Qarshi davlat universiteti fizika matematika fakulteti



Download 1,9 Mb.
bet3/18
Sana17.07.2022
Hajmi1,9 Mb.
#817988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Yeyilgan detallarni istiqbolli usullar bilan biklashda qollaniladigan payvandlash materiallari tahlil

BMI ning ilmiy yangiligi. Yeyilgan detallarni istiqbolli usullar bilan tiklashda qo’llaniladigan payvandlash materiallari tahlili bo’yicha, tarkibida qattiq qotishmalari bo’lgan kukun kompozitsion materiallar, qayta tiklangan yuzaning geterogen strukturali bo’lishini taminlab, o’zining yuqori qattiqligi va boshqa o’ziga xos xossalari tufayli, qayta tiklangan detallarning abraziv va boshqa eyilish mexanizmini yaxshi tomonga o’zgartirib ularning eyilishga chidamliligini o’nlab martoba ortishini taminlashi aniqlandi.
BMI ning amliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida qayta tiklangan detallarni mashinaning butun xizmat davrida almashtirilmaydigan detalga aylantirish mumkin bo’ladi.
I.UMUMIY QISM
1.1. Mashinalar ishonchliligi bo’yicha asosiy tushunchalar
Har qanday avtomobilni ishlatish samaradorligi ko’pincha ularning yig`ish birliklari va detallarning ishonchliligiga bog`liq.
Ishonchlilik birinchi ishga tushirilgan yangi mashina uchun xam, kapital remont qilingan mashina uchun xam muxim.
Mashinaning ishlashi jarayonida uning detallari ish sirtlarining shakli turli yuklamalar va atrof-muxit ta`sirida asta o’zgara boradi; qo’zg`aluvchan birikmalardagi oralik masofasi o’zgaradi va qo’zg`almas birikmalardagi taranglik buziladi;
detallarning elastikligi, magnitlanuvchanligi va boshqa xususiyatlari yo’qoladi;
ularning o’zaro joylashi buziladi; natijada shesternyalarning tishlashish
sharoitlari yomonlashadi, qo’shimcha yuklar va titrashlar paydo bo’ladi;
qurum va quyqa qatlamlar xosil bo’lib, qizigan detallardan issiqlik chiqib ketishi susayadi va xakazo. Natijada mashina ishonchliligniing asosiy ko’rsatkichlari pasayadi va yomonlashadi.
1.2.Detallarni qayta tiklash tajribasidan qisqa ma`lumotlar
Transport vositalarini ta`mirlash jarayonida 70% xarajatlar yangi zaxira qismlarni olish va ularni ishdan chiqqan detallarni almashtirishga sarflanadi. Detallarni 85 % da eyilish chegaralari 0,3 mm dan oshmaydi. Ularning qoldiq resurslari 60% va undan yuqori bo’ladi, faqat 20% ni qayta tiklash imkoniyati yo’q. Tiklangan zaxira qismlar, rivojlangan mamlakatlarning bozorida, aksariyat ko’pchilikni tashkil etadi va ularning narxi yangi detallarga nisbatang 1,5-2,5 barobar orzon bo’ladi hamda ishlash muddati yangiga nisbatan kam emas.
Hozirda texnikalarni va zaxira qismlarning narx-navosi ancha yuqori
bo’lganligi sababli transport vositalari mahsulatlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar qayta tiklangan detallardan foydalanishga majbur bo’lmoqda. Transport vositalarini ta`mirlashning iqtisodiy samaradorligini oshirishda detallarning qoldiq ish muddatidan foydalanish katta axamiyatga ega.
Avtotraktorlar va qishloq xo’jalik mashinalarining barcha detallarni ish muddatlariga qarab uch guruxga bo’lish mumkin.
Birinchi guruxga o’z ish muddatini to’liq o’tagan va ta`mirlash paytida
yangisi bilan almashtirilishi lozim bo’lgan detallar kiradi. Bunday detallar nisbatan oz bo’lib, barcha detallar sonining 25-30 % tashkil etadi.
Bu guruh detallarga porshenlar, porshen xalqalari, podshibniklarning vkladishlari, turli vtulkalar, dumalanish podshibniklari, rezinatexnik buyumlar va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh detallarni (25-30 %) ta`mirlamasdan yana ishlatish
mumkin. Bu guruh detallarga ish sirtlari joiz chegarada eyilgan detallar kiradi.
Uchinchi guruhga detallarning asosiy (40-50%) kiradi. Ulardan ta`mirlangandan keyingina qayta foydalanish mumkin. Bu guruhga ancha
qimmat va murakkab shakldagi detallar, masalan, tsilindrlar bloki, tirsakli val, uzatmalar qutisining karteri, orqa qo’prik, taqsimlash vali va shular kabi qisimlar va detallar kiradi. Bu detallarni tiklash narxi ularni tayorlash narxining 10-50 % dan oshmaydi.
Transport vositalarini ta`mirlash, iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy manbai ikkinchi va uchinchi guruh detalarining qoldiq
ish muddatidan foydalanishdan iborat.
Adabiyotlardagi malumotlarga ko’ra qayta tiklanuvchi detallar geometrik shakli, nuqsonining xususiyati va texnologik xususiyatining umumlashganligiga qarab xam klassifikatsiyalanishi mumkin. Detallarni klassifikatsiyalash namunaviy va boshqa turdagi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, bir-biriga o’xshash detallarni tiklashda qo’llash uchun universal texnologik jihoz va moslamalar yaratish, qulay ish joyini yaratish, ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish kabilarga imkon beradi. Akademik SH.U.Yo’ldoshev qayta tiklanishi mumkin bo’lgan detallarning quyidagi (1.1-rasm) sodda va qulay geometrik shakllarini ko’rsatgan.



Rasm 1.1. Detallarining ishchi yuzasi bo’yicha klassifikatsiyasi
SHakli bo’yicha detallar sirtining eyilishi quyidagicha taqsimlanadi:
tsilindrik sirt 52 %, konussimon va sferik sirt 3 %, shlitslar 3 %, pazlar,
ariqchalar, lisonlar 5 %, rezbalar 10 %, tekis sirt 1 %, shesternya tishlari
2 %, profil va fason sirtlari 1 % tashkil etadi.
A.V.Polyachenko texnik xujjatlarda transport vositalarining qayta tiklash ko’zda tutilgan 430 nomdagi detallarning eyilish turlarini o’rganish natijasida ularni asosiy turlari bo’yicha quyidagi taqsimlanishini aniqlagan: abraziv, gidroabraziv va gazoabraziv eyilishlar 47 % ni, fretting-korroziyadagi eyilishni 16 %, adgezion va erozion eyilishlar 14 %, toliqib eyilish 12 %, boshqa eyilishlar 11 %.
Mashina detallarida uchraydigan nosozliklarning turlari bo’yicha tarqalish darajasi esa 1.2. rasmda keltirilgan.



Rasm 1.2. Mashina detallarida uchraydigan nosozliklarning
turlari va tarqalish darajasi
Qashqadaryo viloyati avtotraktor, qishloq xo’jalik mashinalarining tez eyiluvchi, hamda eyilish natijasida ishdan chiqib, mexanizm va mashinalarning ish resursini kamaytiruvchi detallari, jumladan, GAZ-53A, ZIL-130, MAZ-500, DAMAS avtomobillari uzatmalar qutisi vallari, VOM (kuch uzatish vali), etaklovchi g`ildirak yarim o’qi, rezbali detallar, taqsimlovchi val, oldingi ko’prik yarim o’qi, tirsakli vallar, plunjer juftliklari, Isuzi avtobuslari suv nasoslarining vallari, roliklari, shlitsali vallari va h.k. kabi 50 dan ziyod nomdagi detallarning eyilish darajasi aniqlandi va adabiyotda bor malumotlar bo’yicha barcha materiallar tahlil qilindi.
Unga ko’ra ATK va xo’jaliklarda qo’llanilayotgan avtotraktor, qishloq
xo’jalik texnikalarida eyilgan detallarning aksariyat qismi, ya`ni 85-87%
“val” shaklidagi detallardir. Ayniqsa, transmissiya, shassi vallari murakkab shaklga va ko’p metall sig`imiga egaligi, hamda, nisbatan qimmatbaholigi bilan ajralib turadi. Bularda eyilish asosan 0,3 mm gacha
ekanligi aniqlandi.
Uch xil markadagi avtomobillar qayta tiklanuvchi detallarining
konstruktiv-texnologik ko’rsatkichlari bo’yicha tarqalish darajasi 1.3.1.4. rasmlarda keltirilgan.

Rasm 1.3. Qayta tiklanuvchi detal materiali tarkibidagi uglerod miqdori
bo’yicha tarqalishi

Rasm 1.4. Qayta tiklanuvchi detallarning qattiqligi bo’yicha tarqalishi

Avtotraktor va boshqa texnikalar detallarining asosiy metall bo’yicha


tarkibi o’rganilganda (1.1-jadval) po’lat detallar 79,9 % ni, cho’yan detallar
18,5 % ni tashkil etar ekan. Ularning ichida eng ko’p tarqalgani 45 markali
po’lat ekan.
Po’latlarning asosiy markalar bo’yicha taqsimlanishi
Jadval-1.1


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish