Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


G‘iybatning virtual ko‘rinishi



Download 3,24 Mb.
bet75/107
Sana19.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#562280
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil (7) (2)

G‘iybatning virtual ko‘rinishi ham sodir etilmoqda. G‘iybat nafaqat so‘z bilan, balki yozma shaklda ham bo‘lishi mumkin. Bir odamning sha’niga noloyiq so‘zlarni yozib, SMS shaklida jo‘natishimiz mumkin. Yoki ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi bilmagan, yaxshi tanimaydigan, ichki dunyosidan bexabar odamlarga nisbatan izoh qoldirish ham g‘iybatdir", dedi suhbatdoshimiz.
Biror kimsa toʻgʻrisida tarqatilgan uydirma gap; tuhmat, boʻhton. Masalan, Ulugʻbekning ilm bilan shugʻullanishini ruhoniylar dahriylik-ka yoʻyib, unga qarshi fisq-fasod uyushtir-dilar.
Qo’shnining haqqi
Qo‘shniga duch kelganda salom berib, hol-ahvol so‘rashish, xasta bo‘lsa, ziyoratida bo‘lish zarur.
Qo‘shnini ziyorat etish uchun ruxsat olish, iznsiz uyiga kirmaslik lozim. qo‘shnini xafa qiluvchi ishlardan saqlanish kerak.
Qo‘shni biror narsa so‘rasa berish, ishi tushsa bitirishga astoydil harakat qilish kerak.
«Qo‘shnining qo‘shnidan haqqi meros haqqiday (muhim). Agar bu qo‘shni musulmon bo‘lsa, bu haq ikki barobar ortadi».
Faqir qo‘shnining taomlanishi uchun oziq-ovqatlar olishiga yordam berish kerak. Taom pishirganingizda hidi qo‘shniga yetsa, albatta o‘sha pishirgan taomingizdan qo‘shningizga yedirishingiz shart bo‘ladi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat etadilar: «Bir kishi hidini uydan tashqariga chiqarib taom pishirsayu qo‘shnilariga bermasa, joyini jahannamdan tayyorlayversin!»
Qo‘shni haqi juda muhim bir haq. Qo‘shni nochor qo‘shnisiga yeganidan yedirib, kiyganidan kiydirishi kerak. Har ehtiyojini bitirishi kerak. Har xususda qo‘shni qo‘shnining ko‘nglini olishi, molini, jonini, sha’nini, or-nomusini o‘zinikidan ziyodaroq ko‘rishi zarur. Bu xizmatlar oxiratda do‘zaxga to‘siq bo‘ladi.
5. Meros so‘zi «Virosatun» so‘zidan olingan bo‘lib ma’naviy yoki moliyaviy haqqa ega bo‘lish degani. Ya’ni, biron narsani bir shaxsdan boshqasiga o‘tishligidir. Shu ma’noga ko‘ra “Meros” mol, boylik, ilm, ulug‘likni o‘z ichiga oladi.
Fiqxiy tushuncha bo‘yicha, mayitning ortida shar’iy vorisga qolgan mol va huquqlarga meros deyiladi. Meros ilmining asosiy dalil va hujjatlari Qur’oni Karim, sunnat va ijmo’dan olingan. Bu ilmda qiyosga o‘rin qolmagan. Meros ilmini FAROIZ ilmi o‘rgatadi. Bu ilmning bilimdoni “Faroizi” deb nomlanadi.
Meros ilmining g‘oyasi – qoldirilgan merosni har haq egasiga o‘z haqini, shariy belgilangan ulushini yetkazishdir. Meros ilmiga Alloh taoloning o‘zi asos solgandir. Ibni Abbos roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisda: “Ahli faroizlar o‘rtasida molni Allohning kitobi bo‘yicha taqsim qilinglar”, dedilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlarida bu masalaga ozgina o‘rin qolgan xolos. O‘lgan kishidan qolgan tarikaga bir necha haqlar bog‘liq bo‘ladi (4 ta):
Bir musulmon odam vafot etganidan so‘ng uning tarikasi hisob qilinib, birinchi galda uni kafanga qo‘yish uchun ketadigan sarflarga ajratiladi. Bu harajatlar uchun ketadigan mollarda merosxo‘rlarning haqlari bo‘lmaydi.
Qarzlari bo‘lsa, ularga ham mablag‘ ajratiladi. Qarz ikki xil bo‘ladi.
2.1 Bandalardan qarzi.
2.2 Allohdan qarzi. Bu qarz ham merosxo‘rlarning haqidan ustun turadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, Imom Ahmad rivoyat qilgan hadislarda: “Mo‘minning ruhi – to ado etilmaguncha qarziga bog‘liq bo‘lib turadi», deganlar. Allohdan qarziga berilmay qolgan zakot, kaforat va nazirlariga o‘xshash narsalar kiradi. Agar mol qoldiruvchi o‘limidan oldin Allohdan qarzlarini ham ado qilish haqida vasiyat qilgan bo‘lsa, ular ham ado etiladi. “Agar mayit o‘limidan oldin Allohdan qarzlarini o‘tash haqida vasiyat qilmagan bo‘lsa nima bo‘ladi?” degan savolga hanafiy mazhab ulomalari aytishlaricha: u qarzlar berilmaydi, chunki ular moliyaviy ibodat edi, o‘lim yetishi bilan ibodatlar undan to‘xtaydi, u ibodatlarni, ya’ni zakot, kaforatlarini o‘z vaqtida, ya’ni tirikligida ado etmagani uchun mayit gunohkor bo‘ladi. Uyog‘i Allohga havola qilinadi. Xohlasa azob xohlasa mag‘firat qiladi. Boshqa mazhablar esa: “Bu qarzlar ham tariqadan ado etiladi”, deydilar. Lekin merosxo‘rlar o‘z ulushlaridan marhumga atab qilsa savob.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish