Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


Illat izlaganga illatdir dunyo



Download 3,24 Mb.
bet78/107
Sana19.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#562280
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   107
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil (7) (2)

Illat izlaganga illatdir dunyo,
G‘urbat izlaganga g‘urbatdir dunyo.
Kim neni izlasa topgay begumon,
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo – to‘rtligini mutolaa qilar ekanmiz, bu misralar zamirida buyuk kashfiyotlar zohir ekanligiga guvoh bo‘lamiz.
Bu dunyoda yaxshiligu yomonlikdan, baxtu kulfatdan, sog‘lik va xastalikdan, boylik va faqirlikdan, xullas barcha amallardan hikmat izlagan va uni topgan kishigina hayotning asl mohiyatini anglab, umrining mazmunini chaqa boshlaydi va shu taxlit yashashidan ma’no va maqsad topadi.
Qalbimizdagi ezgulik va chin e’tiqodimiz barchamizni yuksak maqsadlar sari yetaklasin. Zero ana shu yuksak maqsad va unga intilib yashash maxluqotlar ichra azizu mukarram sanalgan inson atalmish xilqatga yaratgan tomonidan ato etilgan buyuk bir ne’matdir.
Inson qaysi manzilga ketayotganini bilmasa,
uning yelkaniga hech bir shamol ham duch kelolmaydi. (SENEKA)


Bu dunyoda har bir kishining o‘z tabiati, dunyoqarashi, hayotga munosabati turlicha bo‘ladi. Insonning hayotda qanday yo‘ldan borishi faqat uning o‘ziga bog‘liq. Maqsad har xil, lekin: - Men bu dunyoga nega keldim, kim uchun va nima uchun yashayapman?, - deb o‘ziga o‘zi savol bergan kishining maqsadi boshqacha bo‘ladi. Oramizda shunday insonlar borki, ular hatto ertaga nima qilishini bilmaydi. Buguni-ku mayli, ertaga, indinga, bir oydan keyin, bir yildan so‘ng o‘zini qanday tasavvur qiladi...
- Ertaga nima bo‘lishini yaratgandan o‘zga hech kim bilmaydi demoqchimisiz? To‘g‘ri shunday! Ammo Yaratgan bizga: “Sendan harakat, mendan barakat” deb aytgani-chi? Biz bir ishni boshlashdan va oldimizga maqsad qo‘yishdan qo‘rqamiz. Buni tan olish kerak! Nima uchun bunday desak, bahonalar ham topiladi. Unday bo‘lsa buyuk olim-u mutafakkirlarimizchi? Ular qanday qilib muvaffaqiyatga erishishdi? Qanday qilib inson ongi, tafakkurining cho‘qqisiga chiqa olishdi. Kalendarni, telefonni, kompyuterni, yozuvni, kosmosni, xullas hayotimizda kerakli bo‘lgan qanchadan - qancha buyuk ixtirolar biz kabi insonlarning aql-tafakkuri orqali dunyoga kelmadi-mi?
Inson shunday bir mavjudotki, imkoniyat darajalarining chek-chegarasi yo‘q. Qanday qilib, - dersiz, hozirgi kunda biz uchayotgan odam haqida eshitib qolsak ham hech hayratlanmaymiz. - Ha, endi shunaqa moslama chiqibdida, deb qo‘ya qolamiz. Osmon-u falakda uchayotgan, suvning ustida yurayotgan va o‘ziga o‘xshagan odam robot yaratayotgan, eh-heye qanchadan qancha buyuk ishlarning barini inson bajara olayapti. Hayotimizdagi barcha qulayliklar robotlar, mashinalar, ovqat pishiradigan moslama, kir yuvadigan, quritib ilib hatto kiydirib qo‘yadigan mashinalar ham yo‘q emas.
Albatta bunday texnikalarning barini inson o‘z qo‘li bilan yaratmoqda. Ha, biz ham qobiliyatlimiz, bizning qo‘limizdan ham ko‘p narsalar kelishi mumkin. Bizning shu kabi buyuk kashfiyotlarni yaratib qo‘ygan insonlardan hecham kam joyimiz yo‘q. Biz ham ulardek ixtirolar qilib, yurtimiz kelajagiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin. Lekin birinchi o‘rinda insonda maqsad bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. Maqsad yo‘lida tinmay izlanish va tajriba orttirish insonni buyuklikka yetaklaydi. Axir aytishadiku “Insonda bir foiz qobiliyat va to‘qson to‘qqiz foiz mehnat muvaffaqiyatga yetaklaydi” deb.
Lekin hamma muvaffaqiyatlar zamirida o‘sha bir foiz qobiliyat yotadi. Ko‘pincha, biror ishni boshlashdan avval omadsizlikka uchrashdan qo‘rqamiz va uni iloji boricha ortga suramiz. Yo‘q, axir hayotimizga o‘zgartirishlar kiritish payti kelmadimikan! Ikkilanish va qo‘rqish doimo o‘zimizga dushman bo‘lib qolaveradi-ku. Qo‘rquvni va tinimsiz o‘ylanishlarni chetga surib, tavakkal qilishni ham o‘rganishimiz kerak emasmi?
Mashhur faylasuf Arastuning kitoblaridan birida: “Bir maqsad yo‘lidagi qo‘yilgan birinchi qadam deyarli uning yarmi bajarilganidan dalolat beradi” deb yozilgan edi. Maqsadsiz yashash - bu hayotdagi eng katta xatolardan biridir. Chunki inson bor - yo‘g‘i o‘rtacha 70-80 yil umr ko‘radi. Ushbu umrimizdan yarmi uxlash va yana ancha qismi bemaqsad o‘tib ketishi juda ham ayanchli holatdir. Barchamiz niyat bilan yashaymiz, shirin orzular qilamiz va hatto o‘ylaganlarimiz tushlarmizga ham kirib chiqadi. Orzu bilan yashash yaxshi, ammo uni ro‘yobga chiqarmasak ne
foyda.
Orzu niyatlarimizni ro‘yobga chiqarish uchun biz avvalo o‘zimizga, aniqrog‘i, o‘sha niyatlarimiz amalga oshishiga ishonishimiz va maqsadlar yo‘lida barcha imkoniyatlardan foydalanib, harakat qilishimiz kerak. Maqsad qat’iy bo‘lsa, baribir bir kun orzuga yetishish mumkin. Lekin ba’zan ko‘p narsani xohlaymiz-u istaklarimizni ro‘yobga chiqarish uchun o‘zimiz ham shunga yarasha intilmaymiz. Bu irodasizlik va kuchsizlik alomati deb o‘ylayman. Haqiqiy kuch bilakda emas, irodada, ishonchda! Kuchli odamlar erinchoqlikni unutadi, o‘zini doimo nazorat qila oladi. Har kuni kechqurun, bugun men nimalarga ulgurdim, qaysi ishlarimni bajara oldim-u qaysilari chala qoldi, deb sarhisob qiladi. So‘ng ertangi kun uchun rejalar tuzadi. Bunday insonlarning avvalo yashashdan maqsadi aniq, ertangi kunidan umidi katta, bir oydan, bir yildan so‘ng nima ish qilishini biladi. Kuchli odam o‘zining kamchiligidan tonmaydi. Men nima uchun yashayapman, degan savolni o‘z-o‘ziga bera oladi va shu savolga doimo javob axtaradi. Yashashdan maqsadni aniq tasavvur qiladi. Hayotning mazmunini his etadi, kuchiga kuch qo‘shiladi! 
2. Inson hamisha go’zallikka, baxtga intiladi, baxtiyor damlarni kutib yashaydi. O’ziga to’kis baxtni sog’inmagan odam zoti topilmasa kerak. Baxt esa, misoli bir qush: qattiqroq ushlasang ham, bir oz bo’sh qo’ysang ham undan ayrilib qolishing mumkin. Shu tufayli uni har kim o’zicha tushunadi, o’zicha tasavvur etadi, o’zicha anglaydi...
Dunyodagi buyuk kashfiyotlar, o’lmas san’at asarlarining yaratilishiga ham aslida insoniyatning baxt haqidagi orzu-armonlari sababchi bo’lgan bo’lsa, ehtimol.
 Baht - bu musulomligimiz,Rahmatallila'lamiynga ummatligimiz, eng oliy Baht shudir.Yana Baht oilani tinchligi, farzandlarimizni va turmush o'rtog'imizni so'g salomat yonimizda bo'lishlari. Baht onani bag'riga bosh qo'yib bir lahza nasihatlarini tinglashdir. Allohga shukr bahtlimiz. Alloh bizga qanday hayotni ravo ko'rsa shunga roziligimiz va shukr qilishimizdir
Odamlar baxt deganda ko’proq nimani tushunishadi?
Har kim o’zining ongi, tafakkuri rivojiga qarab baxtni har narsada ko’radi. Ayollar asosan oilasining tinch-xotirjamdigi, erining unga mehr-muhabbatli bo’lib, farzandlari barkamol bo’lishini, qizlar esa har tomonlama o’ziga mos kishini uchratishni baxt deb hisoblaydi. Ba’zi erkaklar uchun oilasining moddiy ta’minlanganligi, ayolining shirinso’zligi bo’lsa, ayrimlari uchun ko’chadagi ayol bilan munosabat o’rnatish baxt. Yigitlar kelajagini oila bilan bog’laydi. Ular chiroyli ayolni chiroyli oila deb biladi. Baxtni boylik bilan o’lchab bo’ladimi?
Boylik baxt ko’rsatkichi emas. Masalan, bir buyuk rus olimi o’zining baxtini raketalar yaratishda ko’rgan. U oshxonalardagi qoldiq ovqatlarni yeb kun ko’rgan. Lekin bunday sharoitda ham o’zini baxtli hisoblagan.
O’ziga to’q bo’lish baxtni his qilish uchun ozgina omil bo’lishi mumkin. Odam ehtiyojlarining hech bo’lmaganda o’rtamiyona darajada qondirilishi ham baxtli bo’lish uchun zamin yaratadi.
Ba’zan hamma narsasi yetarli odamlar ham o’zini baxtsiz his qiladi. Kishilar o’zlarini baxtli his etishlari uchun nima qilishlari kerak?
Bu dunyoga inson bo’lib kelishning o’zi baxt, undan inson bo’lib ketish undan ham katta baxt. Afsuski, baxtning qadriga har doim ham yetavermaymiz. Erta bilan turib quyosh nurini ko’rishning o’zi katta baxt. Gap uni his qilib, dunyo ne’matlaridan lazzatlana olishda.
Baxtning davomiyligi qancha?
Bir umrlik deb qarash noto’g’ri. Faqat kasbdan topilgan baxt bir umrlik bo’lishi mumkin..
GOʻZALLIK — estetika tushunchasi. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning, inson faoliyatining kishida mehr-muhabbat, quvonch, zavq, erkinlik tuygʻulari hosil qilishga qodir boʻlgan xususiyatlarini ifodalaydi. Xunuklikning aksi.
Islom taʼlimotida Goʻzallikning oʻzi ham, timsoli ham Alloh jamolidandir. Inson goʻzalligi uning yaxshilik qilishida, sabr-toqatida; bular inson goʻzalligini belgilovchi mezon sifatida qaraladi. Goʻzallik insonning Alloh karomatini tushunib yetishi va unga ergashishi, maʼnaviyaxloqiy poklanish sari intilishidir.
Oʻrta Osiyo mutafakkirlari Goʻzallikni islom aqidalari ruhida idrok etsalarda, Goʻzallikning murakkab maʼnaviy jarayon ekanligini taʼkidlashga harakat qilganlar. Forobiy taʼlimotiga koʻra, Goʻzallik — insonning jismoniy, maʼnaviy va axloqiy chiroyining ifodasidir. Alisher Navoiy barcha Goʻzallik hayot va insonda, ayni vaqtda, barcha xunuklik va nopoklik ham insonda deb bildi, shuning uchun u inson tarbiyasiga katta ahamiyat berdi.
Goʻzallik haqida juda koʻp nazariyalar, qarashlar, taʼlimotlar mavjud. Ularda Goʻzallikning qaysidir bir tomoni, belgisi, ahamiyati qayd etiladi. Sokrat fikricha, inson uchun foydali va kerakli narsalar goʻzaldir. Platon tasavvuricha, inson Goʻzallikni allaqanday estetik-ruhiy kayfiyat chogʻidagina idrok eta oladi. Uning taʼlimotiga koʻra, Goʻzallik narsa va predmetlarga xos boʻlmay, insonning voqelikka maʼnaviy-estetik munosabati natijasida tugʻiladigan gʻoya, tushunchadir. Aristotel, Didro fikriga koʻra, narsa va hodisalardagi uygʻunlik, mutanosiblik Goʻzallikni tashkil etadi. Inson narsa va hodisalarning goʻzal yoki xunukligini belgilashda meʼyor vazifasini oʻtaydi. Insoniy meʼyor Goʻzallikning asosidir. Kant G. asosiga kishining narsa va hodisalardan begʻaraz zavq olishini qoʻyadi. Maʼrifatparvarlar Goʻzallik deb, insonning hayotda uygʻun ijtimoiy aloqalar oʻrnatishga boʻlgan intilishini tushunganlar. Gegel fikriga koʻra, tabiatdagi Goʻzallikdan sanʼat goʻzalligi mukammalroq, chunki unda timsol va gʻoya oʻzining mutlaq uygʻunligini topadi. Chernishevskiy taʼkidlashicha, hayot — G. dir, inson hayoti, extiyoji va maqsadiga mos tushuvchi narsalar goʻzaldir.
19—20-a. jahon estetikasidagi turli falsafiy yoʻnalishlar vakillari ilgari surgan gʻoyaga koʻra, Goʻzallik inson ruhiyati, qalbi va maʼnaviyati bilan bogʻliq tushunchadir. Goʻzallik manbai — shaxs qalbidadir.
Goʻzallik — inson va hodisalarni umuminsoniy va milliy qadriyat sifatida belgilovchi ijtimoiy, ijobiy va ijodiy tushunchadir. Goʻzallikni idrok etish shaxsning jamiyatda tutgan oʻrni, ongi, didi, dunyoqarashi va b. omillarga bogʻliq. Oʻzbek tilidagi «chiroyli» soʻzi estetik baho sifatida alohida buyum, narsa va shaxsni, koʻpincha tashqi belgilar va shakllarning mutanosibligi, uygunligini nazarda tutsa, Goʻzallik soʻzi inson ongidagi tushunchani, tasavvurni, idealni ifodalaydi. Tarixiy taraqqiyot natijasida xar bir xalq oʻzining Goʻzallik ideali va tushunchasiga ega boʻladi. Bu tushunchalardagi mushtarak insoniymaʼnaviy jihatlar umumbashariy Goʻzallik haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Goʻzallik tabiat, jamiyat va insonga xos mushtarak xususiyatlarni qamrab olgan holda muayyan sharoit va hodisalar b-n bogʻliq tarixiy, ijtimoiy, milliy va oʻziga xos jihatlarga ega boʻladi.
Tabiatdagi Goʻzallik koʻproq mutanosiblik, uygunlik, rang-baranglik singari zohiriy belgilar, sifatlar meʼyori bilan baholanadi; ijtimoiy hayotdagi Goʻzallik jamiyatning inson uchun yaratgan erkin va demokratik tamoyillari darajasi bilan oʻlchanadi; adabiyot va sanʼatdagi Goʻzallik ijodkorning original obrazlar, gʻoyalar kashfiyoti, badiiy maxrrati bilan belgilanadi.
Barcha narsa va hodisalarning goʻzalligini ifodalovchi asosiy omil — uning kishiga zavq bagʻishlashi. Sanʼat asarlari Goʻzallikni yorqin va umumlashtirib aks ettirgani uchun ular xar bir shaxsda zavq uygʻotadi, Goʻzallik tuygʻusini tarbiyalaydi

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish