Teatri Skaldlar sheʼriyati va qad. xalq dostonlarida teatr sanʼati unsurlari boʻlgan. 1720-yildan Skaulxoltdagi lotin maktabi dastlabki teatr tomoshalarini koʻrsata boshladi. Bu teatr 1799-yilda Reykyavikka koʻchdi va 19-asrning 2-yarmigacha teatr madaniyatining markazi boʻldi. Dramaturg S. Pyetursson 18-asr 2-yarmi va 19-asr boshlaridagi island teatrining yirik arboblaridan edi. 19-asr 2-yarmidan havaskorlik teatr toʻgaraklari tuzilib, M. Yoxumsson va I. Eynarsson pyesalari sahnalashtirildi. 1897-yilda tashkil topgan Reykyavik teatr jamiyati professional teatr ga asos soldi. Irlandiya dramaturglarining pyesalari, shuningdek, V. Shekspir, F. Shiller asarlari sahnalashtirildi. 1950-yil milliy teatr tashkil etildi. J. Verdi operalari, I. Shtraus operettalari va F. Lou baletlari teatr sahnasidan oʻrin oldi. Reykyavik va b. shaharlarda bir necha yarim professional truppalar mavjud. I. Bore, L. Paulsson, X. Byornsson, K. Keld, X. Skulasson kabilar I.ning eng yaxshi rejissyor va aktyorlaridir.
Xoʻjaligi Islandiya — industrial-agrar mamlakat. Baliqchilik, energetika, sement, alyuminiyishlab chiqarish, metallsozlik rivojlangan. Sanoatida baliq ovlash va uni qayta ishlash yetakchi oʻrinda. Mehnatga layoqatli aholining 12% shu tarmoqda band boʻlib, yalpi ichki mahsulotning 20% va xorijiy valyuta tushumining salkam 80% ni taʼminlaydi. Yiliga 1,5 mln. tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Baliq ovlash flotida 1 mingdan or-tiq kema bor. Asosiy baliq mahsulotlari: muzlatilgan, quritilgan va tuzlangan baliq, baliq yogʻi, baliq uni. Islandiyada sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilma va xom ashyo zaxiralari yoʻq. Alyuminiy (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), ferrosilitsiy, diatomit, azotli oʻgʻit ishlab chiqaradigan bir necha korxona bor. Baliq ovlash kemalarini taʼmirlaydigan va yangilarini ishlab chiqaradigan kemasozlik korxonalari mavjud. Lok-boʻyoq, charmpoyabzal, toʻqimachilik sanoati, trikotaj va mebelishlab chiqarish rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 4,4 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Turar joy va issiqxonalarni isitish uchun qaynoq buloq suvlaridan foydalaniladi. Aholi jon boshiga elektr energiyadan foydalanishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Key-ingi yillarda boy tabiiy resurslarga ega boʻlgan Arktikada hamkorlik qilishga I. katta eʼtibor bera boshladi. U mazkur mintaqada atrof muhitni muhofaza qilishga, uni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlantirishga koʻmaklashuvchi Arktika ken-gashiga aʼzo boʻlib kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |