6-mavzu. Hozirgi o‘zbek tilining leksik sathi va leksikologiyasi
Leksik sath, uning xususiyatlari va birligi. Leksema leksik sath birligi sifatida. Leksema va so‘z, ularning xususiyatlari. Leksema va so‘zda lison va nutq munosabatining aks etishi. Leksemaning tuzilishi, tub/yasalganligi, ma’no ko‘lami, genezisi, qo‘llanishi va boshqa belgilariga ko‘ra turlari, munosabatlari.
7-mavzu. Semema va uning tarkibiy qismlari
Semema va nutqiy ma’no, ularning turlari va xususiyatlari, uzual va okkazional ma’no. Sema va uning xususiyatlari, semaning turlari. Leksemaning nutqiy voqelanishi, unga ta’sir qiluvchi lisoniy (morfologik, sintaktik) va nolisoniy (nutqiy vaziyat, sharoit, shaxsiy sifatlar) omillar hamkorligi. So‘zning ma’noviy taraqqiyoti. Leksema ma’nosining torayishi va kengayishi. Hosila ma’no vujudga kelish yo‘llari va usullari: metafora va vazifadoshlik; metonimiya va sinekdoxa.
Do'stlaringiz bilan baham: |