Сиз ҳечам оломондан, нураб кетган сўқмоқлардан ҳоли, алоҳида жойда ҳордиқ чиқариш ҳақида ўйлаб кўрганмисиз



Download 3,54 Mb.
bet18/26
Sana19.01.2017
Hajmi3,54 Mb.
#659
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Ekzosayyoralarning ochilishi. Bizning Quyosh sistemamiz koinotda yagona emasligi bizga ancha oldin ma’lum bo’lgan edi. XX asrning 80-yillariga kelib bir qator olimlar yangidan-yangi o’zga yulduzlar atrofidagi sayyoralarni qayd qila boshladi va ularga Ekzosayyoralar (Ekzo-lotincha, tashqarida degan ma’noni bildiradi) ya’ni quyosh tizimidan tashqaridagi sayyoralar deb nomladi.

Tarixda ekzosayyoralrning mavjudligi haqida birinchi bo’lib 1855 yilda, Madras observatotiyasining astronomi, kapitan Jeykob (W.S.Jacob) tomonidan qilingan xabarnomada berilgan edi. Bu xabar “70-Iloneltuvchi”ning qo’shaloq sistemasida “sayyora jismining bo’lishi ehtimoli yuqoridir” deyilgan edi. Keyinchalik, 1890 yillarda Chikago Universitetining astronomi Tomas Si (Thomas J.J. See) va AQSH Harbiy-dengiz observatoriyasi “70-Iloneltuvchi”ning bu sistemasida 36 yillik davrli bilan aylanuvchi ko’rinmas (“ko’rinmas yo’ldosh”) borligini tasdiqladi. Quyosh sistemasidan tashqaridagi sayyoralarni topishga qaratilgan urinishlar eng yaqin yulduzlarning o’rnini kuzatish bilan bog’liq edi.

Quyosh sistemasidan tashqari planetalarni qidirish va topish harakatlarini birinchi urunishlari Quyoshga yaqin yulduzlarni o‘rganish orqali boshlangan. 1916 yildayoq Eduard Barnard osmonda boshqa yulduzlardan ko’ra tezroq harakatlanayotgan, qizil rangli yulduzchani kashf etdi. Astronomlar bu yulduzni “Bernard uchar yulduzi” deb atashdi. Bu yulduz bizga eng yaqin joylashgan yulduzlardan bo’lib massa jihatdan Quyoshdan yetti marta kichikdir. Shundan kelib chiqqan holda, bu yulduzga uning atrofida aylanayotgan sayyoraning (agar u mavjud bo‘lsa) ta’siri sezilarli darajada bo’ladi. 1960 yillarda Piter Van de Kamp ushbu yulduzning massasi Yupiternikiga yaqin yo’ldoshini ochganini e’lon qildi. Ammo 1973-yilda Bernard yulduzining harakatini kuzatgan J. Geytvud uning harakati tebranishsiz ekanligini, ya'ni uning atrofida hech qanday massiv sayyora yo‘qligini aniqladi. 1980-yillar oxirida ko’pchilik astronomlar guruhi ekzosayyoralarni izlash maqsadida yuqori aniqlikdagi spektrometrlar yordamida Quyoshga o’xshash yulduzlarning nuriy tezligining o’zgarishlarini o’lchay boshlashdi.

Birinchi marta Quyosh sistemasidan tashqaridagi sayyora Sefeyning A gammasida, 1988 yilda B. Kempbell, G. Uolker va S Yang tamonidan ochildi. Lekin u o’z tasdig’ini 2002 yilga kelibgina topdi. 1989 yilda HD 114762 yulduzi yaqinida D.Latam tamonidan o’ta massiv sayyora (yoki jigarrang mitti ) topildi. Lekin, unga sayyoralik maqomi 1999 yilda berildi. Ekzosayyoralar birinchi bor 1991 yilda PSR 1257+12 neytron yulduzidan topildi. Bu planetalar o’tayangi yulduzning portlashidan so’ng hosil bo’lgan ikkilamchi sayyoralar deb tan olindi.

Birinchi “Haqiqiy” ekzoplanetani 1995 yilda Shvetsariyalik astronomlar M.Moyor va D.Kvelotis tomonidan “51-Pegas” yulduz sistemasida Quyosh tizimidan tashqaridagi planeta – ekzosayyora ochildi. Ular qurgan optic spektrometr, dopler chiziqlarini 13 m/s gacha aniqlikda qayd qiladi. Qizig’i shundaki D. Marsi boshchiligidagi Amerika astronomlari bunday uskunani avvalroq qurishgan va 1987 yilda izlanishni boshlagan, lekin birinchi bo’lib kashfiyot qila olishmaganlar. 1994 yil Moyyor va Kvelots 142 yulduzni, harakatini o’lchashga kirishishgan va tez orada 51 Pegas sistemasidagi tebranishni qayd etishgan.Pega Quyoshdan 50 yorug’lik yili 4.23 kun va 0,47 m massali planeta ta’sirida o’tadi.(Hozir bu yulduzni- Epikur deyishadi). Shundan keyin ekzosayyoralarni qidirish ishlari jadal rivojlandi. 2009-yilning mart oyida orbitaga chiqarilgan “Kepler” kosmik teleskopi yordamida 763ta ekzosayyora topildi. Ushbu sayyoralarni topishda turli usullar qo’llanildi. Bu usullar yordamida topilgan sayyoralar statistikasi 2.2-rasmda ko’rsatilgan. [13]

Eng so’nggi hisob kitoblarga ko’ra Somon yo’li deb atalmish galaktikamizdagi ekzosayyoralar soni 100 milyarddan oshar ekan. Ulardan 5-20 milliardi “yersimon” sayyoralar bo’lishi mumkin ekan. Bundan tashqari galaktikamizdagi yulduzlarning 34% Quyoshsimon yulduzlar bo’lib, ularda Yer bilan solishtirarli sayyoralar joylashgan hududlar bo’lishi mumkin.

Somon yo’li galaktikasida topilgan ekzosayyoralarning ko’pchiligi bevosita vizual kuzatuv usuli bilan emas, balki qayd etishning turli xil usullari yordamida kashf etilgan. Bu sayyoralarning ko’pchiligi gazli gigantlar bo’lib, ularning o’lchami ko’proq Yerdan ko’ra Yupiternikiga yaqindir.O’z-o’zidan ko’rinadiki bu qayd etish usullarining chegaralanganligi bilan bog’liqdir (qisqa davrli massiv sayyoralarni qayd etish osonroq kechadi). 1995 yilda astronomlar Mishel Moyor (MichelMeyor) va Dide Kelos (Didier Queloz) o’ta aniqlikdagi spektrometr yordamida 51 Pegas yulduzining 4,23 sutkalik tebranishini aniqlashdi. Yulduzlarning tebranishiga sabab bo’lgan sayyora Yupiterni eslatar, lekin u yulduz yaqinida joylashgan edi. Astronomlar orasida bunday planetalar “qaynoq Yupiterlar deb ataladi”. 2004 yilda 2m 1207 jigarrang mittidagi ekzosayyoralikka nomzodning birinchi tasviri infraqizil nurlarda olindi. 2008 yil 13 –noyabrda Regasning HR 8799 yulduzi atrofida harakatlanayotgan butun bir sayyoralar sistemasidan uchta planetaning tasvirini olishga erishildi. Ushbu planetar sistema A5 ilk spektral sinfiga tegishli qaynoq oq yulduzlarda ochilgan birinchi sayyoradir. Bunga qadar ochilgan planetar sistemalar (Pulsarlardan tashqari) eng so’ngi sinflarda (F-M) gi yulduzlar atrofida ochilgan edi. 2008 yilning 12-noyabrida Famolgout yulduzi atrofida Famolgout b sayyorasini ochilishi ham bo’ldi. 2001 yil Notr-Dam universitetidan(Undiana, AQSH)Deved Bekket (Yangi zillandiyadagi Maunt Jon) universitet observatoriyasida 2006- 2007 yillarda (1,8 metrli teleskop yordamida) bajarilgan kuzatishlar asosida mikrolinzalanish usuli bilan O’nta yakka –yakka holdagi Yupitersimon ekzosayyoralarni topdi. Ularning 2tasi o’z yulduzining baland orbitali yo’ldoshlari bo’lishi mumkin.

2011 yil sentabrda KIC 10905746 b va KIC 618 5331 b ekzosayyoralari (Planet Hunters) loyihasida qatnashuvchi astronomiya ishqibozlari tamonidan ochilganligi to’g’risida elon berildi.Bu guruh Kepler teleskopidan ma’lumotlarni tahlil etish uchun tuzilgan edi.Ushbu habarda o’nta ekzosayyoralikka nomzod planetalar haqida ham eslatib o’tilgan edi.Usha paytda ulardan ikk si Somon yo’li galaktikasida topilgan ekzosayyoralarning ko’pchiligi bevosita vizual kuzatuv usuli bilan emas, balki qayd etishning turli xil usullari yordamida kashf etilgan. Bu sayyoralarning ko’pchiligi gazli gigantlar bo’lib, ularning o’lchami ko’proq Yerdan ko’ra Yupiternikiga yaqindir.O’z-o’zidan ko’rinadiki bu qayd etish usullarining chegaralanganligi bilan bog’liqdir (qisqa davrli massiv sayyoralarni qayd etish osonroq kechadi)[13].

1995 yilda astronomlar Mishel Moyor (MichelMeyor) va Dide Kelos (Didier Queloz) o’ta aniqlikdagi spektrometr yordamida 51 Pegas yulduzining 4,23 sutkalik tebranishini aniqlashdi. Yulduzlarning tebranishiga sabab bo’lgan sayyora Yupiterni eslatar, lekin u yulduz yaqinida joylashgan edi. Astronomlar orasida bunday planetalar “qaynoq Yupiterlar deb ataladi”. 2004 yilda 2m 1207 jigarrang mittidagi ekzosayyoralikka nomzodning birinchi tasviri infraqizil nurlarda olindi.

2008 yil 13 –noyabrda Regasning HR 8799 yulduzi atrofida harakatlanayotgan butun bir sayyoralar sistemasidan uchta planetaning tasvirini olishga erishildi. Ushbu planetar sistema A5 ilk spektral sinfiga tegishli qaynoq oq yulduzlarda ochilgan birinchi sayyoradir.Bunga qadar ochilgan planetar sistemalar (Pulsarlardan tashqari) eng so’ngi sinflarda (F-M) gi yulduzlar atrofida ochilgan edi. 2001 yil Notr-Dam uneversitetidan (Undiana, AQSH) Deved Bekket ( Yangi Zillandiyadagi Maunt Jon) unversitet observatoriyasida 2006- 2007 yillarda (1,8 metrli teleskop yordamida) bajarilgan kuzatishlar asosida mikrolinzalanish usuli bilan O’nta yakka –yakka holdagi Yupitersimon ekzosayyoralarni topdi. Ularning 2tasi o’z yulduzining baland orbitali yo’ldoshlari bo’lishi mumkin.




     Pulsarlar radio kuzativi     Radial tezliklar usuli      Tranzit usuli     Sinxronizatsiya usuli

     Kuzatuv usuli     Gravitasion mikrolinzalash usuli      Astrometrik usul

2.2-rasm. Turli xil usullar yordamida ochilgan ekzoplanetalar statistikasi. Nuqtalar rangi kashf etilish uslubi. Gorizantal nuqta - katta yarim nuqtani o‘lchami. Vertikal nuqta massasi. Taqqoslash uchun,oq rang bilan Quyosh sistemasidagi planetalar ko’rsatilgan
2011 yil 5-dekabrda Kepler teleskopi yordamida Kepler - 22 b zonasida birinchi o’tayer topildi. 2011-yil 20-dekabrda Kepler teleskopi Kepler 20 yulduzida Yer o’lchamiga teng Kepler 20 e, Yer o’lchamidan kichik (radiusi 0,87 ®, massasi 0,39 dan 1,67 ®) bo’lgan va massasi 0,045Yupiter massasiga teng va radiusi 1,03 yer radiusi bo’lgan Kepler 20 f ekzoplanetalarni topdi. Va nihoyat, 2012 yil 22 fevralda Garvard – Smisston astrofika markazi olimlari Yerdan 40 yorug’lik yili uzoqlikda suvdan tashkil topgan GJ 1214 b ekzosayyorasini topishdi. Sayyoraning qizil mitti yulduz atrofida aylanish davri 38 soat ni tashkil etib, sayyora yulduzdan 2 million km masofada aylanar ekan. Sayyora sirtidagi o’rtacha tempratura taxminan 230°C ni tashkil etadi.[14]


Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish