qilinadi. Shoʻrolar davrida — sotsialistik realizm metodi hukmronlik qilgan davrda konflikt zaminiga ijtimoiy-sinfiy antagonizm qoʻyilgan va bu ziddiyatning inqilobiy yoʻl bilan yechilishi talab qilingan, individual axloq bilan jamoa ongi oʻrtasidagi, xususiy mulkchilik ruhiyati bilan jamoat, xalq manfaati oʻrtasidagi kurash tarzida qoʻyilgan. Shoʻro tuzumini tanqid qilish man etilgan va shu tufayli adabiyotda, ayniqsa dramaturgiyada Konfliktsizlik "nazariya"si kelib chiqqan. Hayotdagi keskin ziddiyatlarni chetlab oʻtish, voqelikni, hayotni boʻyab koʻrsatish, insonni shunchaki bir qoʻgʻirchoq, robot tarzida koʻrsatish bu davr adabiyotining bosh belgisi boʻlgan. Milliy mustaqillik tufayli oʻzbek adabiyoti va sanʼatining ijodiy usuli realistik metod boʻlib qoldi, hayot va insonni haqqoniy tasvirlash, voqelikdagi ziddiyatlar kulami va mohiyatini teran ochish, inson va jamiyatning kamol topishidagi qiyinchiliklarni, murakkab jarayonlarni oqilona tasvirlash yagona mezonga aylandi. Ammo yozuvchi, sanʼatkor voqelikdagi ziddiyatlarni qanday boʻlsa, shundayligicha badiiy asarga koʻchirmaydi, aksincha, ularni tanlab oladi, umumlashtiradi, yanada keskinlashtiradi, ular maʼnosi, mohiyatini ochadi, tushuntiradi.
Sog’ tanda sog’lom aql deydilar dono xalqimiz. Insonning tanining sog’ligi eng katta boyliklaridn biri hisoblanadi. Odamni eng asosiy tana a’zosi bo’mish – yurak hamma uchun o’ta ahamiyatli. Ammo Yaratganning inoyati ila yurakning tobi qochib qolganda qanday yo’l tutish kerak? Yoki yurakni yanda baquvvatroq qilishda nimalar foydali? Quyida berilgan maslahatlarda bu haqida bilib olishingiz mumkin. Tabiiy mahsulotlardan iborat bu maslahatlar sizga foydali bo’ladi.
SOG'LOM INSON DOIMO FOYDALI NARSALARGA O'ZINI SAFARBAR ETADI . ZARARLI ODATLARDAN YIROQ BO'LADI. SOG'LOM TANA BU SOG'LOM AQL DEMAKTIR. SOG'LOM BO'LISH UCHUN ESA KUN TARTIBGA RIOYA QILISHIMIZ , O'Z VAQTIDA UHLAB , TANANI DAM OLDIRISHIMIZ, KO'PROQ FOYDALI NARSALAR ISTEMOL QILISHIMIZ , KERAKLI KITOBLAR O'QISHIMIZ KERAK. BULAR BARCHASIGA BIZGA FIKR DOIRAMIZNI KENGAYISHIGA SOG'LOM BO'LISHIMIZGA YORDAM BERADI.
Do'stlaringiz bilan baham: |