Tabiati Islandiya qirgʻogʻi janubida tekis, qolgan qirgʻoqlari yirik qoʻltiq va fiordlar bilan parchalangan. Yer yuzasining koʻp qismi vulqonlardan xreil boʻlgan plato. Balandligi 800 m li togʻ massivlari va 200 ta vulkan (30 tasi harakatda) bor. Mashhurlari: Gekla, Laki, Askya va Xvannadalsxnukur (baland nuqtasi 2119 m). Islandiya hududining 6 %i lava dalalaridan iborat. Sohilda pasttekisliklar bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Shpat, oltingugurt, torf, lignit va b. konlar (issiq suvli, bug'li, maʼdanli buloqlar va geyzerlar) mavjud. Iqlimi subarktika, dengiz iqlimiga, Golfstrimning taʼsiri kuchli. Sohilda yanvarning oʻrtacha temperaturaasi 1-3°, iyulniki 9-10°ni tashkil etadi. Yillik yogʻin 500–4000 mm. Islandiyaning markaziy qismlarida qishda 5 oygacha qor erimaydi. Islandiya maydonining 11,8 ming km2 muzlik. Yiriklari: Vatnayyokudl (maydoni 8400 km2, qalinligi 1000 m) va boshqa. Daryolari qisqa, serostona, qor va muzliklardan toʻyinadi, gidroenergiya resurslariga boy. Koʻl koʻp. Sohillarda serunum torflichim, ichkarilarda tog arktika tuproqlari uchraydi. Oʻsimligi kam, jami 400 tur oʻsimlik bor. Islandiya hududining 2/3 qismi mox va lishaynikli toshloq. Lava dalalarida hech narsa oʻsmaydi. Katta maydonlar torfli botqoqlik va oʻtloq. Kichikroq oq qayin oʻrmonlari saklangan. Qutb tulkisi, sichqonsimonlar, shimoliy bugʻusi, norka, morj, tyulen, baliqchi qushlar, baliqlar, kitlar bor. Milliy bogʻlari (Tingvedlir, Mivati-och-Lax-sau, Skaftafedl, Yekyul-Saurgl-yurvyur) va qoʻriqxonalar bor. Tarixi Islandiya hududiga taxminan 870 yildan odamlar koʻchib kelib, kimsasiz orolni oʻzlashtira boshlaganlar. Ularning koʻpchiligi norveglar boʻlgan. Skandinaviyaning boshqa mamlakatlari, jumladan, Shvetsiyadan kelganlar ham bor edi. Ular mamlakatni Island-Muzlar mamlakati deb atadilar. 11-asr oxiriga kelib bu yerdagi qishloq xoʻjaligi xonadonlari 4,5 mingga yetdi. Yaylov chorvachiligi, dengiz ovi aholining asosiy mashgʻuloti edi. Dengiz sayyohligi rivojlanib, 10-asrning 80-yillarida islandlar Grenlan-diyani kashf qildilar va taxminan 1000-yilda Shimoliy Amerikaga yetib bordilar. Islandiyaga koʻchib kelgan kishilar tomonidan tuzilgan Xalq majlisi-alting 930 yilda oʻzining birinchi yigʻilishini oʻtkazdi. Orolning tashqi dunyodan ajralganligi, xoʻjalik turmushining oʻziga xos xususiyatlari tufayli bu yerdagi urugʻchilik munosabatlari uzoq vaqtgacha saklanib qoldi. 13-asrgacha si-yosiy hokimiyat xalqdan butunlay ajralmagan edi, oddiy erkin kishilar-bondlar asosiy ijtimoiy qatlam boʻlgan. Islandiya tarixining shu davri adabiyotda "Xalq hokimiyati davri" deb yuri-tiladi. Oʻrta asrlarga kelib yakka qishloq xoʻjaligi xonadoni asosiy xoʻjalik va boshlangʻ-ich jamoat yacheykasiga aylandi. Ammo 1266-64 yillarda Islandiyaning asilzodalari oʻrtasidagi ichki nizolardan foydalangan Norvegiya davlati uni oʻziga boʻy-sundirib oldi, 1380-yildan esa u (Norvegiya ham) Daniya bilan uniya (ittifoq)da boʻlgan. 1397-yildan Kalmar ittifoqi tarkibida. 1537-yildan yana Daniya qaramogʻida.
Do'stlaringiz bilan baham: |