Mavzu-4. Fayllarni arxivlash. Arxivlash programmalari
R E J A :
Fayllarni arxivlash. ARJ programmasi va unda ishlash.
Fayllarni arxivga joylash. PKZIP programmasi.
Arxiv fayllar mundarijasini olish.
Fayllarni disketlarga arxivlash.
Kompuyuterlardan foydalanish jaranyonida turli sabablarga ko’ra magnit disklardagi ma’lumotni uchirish yoki zararlantirish mumkin. Bu magnit diskini ishdan chiqishi, fayllarning noto’g’ri taxriri yoki faylarni extiyotsizlik oqibatida uchirilishi yoki kompyuter virusining zarari natijasida yuz beradi. Shuning uchun foydalanayotgan fayllarning arxiv nusxasini yangilab turish zarur.
Fayllarning arxivli nusxasini yaratish uchun maxsus arxivlovchi programmalardan foydalaniladi. Bu programmalar kompyuter xotirasida joyni tejaydi va arxiv fayllardan foydalanishda qulayliklar yaratadi.
Eng ko’p tarqalgan arxivlovchilar: ARJ, RAR, PKPAK, PAK, PKZIP, LHARC, PKZIP va ARJ lar qulayroq va tezroq ishlaydi.
Arxiv fayl bir necha fayllarni siqilgan holda bir faylga joylashgan majmuidir. Arxiv fayl mundarijaga ega. Unda fayllar nomi, oxirgi o’zgartirish vaqti va sanasi, faylning diskdagi va arxivdagi hajmi va tekshirish kodi haqidagi ma’lumotlar beriladi.
Quyida biz arxivlash programmalaridan ayrimlarini ko’rib o’tamiz.
ARJ programmasining formati quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
{ARJ} {Komanda} {rejim} {arxiv nomi} {fayl}(Katalog\fayllar nomi)
Bunda Komanda–Programma bajarishi lozim bo’lgan vazifa turini aniqlaydi va harf bilan belgilanadi.
Masalan, A -fayllarni arxivga qo’shadi.
E-fayllarni arxivdan tiklaydi.
Katalog-Arxivga kirtiladigan fayllar joylashgan boshlang’ich katalog nomi. Agar katalog nomi ko’rsatilmasa, joriy katalog tushuniladi.
Arxiv fayl nomi, fayl nomi, rejimlari tavsifi PKZIP pragrammasida keltirilgan.
Misollar:
Arj a test.Arj - fayl joriy katalogdagi barcha fayllarni ko’rsatilgan arxivli faylga qo’shadi.
Arj a doc.arj *.doc - Doc.Arj fayliga joriy katalogdagi .doc kengaytmali fayllarni joylaydi.
ARJ programmasi formati arxivlash va arxivdan tiklash uchun umumiydir. Bunda har doim bajariladigan ishga mos keladigan komanda ko’rsatiladi. Arxivdan tiklash uchun «e» komandasi ko’rsatiladi.
Agar tiklanyotgan fayl diskda bo’lsa, ekranda:
«Fayl nomi exists. Overwrite (YNAG)? (Fayl nomi mavjud. Qayta yozish zarurmi?)
savoli hosil bo’ladi. Quydagi javoblardan birini klavishlar orqali harflarni tanlash talab qilinadi.
Y-Fayl tiklanadi.
N- faylning yangi nomi so’raladi.
Bunga javoban yangi nom kiritiladi. Yoki (Enter) bosiladi. Natijada fayl tiklanmaydi.
A-Fayllar so’roqsiz tiklanadi.
G-ARJ ishini to’xtatadi.
ARJ komandasida-JYO rejimi kshrsatilsa, arxivdagi barcha fayllar surousiz tiklanadi.
Misollar:
Arj e test.Arj -test.Arj arxiv fayl barcha fayllarini joriy katalogga tiklaydi .
Arj e -n test.Arj c: \ TEST.-test. Arj fayli yangi fayllarini S diskning TEST katalogiga tiklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |