Inson har bir ishni bajarishdan oldin uni qalbida niyat kiladi. Undan keyin esa uni bajarishga harakat qiladi. Yuragi toza odamlar hamisha yaxshilikni niyat qilib, shuni amalga oshirish payida bo‘lishadi. Natijada ularning qalbida yomonlikka joy qolmaydi. Alloh taolo Qur'oni Karimda marhamat qiladi: “U sizlarni yerdan paydo qildi va ungi sizni obodligi uchun qo‘ydi” (Hud surasi, 61- oyat).
Alloh taolo bizga behisob ne'matlar bergan. Bu haqda Qur'oni Karimda aytiladiki: “Agar Allohning ne'matlarini sanasangiz, sanog‘iga yetolmaysiz” (Nahl surasi, 18-oyat). Darhaqiqat, ilohiy ne'matlarni ko‘rish, ularni his etish uchun katta aql kerak emas, aslida. Mana yon-atrofga karasak, yurtimizda bahor nafasi kezmokda. Shuning o‘zi katta ne'mat emasmi? Osmonda quyosh bir fursat ko‘rinib, so‘ng oylab ko‘rinmaydigan yurtlar bor. Doimo qahraton qish bo‘ladigan, yoki, aksincha, suv nimaligini bilmaydigan, jazirama o‘lkalar kancha? Yaratgan bizga to‘rt fasldan bahramand bo‘lish ne'matini ato etdi. Bunday ne'matlarga shukr qilish bizning insoniy burchiimiz sanaladi. Alloh taoloning bunday va'dasi bor ya'ni: “...agar (bergan ne'matlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Agar noshukurchilik qilsangiz bas, mening azobim qattiqdir”– deb ta'kidlaganidek, shukr qiluvchi bandalariga o‘z ne'matlarini yanada ziyoda etishi muqarrardir. Shukur kilish, “Xudoga shukur” deyishdan tashqari, har bir ne'matni o‘z vaqtida va o‘z joyida, isrof qilmasdan tasarruf etish hamdir. Xususan, yer ne'mati, undan samarali foydalanish inson hayotining zarurati. Aksincha, yerdan unumli foydalanmaslik, tomorqalarga ekin ekmasdan uni bo‘sh qoldirish kabi holatlar, yerni isrof qilish bo‘lib, bu noshukrchilikdan boshqa narsa emas. Shunday ekan, noshukrchilik qilishga aslo haqqimiz yo‘q.
Atrof-muhitni tozalash, ko‘chalar va qabristonlarni obod qilish, gul, daraxt ko‘chatlari ekish, marhumlarning ruhini shod etishdek yuksak qadriyatlarga ega ekanmiz, erta bahordan xayriya hasharlari tashkil etishimiz, bahorgi tozalik va obodonchilik ishlarini sifatli olib borish insoniy vazifamizdir. Bu borada har bir qilgan ezgu niyatimiz va amalga oshirgan ishlarimiz dinimizda ibodat hisoblanib, unga behisob savoblar yoziladi. Shuning barobarida ushbu ishlarni Allohning bizga bergan ne'matlariga shukronalikning amaldagi ifodasi deb bilamiz.
Turli ekinlar ekib, yer yuzini obod etish haqida hadisi shariflarda aytiladiki: “Qaysi bir musulmon biror ko‘chat yoki ekin eksa, undan qush, inson yoki hayvon yesa, u uchun sadaqa bo‘ladi” (Buxoriy va Muslim rivoyati). Boshqa bir hadisda: “Qiyomat qoim bo‘lib qolib, birovingizning qo‘lida ko‘chat bo‘lsa va qiyomat bo‘lguncha ekishga imkoni bo‘lsa, (uni) eksin” (Ahmad rivoyati). Xususan, qabrlarni ziyorat etish haqida hadis sharifda aytiladiki: “Qabrlarni ziyorat qilinglar, chunki, qabrlarni ziyorat qilish o‘limni va oxiratni eslatib turadi”(Termiziy rivoyati).
Buyuk yozuvchilardan biri shunday degan edi: «Hayotda Siz uchun eng sevimli bo’lgan kasbni tanlab va Siz bir umr ishga bormaysiz». Agar kishi o’z sevgan kasbida ishlayotgan bo’lsa u hech qachon har ertalab o’zini ishga ketayapman, deb hisoblamaydi. O’z sevgan kasbi bilan shug’ullanish kishiga zavq, xursandchilik, shijoat, rag’bat hamda ma’naviy ozuqa beradi. O’zi yoqtirgan ishni qilayotgan kishi vaqt qanchalar tez o’tib ketganligini sezmay qoladi, u hech qachon bajarayotgan ishidan charchamaydi.
Bugun dunyo bo’ylab qanchadan-qancha kishi zavod-fabrikalarda, idoralarda, avtomobillarda, ish maydonlarida ish vaqtining tezroq tugashini intizorlik bilan kutib, tushlik vaqtining tezroq kelishi ilinjida soatga ma’yus termulib o’tirishadi. Bu toifadagi kishilar, o’z haddi-harakatlaridan ma’lumki, o’zlari yoqtirgan mashg’ulotni o’z kasblari sifatida tanlashmagan. Ya’ni, ular o’zlariga yoqmaydigan kasb bilan shug’ullanuvchi kishilardir
Ba’zilar «Kishi bajarayotgan ishidan katta daromad olsa bo’ldi-da, kasb kishiga katta pul keltirsa bo’lgani, uning qilayotgan ishi o’ziga yoqishi ikkinchi darajali», deb hisoblashadi. Ammo hech bir kishi kasbidan zavqlana olmas ekan, o’z bajarayotgan faoliyati orqali katta daromadga erisha olmaydi. Balki biror kishi shug’ullanayotgan kasb katta foydakeltiradigan ishdir, balki kimlardir shu kasb ortidan katta daromadga erishayotgandir, ammo bu kasbning egasida o’z ishiga nisbatan qiziqish va zavqlanish bo’lmasa, u hech qachon o’z kasbidan barakat topa olmaydi.
Shundan kelib chiqqan holda bugun haqiqiy hayotda kasbidan zavqlana olganlarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini, o’z kasbini yomon ko’rganlarning esa kunni zerikarli bekorchilik bilan o’tkazishayotganligini ko’rishimiz mumkin. Bunday sharoitda o’zkasbini sevgan, qilayotgan ishidan zavqlana olgan oddiy poyafzal ta’mirlovchisi bugungi kunda milliardlab foyda ko’rish mumkin bo’lgan ilg’or tashkilotda yetuk mutaxassis sifatida ishlovchi, ammo o’z kasbini yomon ko’radigan, qilayotgan ishidan zavq topa olmaydigan kishidan ancha ko’proq foyda ko’rishi mumkin.
Ishoning, kasb – bu faqat pul topish usuli emas, balki hayotingizning katta qismini
mazmunli o’tkazish vositasi sifatida ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Agar Siz hozirgi yoshingizda kelajakda shug’ullanishingiz uchun kasb tanlayotgan bo’lsangiz, faqatgina bu kasbdan Sizga keladigan moddiy daromadni emas, balki undan olishingiz kerak bo’lgan ma’naviy ozuqani ham hisobga oling. Bordi-yu Siz allaqachon biror kasbga ega bo’lsangiz, ammo bu kasb Sizning sevimli kasbingiz bo’lmasa, qilayotgan ishingizdan zavqlana olmasangiz, o’z bajarayotgan ishingizda xursandchilik, ma’no topishga intiling. Bajarayotgan ishingizdan zavqlanishni o’rganing. Agar buning iloji bo’lmasa, kasbingizni imkon qadar o’zingiz zavqlanib ishlaydigan faoliyat turiga o’zgartirishga harakat qiling.
Unutmang, Siz kasbingizda jon saqlashingiz emas, balki yashashingiz kerak. Shundagina qilayotgan ishingiz Sizning haqiqiy sevimli kasbingiz hisoblanadi!
5. Anchadan beri Vatan haqida yozishga urinaman. Biroq, hech narsa chiqmayotganga o‘xshaydi. Qoralamalarim qoralama holida qolib ketaveradi. O‘ylasam, Vatan haqida yozish juda qiyin ekan. Negaki, Vatan bizga Alloh tomonidan berilgan eng buyuk ne'mat bo‘lib, u haqda har qancha yozsang ham yana qaysidir jihatlari qolib ketayotganday, go‘yo misralar ojiz, rangsiz, g‘aribday tuyulaverarkan. Vatan haqida aytmoqchi bo‘lganlaring esa, behisob. Shunchalar ko‘pki, hisobdan adashib ketasan kishi...
Xalqimiz odatda Vatan so‘ziga Ona so‘zini qo‘shib talaffuz qiladi: Ona vatan. Bu Vatanning onaday aziz, mehribon, jonkuyarligiga ishora bo‘lsa kerak-da. Axir inson uchun onadan azizroq kishi bormi? Jismu jon ato qilib, yana boshimizda tunlarni bedor o‘tkazgan zotdan, a? O‘ziga bori zahmatlarni olib, rohatni farzandiga ilinganini ta'riflashga har qancha "mehribon" degan so‘z kamlik qilmaydimi? O‘zga jon uchun, uning baxti, kamoli, ertangi kuni deb kerak bo‘lsa, o‘z jonidan ham kechadigan yana kim bor olamda?! Aslida esa, mana shu tuyg‘u, tasavvur, rishta, shuncha mehrning hammasi Vatanning bir parchasi, bir bo‘lagi xolos.
Vatan ham xuddi Ona kabi o‘z farzandining xatolaridan iztirob chekadi. Yuragi zardobga to‘ladi. Lekin, kechiradi. Muhimi, farzand o‘z xatolarini anglab yetsin. To‘g‘rilanish yo‘lini tutsin. Bilim olsin, yurtga naf keltirsin. Kindik qoni tomgan shu zamin bilan o‘zini yaxlit deb bilsin.
Vatanga muhabbat so‘zda emas, amalda isbot qilinadi, deydilar. Demak, har birimiz uni sevish barobarida ko‘z qorachig‘idek asrashimiz, e'zozlashimiz, turli zararli g‘oya va nag‘malar oldida hamisha hushyor turishimiz, bir-birimizni ham shunga da'vat etishimiz lozim. Shundagina Vatandan rizolik topamiz. Mana shu rizolikning o‘zida ne-ne hikmat mujassam. Zero, Vatan – onaday muqaddas.
Biror ish-\arakatga, jarayonga aloqadorlik; sheriklik. ◆ Keyin bilsam, mamlakat taqdiridan, uning tash-vish va muammolaridan doimo boxabar boʻlib turish har bir fuqaroning tabiiy ehtiyoji boʻlib, u Vatan taqdiriga daxldorlik tuy-gʻusidan kelib chiqar ekan.
Vatan, xalq uchun fidoyilik va sadoqat bilan mehnat qilish farzandlik burchimiz va oliy sharafdir. El qachon suyadi, xizmatlar qachon eʼtirof etiladi? Qachonki, inson fidoyilik koʻrsatsa.
Azaldan el-yurt uchun jon koyitgan, vatan ravnaqiga ulush qoʻshgan, yurtparvar, sadoqatli va fidoyi kishilar munosib ragʻbatlantirilgan, qadrlangan.
Istiqlol yillarida inson shaʼnini qadrlash, ozod va obod vatan, erkin va demokratik davlat barpo etish, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osoyishta, farovon, baxtli va munosib hayot kechirishini taʼminlash, inson shaʼnini qadrlash borasida ulkan islohotlar amalga oshirildi.
Natijada xalqimizning buguni va ertasiga ishonchi mustahkamlandi, yurt ravnaqiga daxldorlik, vatanga yelka tutish, kamarbasta boʻlish tuygʻusi, bunyodkorlik salohiyati yuksaldi.
Insonning ma’naviy olamining yuksalishiva Daxldorlik xissi fuqarolik jamiyati qurish vazifalarini amalga oshirish bilan uzviy bog‘liq. Fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtiroki ularning ichki dunyosi va irodasini baquvvat, imon-e’tiqodini butun qilishda yorqin namoyon bo‘ladi. Insonning jamiyat hayotiga munosabati, qonunlarni hurmat qilishi, adolat tamoyillariga amal qilishi, insonni qadrlashi, ularning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb bilishi,halol va pok yashashi ularning yuksak ma’naviy dunyosi va Daxldorlik hissining amaliy ifodasi ekanligini hisobga olish lozim.Fuqarolik jamiyati qurilishi shu ma’noda insonning yuksak ma’naviy hamda Daxldorlik hissi fazilatlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini ko‘rish mumkin. Fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makondir. U fuqarolarning davlat va jamiyat munosabatlarida aniq namoyon bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati – fuqarolarnintegishli fuqarolik jamiyati institutlari orqali davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi ta’minlangan jamiyatdir. U tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi va amalga oshiriladi. Fuqarolik jamiyati shu ma’noda demokratik jamiyat qurishning muhim shartidir. Jamiyatning ma’naviyati va Daxldorlik hissiqancha yuksalib borsa, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish inmkoniyatlari shuncha oshib boradi. ―Yuksak ma’naviyat tushunchasi jamiyatning ma’naviy taraqqiyot darajasini belgilaydigan o‘ziga xos mezoni hisoblanadi. U jamiyatdagi har bir insonning ruhiy olami, ichki dunyosi, imon-e’tiqodi va qarashlarining mezoni sifatida jamiyat hayotining o‘ziga xos fazilatlarini namoyon etadi. Yuksak ma’naviyat jamiyatning milliy ma’naviy merosi va qadriyatlari hamda ilm-fan rivoji, demokratik jamiyat qurish tajribasi, yutuqlari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyati qurilishi ma’naviyatni anglash va Daxldorlik hissi, uni shakllantiruvchi mezonlar bilan bog‘liq. Fuqarolik jamiyati qurilishi har bir xalqning milliy-ma’naviy merosi va qadriyatlari bilan bog‘liq o‘ziga xos milliy xususiyatlarga tayanadi hamda dunyo xalqlarining erishgan yutuqlarini xisobga oladi. Ma’naviyat insonning qon-qoni, suyaksuyagiga yillar davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, bu hayotning ba’zida achchiq, ba’zida quvonchli saboqlaribilan qatra-qatra bo‘lib singib boradi. Ayniqsa, tabiatga, odamlarga yaqinlik, doimo yaxshilikni o‘ylab yashash, halol mehnatqilish, dunyoning tengsizne’mat va go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish ma’naviyatga oziq beradi, uni yanada kuchaytiradi.
Jahon xalqlari tajribasi, ularningbosib o‘tgan murakkab rivojlanish yo‘llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradiki, qayerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi, o‘z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar quyib yashashi uchunetarli shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, o‘sha yerda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’naviy yuksalish va Daxldorlik hissini anglash uchun yangi imkoniyatlar tug‘iladi.
Umuman olganda, insoniyat tarixi ma’naviyat –insonning, xalqning, jamiyat va davlatning buyuk boyligi va kuch-qudrat manbai ekanini, bu hayotda ma’naviyatsiz xech qachon odamiylik va mehr oqibat, baxt va saodat bo‘lmasligini yaqqol tasdiqlaydi. Yer zida qancha inson, qancha taqdir bo‘lsa, har birining o‘z ma’naviy olami bor. Ma’naviyatni tushunish,anglashuchun avvaloinsonni tushunish, anglash kerak. Shuning uchun ham o‘zligini, insoniy qadrqimmatinianglab yetgan har qanday odam bu haqda o‘ylamasdan yashashini tasavvur qilish qiyin.
Milliy ma’naviyatni yuksaltirish asosiy vazifa hisoblanadi. Bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta’sir o‘tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur taxlil qilib, ularning fuqarolik jamiyatida qanday o‘rin tutishini yaxshi anglab olish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |