Meʼmorligi qadimiy kelt madaniyati zaminida vujudga kelgan. Jez davridan harsang toshlardan barpo etilgan sagʻanalar va diniy inshootlar saqlanib qolgan. 5—11-asrlarda Irlandiyada tosh kapella-ibodatxonalar, baland soqchi minoralar (Glendalox, Kels va b. joylarda), 12-asr oxiridan 14-asrgacha gotika uslubida butxonalar qurilgan. Roman va gotika uslublaridagi binolar (12—16-asrlar)da Irlandiya meʼmorligining oʻziga xos tomonlari saklangan (Dublindagi Krayst-chyorch ibodatxonasi va boshqalar). 17—18-asrlarda va 19-asr boshlarida Dublinda ingliz klassitsizmi uslubida maʼmuriy binolar, saroylar va uylar, 1829 yildan ingliz neogotikasi uslubida cherkovlar qurildi. 19-asr va 20-asr boshlarida port shaharlarida rejali va qorishiq us-lubdagi binolar paydo boʻldi. 20-asr 2-yarmidan Irlandiya shaharlarida zamonaviy bino va meʼmoriy majmualar qurila boshladi (M. Skott va T. Kennedi kabi meʼmorlarning Dublin va Golueydagi ishlari). Tasviriy sanʼati. Tasviriy sanʼatida jez davridan geometrik naqshli tilla zeb-ziynat asboblari, temir davridan murakkab guldor metall buyumlar saklanib krlgan. 5-12-asrlarda imoratlar, tosh xochlar, jez plastinalar hayvonlar tasviri tushirilgan naqsh bilan ziynatlangan. Nafis kitob miniatyuralari (8-asr ga mansub "Kels Injili") yara-tilgan. 18-asrda koʻpchilik rassomlar (Ch. Jervas, toʻngʻich N. Xoun, J. Barret va boshqalar) Angliyada taʼlim olib, oʻsha yerda ijod qildilar. 19-asr rassomlari realizm va oʻziga xoslikka intildi (ken-ja N. Xoun manzaralari, U. Osborn kartinalari). 20-asr boshlarida milliy realistik maktab shakllandi, manza-ra va portretlar yaratildi (J. B. Yits, Ch. Lemb, J. X. Kreyg, V. Irl va boshqalar). Hoz. Irlandiyada realizm anʼanalari bilan bir qatorda modernizm yoʻnalishlari tarqalgan. Xalq hunarmandchiligida toʻqimachilik, kashtachilik, qamishdan buyumlar toʻqish rivojlangan. Musiqa folklori qadimdan bir ovozli boʻlgan. 16-asr oxiridan koʻp ovozli diniy musiqa rivojlangan. Rora Doll O’Katayn, J. va X. Skott, Keroll O’Deyli, T. va U. Konellan va b. arfa uchun kuy hamda ishqiy qoʻshiqlar yaratgan dastlabki professional kompozitorlardir (16— 17-asrlar). Irlandiyada professional musiqaning shakllanishida 18-asrda D. Myorfi, M. Kelli, J. Fids, 19-asrda M. Balf, 20-asrda Ch. Stan-ford, A. Baks va boshqa muhim rol oʻynagan. 1856 yil Dublinda konservatoriya, 1964 yilda milliy opera truppasi tashkil etildi. Dublin va Kork musika markazlaridir. Irlandiyada simfonik orkestrlar, xor birlashmalari, musiqa jami-yatlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |