Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


HOZIRGI O‘ZBEK TILI VA UNING



Download 327,91 Kb.
bet4/92
Sana01.06.2022
Hajmi327,91 Kb.
#626300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti

HOZIRGI O‘ZBEK TILI VA UNING
QARINDOSH TURKIY TILLAR BILAN ALOQASI

Tillar o‘rtasidagi aloqa til taraqqiyotini belgilab beradigan eng muhim omillardan biridir. Bu sohada, ayniqsa, qarindosh tillar o‘rtasidagi munosabat shu tizimdagi barcha tillarning umumiy taraqqiyotiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududlaridagi o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz va turkman tillari o‘zaro aloqalari buning yorqin misolidir.


Eslatma: tillar o‘rtasidagi aloqalar haqida gap borganda, qarindosh tillar o‘rtasidagi aloqa, qardosh tillar o‘rtasidagi aloqa hamda noqardosh tillar o‘rtasidagi aloqalarni bir­biridan farqlash kerak. Bu aloqalarning hammasida ham - tillarning qisman fonetik tizimida, grammatik qurilishida, ko‘proq leksik tarkibida o‘zaro ta’sir va o‘zgarishlar yuz beradi, lekin bu o‘zgarishlarning tabiati ma’lum darajada bir­biridan farqlanadi.
Qarindosh tillar etnik - kelib chiqish jihatidan bir negizdan tarqalgan, bir oilaga mansub tillardir. Bunday tillar o‘rtasidagi aloqa azaliy va adabiy bo‘ladi, masalan, o‘zbek va qoraqalpoq, o‘zbek va ozarbayjon, o‘zbek va oltoy tillari o‘rtasidagi aloqa shunday aloqadir.
Qardosh tillar aloqasi ikki yo undan ortiq qadimiy hamdo‘st, uzoq davrlar davomida o‘zaro hamjihat yashab kelayotgan, hududiy yondosh xalqlar tillari o‘rtasidagi aloqadir. O‘zbek va tojik tillari aloqasini shunday aloqa deyish mumkin, chunki bu ikki xalq uzoq asrlar mobaynida birga, hamnafas yashab kelayotgani uchun ularning tillari ham doimiy o‘zaro munosabatda bo‘lib, o‘zbek tili tojik tilidan kirib kelgan olinmalar, tojik tili o‘zbek tilidan qabul qilingan olinmalar hisobiga boyib, o‘zgarib kelgan.
Noqardosh tillar o‘rtasidagi aloqa zo‘rlik, hukmronlik siyosatiga asoslangan aloqadir. Bunda bir mamlakat boshqa bir mamlakat yo yurtlarni istilo qilib bosib olingan mamlakat va yurtlar ustidan o‘z hukmronlik siyosatini o‘rnatadi, ana shu hukmronlik siyosatini mustahkamlash maqsadida mazlum xalq tillari ustidan o‘z tillarining hukmronlik mavqeini tiklaydi. Masalan, o‘tmishda arab va o‘zbek, arab va fors­tojik, keyinchalik rus va o‘zbek, arab va ayrim kavkaz tillari, aksincha, bularning ta’sirida turkiy va hind tillari o‘rtasidagi munosabat ana shunday zo‘rlik siyosati asosiga qurilgan. Tillar o‘rtasidagi bunday noqardoshlik aloqasining ahamiyatli tomoni shundaki, bunda tillarning o‘zaro ta’siri mavjud bo‘lmaydi, balki ta’sir faqat bir tomonlama bo‘ladi, arab tilining o‘zbek tiliga ta’siri kabi. Qarindosh tillar o‘rtasidagi aloqa, ayniqsa, bu tillarni qiyos qilganda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Qarindosh tillarning qiyosi bu tillar asos e’tibori bilan bir oilaga mansub bo‘lgani uchun ularning fonetik tizimi, leksik tarkibi va grammatik qurilishi, ayrim farq va tafovutlarni hisobga olmaganda, asosan bir xil bo‘ladi. Bu farq va tafovutlar qarindosh tillarning fonetikasi va leksikasida ko‘proq bo‘lib, grammatik qurilishida u qadar sezilarli bo‘lmaydi, chunki tilning leksikasi o‘ta o‘zgaruvchan bo‘lib, grammatik qurilishda o‘zgarishlar asta­sekinlik bilan yuz beradi.
Qarindosh tillar, jumladan, hududiy, siyosiy­iqtisodiy jihatdan bir­biriga yaqin bo‘lgan Qozog‘iston va O‘rta Osiyo turkiy tillari va o‘zbek tili fonetik tizimi, asosiy fonemalarning son va sifatiga ko‘ra qisman bir xillikka ega bo‘lsa ham, ular o‘rtasida muhim va jiddiy tafovutlar ham mavjud.
Bu farqlar:
Unli fonemalar tizimi bo‘yicha:
1) o‘zbek tili asosan 6 unlili til bo‘lgani holda, qozoq, qoraqolpoq, qirg‘iz va turkman tillarida 9-10, hatto 11 unli mavjud;
2) o‘zbek tilida unlilar cho‘ziq­qisqalik tomonidan farqlanmaydi, qirg‘iz va turkman tili unlilarining har biri so‘z ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan, fonematik xarakterga ega bo‘lgan (ading-oting, a:ding-isming kabi) cho‘ziq shakllariga ega;
3) aytilayotgan tillarning birortasida ham o‘zbek tilidagi o unlisiga mos keladigan fonema yo‘q;
4) o‘zbek tili hamma turkiy tillar orasida yagona singarmonizmsiz til, boshqa qarindosh turkiy tillar, xususan, qirg‘iz tilida lab va tanglay garmoniyasi (so‘z bo‘g‘inlaridagi unli tovushlarning o‘zaro moslashuvi, masalan, qirg‘iz tilida qoldor (qo‘llar), ko‘ldo‘r (ko‘llar) kabi) juda kuchli.
Undosh fonemalar tizimi bo‘yicha:
1) o‘zbek va turkman tillarida so‘z boshida y undoshi ishlatilgani holda qozoq tilida sirg‘aluvchi j (yo‘l-jol, yo‘q-joq, yigit-jigit kabi), qoraqalpoq va qirg‘iz tillarida qorishiq j (yo‘l-jol, yo‘q-joq, yigit-jigit kabi) undoshlari qo‘llanadi. O‘zbek tilida bu undoshlar faqat tub turkiy so‘zlar va chetdan qabul qilingan so‘zlardagina farqlanadi: jon, jajji; mujda, jurnal kabi;
2) o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz tillarida so‘z boshidagi t,k undoshlari turkman tilida d,g undoshlari bilan almashadi: tosh-dash, til-dil; ko‘z-go‘z, kel-gel kabi;
3) o‘zbek tilida so‘z oxiridagi g‘ undoshi turkman tilida g, qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz tillarida v,u tovushlari bilan almashadi: tog‘, dag, tav, tau, tuu; bog‘, bag, bav, bau kabi;
4) o‘zbek, qirg‘iz, turkman tillarida so‘z tarkibidagi ch undoshi qozoq, qoraqalpoq tillarida sh undoshi bilan almashadi: kuch-kush, och-ash (ochlik), ochiq-asho‘q kabi;
5) so‘z oxirida sh-s almashinuvi mavjud: qo‘sh-qos, qish-qo‘s, bosh-bas, tish-tis kabi.
Qiyoslanayotgan tillarning umumturkiy leksik tarkibi, yuqoridagi kabi ayrim fonetik farqlarni hisobga olmaganda, anglatadigan ma’no va vazifalari jihatidan asosan bir xil. Bu tillarning leksik tarkibidagi so‘zlar har bir xalqning kundalik turmush sharoiti va kasb­koridagi farqlar (chorvachilik va dehqonchilik kabi), madaniyat, san’at va yozma adabiyot taraqqiyotining qay darajada ekanligiga bog‘liq ayrim so‘z va atamalar bilangina farqlanadi.
Grammatik qurilishi: turlanishi va tuslanish paradigmalari, turli grammatik kategoriyalar va so‘z yasalishi jihatidan deyarli farqlanmaydi.



Download 327,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish