| r | radiusli aylana chizish markazi toshbaqa chap tomonida joylashgan bo’ladi agar r> 0 bo'lsa, va r <0 bo'lsa markaz o'ngda joylashadi
circle(r,angle)
| r | radiusli yoyni chizamiz va burchak gradus o’lchoviga ko’ra. Yoy chizilganr> 0 bo'lsa, soat strelkasiga teskari , r <0 bo'lsa, soat strelkasi bo’ylab
If shartli operatori C# dasturlash tilida shartli operatorlar orqali dasturning biror qismini tanlash yordamida bajarish imkonini beradi. C# da shartli operatorga misol qilib if operatorini ko'rsatishimiz mumkin. Bu operator mantiqan ixtiyoriy boshqa dasturlash tillaridagi kabi ishlaydi. C# da if operatori ning eng sodda ko'rinishi quyidagicha:
if (shart) operator;
bu yerda shart biror mantiqiy ifoda bo'lib, "true" yoki "false" qiymatlardan birini qabul qiladi. Agar shart rost qiymat qabul qilsa, u holda operator bajariladi va dastur bajarilishi davom etadi. Agar shart yolg'on qiymat qabul qilsa, u holda operator bajarilmaydi va dastur davom etadi.
C# dasturlash tilida if operatori ning to'liq ko'rinishi quyidagicha:
if (shart) operator1; else operator2;
bunda shart rost qiymatni qabul qilsa, operator1 bajariladi, aks holda (ya'ni
shart yolg'on qiymatni qabul qilsa) operator2 bajariladi. Ko'rinib turibdiki,
else operatori zaruriy operator emas Yuqoridagi operator1 va operator2lar if va else operatorlarining adresatlari deyiladi. If operatori ning izohlanishi quydagicha:
Agar (shart)bo’lsa, operator1;
aks holda operator2;
Ular o’rnida operatorlar blokini ham ishlatish mumkin.
if operatori ning operatorlar bloki ishlatilgan umumiy ko’rinishi quyidagicha:
if (shart)
{
Operatorlar_bloki;
}
else
{
operatorlar_bloki;
}
? operatori. Bu operator C # dagi eng muhim shartli operatorlardan biri. Bu shartli
operator odatda if-then-else konstruktsiyasi kabi ishlaydi.