45
2.2. Qaralayotgan moddaning fizik, ximik xossalari va
amaliy ahamiyati
Bu ishda biz pirrola molekulasining tebranish chiziqlarini qayd qildik. Bu
о‘rganilayotgan moddaning bir necha marta haydash yо‘li bilan chang zarralari va
boshqa aralashmalardan tozaladik, maqsad ozgina aralashma ham molekulyar
sochilishdan chetlanishga olib kelishi mumkin. Obyektlarni eksperimentga
tayyorlash uchun о‘sha tekshirilayotgan na’muna toza bо‘lishi kerak, chang va
boshqa aralashmalardan holi bо‘lishi kerak. Tekshirilayotgan modda ximiyaviy
tarkibi jihatdan ham tozalangan bо‘lishi kerak. Tekshirilayotgan modda ximiyaviy
tarkibi jihatdan ham tozalangan bо‘lishi kerak.
Tozalash vakuum ostida qayta haydashdan iborat bо‘lib, ikkita bir-biriga
ulangan sharikdan iborat (2.2-rasm) keyin shariklardan biri modda bilan birga Vud
trubkasiga ulanadi yana qayta haydash yо‘li bilan Vud trubkasigi о‘tkaziladi. Eng
avval qayta haydash yо‘li bilan moddani tozalashdan oldin shariklar va Vud
trubkasi distillangan suv bilan yoki xrolepik bilan toza yuvilib, spirt bilan
chayilgandan sо‘ng quritish shkafida quritiladi. Tekshirilayotgan modda ikkita bir-
biriga ulangan shariklardan biriga solinadi keyin sharikdan biri Vud trubkasiga
ulanadi. Ulangandan keyin shariklardan biri, ya’ni tekshirilayotgan modda
solingan sharik pechkaga solinadi va ma’lum bir qaynash temperaturasigacha
qizdiriladi.
Natijada qizdirilayotgan shariklardagi modda tarkibidagi chetlasha
boshlaydi, ya’ni о‘sha aralashmalar bug‘lanib, shariklardan biriga о‘tib ketadi.
Eksperimentga tayyorlanayotgan moddani shu yо‘l bilan bir necha marta
tozalanadi va nihoyat toza modda shariklardan birida о‘zi alohida holicha qoladi
sharikka suyuqlik quyilib uglekislota yordamida yoki quruq muz yordamida
yaxlitlanib, atkachka qilinadi, ya’ni havosi sо‘rib olinadi. Vakuum hosil
qilingandan sо‘ng nuqtasi kavsharlanadi va pechkaga qо‘yilib qayta haydaladi.
sharik qayta haydalgan suyuqlik bilan kesib olinib, Vud trubkasiga ulanadi. Vud
trubkasiga ulangandan keyin yana qayta haydash yо‘li bilan yana tozalanadi va
A
C
A
46
tozalangandan keyin Vud trubkasiga о‘tkaziladi. Vud trubkasiga о‘tkazilgandan
keyin
nuqtadan kesib olinib, Vud trubkasiga qora bо‘yoq bilan bо‘yaladi. Vud
trubkasining tag qismi bilan yonbosh qismchalardan tashqari hamma tomoni
bо‘yaladi, maqsad boshqa tomonlarga sochilgan yorug‘lik tо‘liq yutilishi uchun.
Yuqorida aytilganlar bajarilgandan sо‘ng Vud trubkasi eksperimentga tayyor
hisoblanadi. Moddani eksperimentga tayyorlashda qо‘llaniladigan qurilmaning
kо‘rinishi 2.2-rasmda tasvirlangan [20, 21].
Do'stlaringiz bilan baham: