Fan:
Mehnat ta’limi
Mavzu:
Jun va ipak tolali gazlamalarning olinishi va xossalarini o’qitish
metodikasi.
O‟quv maqsadi:
o’quvchilarni jun va ipak tolali gazlamalarning olinishi va
xossalari bo’yicha bilimlarni shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar:
-
jonivorlardan olinadigan tolalarning tuzilishi haqida tushunchaga
ega bo’ladilar;
-
jun va ipak tolasining farqlarini sanab bera oladilar;
-
jonivorlardan olinadigan tola va iplarning xossalari haqida
tushunchaga ega bo’ladilar.
Mashg`ulot uchun talab etilayotgan vaqt:
90 daqiqa
Dars turi:
yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi
Mashg`ulotning texnologik xaritasi
Dars bosqichlari
Vaqt
Dars mazmuni
Metod
Vosita
Tashkiliy qism
5
Salomlashish,
yo’qlama
o’quvchilarning darsga
tayyorgarligini ko’zdan
kechirish
Motivatsiya
10 daqiqa
Mashg`ulot mavzusi,
maqsadi, kutilayotgan
maruza
Qog`oz
kartochkalar,
natijalarni bayon qilish.
O’quvchilarga – “Jun
va ipak tolali
gazlamalarning olinishi
va xossalari nimalardan
iboratdir?” degan savol
qo’yiladi, javob yozish
uchun qog`oz
kartochkalar tarqatiladi,
vaqt belgilanadi va
javoblar yig`ib olinadi.
markerlar
Yangi mavzu
bayoni
20 daqiqa
O’quvchilarga
jonivorlardan
olinadigan tollarning
tuzilishi, ipak
tolasining tuzilishi
haqida umumiy
ma`lumot, jun tolasi
haqida umumiy
ma`lumot uning
tuzilishi xossalari
bo’yicha tushuncha va
misollar keltiriladi.
maruza
Doska, slayd,
kodoskop
Mustaxkamlash
15 daqiqa
Raqamli kartochkalar
yordamida o’quvchilar
kichik guruhlarga
bo’linadi va har bir
guruhga quyidagi
vazifalar topshiriladi.
1- gurux
“Jonivorlardan
olinadigan tolalar va
ularning tuzilishi
Flipchat
(vatman
qog`ozi)
markerlar
haqida ma`lumot
bering”
2- gurux
“Jonivorlardan
olinadigan tola va
iplarning xossalari
haqida ma`lumot
bering”
3-gurux “Jonivorlardan
olinadigan tola va
iplardan
tayyorlanadigan
gazlamalar va kiyimlar
haqida ma`lumot
bering”
20 daqiqa
Kichik guruhlar
o’zlariga berilgan
vazifalarni taqdimot
qiladilar.
taqdimot
Doska, skotch
yoki magnit
Yakuniy qism
10 daqiqa
O’qituvchi berilgan
ishlarni boholaydi va
umumlashtiradi. Faol
guruhlarni
rag`batlantiradi,
mashg`ulot bo’yicha
o’quvchilarning fikr
mulohazalarini
tinglaydi.
Uyga topshiriq “Jun va
ipak tolali
gazlamalarning olinishi
va xossalari”mavzusini
Muhokama
Doska, bo’r
o`rganib kelish.
III. BOB. Tajriba- sinov ishlarini tashkil qilish va o‟tkazish
Tajriba- sinov ishlarini tashkil qilish va o‟tkazish
Umumiy o’rta talim maktablarida mehnat talimi fanini o’qitish jarayonida
qo’llaniladigan har qanday texnologiyaning ishonchliligi, samaradorligi va uning
chin zaruriyatini aniqlashda tajriba-sinov ishlari muhim ahamiyatga ega.
Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va ishlarni amaliyotga
joriy qilish jarayonida amalga oshiriladigan tashkilish va uslubiy tadbirlar orasida
tajriba -sinovlarni tashkil qilish va o’tkazish muhim bosqich hisoblanadi
Mehnat ta`limi fanini o’qitishning sifati va samaradorligini aniqlashga
qaratilgan pedagogik tajriba-sinovlar o’tkazishning asl mohiyati amaldagi
pedagogik jarayonlarni takomillashtirishga olib boradigan tadqiqotlar va ularning
farazlariga muvofiq ravishda aniq maqsadga yo`naltirilgan yangi yo’nalish,
mazmun, usul vosita va yangi ta`lim -tarbiyaviy muhit yo’nalishdan iboratdir.
Masalani aniq tasavvur qilish uchun asosiy tushunchalarning ta`riflarini
aniqlab olishimiz lozim.
Tajriba sinov – bu shunday tafakkur metodi bo’lib, uning yordamida tabiiy
yoki su`niy tarzda yaratilgan, nazorat qilinadigan, boshqariladigan jarayonlar
tadqiq qilinadi, muammolarni hal qilishning yangi vositalari, izlanadi va amalda
sinab ko’riladi.
Pedagogik tajriba – sinov bu ilmiy –pedagogik tafakkur metodi bo’lib,
pedagogik omillar shart-sharoitlar, jarayonlar va uslubiy yondashuvlar orasidagi
aniq rejalar asosida oydinlashtirish imkoniyatini beradigan tadbirlardir.
Nazariy metod –pedagogik texnologiyani modullashtirish uning tizimlarini
integratsiyalashtirish va ularning orasidagi eng muhim qonuniy bog`lanishlarni
aniqlashdir.emperik metod - tajriba sinov tadbirlariga oid ma`lum bo’lgan ilmiy -
nazariy, o’quv – uslubiy, ilmiy-ommabop, qo’shimcha adabiyotlarni o’rganish va
mavjud g`oyalar, farazlar hamda tajribalarni tahlil qilish evaziga tajriba – sinov
ishlariga daxldor modullar va bajarilishi kerak bo’lgan ishlar loyihasini yaratish,
sinab ko’rish va amaliyotga tadbiq qilish metodidir.
Tajriba – sinovga kirishishdan oldin shu sohaga doir maqsadga muvofiq ish
metodini belgilab olish muhimdir. Bu metodlar asosan, yuqorida aytilgan nazariy
hamda emperik tajribalarga asoslangan, ikki asosiy guruhga bo’linadi.
Tajriba – sinov mavzu qilib olingan muammoga bog`liq barcha me`yoriy va
metodik hujjatlar, tavsiyalar, yo’riqnomalarni o’rganib chiqish zarur hisoblanadi.
Kasb-hunar kollejlarida ta`lim tarbiya muassasa faoliyatiga doir turli
hujjatlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuvlar olib borish, og`zaki va yozma
so’rovlar o’tkazish, anketa va test savollariga javoblar olish, turli ilg`or tajribalarni
o’rganish va umumlashtirish ishlarini amalga oshirish ham pedagogik tajriba
sinovlarga yordam beradi.
Bunday ishlarni tashkil etish va o’tkazish borasida pedagogik texnologiya
asoslariga doir qo’llanmasini davlat tilida birinchilardan bo’lib yaratgan mualliflar
– J.G`. Yo’ldoshev va S.A. Usmonov eng asosiy tasniflarni taklif etganlar.
Mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonida qo’llaniladigan tajriba – sinov
ishlarini tashkil qilish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1)
Pedagogik texnologiyaning tajriba –sinov dasturini tayyorlash.
2)
Dasturni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- tajriba –sinov ishlarining moddiy bazasini yaratish;
- boshqaruv vazifalarini taqsimlash;
-kadrlarni bu jarayonga mahsus tayyorlashni tashkil qilish;
3) Tajriba- sinov ishlarini amalga oshirish
4) Tajriba – sinovda ishtirok etgan pedagoglarni moddiy va ma`naviy
rag`batlantirish.
5) Umumiy rahbar yoki konsultant izlash, tanlab olish va ularni tajriba sinov
– ishlariga jalb etish
Mutahassislik fanlarini o’qitish jarayonida tajriba – sinov dasturini
quyidagilar nazarda tutiladi:
1) Taklif qilinayotgan pedagoik texnologiyaning dolzarbligini asoslash
uning asosiy mazmunining bayoni
2) Tajriba – sinov ob`ektini aniqlash
- pedagogik jamoa
- o’quvchilar
- tarbiyaviy ish tizimlari va boshqalar
3) Tajriba – sinov predmeti
- yangi metodika
- yangicha tabaqalashtirish
- yangi dastur yoki o’quv rejasi ma`lum texnologiyaning yangicha varianti.
- yangi metodik ishlanma va h.z.
5) Tajriba sinov vazifalarini umumiy hamda xususiy maqsadlar bo’yicha
aniq belgilash
6) Tajriba – sinovning aniq metodikalari va metodlarini tanlab olish.
7) Tajriba – sinov muddatini belgilash
8) Tajriba –sinov muddatini belgilash. Tajriba sinov bosqichlarini belgilash.
9) Talab qilinadigan vaqt miqdorini belgilash
10) Tajriba –sinovning aniq bazasini aniqlash
11) Tajriba – sinovdan kutilgan natijalarni baholash mezonlarini
tanlab olish.
12) Kutilayotgan natijalarni belgilash.
13) Tajriba – sinov dasturini ekspertiza tartibini belgilash
14) Tajriba – sinov jarayonini natijalarini kuzatib borish, nazorat qilish
qoidalarini belgilash.
15) Tajriba – sinov natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilash va
boshqalar.
Pedagogik texnologiyalarning samaradorligini baholash uchun uning
uzluksiz kuzatilishi monitoringini tashkil etish lozim.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, jun va ipak tolali gazlamalarning olinishi va
hossalarini mavzusini o’qitish metodikasi mavzusidagi yozilgan kurs ishida
quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- mavzu yuzasidan bir qancha adabiyotlar, internet ma`lumotlari o’rganilib
tahlil qilindi va bir tizimga keltirildi.
- umumiy o’rta talim maktablarida mehnat talimining davlat talim
standartlariga belgilangan o’quv rejada ko’rsatilgan soatlar aniqlandi:
- Jonivorlardan olinadigan tolalarning tuzilishi bilan tanishildi.
- Jun tolasining tuzulishi haqida axborotlar yig`ildi.
- Ipak tolasining tuzilishi haqida axborotlar to’plandi.
- Jonivorlardan olinadigan tola va iplarning xossalari o’rganildi.
- YAngi pedapgogik texnologiyalar bilan tanishildi.
- Jun va ipak tolali gazlamalarning olinishi va xossalari mavzusini reja
bayonnomasi tuzildi.
- Jun va ipak tolali gazlamalarning olinishi va xossalari mavzusini
o’qitishda tadqiqot munozara metodi qo’llanildi.
- Tajriba sinov ishlari tashkil qilindi va o’tkazildi.
ADABIYOTLAR RO‟YXATI
1. I.A. Karimov “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” .
Toshkent 1992 y.
2. I.A. Karimov “Buyuk kelajak sari”. Toshkent.
3. I.A. Karimov “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch”
4. Muslimov N.A., Sharipov Sh. “Mehnat ta`limi kasb tanlashga yo’llashni
o’qitish metodkasi” . Toshkent. 1992 y.
5. Davlatov K. “Mehnat va kasb ta`limi tarbiyasi hamda kasb tanlashga
nazariyasi va metodikasi”.
6. Ziyomuxammedov V., Abdullaeva Sh. “Ilg`or pedagogik texnologiya”.
7. Ishmuxammedov R. “Innovatsion texnologiya yordamida talim
samaradorligini oshirish yo’llari”. Toshkent 2004 yil.
8. Azizxo’jaev N.N. “Zamonaviy pedagogik texnologiyasi” marifat 1998 yil.
9. Oripov A. “Yangi pedagogik texnologiyalar”.
10.//Таълим технологиялари журнали.Т. 2013 йил №1,2,3,4
11.//Касб-ҳунар журнали.Т. 2013 йил №1,2,3,4,5,6
12.Очилов Т.А, Аҳмедов В.В., Тошпўлатов С.Ш. Тикувчилик
материалшунослик.Т.Шарқ-2007
13.ЮсуповаР.,СаттороваМ.Тўқимачилик
материалшунослиги.Т.Чўлпон-2007йил
Do'stlaringiz bilan baham: |