Kafedra mudiri f.f.d., prof. S. Choriyev
Ishchi o’quv dasturi universitet o’quv-uslubiy kengashi yig’ilishi (bayon №1, «__» avgust 2019 yil) tomonidan ko’rib chiqilgan hamda o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.
O’quv-uslubiy kengash
raisi: prof.Yu.Eshqobilov
"Kelishildi”
О‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: dots. M.Fayzullayev
K I R I S H
XXI asrda kechayotgan global integratsiya jarayonlari, dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o‘zgartirib, yangicha tafakkur uslubini taqozo qilmoqda. Shu bois, O‘zbekistonda ta’limning ijtimoiylashuviga alohidae’tibor berilib, o‘qitilayotgan fanlarning mazmunini zamon talablariga moslashtirilishi bo‘yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu "Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayonida o‘z ifodasini topmoqda. Xususan, talaba yoshlarimizni Vatan va millat manfaatlari yo‘lida fidoiylik ko‘rsata oladigan, mustaqilligimizning mohiyatini va qadrini anglaydigan, uni har qanday xavf-xatardan asrashni o‘zining muqaddas burchi deb biladigan, muayyan mutaxassislikni, kasb-hunarni chuqur egallagan, mustaqil, erkin fikrlaydigan, ma’naviy va jismonan barkamol insonni tarbiyalash uchun oliy ta’lim tizimida gumanitar va ijtimoiy fanlarning dasturlarini zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda.
Bu esa yoshlarda tarixiy voqelikka obyektiv baho berish va to‘g‘ri xulosa chiqarish malakalarini shaklantirishni talab qiladi. Zero, Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi ”dir. Demak, obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimiz taraqqiyotining g‘oyaviy tamoyillarini, mamlakatimiz hayotida ustivor bo‘layotgan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradigan mavzularni o‘rganish “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining mazmun-mohiyatini belgilaydi Mazkur fan doirasida «Milliy g‘oya» va «Milliy mafkura» tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish xususiyatlari, xalqlar va davlatlar taqdiriga ta’siri, hozirgi zamondagi mafkuraviy jarayonlar, yoshlar qalbi va ongida buzg‘unchi va vayronkor g‘oyalarga nisbatan ogohlik va hushyorlik xususiyatlari shakllanishi bilan bog‘liq masalalar o‘rganiladi.
Milliy g‘oyalar va mafkuralar tizimi, ”g‘oyaviylik”, “g‘oyasizlik”, “mafkuraviy faoliyat”, “mafkuraviy jarayonlar”, “mafkuraviy ta’sir”, “mafkuraviy maydon va poligonlar”, “mafkuraviy inqiroz”, “g‘oyaviy bo‘shliq”, “mafkuraviy profilaktika”, “mafkuraviy immunitet” kabi tushuncha va atamalarning mazmun-mohiyatini ochib berish bilan bog‘liq masalalar majmui ham ushbu fanning asosiy mavzulari doirasiga kiradi.
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” – mustaqillik yillarida o‘rganish imkoni ochilgan yangi fanlardan biridir. Mazkur fanning maqsadi ezgu g‘oyalardan va sog‘lom mafkuradan mahrum biron bir millat va jamiyatning uzoqqa bora olmasligini, har qanday xalq va davlat o‘z taraqqiyotining g‘oyaviy-mafkuraviy tamoyillarini belgilab olishi zarurligi ijtimoiy jarayonlarning muqarrar qonuniyati ekanligini yoshlarning qalbi va ongiga singdirishdan iboratdir.
Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash, yot mafkuralar tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish, g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, va nihoyat, yurtimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy istiqlol g‘oyasini chuqur o‘rganish ehtiyojini yuzaga keltirdi. «Ushbu ta’limotni qanday zarurat shakllantirdi?» va «Undan ko‘zlanayotgan maqsad-muddaolar nima?» - degan savollarga javoblar Islom Karimovning ko‘p yillik izlanishlari, asarlaridagi fikr-mulohazalarida o‘z aksini topdi. Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, milliy istiqlol g‘oyasi tasodif emas, balki o‘ziga xos falsafiy asosi, ilmiy-nazariy va tarixiy ildizlariga ega bo‘lgan yaxlit nazariyadir. Shu ma’noda, u mamlakatimiz taraqqiyotining obyektiv zaruriyati, qonuniy hosilasi, xalqimiz maqsad-muddaolarining ifodasidir.
Bu esa, o‘z navbatida, «Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar» - degan fikrning haqqoniyligini isbotlaydi. Biz ushbu hayot haqiqatini yoshlar qalbi va ongiga singdirishimiz lozim. Bu ta’lim tizimi oldiga g‘oyaviy tarbiyani kuchaytirishga doir o‘quv dasturlari va adabiyotlarning yangi avlodini yaratish vazifasini qo‘ydi. Mazkur dasturni yaratishda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida milliy g‘oyani o‘rta maktab, litsey, kollejlarda o‘qitishning mavjud dasturlari tahlil qilinib, oliy ta’limda ularning takrorlanishi bartaraf etildi.
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining qonun-qoidalari, tushuncha va tamoyillarini o‘rgatishda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur:
- mustaqillik biz uchun eng oliy qadriyat, uni asrab-avaylash esa har birimizning muqaddas burchimiz ekanini talabalarning qalbi va ongiga singdirish;
- yoshlarda g‘oyalar o‘z ma’no-mohiyatiga ko‘ra bunyodkor yoki vayronkor bo‘lishi, ularning xalqlar va davlatlar taraqqiyotiga ta’siri, hozirgi zamonning mafkuraviy manzarasi, buzg‘unchi g‘oyalarning ta’siridan hushyor va ogoh bo‘lish shartlari va mezonlari haqidagi hayotiy va haqqoniy tasavvurlarni shakllantirish;
- o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda talabalarning yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish, ta’lim-tarbiyanining ilg‘or, ta’sirchan vositalaridan, zamonaviy o‘qitish texnologiyasi imkoniyatlaridankeng foydalanish;
- ayrim tushunchalarni haddan ziyod soddalashtirish, ta’limning eskicha uslub va tamoyillarni qo‘llash natijasida fanning qadrsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- ta’lim jarayonida tazyiq o‘tkazmasdan ma’rifiy asosda ish tutish, yoshlarning mustaqil va erkin fikrlash, bahs-munozara yuritish ko‘nikmalarini oshirishga e’tibor qaratish.
Bulardan tashqari g‘oyalar falsafasining mazmun-mohiyatini tushuntirishda o‘qituvchi va tinglovchilar orasida o‘zaro hamfikrlik va hamkorlik muhitini shakllantirish, mavzuning tushuncha va tamoyillarini sharhlashda hayotiy misollar, bugungi dunyoda ro‘y berayotgan voqealar tahlilidan, matbuot materiallaridan keng foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |