Aholisi. Aholisining 98% irlandlar, qolganlari inglizlar, shotlandlar. Rasmiy tillari-irland va ingliz tillari, asosiy soʻzlashuv tili-ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katolik, bir qismi protestant. Aholining 57% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Dublin, Kork, Limerik. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Fianna Fayl ("Taqdir askarlari"), 1926 yil tashkil etilgan; Fine gal ("Birlashgan Irlandiya"), 1933 yil asos solingan; Irlandiya leyboristlar partiyasi, 1912 yil tuzilgan. Irlandiya kommunistik partiyasi, 1921hy;~asos solingan; Demokratax soʻl partiya. 1992 yil tashkil etilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1985 yil tuzilgan; Irlandiya ishchilar partiyasi, 1970 yil asos solingan. Irlandiya tred-yunionlar kongressi (1894) Irlandiya va Shimoliy Irlandiyaning 66 kasaba uyushmalarini birlashtiradi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Irlandiyada 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning 9 yillik majburiy taʼlimi joriy etilgan. Boshlangʻich maktab — 6 yillik. Oʻrta maʼlumot davlatga yoki xususiy shaxslarga qarashli maktablarda olinadi. Har yili maktablarni bitirib chiqqanlarning 50% oliy oʻquv yurtlariga kiradi. 4 universitet, ularning xuzurida kollejlar, jumladan, Dublin universiteti (Triniti kolleji, 1592), Dublindagi Milliy universitet (1908), Limerik shahridagi texnikaga yoʻnaltirilgan Milliy oliy taʼlim instituti bor. Ilmiy muassasalari: Dublin qirollik jamiyati (1731), Irlandiya qirollik akademiyasi (1786), tibbiy (1882), ijodiyot (1932), rassomlik, haykaltaroshlik va meʼ-morlik (1823) tarmoq akademiyalari. Eng yirik kutubxonalari: Dublindagi Milliy va Xalq kutubxonalari. Muzeylari: Dublindagi Milliy muzey (1731), Milliy galereya (1864), Fuqarolik muzeyi (1953), Zamonaviy sanʼat galereyasi (1953). Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Asosiy gazeta va jurnal lari: "Ayrish independent" ("Irlandiya mustaqilligi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1905 yildan ), "Ayrish press" ("Irlandiya matbuoti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1931 yildan ), "Ayrish tayme" ("Irlandiya vakti", ingliz tilidagi milliy kundalik gazeta, 1859 yildan ), "Ivning gerald" ("Kech-ki xabarchi", ingliz tilidagi milliy kundalik gazeta, 1891 yildan ), "Innyu" ("Bugun", irland tilidagi haftalik milliy gazeta, 1943 yildan"), "Iris efi-gyul" ("Rasmiy gazeta", irland tilida haftasiga 2 marta chikadigan gazeta, 1922 yildan), "Ayrish pipl" ("Irland xalqi", ingliz tilidagi haftanoma), "Ayrish soushelist revyu" ("Irland sotsialistik sharhi", ingliz tilida har chorakda chiqadigan nazariy jurnal, 1969 yildan ), "Ayrish uorkers voys" ("Irland ishchilari ovozi", ingliz tilidagi haftalik byulleten). Irlandiya radio va telekoʻrsatuvi davlat mahkama-sidir. Irlandiyada 1926 yildan radioeshittirish, 1961 yildan telekoʻrsatuvlar olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |