O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA AGRONOMIYA FAKULTETI
GEOGRAFIYA O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI
4-KURS 018-70 GURUH TALABASI
SHERMATOV AZAMATNING
JAHON MAMLAKATLARI IJTIMOIY GEOGRAFIYASI FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: CHORVACHILIK TARMOQLARINING DUNYO MAMLAKATLARIDA RIVOJI
Bajardi Shermatov.A
Qabul qildi: Boyqobilov.H
QARSHI-2022
CHORVACHILIK TARMOQLARINING DUNYO MAMLAKATLARIDA RIVOJI
REJA:
Kirish
I bob. Chorvachilik tarmoqlarining dunyo mamlakatlarida rivoj
Dunyo mamlakatlarida chorvachilikning holati va rivojlanishi.
Jahon chorvachiligi va baliqchiligi
II bob. Qoramolchilik tarmoqlari
2.1. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari
2.2. Qoramollarning go‘sht mahsuldorligi.
Xulosa
Adabiyotlar
KIRISH
Chorvachilik qishloq xo‘jaliklari ajralmas bir qismi bo‘lib, xalq xo‘jaligida alohida ahamiyat kasb etadi.
Chorvachilikdan insonlar uchun zarur oziq-ovqat bo‘lgan sut, go‘sht va tuxum mahsulotlari olinadi. Bu ko‘rsatkich orqali mamlakat aholisining farovonligi haqida fikr yuritish mumkin.
Bundan tashqari chorvachilik sanoat uchun xom-ashyo manbai hisoblanadi. Ularga jun, teri, barra teri, shox, tuyoq va boshqa mahsulotlar kiradi.
Chorva hayvonlari va parrandalar chiqindilari mahalliy o‘g‘it sifatida yer unumdorligini oshirishda beqiyos o‘rin tutadi. Masalan: bir sigirdan bir yilda olingan gung bilan 1ga yerni mahalliy o‘g‘itga bo‘lgan talabini qondirish mumkin.
Shu boisdan chorvachilikning asosiy vazifasi chorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirish evaziga xalqning oziq-ovqat, sanoatni esa xom-ashyo bilan ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun tabiiy oziq-ovqat zonasining barcha xalqalarini mustahkam bog‘lanishiga erishish kerak. Bu zanjir tuproq – o‘simlik – o‘g‘it -hayvon – odamdan iborat bo‘lib, doimo fan va texnika yangiliklariga muhtoj.
Qishloq xo‘jalik – dehqonchilik va chorvachilik sohalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi, ular bir-birisiz ijobiy natijalarga hech qachon erisha olmaydilar.
Tabiiy manbaalar va ekilgan yerlardan olingan mahsulotlarning 75 % inson to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qila olmaydi, shuning uchun ularni albatta qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalarining tanasi orqali o‘tkazilib sut, go‘sht, tuxum kabi noyob mahsulotlar olinadi.
O‘z navbatida hayvonlar va parrandalar iste’mol qilgan oziqalari tarkibidagi 40 % organik va 70 % mineral moddalarni tanasiga singdira olmay tashqi muhitga chiqarib yuboradilar. Bu chiqindilar gung sifatida tuproqdagi mikroorganizmlar uchun oziqa bo‘lib, uning unumdorligini oshirishda asosiy omil bo‘lib qoladi.
Mustaqil O‘zbekiston xalq xo‘jaliklari ajralmas qismi, qishloq xo‘jaliklari rivojlanishi, xalqimiz farovonligini ta’minlashda alohida o‘rin tutadi.
Bu borada mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov qishloq xo‘jaligida tub islohotlarni o‘tkazishda sobitqadamlik bilan olib borayotgan siyosati, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishda bosh omil bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |