Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti



Download 33,26 Kb.
bet2/7
Sana14.04.2022
Hajmi33,26 Kb.
#550949
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GLOSSARIY

BUXORXUDOT – VII-VIII asrlarda Buxoroda mavjud bo’lgan kichik feodal davlati hukmdorlarining nomi. Buxoroni arablar bosib olganidan keyin Buxorxudot hukmdorligi o’z mavqeini yo’qotdi.
BUG’ROLAR (m.-t.) –X-XI asrlarda Qoraxoniylar xoqonligining g’arbiy qismini (Yettisuv, Kargash va Janubiy Qozog’iston) hoqon nomidan idora qilgan sulola xonlarining laqabi.
VASSAL – ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi qul, xizmatkor, boshqa shaxsga tobe bo’lgan erkin xizmatchi, feodalzm davrida esa katta yer egasiga qaram bo’lgan feodalga nisbatan ishlatilgan atama.
GO’RXON (t.) – qoraxitoy xonlarining faxriy laqabi.
DASHTI QIPCHOQ – Sirdaryoning quyi oqimi hamda Balxash ko’lidan Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo’lgan hududlarning XI-XVI asrlardagi nomi. Bu yerlarda ko’chmanchi qipchoq qabilalari yashagani uchun u yerlar shunday deb atalgan. Dashti Qipchoq atamasini dastlab Nosir Xusrav (1003-1088) qo’llagan, shu davrdan boshlab arab va fors tillaridagi asarlarda bu atama keng qo’llanilgan. Dashti Qipchoq ikki qismdan: 1) Sharqiy qism- Yoyiq daryosidan to Sirdaryoning quyi oqimi va Balxashgacha bo’lgan yerlar; 2) G’arbiy qism – ya’ni Yoyiq Volgadan to Dneprgacha bo’lgan yerlardan iborat bo’lgan.
DASHTI QIPCHOQ O’ZBEKLARI – qadimdan Dashti Qipchoqning sharqiy qismida hozirgi Qozog’iston, Tobolsk, Tula atroflarida ko’chib yurgan turk-mo’g’ul qabilalari- arlot, baxrin, burkut, do’rmon, iyjon, xitoy, qarluq, mojor, qipchoq, qiyot, qo’ng’irot, kurlovut, mangit, nayman, nukuz, tangut, uygur, markit, qushchi, o’tarchi, jot, chimboy, kenagas, uyshin, tuboiy, toymas, eski, tuman-ming, shod-baxtli, shunqorli va boshqa qabilalar XIII asr oxiri va XIV-XVI asrlarda yashab o’tgan sharq tarixchilari tomonidan umumiy bir nom bilan, ya’ni «Dashti Qipchoq o’zbeklari» deb atalgan.
DEVONBEGI (f.-t) – devon boshlig’i. O’rta asrlarda soliq yig’uvchi muassasa boshlig’i bo’lib, keyinchalik unga mamlakatning barcha moliya ishlari yuklatilgan.
YEVROOSIYO – Yer sharidagi eng katta materik. Ikki qit’adan – Yevropa va Osiyodan iborat. Quruqlikning yaxlitligi, ko’pgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va boshqa tabiiy-tarixiy hodisalarning o’xshashligi Yevropa bilan Osiyoni yagona nom bilan atash zaruratini keltirib chiqardi. 1883 yilda E.Zyusso tomonidan geologiya va geografiyaga kiritilgan. «Yevroosiyo» tushunchavsi ma’qul keldi va shu davrdan boshlab hozirgacha keng qo’llanilib kelinmoqda.
YOYIQ (t.) – Ural daryosining qadimgi va o’rta asrlarda atalgan oldingi nomi. Yoyiq aslida turkiy so’z bulib, «keng» degan ma’noni bildiradi. Yoyiq daryosining nomi 1785 yili Rossiya imperatori Yekaterina II tomonidan chiqarilgan farmon asosida Ural deb o’zgartirilgan.
YOM (JOM) (t.) – choparlar, yo’lovchilar ot almashtiradigan joy, bekatning qadimgi nomi.
YOSH BUXOROLIKLAR – Buxoro jadidlarining so’l oqimidan tashkil topgan partiya bo’lib, taraqqiyparvar va mahalliy burjuaziya vakillaridan tashkil topgan. Yosh Buxoroliklar dastlab mavjud feodal tuzumga qarshi demokratik islohotlar o’tkazish tarafdori bo’lganlar. Yosh Buxoroliklar amir hokimiyatiga qarshi kurashda muayyan tajriba orttirib, o’zbek va tojik tillarida jurnal tashkil etganlar.
YOSH XIVALIKLAR – Xiva jadidlarining so’l oqimidan tashkil topgan partiya (1917). O’z safida savdogarlar, mayda dindorlar va xon xizmatida bo’lgan ayrim amaldorlarni birlashtirgan. Uning ilg’or qismi feodal aristokratiya hokimiyatini cheklaydigan islohotlar o’tkazish, ommani ma’rifatli qilish tarafdori bo’lgan. Umuman yosh xivaliklarning maqsadi xon hokimiyatini cheklab, konstitutsiyali monarxiyaga o’tish, amaldorlarga oylik tayinlash tartibini joriy qilganlar.
JALOYIR – turk va mo’g’ul qabilalarining aralashishi natijasida tashkil topgan yirik qabila uyushmalaridan biri. Ular o’nta yirik qabilaga bo’lingan bo’lib, har bir qabilaga sarkarda, ya’ni qabila boshlig’i boshchilik qilgan. Chingizxon saltanatida jaloyirlardan chiqqan bir qator beklar va sarkardalar xizmat qilganlar. Jaloyirlar XII asr oxiri –XIII asr boshlarida Yettisuv va O’rta Osiyoga ko’chib kelgan. O’rta Osiyoda yashaydigan jaloyirlar o’zbek, qozoq, qoraqalpoq va qirg’izlar tarkibiga kirganlar.
JON SOLIG’I – Arab xalifaligida musulmon bo’lmagan erkin aholidan olinadigan soliq, jiz’ya.
JONIYLAR –Buxoro xonligini 1599 yimldan 1753 yilgacha idora qilgan sulola. Tarixda u ashtarxoniylar sulolasi deb ham yuritiladi. (qaralsin: Ashtarxoniylar).
Jizya – dastlab arab xalifaligida, keyinchalik boshqa musulmon davlatlarida shariat me’yorlariga ko’ra musulmon bo’lmagan fuqarolardan olinadigan jon solig’i. Juz’ya balog’atga yetganlarga solingan. Qariyalar va ayollar, bolalar, qul va gadoylar esa undan ozod qilingan. Juz’ya asosan pul va natura tarzda undirilgan.
JO’JI ULUSI – Chingizxon imperiyasining bo’linishi natijasida 1224 yili uning o’g’li Jo’jixonga tekkan mulk, ulus.
Jo’ji ulusi Irtishdan Ural (Yoyiq) tog’larigacha va g’arbda mo’g’ul oti tuyoqlari yetgan yergacha bo’lgan o’lkalarni qamrab olgan. Janub tomondan Chig’atoy ulusi bilan chegaradosh bo’lgan. Botuxonning harbiy yurishlari (1238-1242) natijasida Sharqiy Yevropa ham Jo’ji ulusiga vassal sifatida bo’ysundirilgan. Unga Janubiy Rossiya, Qrim va Zakavkazye (Kavkazorti) kirgan. XIII asr o’rtalaridan boshlab Jo’ji ulusi Oltin O’rda deb atalgan.
ILIKXONLAR – Movarounnahrni 999 yildan 1212 yilgacha idora qilgan qoraxoniylar hukmdorlarining unvoni. Ilikxonlar aslida Yettisuv va Kargashda yashagan yag’mo turk qabilasiga mansub bo’lgan. Qoraxoniylardan Nasr ibn Ali 999 yilda Buxoroni egallaydi va Movarounnahrda ilikxonlar hukmronligiga asos soladi.
ILOQ – hozirgi Toshkent viloyatining janubida, Ohangaron daryosi vohasida joylashgan qadimgi davlat XIII asr boshlarigacha Iloq deb atalgan. Poytaxti Tunkat shahri bo’lgan. Ilk o’rta asrlarda mustaqil davlatga aylangan.
KO’CHMANCHI O’ZBEKLAR – ko’chmanchi o’zbeklarning o’zagini Dashti Qipchoq o’zbeklari tashkil etgan. XIV-XVII asrlardagi yozma manbalar ma’lumotlariga ko’ra, ko’chmanchi o’zbeklar tarkibiga quyidagi urug’ va qabilalar kirgan. Arlot,arg’un, baxrin, buyrak, bulovchi, burkut, durmon, jaloyir, jot, iyjon, kenagas, kerait, major, makrit, mangit, nayman, nukuz, olchin, os, sulduz, tangut, tama, toymas, totor, tuboyi va boshqalar.
KO’CHMANCHI O’ZBEKLAR DAVLATI – Janubi-G’arbiy Sibirda Abulxayrxon asos solgan (1428) davlat. Poytaxti- Tura shahri.
MARV – O’rta Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan biri. Turkmanistonning Bayramli shahri yaqinida, Murg’ob daryosi qirg’og’ida. Marvning qoldiqlari 5 ta qal’a xarobasidan iborat.
MAROQANDA – Samarqandning yunoncha nomi. Mil.avv. VII-VI asrlarda Maroqanda o’rnida mudofaa devorlari bilan o’ralgan qishloq bo’lgan.
MARG’IYONA – Murg’ob daryosi vodiysidagi qadimiy viloyat. Marg’iyona haqidagi dastlabki ma’lumotlar ilk yozma manbalar – «Avesto» va «Behustun» qoyatosh yodgorligida keltirgan. Marg’iyona g’arbda Parfiya, shimoli-sharqda – So’g’d, sharqda – Baqtriya, janubda – Ariya bilan chegaralangan. Poytaxti qadimgi Marv hududida joylashgan.
MASSAGETLAR – Kaspiy orti va Orol dengizi yaqinida Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida mil. avv. V-IV asrlarda yashagan qabilalar guruhining umumiy nomi.
MING (t.) – o’zbek xalqi tarkibiga kirgan yirik qabilalardan biri. Samarqand viloyati , shuningdek Farg’ona vodiysi hamda Buxoro vohasida, ayrim guruhlari tarqoq holda Surxandaryo viloyatining Boysun, Muzrobod, Denov tumanlarida yashaganlar. Minglar uchta yirik urug’ga bo’linganlar:

  1. Tugali. 2. Boglon. 3. Uvoq tamg’ali.


Download 33,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish